Dirijor Vladimir Borisovich Neymer ijodiy maktabi xususida

Автор: Dilmurotov Mirzobek O’tkir o’g’li

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 9 (88), 2021 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqola muallifning ilmiy ishidan debocha bo‘lib, o‘zbek dirijorlik san’atining rivojlanishi va bugungi kuni o‘rganib chiqildi (tahlil etildi) hamda ushbu san’atning yorqin vakillaridan biri, butun umri davomida o‘zbek dirijorlik san’atini rivojlantirish va yuksaltirishga intilgan, o‘z ijodiy maktabiga ega ustoz V.B.Neymer ijodiga qaratilgan.

Dirijor, dirijorlik san’ati, ijodiy maktab, Neymer, asarlar, faoliyat, shogird tarbiyasi

Короткий адрес: https://sciup.org/140254891

IDR: 140254891

Текст научной статьи Dirijor Vladimir Borisovich Neymer ijodiy maktabi xususida

Mohir dirijorning qo‘lida bejirim yog‘och tayoqchani o‘ynatishi va harakati ilk bor musiqa san'atiga qadam qo‘ygan har bir insonni o‘ziga rom etib, tinglovchilarni sehrli ohang olamiga yetaklab olib kirishi sir emas, albatta.

Jahonga mashhur Arturo Toskanini, Gerbert fon Karayan, Valeriy Gergiev, Klaudio Abbado, Vladimir Spivakov, Ernest Anserme, Djon Tauner Uilyams va boshqalar dunyo dirijorlik san’atida o‘z nomlarini qoldirgan va o‘ziga hos maktab dirijorlar nomi bugungi davrgacha esga olinadi.

O‘zbekistonda ko‘zga ko‘rinarli yetuk dirijorlar – Doni Zokirov, Muxtor Ashrafiy, Aleksey Kozlovskiy, Alеksandr Glazunov, Naum Goldman, Zoxid Haknazarov, Quvonch Usmanov, Fazliddin Yoqubjonov, Farrux Sodiqov, Botir Rasulov, Sulaymon Shodmonov, Viktor Medulyanov, Eldor Azimov, Anvar Ergashev, Feruza Abdurahimova, Vladimir Neymer shular jumlasidan. Bugunda esa ular qatoriga yosh avlod vakillari Aziz Shohakimov, Kamoliddin Urinbayev, Gayrat Abrarov, Bobomurod Xudoyqulov kabilar qo‘shilib o‘z kasbini professional va iste'dodli egalari sifatida o‘zbek dirijorlik san'ati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.

Dirijorlik san’atini ilk na’munasi sifatida, qadimgi eng oddiy musiqiy jo‘rlik-chig‘anoq va yog‘ochli nay, jonivorlar terisidan tortilib jaranglagan ilk urma soz do‘mbira zarblari bilan hamohang harakatlangan sardorning tana xarakati tomoshabin bo‘lib turgan qabiladoshlari uchun raqsning qanday tarzda davom ettirilishini belgilab beradi. Bu ehtimol bilan insoniyat tarixida “dirijorlik” qilishning ilk sahnasi deyish mumkin. O‘sha davrdan bugungi kunga qadar bu an'ana biroz o‘zgargan holda davom ettirilib kelinmoqda. Turli cholg‘udagi sozanda va xonandalar guruhi boshida - dirijor turadi. Yerga urib taqillatib dirijorlik qilish opera teatrlari, konsert zallari va cherkovlarda juda shovqini evaziga katta noqulayliklar tug‘dirgan.

Dirijorlik san'atining tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqish, ijro etuvchi jamoaga ta'sir qiladigan qo‘l imo-ishoralari va yuz ifodalarining umumjahon ahamiyatidan iborat bo‘lgan dirijorlikning mohiyatini tushunishga imkon beradi.

