Abdulla Oripov's series “The sounds of wisdom” - as a poetic form of hadiths
Бесплатный доступ
Among a number of collections of Abdulla Oripov, the series “The Sounds of wisdom” and “The Book of Hajj” are of particular importance. This article will cover the socio - moral factors of the creation of the category, the principles of turning the poet's creative intention into a product of creativity, the artistic interpretation of images. The influence of the Qur'an and Hadith in the” sounds of wisdom “and” The Book of Hajj " categories. Artistic interpretation of the image of the Prophet alaihissalom and his followers. Poetic expression of the image of the mother.
Похожие статьи в разделе Accountancy
Короткий адрес: https://sciup.org/140265210
IDS: 140265210 | УДК: 657:339
Текст научной статьи Abdulla Oripov's series “The sounds of wisdom” - as a poetic form of hadiths
Adabiy turlar orasida eng nozik, ekspressiv va emotsional, ixcham shakli, inson ruhining tarjimoni, shubhasiz, she`riyatdir. Haqiqiy ijodkor oddiy voqea-hodisalarni betakror tashbehlar, ta`sirchan ifodalar, purma`no fikrlar bilan ifodalashi orqali san`at tug`iladi –vujudga keladi. Zotan, Abdulla Oripov she`rlari teran mushohada, lo`nda xulosalar, zohiriy va botiniy falsafaga boy. Shoirning ijodini umumiy o`rganar ekanmiz, unda xalqona ohang, hikmatlar, aforizmlar ko`p qo`llanganini kuzatamiz. Hassos shoir so`z tanlash mahorati orqali bandasining barchasi ham ko`ngilning tub-tubida tan oluvchi, tabiat va jamiyatni aks ettiruvchi hayotiy haqiqatlarni sodda tilda dangal ifodalaydi. Shu boisdan Abdulla Oripov she`rlari sevib o`qiladi, xotiraga tez muhrlanadi.
Abdulla Oripovning qator to`plamlari orasida “Hikmat sadolari” va “Haj daftari” turkumi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu to`plamdagi barcha she`rlarda diniy-axloqiy mezonlarimiz ruhi, musulmon kishiga xos bo`lgan fazilatlar yoxud mo`minga mos kelmaydigan illatlar jo`n tilda, quyma satrlar orqali aks ettirilgan.
Agar sen qiblaga burmasang yuzni
Besh mahal sajda-yu namozing bekor,
Jannatga hech qachon tikmagil ko`zni
Agar bir mo`minga yetkazsang ozor”, deb yozadi “Rioya” nomli she`rida.
“Hikmat sadolari” turkumidan joy olgan aksariyat she`rlar Qur`on va hadislarga tayanib yozilgan bo`lib, payg`ambarimizning hayot yo`llari, ularga xos bo`lgan xislatlar va mo`minlarga da`vati obrazli ifoda etilgan.
Rasululloh dedi: umid qil banda,
Ko`chmasin dunyodan insof, diyonat,
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o`sha kun kelgay Qiyomat! (“Qiyomat” she`ri)
Tarixda hadislarni she`riy tizimga solib asarlar yaratilgan, shoirning ushbu to`plami ana shularning mantiqiy davomi deyish mumkin. Payg`ambarimizning : “Kim ummatimga dini bilan aloqador qirqta hadis yodlatsa, Alloh taolo uni qiyomat kuni faqihlar va olimlar guruhiga kiritadi”, deb marhamat qilganlar. “Hikmat sadolari” turkumidagi she`rlar soni ham qirqta. Shoirning o`zi bu haqda shunday deydi: “Bu hikmatlar mening uchun tamomila o`zgacha ziyoratgohdir. Ular me`ning e`tiqodimdir”1 .
Ijodkor ushbu to`plamgacha “Jannatga yo`l” dostonini yaratgan, qator she`rlarida odamlarga xos xudbinlik, qo`rqoqlik, riyo va shuhratparastlik kabi illatlarni ro`yi rost ko`rsatgan, insonlarni hushyorlikka, ezgulikka, birlashishga chorlagan edi.
Koinot gultoji insondir azal
Undadir eng oliy tafakkur, amal
Hatto u tubanlik ichra ham tanho
Yo, falak ijoding buncha mukammal.
Demoqchi bo`lamizki, shoirning hikmatlargacha bo`lgan qator asarlari unga poydevor bo`lib xizmat qilgan. “Ibodat”, “Inson”, “Ona”, “Ota”, “Qiyomat” kabi she`rlarni o`qigan o`quvchi islomning bosh mezoni, payg`ambarimiz (s.a.v.)ning mo`minlarga da`vatini oson va ravon shaklda tushunadi. Payg`ambarimizning ona haqidagi hadislarini aks ettiruvchi “Ona” she`rini o`qimagan yoxud eshitmagan biror o`zbek xonadoni bo`lmasa kerak.
Rasul javob qildi:-Tingla, birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
Eng avval onangga yaxshilik qilgil!
“Hordiq”, “Vahiy”, “Me`roj”, “Duo”, “Kamolot”, “Azroil” kabi she`rlarda payg`ambarimizning yashash tarzlari pokiza va oddiy, naqadar kamtarliklari, komil va saxovatli bo`lganliklari haqidagi hadislar aks etgan.
Ular tag`in dedi: -Siz-ku payg`ambar,
Tomingiz ne uchun bu qadar pastdir?
