Boshlang`ich sinf matematika kursida geometrik materialni o’rgatishda uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish
Автор: Nasritdinov M.M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 1-1 (80), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada boshlang`ich sinf matematika kursida geometrik ma`lumotlarni o`rgatishda uchraydigan kamchiliklar hamda ularni qanday bartaraf etish usullari haqida so`z boradi.
Geomtriya, model, to'rtburchak, figuralar
Короткий адрес: https://sciup.org/140258286
IDR: 140258286 | УДК: 004.02:004.5:004.9
Текст научной статьи Boshlang`ich sinf matematika kursida geometrik materialni o’rgatishda uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish
Fazoviy tasavvurlari chuqur shakllangan insongina mukammal go`zallikni yarata olishi mumkin. Kichik yoshdagi o`quvchilarning fazoda figuralarni farqlash va idrok qilish munosabatlari, ya’ni ob’ektlarning shakli, o`lchami, fazoviy yo`nalishlari, fazoda joylashgan o`rni, hajmi, bo`yi, eni, balandliklari kabi masofalarining hammasi har xil fazoviy tushunchalardir, bu tushunchalarni to‘g‘ri, o‘rinli ishlata olishini o‘rgatish matematika mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi sanaladi. Boshlang`ich sinflar o`quvchilarining geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
I bosqich (tayyorlov) - Bolalarda bo`lgan geometrik figuralar haqidagi umumiy tasovvurlarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasi, model figuralardan foydalanib, amaliy ishlarni bajarish).
II bosqich – O`quvchilar bilan amaliy ishlar asosida ularda geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
III bosqich – O`rganilgan materialni xotirada mustahkam saqlab qolish uchun figuralar yasashga oid maxsus tanlangan mashq va masalalarni bajarish. Bunday sharoitda geometrik figuralarning nomlari va talaffuziga diqqat qaratiladi. «Kesma» haqida gap borganda, o`qituvchi yaqin atrofdagi predmetlar – (qalam, chizg`ich) dan foydalanib, kesmani qog`ozda qanday tasvir etish lozimligini ko`rsatadi. Geometrik sanoq materialidan foydalanib, bolalar bir-biridan juda farq qiladigan yoki mutlaqo bir xil bo`ladigan figuralarni bemalol taqqoslaydilar. Biroq tajriba shuni ko`rsatadiki, bolalar “figuraning yuzi” mavzusi materialini qiyinchilik bilan o`zlashtiradilar. Masalan, turli shakldagi narsalarni taqqoslash ko`pincha uning chiziqli o`lchamlarini taqqoslashga keltiriladi. Bolalar ko`pincha yuzni o`lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash usuli bilan aralashtirib yuboradilar. “To`g`ri to`rtburchakning yuzini o`lchash nimadan iborat?” degan savolga bolalar ko`pincha bunday javob beradilar: “bu uning bo`yini va enini o`lchab, ularni ko`paytirish demakdir”. Biroq to`rtburchakning yuzini topish degan so`z unda yuz birligi (sm2, m2) necha marta joylashshini aniqlashdir.
Mazkur mavzuni o`rganishda o`qituvchi tilga oid qiyinchilikka duch keladi, chunki u geometriyadagi “tekislik” tushunchasiga tayana olmaydi. Shu sababli yuz tushunchasini shakllantirish bo`yicha birinchi darslar juda muhimdir. Ular bolalarning yuz tushunchasining aniq ma’nosini tushunishlarini ta’minlashga qaratilgan bo`lishi kerak. O`quvchilarni yuz atamasi bilan va yuzlarni dastlabki taqqoslash bilan tanishtirishni yaxshi amaliy mashqlarni o`tkazish ma’qul. Boshlang`ich sinflarda geometriya elementlarini o‘rganishning asosiy maqsadlaridan biri o`quvchilarni fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish bo`lib, bu narsa hayolda qayta tiklangan shakllarni ajratib olishga va boshqatdan ulardan kombinatsiya qilgan holda tiklashga yordam beradi. Biroq ajratib olingan shakllarni qayta kombinatsiyalashga (birlashtirish) faqat geometrik shakllarni ajratib olishnigina emas, balki ular orasidagi turli-tuman munosabatlarni bilishni ko`zda tutadi. Chunki yangi figuralar hosil qilish ular elementlari orasida ba’zi munosabatlar to‘plamining mavjud bo`lishini nazarda tutadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining boshlang`ich geometrik tushunchalarni o`zlashtirish poydevorini yaratish va ularni o`rganish metodikasini o`zlashtirish faoliyatini tashkil etishda o`qituvchining yetakchi rolini, uning shaxsi, bilimi, ishga va o`quvchilarga bo`lgan munosabati, metodik mahorati masalaning muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega.
Fazoviy munosabatlar haqida tasavvurlar hosil qilish va ularda boshlang`ich sinflarda geometriya elementlarini o`rganishda foydalanish geometrik tushunchalar mazmunini o`zlashtirishga imkon beradi, atrof muhitni butun rang-barangligi bilan his qilishga olib keladi, real mavjud dunyo haqida bilimlardan asta-sekin abstrakt-geometrik dunyoga, fazoviy tafakkur rivojiga, o`quvchilarining umumiy rivojlanish darajasining yuksalishiga olib keladi. Shu bilan birga shunga e’tibor berish kerakki, bunda geometrik figuralar ustida amallar bajarish mumkin bo`lgan ob’ektlar ekanligini nazarda tutish va o`quvchilar tomonidan uning qanday qabul qilinishiga e’tibor berish kerak hamda o`quvchilarini mantiqiy bog`lovchilar bilan tanishtirishni unutmaslik kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Jumaev M.E. va boshq. Boshlang`ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik) — T:. «Fan va texnologiya», 2005-yil.
-
2. Oliy ta’lim tizimida boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlash istiqbollari. Respublika ilmiy – amaliy konferensiya materiallari. Toshkent 2003 121 bet
"Экономика и социум" №1(80) 2021
Список литературы Boshlang`ich sinf matematika kursida geometrik materialni o’rgatishda uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish
- Jumaev M.E. va boshq. Boshlang'ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik) - T:. "Fan va texnologiya", 2005-yil.
- Oliy ta'lim tizimida boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash istiqbollari. Respublika ilmiy - amaliy konferensiya materiallari. Toshkent 2003 121 bet