Atmosfera havosi ifloslanishining yurak qon tomir tizimiga ta’siri

Автор: Amaniyazov Arislan Oralbayevich, Kdirbaeva Nargiza Baxtiyarovna, Pirlepesova Miyasar Kuatbayevna, Askarova Nilufar Baxtiyarovna, Kutlimuratova Gulnura Paraxatovna

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Статья в выпуске: 1 (17), 2024 года.

Бесплатный доступ

Adabiyotlar sharhida chang zarrachalarning kattaligi, fizik xususiyatlari, atmosfera havosi ifloslanishining organizmga qisqa va uzoq muddatli ta’sir qilishida yurak-qon tomir tizimida kuzatiladigan salbiy holatlar va kasalliklar boʻyicha ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.

Janubiy Orolboʻyi mintaqasi, atmosfera havosi ifloslanishi, particulate matter, yurak qon tomir tizimi, yurak qon tomir tizimi kasalliklari

Короткий адрес: https://sciup.org/14130673

IDR: 14130673

Текст научной статьи Atmosfera havosi ifloslanishining yurak qon tomir tizimiga ta’siri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Orol dengizining janubida joylashgan boʻlib, mintaqadagi shamollar shimoli-sharq va shimoli-gʻarbdan esayotganligi tufayli ushbu hududda yashovchi odamlar ekologik ofatga duchor boʻlishadi [12]. Keyingi vaqtlarda Janubiy Orolboʻyi mintaqasidagi atmosfera havosining har xil chang-tuzlar kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishi kundan kunga ortib bormoqda [26]. Bu esa ushbu yerda yashovchi odamlarning nafas olish tizimiga ta’sir etib, har xil nafas olish yoʻllari kasalliklari bilan bir qatorda boshqa buzilishlarni ham keltirib chiqaradi. Adabiyotlarda mintaqadagi noqulay ekologik holatning bolalar, yigitlar, qizlar va sportchilarning kardiorespirator tizimi funksiyasiga salbiy ta’sirlari haqida ma’lumotlar berilgan [4, 8, 15, 16]. Ushbu adabiyotlar sharhida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar va ularning yurak qon tomir tizimiga salbiy ta’sirlari haqida ma’lumotlar berishni maqsad qildik.

Atmosferasini ifloslantiruvchi barcha moddalardan, aholining yurak qon tomir tizimi kasallanishiga va ushbu tizimning funktsional holatiga ta’sir koʻrsatadigan mayda qattiq zarrachalar yetarli darajada oʻrganilmagan. Ular aerozol shaklida havoda mavjud. Bu kichik qattiq va suyuq moddalar ingliz tilidagi adabiyotlarda odatda particulate matter (PM) deb nomlanadi [23]. Eksperimental va epidemiologik ma’lumotlar shuni koʻrsatdiki, PM kelib chiqishiga qarab (sanoat, qurilish, transport chiqindilari, yoʻl changlari, yogʻoch, koʻmir va boshqa materiallarning yonish mahsulotlari) tarkibi jihatidan farq qiladi va inson salomatligiga turli xil ta’sir koʻrsatadi [23]. PM ning inson tanasiga, xususan, yurak qon tomir tizimiga kirish qobiliyatiga zarrachalar hajmi ta’sir qiladi.

PM ni tavsiflashning eng keng tarqalgan usuli ularning hajmiga asoslanadi. Katta 2,5 mkm>10 mkm (РМ 10 ), mayda – 0,1>2,5 mkm (РМ 2,5 ) va ultradispersion – > 0,1 mkm (РМ 0,1 ) oʻlchamdagi zarrachalar farqlanadi [11]. Nafas olish paytida PM 10 traxeyaga, bronxlarga kiradi, ulardan ba’zilari chiqariladi, ba’zilari bronxda qoladi. PM 10 bilan uzoq muddatli kontaktda boʻlish oʻpka-yurak bilan kechishi mumkin boʻlgan surunkali bronxopulmoner patologiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi. Bronxopulmoner himoya mexanizmlaridan qochgan PM 2,5 (sirt faol moddalar, alveolyar makrofaglar, leykotsitlar, semiz hujayralar va boshqalar) oʻpka alveolalariga yetib boradi, alveolyar epiteliy orqali qonga kirib, turli organlarga yetib borishi mumkin. Katta zarrachalarga nisbatan katta sirt maydoniga ega boʻlgan kichik zarralar koʻproq toksik moddalarni oʻzlashtirishi va ushlab turishi mumkin. Odamlar uchun eng xavflisi yuqori darajada organizmga kirib boradigan ultradispersion zarrachalar (PM 0,1 ) dir [2]. Ularning ta’siri nafas olish va yurak-qon tomir tizimining uzoq muddatli shikastlanishi bilan bogʻliq.