Darhaqiqat dirijorlik - bu musiqiy ijro san'atining eng murakkab turlaridan biri bo‘lib bugungi kunda ijro guruhlarining turlari bo‘yicha opera va simfonik orkestri dirijorligiga bo‘linadi. Akademik dirijorligi, xalq xori va harbiy musiqa dirijorligiga bo‘linadi. Simfonik dirijor ulardan eng murakkab turlaridan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu yo‘nalishda dirijorlarni o‘qitish turli xil milliy maktablar va musiqa tarixi davrlariga tegishli simfonik, opera, balet va kamer ansambli repertuarlarini mukammal o‘zlashtirishni talab qiladi. Qo‘l manual va dirijorlik texnikasini takomillashtirish, asarlarni tahlil qilish va talqinlarni bajarish bo‘yicha uslubini bilishi zarur. Zamonaviy professional dirijor uchun ham professional, ham ijodiy, shuningdek shaxsiy, kommunikativ fazilatlar juda muhim bo‘lib chiqadi.

Yurtimizda dirijorlik san’atining boshlang‘ich rivojlanishi ХХ -asrning 30-yillariga borib taqaladi. Umuman olganda, mahalliy dirijorlik san’atini shakl topib rivojlanishi Yevropa san’at uslublari - opera, balet, operetta, drama va bir qancha yangi sohalarning yurtimizga kirib kelishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida dirijorlik san’atining rivojlanishiga ham katta turtki bo‘ldi. Bu sohani ravnaqiga Doni Zokirov, To‘xtasin Jalilov, Tolibjon Sodiqov, Muhtor Ashrafiy, Naum Abramovich Goldman, Aleksey Fyodorovich Kozlovskiy, Aleksandr Konstantinovich Glazunov kabi kompozitor va dirijorlar, simfonik orkestr bilan yonma – yon faoliyat olib boruvchi mohir xormeysterlar -S.Vasilenko, A.Sultonov, R.Xublarov, V.Kaltman, B.Umidjonov, A.Xamidov, B.Lutfullayev, J.Shukurov, D.Qurbonova, L.Shamsina, F,Fayziy, Q.Mirzayev, Sh.Yormatov va boshqa mutahassislar, shuningdek kasbi bo‘yicha yorqin dirijor bo‘lgan Quvonch Usmonov, Gani To‘laganov, Dilbar Abdurahmonova, Zohid Xaqnazarov kabi ustozlarning yurtimizda dirijorlik san’ati gullab yashnashiga o‘zlarining benihoya katta hissalarini qo‘shganlar.

O‘zbek dirijorlik san’atiga ulkan hissa qo‘shgan hamda o‘ziga hos maktab yaratgan Vladimir Borisovich Neymer O‘zbekiston davlat konservatoriyasining professori, O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, yoshlar orkestri, hamda “Uspenskiy” nomli respublika maxsus musiqaga ixtisoslashtirilgan akademik litseyining simfonik orkestrlarida dirijor lavozimida ko‘p yillar davomida ijod qilib kelgan.

Dirijorning birgina Mustaqillik yillaridan so‘ng ishtirok etgan festivallari xaritasi nufuzli va e’tiborga loyiqdir: 2003- 2004 yillar Volga shahri “Yozgi musiqa kechasi”, 2005-yil “Yevro orkestr Rossiyada”, 2005-yil “Yevro orkestr Fransiyada”, 2006-yil “Kiyev yozgi musiqa kechasi”, 2006-yil “Klassik open fest”, 2010-yil “Klassik open fest”, 2011-yil “Klassik open fest”, 2012-yil “Klassik open fest”, 2013-yil “Klassik open fest”, 2008-yil “Volgada klassika”, 2009-yil “Volgada klassika”, 2018 yil “Volgada klassika”, sessiyalar: 2003-yil “To‘rtinchi sessiya”, 2004-yil “Rossiya va O‘zbekiston” hamkorlikdagi sessiya, 2004-yil “Moskvada konsert”, 2005-yil “Beshinchi sessiya”, 2005-yil “Oltinchi sessiya”, 2005-yil “Moskvada konsert”, 2006-YIL “Yettinchi sessiya”, 2006-yil “Sakkizinchi sessiya”, 2007-yil “To‘qqizinchi sessiya”, 2007-yil “O‘ninchi sessiya”, 2008-yil “O‘n birinchi sessiya”, 2008-yil “O‘n ikkinchi sessiya”, 2009-yil “O‘n uchinchi sessiya”, 2010-yil “O‘n to‘rtinchi sessiya”, 2011-yil “O‘n beshinchi sessiya”, 2012-yil “O‘n oltinchi sessiya”, 2012-yil “O‘n yettinchi sessiya”, 2013-yil “O‘n sakkizinchi sessiya”, 2018-yil “O‘n to‘qqizinchi sessiya” va bir qancha konsert va festivallarni sanab o‘tishimiz mumkin.

