Artemisia absinthium L. o‘simligining ayrim biologik xususiyati
Автор: Turniyozova N.R.
Журнал: Мировая наука @science-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4 (97), 2025 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada achchiq shuvoq oʻsimligining morfologiyasi, dorivorlik xususiyatlari, dala va labaratoriya sharoitlarida urugʻ unuvchanligi keltirilgan. Oʻsimlik uchun labaratoriya sharoitida optimal unish harorati va dala sharoitida qulay unish harorati aniqlangan. Tajribalar davomida olingan natijalar statistik qayta ishlangan va diagrammada keltirilgan.
Artemisia absinthium l, achchiq shuvoq, ermon, morfologiya, urugʻ, unuvchanlik
Короткий адрес: https://sciup.org/140311490
IDR: 140311490
Текст научной статьи Artemisia absinthium L. o‘simligining ayrim biologik xususiyati
Kirish. Artemisia absinthium L. (Achchiq shuvoq, ermon) koʻp yillik oʻt oʻsimlik boʻlib, balandligi 50 dan 100 sm gacha yetadi. Ildizpoyasi qisqa va tarmoqlangan boʻlib, undan ildizga yaqin joylashgan barglar, gul hosil qiladigan bir nechta uzun poyalar hamda bargli qisqa poyalar rivojlanadi. Poyasi tik holda oʻsadi, ozgina qirrali tuzilishga ega va yuqori qismida shoxlanish kuzatiladi. Ildizga yaqin barglari uzun bandli boʻlib, uchburchak-yumaloq shaklga ega va ikki yoki uch marta patsimon tarzda boʻlingan boʻladi (1-rasm). Poyadagi barglar qisqa bandli va turli koʻrinishlarda uchraydi: quyi qismidagilari ikki marta patsimon ajralgan, oʻrta qismining barglari esa oddiy patsimon, yuqori qismidagilari esa uch boʻlakdan iborat boʻladi. Barg boʻlaklari asosan lansetsimon yoki chiziqsimon shaklda boʻlib, uchi butun, tekis chetli, ayrim hollarda esa tishsimon qirrali boʻlishi mumkin [1, 6].

1-rasm. Artemisia absinthium L. ning morfologiyasi [7]
Ushbu oʻsimlik quyidagi kasalliklarga qarshi ishlatilgan: gijja haydovchi, shamollashga qarshi, yalligʻlanishga qarshi, mikroblarga qarshi, depressiyaga qarshi, hazmni yaxshilovchi, hazmni yengillashtiruvchi, oʻt haydovchi dorivor vosita sifatida, shuningdek, hasharotlar va oʻrgimchak chaqishlari, gerpes va parazitik gijjalar bilan bogʻliq infeksiyalarni davolashda [2]. Artemisia L. ning 260 dan ortiq turlari oʻrganilgan, tadqiqot natijalari koʻra farmakologik faoliyat va murakkab kimyoviy birikmalar bilan koʻp sonli metabolit sinflarini oʻz ichiga olganligini koʻrsatadi [3].
Ermon shuvoq tarkibida 0,5-2% efir moyi (absintol), 0,09-0,53% absintin, 0,03% anabsintin, xamazulen, proxamazulenogen, artabsin, kofein, olma va askorbin kislotalari, karotin, arabsin va boshqa laktonlar, artemizetin flavonoidi, lignan, V6 vitamini hamda oshlovchi moddalar boʻladi. Zamonaviy tabobatda ermon oʻsimligining galen preparatlari me’da-ichak yoʻli ishini jonlantirib, oʻt ajralishini va me’da osti bezi funksiyasini kuchaytirishi, ovqat hazmini ancha yaxshilashi aniqlangan. Uning tarkibidagi alkaloid va boshqa faol moddalar bakteriya va zamburugʻlarni oʻldirib, yalligʻlanishga qarshi ta’sir koʻrsatadi, absintin esa immunitetni jonlantirish xossasiga ham ega. Ermon tarkibida boʻladigan efir moyi farmakologik xossalari jihatidan kamforaga yaqin turadi, markaziy asab tizimini qoʻzgʻatib, yurak ishini joyiga keltiradi [3,4].