Koʻpgina epidemiologik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, yurak qon tomir kasalliklari orasida ayniqsa oʻtkir koronar sindrom havo ifloslanishi bilan chambarchas bogʻliq. Shu bilan birga, PM 2,5 ushbu kasallikning rivojlanishida eng muhim rol oʻynaydi. PM bilan ifloslanish darajasi yuqori boʻlgan Xitoy shaharlarida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, PM 2,5 ning uzoq muddatli ta’siri yurak qon tomir kasalliklari bilan bogʻliq [6]. Aholi vakillari orasida PM 2,5 ta’siriga ayniqsa ayollar, qariyalar va qandli diabet bilan kasallanganlar nisbatan sezgirroq boʻladilar [6].

Bir qator tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, yuqori PM 2,5 kontsentratsiyasiga uzoq muddatli ta’sir qilish yuqori qon bosimi va arterial gipertenziya bilan bogʻliq. Aytish joizki, oʻrta yoshli bemorlar, semirib ketganlar va shahar aholisi orasida arterial gipertenziyani aniqlash darajasi yuqori boʻlgan [21, 24]. Shunga oʻxshash holatlar PM 1 uchun ham topilgan.

Havoni ifloslantiruvchi moddalarning uzoq muddatli ta’sir qilishidan keyin qon hujayralarida sodir boʻlgan oʻzgarishlar yurakning ishlashiga ta’sir qilishi mumkin. Koronar ateroskleroz transport chiqindilariga uzoq vaqt ta’sir qilgandan keyin qayd etilgan, qisqa muddatli ta’sir esa gipertoniya, insult, miokard infarkti va yurak yetishmovchiligi bilan bogʻliq [11, 13]. Qorincha gipertrofiyasi odamlarda azot oksidi (NO 2 ) uzoq vaqt ta’sir qilgandan keyin paydo boʻlishi haqida xabar berilgan [18, 19].

1-jadval.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi ayrim moddalarning inson salomatligiga ta’siri

PM

Particulate Matter

Zarrachalar juda koʻp turli xil tarkibiy qismlardan iborat. Ulardan ba’zilari toʻgʻridan-toʻgʻri atmosferaga chiqariladi, boshqalari undagi reaktsiyalar natijasida hosil boʻladi. Ular tumanni keltirib chiqaradi va nafas olganda oʻpka bilan bogʻliq muammolar (nafas olish yoʻllarida yalligʻlanish va qichishishlarni keltirib chiqaradi, astma, oʻpka funksiyasining pasayishi, oʻpka raki) ni keltirib chiqarishi mumkin. Kardiovaskulyar buzilishlarni chaqiradi. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Reproduktiv sistemaga ta’sir qiladi [25].

Ogʻir metallar

Ogʻir metallar atmosferaga turli manbalardan, jumladan, qazib olinadigan yoqilgʻilarni yoqish va avtomobil transporti chiqindilaridan kiradi. Ulardan ba’zilari, masalan, simob va qoʻrgʻoshin, inson salomatligiga toksik ta’sir koʻrsatadi [20].