Rasul javob qildi: -Tinglangiz, magar
Balandni istagan balandparastdir. (“Kamolot” she`ri)
Hikmatlarning yashovchanligini, ta`sirchanligini ta`minlab bergan narsa shubhasiz, uning tilidir. To`plamdagi “Ona”, “Do`zaxiylar”, “Ota” kabi she`rlar muayyan hadisga tayanib yozilgan, tarixiy faktlar obrazlar vositasida badiiy asarga aylangan.
Yovlashdi bir kuni ikki musulmon,
Oradan adolat tamoman ko`chdi.
Ular olishdilar, uzoq, beomon,
Oqibat birining kallasi uchdi.
Kimdir payg`ambardan so`radi kelib!
-Ayo, Rasululloh, aylagil javob.
Hoynahoy, raqibin qonga g`arq qilib,
Ul kas jahannamda tortgaydir azob?
Rasululloh dedi!- U ham va bu ham
Mahkum bo`lg`uvsidir do`zax to`riga
Ikkov ham maydonga tushganlari dam
O`lim tilaganlar biri-biriga.
Ma`lumki, badiiy obraz borliqning san`atkor ko`zi bilan ko`rilgan, ideal asosida qayta ishlangan aksi hisoblanadi. Abdulla Oripov “Do`zaxiylar” she`rida payg`ambarimizning “Ikki guruh mo’minlar bir-birlari bilan urishsalar,o’rtalariga tushib, yarashtirib qo’yingiz, zero Olloh ularni ham mo’minlar deb atagan”2 hadisini mahorat bilan badiiy obrazlar vositasida qayta jonlantiradi.
Sahoba Ahnaf rivoyat qiladi:”Mana bu kishini himoya qilgani yo’l oldim. Yo’lda Abu Bakr yo’liqdi. ”Qayoqqa ketyapsan?”,-dedi. ”Mana bu kishiga yordamlashgani ketyapman”,- dedim. ”Qayt, men Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan eshitganman, agar ikki musulmon qilich yalong’ochlab bir-biriga hamla qilsa, o’ldirgan ham, o’lgan ham, do’zaxga tushgaydir. ”Yo Rasululloh, o’ldirgan-ku mayli-ya, o’lgan nega tushgaydir?”,- deganimda,”U ham sherigini o’ldirmoqqa jazm qilgandir”,-deb aytganlar”,-dedi”.
Lirikaning asosiy xususiyati tuyg`u-kechinmalarni ifodalashi hisoblanadi. Ushbu she`rda epik asarlarga xos bo`lgan voqeabandlik, dramatik asarga xos bo`lgan dialog mavjud va ular shoirning ijodiy niyatini aks ettirmoqda. Ijodkor so`zlarni usta did bilan qo`llaganki, ko`z o`ngimizda bevosita urush sahnasi gavdalanadi. Birinchi misrada qo`llangan yovlashdi so`zi jumlaning emotsional-ekspressivligini kuchaytirishga xizmat qilgan. Ya`ni, bunda tilni qo`llashdagi odatiy normadan og`ish mavjud. Dushman, g`anim so`zlarining ma`nodoshi yov so`zidan yangi bir so`z – yovlashmoq fe`li hosil qilingan. Shoir payg`ambarimiz yashagan davr koloritini berish uchun shu so`zdan foydalangan. Kesim vazifasini bajargan ushbu so`zning misra boshida kelishi misradagi hissiyotni oshirmoqda.
“Ul kas jahannamda tortgaydir azob” jumlasidagi odam va do`zax so`zlari o`rnida ularning sinonimi kas va jahannam so`zlarining qo`llanishi ham asosiy g`oya – mo`minning mo`min bilan yovlashishi qat`iy man etilganini ifodalashga xizmat qilgan. Umuman olganda, shoir hikmatlarda so`zning qudratini, kuchini, mo`jizasini, ohang va tartibning emotsional-ekspressiv jihatini yaqqol ko`rsata olgan.
Shoir so`z haqidagi quyidagi to`rtlikni keltirgan edi:
So`z asli payg`ambar,
U bois balki
Odamzod tanigan o`z Xudoyini
Erigan temirning tomchisi kabi
O`rtab yuborar u tekkan joyini.
Sirasini aytganda, Abdulla Oripovning “Hikmat sadolari” to`plamini islom dinini aks ettiruvchi o`ziga xos yo`riqnoma yoxud har jihatdan yetuk badiiy asar to`plami deyish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. Орипов Абдулла. Хикмат садолари. Инсоф ва диёнат излаб. “Нур”,1993, Б-7.
-
2. Imom Buxoriy. “Al jomi` as sahih”, I jild, 10-bet.
-
3. Nurboy Jabborov “Zamon, mezon, she’riyat” G’afur G’ulom nashriyoti, Toshkent. 2015.200-bet
-
4. Abdulla Oripov. “Haj daftari. Hikmat sadolari” 1992
-
5. Abdulla Oripov “Tanlangan asarlar” G’afur G’ulom nashriyoti, Toshkent. 2001
Список литературы Abdulla Oripov's series “The sounds of wisdom” - as a poetic form of hadiths
- Орипов Абдулла. Хикмат садолари. Инсоф ва диёнат излаб. "Нур",1993, Б-7.
- Imom Buxoriy. "Al jomi' as sahih", I jild, 10-bet.
- Nurboy Jabborov "Zamon, mezon, she'riyat" G'afur G'ulom nashriyoti, Toshkent. 2015.200-bet
- Abdulla Oripov. "Haj daftari. Hikmat sadolari" 1992
- Abdulla Oripov "Tanlangan asarlar" G'afur G'ulom nashriyoti, Toshkent. 2001