Material va metodlar. Oʻsimlikning fenologiyasi, oʻsishi va rivojlanishi I.N.Beydeman va boshqalar metodikasi boʻyicha oʻrganildi. Sutkalik va mavsumiy gullash va urugʻ biologiyasini oʻrganishda Ponomoryov metodikasidan foydalanildi, oʻsimlikning fitosenozda tutgan oʻrni Drudening 6 ballik shkalasi yordamida aniqlandi. Oʻsimlikning ilmiy nomlari plantarium.ru saytidan aniqlandi. Olingan natijalar Excel-2011 datusrida qayta ishlandi [5].
Natijalar. Oʻsimliklarning unib chiqishi uchun optimal harorat muhim ahamiyatga ega boʻlib, hamma oʻsimliklar uchun turli darajani tashkil etadi. 2025- yilda 12 oy saqlangan urugʻlarning turli harorat va namlikda laboratoriya sharoitida unuvchanligi kuzatilganda, urugʻlarning unib chiqishi uchun eng maqbul harorat +30… +35 boʻlib, unuvchanligi 8-10 kun ichida 68 % ni tashkil etadi. Harorat oshishi va pasayishi unuvchanlikka salbiy ta’siri etganligi kuzatildi. 20-25 haroratda unuvchanlik 25-30% ni tashkil etdi. 25-30 haroratda esa 30-35% ni tashkil etdi.
Achchiq shuvoq urugʻlarining laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi (% hisobida besh takrorlikdan oʻrtacha koʻrsatgichlar keltirilgan, urugʻlar 50 tadan ekilgan) 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Artemisia absinthium L. ning urugʻ unuvchanligi
Achchiq shuvoq oʻsimligining dala sharoitida unuvchanligi +20+25 haroratda 30-35 % ni tashkil etadi. +25+30 da 32-35 % ekanligi aniqlandi. Eng optimal sharoit +30+35 da 70-75% ni tashkil qildi.
Xulosa. Achchiq shuvoq oʻsimligi koʻp tomonlama foydali oʻsimlik boʻlib, oʻsimlikning urugʻ unuvchanligi labaratoriya sharoitida eng optimal harorat +30…+35 gradus boʻlib, unish foizi 62-68 ni tashkil qildi. Dala sharoitida esa oʻzimlikning urugʻ unuvchanligi uchgun optimal sharoit +30…+35 gradusni tashkil qilib unuvchanlik foizi 72-78 ekanligi aniqlandi. Demak, achchiq shuvoq oʻzimligini dala sharoitida urugʻlardan ekib koʻpaytirish uchun tavsiya qilish mumkin va bu oʻsimlikni ekib koʻpaytirishda qulaylik yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. Raximjonova, S. (2024). Achchiq shuvoq oʻsimligining morfologiyasi, tarqalish ekologiyasi va xalqa tabobatida qoʻllanilishi. Formation of psychology and pedagogy as interdisciplinary sciences, 3(28), 72-75.
-
2. Goud, B. J., Dwarakanath, V., & Swamy, B. K. (2015). A review on history, controversy, traditional use, ethnobotany, phytochemistry and pharmacology of Artemisia absinthium Linn. International Journal of Advanced Research in Engineering and Applied Sciences, 4(5), 77-107.
-
3. Choriyev O. J. va boshqalar (2023). Yovvoyi dorivor oʻsimliklar. Ilmiy-ommabop risola. 19-23.
-
4. Rahmonqulov, U., Umirov, N. H., & Xurramov, O. (2017). Jizzax davlat pedagogika instituti Jizzax viloyati muhofaza hududlarida uchrovchi “Qizil kitob” ga kiritilgan oʻsimliklar haqida. Минтақавий муаммолари.–2017.
-
5. Tolipova, M. J. (2024). Glycyrrhiza glabra L. oʻsimligining urugʻunuvchanligi. SAMBHRAM xabarnomasi, 1(1), 226-228.
-
6. Хайитов, Ю. К., & Джурахужаев, Д. Д. (2024). Теоретические и методологические основы изучения антропогенных ландшафтов. Экономика и социум, (4-1 (119)), 1157-1161.
"Мировая наука" №4(97) 2025