1-tupdagi qandli diabet ichak mikrobiomini korrektciyasi
Автор: Axmedova Shaxnoza Ulug‘bekovna, Abdullaeva Osuda Ibragimovna
Журнал: Re-health journal.
Рубрика: Диабетология
Статья в выпуске: 4 (20), 2023 года.
Бесплатный доступ
Maqolada ichak mikrobiotsenozi 1 tur qandli diabet bilan hastalangan bemorlarni kompleks davolashda probiyotik Enterolning samaradorligini oʻrganish natijalari keltirilgan. Tadqiqot maqsadi. 1-toifa qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda ichak mikrobiomini tuzatish uchun ichak mikrobiotsenozi kasalliklarini kompleks davolashda probiyotik enterol samaradorligi oʻrganildi. Materiallar va usullar. Maqolada qandli diabet 1-turdagi 10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 33 nafar bolani klinika-bakteriologik koʻrikdan oʻtkazish natijalari taqdim etilgan. 1-turdagi qandli diabet bemorlarning ichak mikrobiotsenozi buzilishlarini kompleks terapiyasida enterol probiotigini qoʻllash samaradorligi oʻrganib chiqildi va qoʻllash samaradorligi tahlil qilindi. Xulosa. Biz tekshirgan 1-turdagi qandli diabeti bilan bemor bolalarning barchasida ichak mikroflorida disbiotik oʻzgarishlar mavjud. Nazorat guruhini 30 nafar sog‘lom shaxslar tashkil etdi. Ichak mikroflorasiga bakteriologik tahlil oʻtkazildi. Natijalar enterol kabi fermentli preparatlar bilan qandli diabet 1-turdagi bemorlarni disbiotik oʻzgarishlarni faol tuzatish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Probiotik, enterol, 1-turdagi qandli diabeti, ichak mikrobiotsenozi
Короткий адрес: https://sciup.org/14130694
IDR: 14130694