Bo`yimadaron o`simligining kimyoviy tarkibi, xalq tabobati va tibbiyotdagi axamiyati

Автор: Maxammatova S.X., Jalolov A.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada bo`yimadaron o`simligining Ozbekistonda o`suvchi turlari, tarqalishi, tabobatdagi ahamiyati, zamonaviy tibbiyotdagi o`rni, kimyoviy tarkibi, tarkibidagi organik va noorganik moddalar hamda vitaminlarning foydali xususiyatlari yoritilgan.

Bo'yimadaron, karotin, ekstrakt, flavanoidlar, antioksidant, gastrit, tuyon, kamfora, karioffillen, sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar

Короткий адрес: https://sciup.org/140300390

IDR: 140300390

Текст научной статьи Bo`yimadaron o`simligining kimyoviy tarkibi, xalq tabobati va tibbiyotdagi axamiyati

O`zbekiston xududida tabiiy xolda o`suvchi yuksak o`simliklarning soni 4500 turdan ziyodni tashkil qiladi. Shulardan 2000 ga yaqin turlari dorivorlik xususiyatiga ega. Xozirgi paytda Respublikamizda 112 turdagi dorivor o`simliklar rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bo`lib, ularning 80% ini tabiiy xolda o`suvchi o`simliklar tashkil qiladi.[1]

O`zbekistonda o`suvchi dorivor o`simliklar soni 2000 turdan ziyodni tashkil qilib, ular ichida bo`yimadaron o`simligini aloxida axamiytga ega.

Boʻyimadaron (Achillea millefolium ) — qoqio`tdoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli koʻp yillik oʻt. Ildiz boʻgʻzidan boʻgʻiz barglari va poyalar oʻsib chiqadi. Bo‘yimadaron ko‘p yillik, bo‘yi 30-70 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan boʻlib, qalqonsimon toʻpgullar bilan tugallangan. Iyunda gullay boshlaydi; mevasi mayda, yassi pistacha, avgustda yetiladi. Oʻzbekistonda bo`yimodaron turkumining 5 turi uchraydi. Bo`yimodaron adir va qirlar, yoʻl yoqalari va oʻrmon chekkalarida oʻsadi. Tarkibida karotin, K va S vitamin, achchiq moddalar bor. Ekstrakti va damlamasi meʼdaichak yarasi kasalliklarini davolash, ishtaha ochish hamda qon toʻxtatish uchun ishlatiladi.

Bo’yimodaron o'simligi tibbiyotida keng qo'llaniladigan gulli o'simlik bo'lib, o’zining tinchlantiruvchi xususiyatlari bilan mashhur va qadim zamonlardan

beri qo'llanilgan [2]. Bu o'tning lotincha nomi qadimgi yunon miflariga va Troya urushi qahramoni Axillesga borib taqaladi, u o'tni sheriklarining jarohatlarini davolash uchun ishlatgan. Kosmetologiyada bo’yimodaron tarkibidagi qimmatbaho yog'li kislotalar va o'simlik qandlari unga ajoyib yumshatuvchi va g'amxo'rlik xususiyatlarini beradi. Bo’yimodaron ekstraktidagi flavonoidlar va taninlarning yuqori miqdori unga mukammal antioksidant va tinchlantiruvchi xususiyatlarni beradi.Kosmetologiyada teriga g'amxo'rlik qilishda va uni tinchlantirishda, ajoyib antioksidant sifatida hamda bo’yimodaron tarkibidagi yog' kislotalari va o'simlik shakarlari unga mukammal yumshatuvchi va terini parvarish qilish xususiyatlarini bergani uchun teri parvarishida ishlatiladi. Oddiy bo’ymodaron (Achillea Millefolium) ning Kimyoviy tarkibida biologik va kimyoviy faol moddalardan karotin, K va C vitaminlari, axillein va betonitsin alkaloidlari, 0,8% gacha efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, 0,31% xolin,asparagin, smola, oshlovchi, achchiq (proxamazulen-axillin) va boshqa moddalar bo’ladi. Efir moyi tarkibida 14% gacha xamazulen (asosiy qismi, efir moyini olish vaqtida proxamazulendan hosil bo’ladi), tuyon, kamfora, borneol, karioffillen, 10% gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor.

O’simlikning mineral tarkibi esa quyidagi jadvalda batafsil berilgan;[3]

Makro va

mikroelementlar nomi

100 g yashil massadagi elementlarning tarkibiy miqdori (mg)

Rux

Zn

3,48

Qo’rg’oshin

Pb

0,01

Magniy

Mg

116,00

Natriy

Na

80,09

Temir

Fe

8,20

Mis

Cu

155,33

Kaliy

K

1618,00

Kalsiy

Ca

606,00

Kadmiy

Cd

0,01

Nikel

Ni

1,07

Yuqoridagi jadvalda ko’rib turganingizdek o’simlik tarkibida miqdor jihatidan kaliy, kalsiy, mis va magniy nisbatan yuqori hisoblanadi. Inson tanasida mineral elementlarning roli juda xilma-xildir. Ular organlar va to'qimalarning tarkibiy qismlari, hujayra va to'qima suyuqliklarining bir qismi, shuningdek fermentlar, mushaklarning qisqarishining molekulyar mexanizmida, asab impulslarining uzatilishida qatnashadi. Bo’yimadarondan tayyorlangan mahsulotlarning dorivor preparatlari me’da ichak(me’da yarasi va gastrit hamda shilliq qavatining yallig’lanishi) kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon to’xtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va gemmoroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to’xtatish uchun ishlatiladi.