Hozirgi vaqtda aeropollutantlarning yurak-qon tomir tizimiga ta’siri koʻrib chiqilmoqda. Ishlab chiqarishda uglerod disulfid ta’siriga uchragan 10 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan erkaklarda yurakning ishemik kasalligi bilan kasallanish va oʻlim darajasi deyarli 2 baravar oshgan. Eng muhim xavf omili aterogen dislipidemiya boʻlib, kimyoviy korxonalar yaqinida yashovchi odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari darajasi 2-4 baravar yuqori ekanligi aniqlangan. Kasalxonaga yotqizish darajasi 20% yuqori boʻlgan organik ifloslantiruvchi moddalar manbalari yaqinida yashovchi odamlarning miokard infarkti bilan kasallanish darajasi va organik ifloslantiruvchi moddalarga duchor boʻlmagan odamlarning kasalxonaga yotqizish darajasi oʻrtasidagi bogʻliqlik qayd etildi. Xanti-Mansi avtonom okrugida besh yillik tibbiy-ekologik monitoring yurak-qon tomir kasalliklari tarqalish chastotasi va aeropollutantlar kontsentratsiyasi oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatdi. Stenokardiya tufayli kasalxonaga yotqizish darajasi va atmosferadagi oʻrtacha oylik uglerod oksidi, fenol va formaldegid kontsentratsiyasining oshishi oʻrtasidagi korrelyatsion tahlil miokard infarkti va gipertenziya kabi kasalliklarning ham koʻpayishini koʻrsatdi. Shu bilan birga, surunkali yurak yetishmovchiligining dekompensatsiya darajasi atmosfera havosidagi azot dioksidi kontsentratsiyasining, uglerod oksidi va fenolning minimal oʻrtacha oylik kontsentratsiyasining pasayishiga toʻgʻri keldi [1, 7].

Yuqoridagi muhokama qilingan atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalardan tashqari Janubiy Orolboʻyi hududidining tuproq va suvlarida ogʻir metallarning, ayniqsa, qoʻrgʻoshinning yuqori konsentratsiyalari ham qayd etilgan [27]. Biologiya va tibbiyotda, qoʻrgʻoshin uzoq vaqtdan beri inson tanasiga kirib, unda toʻplanib, politropik ta’sir koʻrsatadigan juda zaharli modda sifatida ta’riflangan. Adabiyotda qoʻrgʻoshin intoksikatsiyasi bilan birinchi navbatda markaziy asab tizimi, shuningdek, oshqozon-ichak trakti, gematopoez va yurak qon tomir tizimi ta’sirlanganligi haqida dalillar mavjud.

Surunkali qoʻrgʻoshin intoksikatsiyasida qonning yopishqoqligi oshishi, albumin-globulin koeffitsientining pasayishi, eritrotsitlar gemoglobini, gematokrit va eritrotsitlar oʻrtacha hajmining koʻpayishi kuzatiladi. Qoʻrgʻoshin qon tizimiga sezilarli ta’sir koʻrsatishi isbotlangan. Qoʻrgʻoshin ta’sirida anemiya patogenezida porfirin sintezining buzilishi, globin sintezining pasayishi, ayniqsa alfa zanjirlar va qizil qon hujayralarining yoʻq qilinishining kuchayishi kuzatiladi [9]. Temir tanqisligi va qoʻrgʻoshin intoksikatsiyasi oʻrtasidagi bogʻliqlik koʻrsatilgan, bu ayniqsa temirga boʻlgan ehtiyoj oshganda bolalar va oʻspirinlarda juda muhimdir. Qoʻrgʻoshin va temir uchun umumiy qiziqish mavjud terminal oqsili tashuvchi. Tanadagi temir zaxiralarining pasayishi qoʻrgʻoshinning ichakka singishini kuchayishiga olib keladi va qoʻrgʻoshin intoksikatsiyasini kuchaytiradi. Shu bilan birga, qoʻrgʻoshin oshqozon-ichak traktida temirning soʻrilishini buzadi va shu bilan temir tanqisligi anemiyasini rivojlanishiga yordam beradi [10].

Ma’lumki, toksik va potentsial toksik moddalarning havo, suv va oziq-ovqatdan inson tanasiga kirishi oʻtkir va surunkali intoksikatsiyaga olib kelishi mumkin [3]. Shuningdek, homiladorlikning 12-14 haftasidan boshlab, qoʻrgʻoshin onaning tanasidan homilaga platsenta orqali, tugʻilgandan keyin esa ona suti orqali osongina oʻtishini isbotladilar [3].

