Atmosfera havosi ifloslanishining inson salomatligiga ta’siri
Автор: Amaniazov Aryslan Oralbaevich, Pirlepesova Miyasar Kuatbaevna, Qdirboyeva Nargiza Baxtiyarovna, Nysanova Simbat Nurkenovna, Matchanov Azat Taubaldievich, Abdieva Tursinay Jaksimbaevna
Журнал: Life Sciences and Agriculture.
Статья в выпуске: 3 (15), 2023 года.
Бесплатный доступ
Keyingi vaqtlarda Janubiy Orolboʻyi mintaqasidagi atmosfera havosining har hil changtuzlar kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishi kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa ushbu mintaqada yashovchi odamlarning nafas olish tizimiga ta’sir etib, har hil nafas olish yoʻllari kasalliklari bilan bir qatorda boshqa buzilishlarni ham keltirib chiqarmoqda. Nafas olish kasalliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisining umumiy kasallanish tarkibida yetakchi oʻrinni egallaydi, shu bilan birga har yili kasallanganlar soni koʻpayadi. Nafas olish tizimi kasalliklari rivojlanishining asosiy omillaridan biri atmosfera havosining ifloslanishi hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi atrof-muhit salbiy omillarining inson va bolalar salomatligiga ta’sirini koʻrib chiqish edi.
Atmosfera havosining ifloslanishi, qattiq zarrachalar, gazlar, Orol dengizi, kardiorespirator tizimi kasalliklari
Короткий адрес: https://sciup.org/14130668
IDR: 14130668