Ibn Sino bo’ymodaron yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmani shamollaganda, bosh og’rig’ida, bachadon yarasida, buyrak tosh va boshqa kasalliklarda tavsiya qilgan. Xalq tabobatida o’simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma turli qon oqishlarda (qon tupurish, qon aralash ich ketish, bavosil kasalliklarida) qon to’xtatuvchi hamda ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Bu dorilardan yana bosh og’rig’ini qoldiruvchi, siydik haydovchi vosita sifatida hamda o’pka sili va meda- ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bo’ymodaron gulining kukuni asalga qorib yeyilsa, gijjalar tushadi.[4]

Tibbiyotda bo’ymodaron o’simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt me’da-ichak kasalliklarini davolashda hamda ishtaha ochuvchi, qon oqishini to’xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi.Bo’ymodaron o’simligini o’stirish texnoligiyasi ham juda oddiy uni mamlakatimizning barcha sug’oriladigan tuproqlarida (sho’r yerlardan tashqari) ekib o’stirish mumkin. Ayniqsa sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda ekilsa yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Undan mo’l hosil yig’ib olish mumkin bo’ladi. Ko’p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, yovvoyi holda o’sadigan bo’ymodaron o’simligiga nisbatan, ekib o’stiriladiganlari tarkibida biologik faol moddalar ko’proq to’planadi va xomashyosini vaqtida yig’ib olinadi. Undan tashqari ularning ayrim noyob, kamayib ketayotgan turlarini ko’paytirish imkoniyati paydo bo’ladi. Bo’yimodaron ekiladigan yerlarni kuzda organik va mineral o’g’itlar bilan oziqlantirib, 25-27 sm chuqurlikda traktor bilan haydab qo’yiladi. Bo’modaron ko’p yillik o’simlik bo’lgani uchun uni kech kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin.O’simlikni urug’idan va vegetativ yo’l bilan ham ko’paytiriladi. Ekish davrida eng saralangan urug’lardan foydalaniladi.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak yuqorida sanab o`tilgan shifobaxsh xossalari, zararli va toksinli xossalarining o`ta kam miqdorda namoyon bo`lishini inobatga olib, bo`yimadaron o`simligidan farmatsevtikada va xalq tabobatida qo`llash va shu bilan birga foydali komponentlarini ajratib olishning samarali metodlarini ishlab chiqishni tavsiya etish mumkin.[5]

Foydalanilgan adabiyotlar.

  • 1. B.Yo.To`xtayev, T.X.Maxkamov, A.X.To`laganov”Dorivor o`simliklar plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo`yicha yo`riqnoma”. Toshkent 2015 yil.137 b.

  • 2 . OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  • 3.    Pratov.O’.P, Nabiyev.M.M. O’zbekiston yuksak o’simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent . O’qituvchi- 2007. 31-32 b

  • 4.    Шаталина Н.В, Первышина Г.Г, Ефремов А.А, Гордиенко Г.П,

    Агафонова Е.А, Гончаров Д.В. Содержание некоторых биологически активных веществ в траве тысячелистника обыкновенного ( Achillea Millefolium), произрастающего в красноярском крае. Химия растительного сырья. 2002. №3. С. 13–16

  • 5.    Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent.

Tafakkur bo’stoni-2018. 192-196 b

"Экономика и социум" №6(97) 2022

Список литературы Bo`yimadaron o`simligining kimyoviy tarkibi, xalq tabobati va tibbiyotdagi axamiyati

  • B.Yo.To'xtayev, T.X.Maxkamov, A.X.To'laganov"Dorivor o'simliklar plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma". Toshkent 2015 yil.137 b.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
  • Pratov.O'.P, Nabiyev.M.M. O'zbekiston yuksak o'simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent. O'qituvchi- 2007. 31-32 b.
  • Шаталина Н.В, Первышина Г.Г, Ефремов А.А, Гордиенко Г.П, Агафонова Е.А, Гончаров Д.В. Содержание некоторых биологически активных веществ в траве тысячелистника обыкновенного (Achillea Millefolium), произрастающего в красноярском крае. Химия растительного сырья. 2002. №3. С. 13-16.
  • Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent. Tafakkur bo'stoni-2018. 192-196 b.
Статья научная