ADABIYOTLAR

LSA-1-2024

Список литературы Atmosfera havosi ifloslanishining yurak qon tomir tizimiga ta’siri

  • Артамонова, Г.В., Шаповалова, Э.Б., Максимов, С.А., Скрипченко, А.Е., Огарков, М.Ю. Окружающая среда как фактор риска развития ишемической болезни сердца в урбанизированном регионе с развитой химической промышленностью // Кардиология. – 2012. – № 10. – С. 86–90.
  • Герман С.В., Бобровницкий И.П., & Балакаева А.В. (2021). Влияние загрязнения воздуха твёрдыми взвешенными частицами на развитие болезней системы кровообращения (обзор литературы). Гигиена и санитария, 100 (6), 555-559.
  • Дубовая А.В. (2016). Влияние химических элементов на функциональное состояние сердечно-сосудистой системы (обзор литературы). Мать и дитя в Кузбассе. №4. C. 10-14.
  • Еркудов, В.О., Розумбетов, К.У.У., Пуговкин, А.П., Матчанов, А.Т., Есимбетов, А.Т., Кочубеев, А.В., & Рогозин, С.С. (2022). Взаимозависимость строения тела и функциональной реактивности вегетативного тонуса при дыхании с добавочным сопротивлением. Российские биомедицинские исследования, 7(3), 9-20.
  • Колпакова А.Ф., Шарипов Р.Н., Волкова О.А. (2015). Влияние загрязнения атмосферного воздуха взвешенными веществами на сердечно-сосудистую систему. Сибирский журнал клинической и экспериментальной медицины, 30 (3), 7-12.
  • Колпакова А.Ф., Шарипов Р.Н., Волкова О.А., Колпаков Ф.А. О роли загрязнения воздуха взвешенными частицами в патогенезе сердечно-сосудистых заболеваний. Меры профилактики. Кардиоваскулярная терапия и профилактика. 2020;19(3):2421. doi:10.15829/1728-8800-2020-2421
  • Ойноткинова О.Ш., Ермаков Н.А., Шкловский Б.Л. (2021). Медико-экологические факторы в развитии сердечно-сосудистых заболеваний. Здоровье мегаполиса, 2 (4), 42-52.
  • Розумбетов, К.У., Есемуратова, С.П., Нисанова, С., Нажимов, И.И., Есимбетов, А.Т., & Матчанов, А.Т. (2021). Оценка функционального состояния сердечно-сосудистой системы у подростков, проживающих в южном Приаралье. Бюллетень науки и практики, 7(9), 331-340.
  • Сушанло Р.Ш. (2016). Влияние свинцовой интоксикации и гипоксии на сердечно- сосудистую систему (литературный обзор). Сибирский журнал клинической и экспериментальной медицины. Том 31. №3. С. 33-38.
  • Трахтенберг И.М., Лубянова И.П., Апыхтина Е.Л. Роль свинца и железа, как техногенных химических загрязнителей, в патогенезе сердечно сосудистых заболеваний // Медицина профилактическая. – 2010. – Вып. 49, № 7–8. – С. 36–39.
  • Argacha JF, Bourdrel T, van de Borne P. Ecology of the cardiovascular system: A focus on airrelated environmental factors. Trends Cardiovasc Med. 2018 Feb;28(2):112-126. doi: 10.1016/j.tcm.2017.07.013. Epub 2017 Aug 4. PMID: 28826667.
  • Bennion P, Hubbard R, OʻHara S, Wiggs G, Wegerdt J, Lewis S, Small I, van der Meer J, Upshur R; Médecins san Frontières/Aral Sea Respiratory Dust and Disease project team. The impact of airborne dust on respiratory health in children living in the Aral Sea region // Int J Epidemiol. – 2007. – №36(5). – P. 1103-1110.
  • Bourdrel T, Bind MA, Béjot Y, Morel O, Argacha JF. Cardiovascular effects of air pollution. Arch Cardiovasc Dis. 2017 Nov;110(11):634-642. doi: 10.1016/j.acvd.2017.05.003.
  • Chen Z, Liu N, Tang H, Gao X, Zhang Y, Kan H, Deng F, Zhao B, Zeng X, Sun Y, Qian H, Liu W, Mo J, Zheng X, Huang C, Sun C, Zhao Z. Health effects of exposure to sulfur dioxide, nitrogen dioxide, ozone, and carbon monoxide between 1980 and 2019: A systematic review and metaanalysis. Indoor Air. 2022 Nov;32(11):e13170. doi: 10.1111/ina.13170.