Spivakov Fondi yoshlarni bir-birlari bilan ijodiy malaka oshirishlari uchun bir yilda bir marotaba yig‘ilib, bir oy mashg‘ulot o‘tkazib so‘ngra gostrol safarlarida bo‘lishadi.

Uning dirijor bo‘lib etilishida kimlarnning o‘rni va ro‘li haqida ham ma’lumotlar o‘rin olgan. Yoshligidanoq ko‘p ajoyib va buyuk dirijorlarni ko‘rgani, hatto ba’zilari bilan birga ishlashga muvofiq bo‘lganini eslaydi Muxtor Ashrafiy, Aleksey Fyodirovich Kozlovskiy, Aleksandr Konstantinovich Glazunov, Naum Abramovich Goldman va boshqa bir qancha ajoyib inson va mutahassislarni sanab o‘tgan. Darhaqiqat bunday daholardan saboq olib, ularning ba’zilari bilan birga hamkasb sifatida ishlash juda katta baxt deb biladi. V.B.Neymer o‘z kitobida har birlari bilan bo‘lgan ajoyib ijodiy vaziyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tganlar. Zero, qo‘llanmaning asosiy maqsadi dirijor psixologiyasini ochish edi.

V.B.Neymerning “Dirijorlik psixologiyasi” kitobi yurtimizda mazkur yo‘nalish bo‘yicha yozilgan birinchi o‘quv va uslubiy qo‘llanma hisoblanib, opera va simfonik dirijorlarni o‘qitishning eng muhim masalalariga bag‘ishlanadi. O‘rganilayotgan asarlarning musiqiy va sahnaga qo‘yilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar, mashg‘ulot jarayonlari va konsert ijrolarida dirijor ijrosining psixomantiqiy jihatlari qanchalik muhimligi bu kitobda tushunarli va ma’lum samarali o‘qitish usullari keltirilgan. Yana bu kitob dirijor faoliyati bilan bog‘liq juda keng va xilma-xil muаmmolarni o‘ziga qamrab oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Azimov K. O‘zbekiston dirijorlari. –Toshkent, 2001.

  • 2.    Barsova I. Kniga ob orkestre. – Moskva, 1969.

  • 3.    Konnova E.Istoriya dirijerskogo iskustva.–Tashkent, 2018.

  • 4.    Neymer V.Psixologiya dirijirovaniyа.–Toshkent, 2010.

  • 5.    Xaqnazarov Z. Dirijorlik haqida / O‘quv-qo‘llanma. - T., 2012.

"Экономика и социум" №9(88) 2021

Список литературы Dirijor Vladimir Borisovich Neymer ijodiy maktabi xususida

  • Azimov K. O‘zbekiston dirijorlari. –Toshkent, 2001.
  • Barsova I. Kniga ob orkestre. – Moskva, 1969.
  • Konnova E.Istoriya dirijerskogo iskustva.–Tashkent, 2018.
  • Neymer V.Psixologiya dirijirovaniyа.–Toshkent, 2010.
  • Xaqnazarov Z. Dirijorlik haqida / O‘quv-qo‘llanma. - T., 2012.
Статья научная