  • Erkudov V.O., Rozumbetov K.U., Pugovkin A.P., Matchanov A.T., Pankova N.B. Typological Features of Autonomic Heart Rate Regulation during Imitation of a Rise to Altitude by Using Additional Respiratory Resistance. Human Physiology, 2023, Vol. 49, No. 4, pp. 393-401.DOI: 10.1134/S0362119723600078
  • Erkudov, V.O., Rozumbetov, K.U., González-Fernández, F.T., Pugovkin, A.P., Nazhimov, I.I., Matchanov, A.T., & Ceylan, H.İ. (2023). The effect of environmental disasters on endocrine status, hematology parameters, body composition, and physical performance in young soccer players: a case study of the Aral Sea region. Life, 13(7), 1503.
  • Guardans R, Castro-Jiménez J. How Enhancing Atmospheric Monitoring and Modelling can be Effective for the Stockholm Convention on POPs. Atmosphere. 2013; 4(4):445-471. https://doi.org/10.3390/atmos4040445
  • Katholi RE, Couri DM. Left ventricular hypertrophy: major risk factor in patients with hypertension: update and practical clinical applications. Int J Hypertens. 2011;2011:495349. doi: 10.4061/2011/495349.
  • Leary PJ, Kaufman JD, Barr RG, Bluemke DA, Curl CL, Hough CL, Lima JA, Szpiro AA, Van Hee VC, Kawut SM. Traffic-related air pollution and the right ventricle. The multi-ethnic study of atherosclerosis. Am J Respir Crit Care Med. 2014 May 1;189(9):1093-100. doi: 10.1164/rccm.201312-2298OC. PMID: 24593877; PMCID: PMC4098110.
  • Li N, Han W, Tang J, Bian J, Sun S, Song T. Pollution Characteristics and Human Health Risks of Elements in Road Dust in Changchun, China. Int J Environ Res Public Health. 2018 Aug 27;15(9):1843. doi: 10.3390/ijerph15091843. PMID: 30150528; PMCID: PMC6164438.
  • Lin H, Guo Y, Zheng Y, et al. Long-Term Effects of Ambient PM2.5 on Hypertension and Blood Pressure and Attributable Risk Among Older Chinese Adults. Hypertension. 2017;69(5):806-12. doi:10.1161/HYPERTENSIONAHA.116.08839.
  • Liu XM, Peyton KJ, Durante W. Ammonia promotes endothelial cell survival via the heme oxygenase-1-mediated release of carbon monoxide. Free Radic Biol Med. 2017 Jan;102:37-46. doi: 10.1016/j.freeradbiomed.2016.11.029. Epub 2016 Nov 17. PMID: 27867098; PMCID: PMC5209302.
  • Manisalidis I, Stavropoulou E, Stavropoulos A, Bezirtzoglou E. Environmental and Health Impacts of Air Pollution: A Review. Front Public Health. 2020 Feb 20;8:14. doi: 10.3389/fpubh.2020.00014. PMID: 32154200; PMCID: PMC7044178.
  • Song J, Lu M, Lu J, et al. Acute effect of ambient air pollution on hospitalization in patients with hypertension: A time-series study in Shijiazhuang, China. Ecotoxicol Environ Saf. 2019;170:286-92. doi:10.1016/j.ecoenv.2018.11.125.
  • Tiotiu AI, Novakova P, Nedeva D, Chong-Neto HJ, Novakova S, Steiropoulos P, Kowal K. Impact of Air Pollution on Asthma Outcomes. Int J Environ Res Public Health. 2020 Aug 27;17(17):6212. doi: 10.3390/ijerph17176212. PMID: 32867076; PMCID: PMC7503605.
  • Valery O. Erkudov, Kenjabek U. Rozumbetov, Andrey P. Pugovkin, Azat T. Matchanov, Adilbay T. Esimbetov, Shanika Arachchi, Upaka Rathnayake. Assessment of youth fitness under long-term exposure to toxic environmental conditions due to pesticides: Case from Aral Sea region, Case Studies in Chemical and Environmental Engineering. Volume 8, 2023, 100504. https://doi.org/10.1016/j.cscee.
  • Yerkudov, V.O., Zaslavsky, D.V., Pugovkin, A.P., Matchanov, A.T., Rozumbetov, K.U., Dauletov, R.K.,... & Puzyrev, V.G. (2020). Anthropometric Characteristics of Young Adults in Areas with Different Ecological Risks in the Aral Sea Region, Uzbekistan. Ekologiya cheloveka (Human Ecology), 27(10), 45-54.
Еще