Eposga murojaat qilganda
Автор: Hakimova S.M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5-1 (84), 2021 года.
Бесплатный доступ
Eposlar xalqning koʻp ming yillik ma’naviyati namunalarini o’zida jamuljam etadi. Xalq eposida ma’noni teranlashtiradigan, fikrlashga undaydigan badiiy san’atlarning qoʻllanishini oʻrganish orqali ijrochi soʻz nafosati, sehri va qudratini eshituvchi mushohada quvvatini oshiradi.
Vatanparvarlik, fantaziya, eposshunoslik, yuksalma, baxshi, asotir, diffuziya, qomusiy, quvvai-hofiza, inssenirovka, novatorlik
Короткий адрес: https://sciup.org/140260470
IDR: 140260470
Текст научной статьи Eposga murojaat qilganda
O’zbek xalq eposi umuminsoniy g’oyalarni ilgari surishi, obrazlar olamining xilma-xilligi, tarixiyligi bilan boshqa xalqlar eposi merosi ichida o’ziga xos o’rinni egallaydi. Eposlar ko’p asrlar davomida xalqlarning osoyishtaligi, tinchligi, ular o’rtasidagi birdamlikni mustahkamlash, farovon turmush va erkin hayot uchun kurash kabi komillik ruhida tarbiyalashda tengi yoʻq gʻoyaviy-badiiy omil boʻlib kelmoqda. Shuning uchun hamki, eposlarda tarannum etilgan vatanparvarlik gʻoyalari bundan keyin ham xalq hayotida ulkan tarbiya vositasi sifatida xizmat qilib keladi.
Oʻzbek xalq eposlari oʻtgan asrning 20-yillaridan boshlab oʻrganilib, jiddiy e’tibor bilan qaralib, ilmiy tadqiq etib kelinmoqda. Mana shu davrlar mobaynida xalq dostonlarining juda koʻp nodir namunalari mashhur baxshilarimiz tilidan yozib olinib nashrga tayyorlandi. Koʻplab dostonchilik maktablari yaratildi, ularning yirik namoyondalari aniqlandi, ular toʻgʻrisida yuzlab maqolalar, monografiyalar chop etildi, yirik-yirik tadqiqotlar amalga oshirildi. Va mana shular natijasida oʻzbek eposshunosligiga asos solindi. Bular nafaqat oʻzbek eposshunosligiga asos boʻldi, balki, bu sohaning asosiy prinsplarini ham belgilab berishga xizmat qildi. Ma’lumki, epos ommaning koʻp ming yillik ma’naviyati namunalarini o’zida jamuljam etgan badiiy in’ikos turlaridan biri sanaladi. Zero, epos yaratuvchi xalq qadriyatlarining turli qirralarini qomusiy qamrab olgandir.
Muxtor Auezov: “Epos oʻtmishning oʻlmas va donishmand hikoyachisi boʻlib, bizga asrlar nafasini olib keladi. Undagi inson koʻz oʻngimizda oʻzining azaliy oʻy-fikrlari, hayoloti, baxt haqidagi qoʻl yetmas orzulari, bu yoʻldagi asrlar osha kurashi bilan namoyon boʻladi va beixtiyor shuurimizga kirib ketadi”, - deb yozgan edi. Eposga murojaat qilganda, ijodkor ulkan qomus bilan toʻqnashib makon va zamon chegaralarini oshib oʻtadi, oʻzligiga qaytadi, azaliy qadriyatlarga duch keladi. V. L. Jirmunskiy so’zlari bilan aytganda “eposlar xalqning tarixiy oʻtmishi ifodasi, dunyoqarashi va madaniyatining tajassumi” dir.[1]
Xalq eposida ma’noni teranlashtiradigan, fikrlashga undaydigan badiiy san’atlarning qoʻllanishini oʻrganish orqali ijrochi soʻz nafosati, sehri va qudratini eshituvchi mushohada quvvatini oshirishga yoʻnaltirishi mumkin.
-
• Milliy eposdagi o’ziga xos teatr zahirasini ijrochilik nuqtai nazaridan o’rganish avvalo xalq donishmandligini idrok qilish, qolaversa sahna ijodkorlari fantaziyani kengaytirish, sahna tilini boyitish, so’z qudratini oshirish, milly qiyofalar yaratishda yangi badiiy imkoniyatlarni qo’lga kiritish uchun ahamiyatlidir.
-
• Epos tilida badiiy so’z san’ati na’munalarini qo’llash xalq badiiy poetik ijodkorligining alohida sifati bo’lib so’z qudratini oshirishda dramaturgiya tilini boyituvchi milliy tagzamindir.
-
• Xalq dostonchiligidagi ustoz-shogirdlik a’loqalari, quvvai-hofiza,
ijrochilikdan ijodkorlik sari o’sish, badihago’ylik, sog’lom ijodiy raqobatni yo’lga qo’yish, o’zaro o’rganish va ta’sirlanish kabi sifatlar epos ijrochiligining muhim hususiyatlaridir.
-
• Epos ijrochiligi an’analari bugungi xalq og’zaki ijodi an’analarini bardavomligida ijodkorning ijodiy tarbiyasida nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. [2]
Yozuvchi Chingiz Aytmatov qahramonlik eposini adabiyotga olib kirishda novatorlik ko’rsatdi. U inssenirovka qilish bilan cheklanmadi, balki ulkan eposning kichik zarralari, ya’ni ayrim rivoyat va hikoyatlarini asarlariga sig’dirishdek murakkab masalaga e’tibor qaratib, yangi yo’nalishga asos soldi. Turkman adabiyotining yirik namoyondalaridan Maxtumquli, Mullanafas, Shobanda, Saidiy xalq ijodida mavjud qadim dostonlarni yozma adabiyotga olib kirganlar. [3] Qadim “Alpomish” dostoni qahramonlik dostoni sifatida xalqimizning davlatchilik borasidagi qarashlari, insonning jamiyatdagi o’rni, kishi umrining mazmuni tevaragidagi fikrlarni jamlab, goh hayotbaxsh, goho mahzun kechinmalarni chuqur ramziylikda donishmandlarcha aks ettirgan. Zotan, turkiylar tarixi ichki va tashqi dushmanlar bilan kurash tarixidan iborat. Xalqlar qachondir mana shu ichki nizolar va o’zaro kurashlar barham topishini, jamiyatda haqiqat, siyosatda odillik hukumronlik qilishini, tinch va farovon kunlarga yetishni kutib yashaganlar va bu tasavvurlarini o’z Alpomishlarida mujassamlashtirganlar.
Xalq yaratgan narsalarda tabiat bilan yaqinlik qaysidir jihati bilan saqlangan bo’ladi. Muayyan shaxs ijodiy-amaliy mehnatining mahsuli esa, odatda, bunday yaqinlikni yo’qotib, murakkab mavhumot bilan yo’g’riladi va individual xossalari bilan omma diqqatini tortadi. Agar yozma adabiyot namunalari qadimdan xat vositasida o’zgarmas tarixiy-adabiy yodgorlikka aylanavergan bo’lsalar, epos, aksincha, yozuvga bog’lanib qolmay, ko’p asrlik jonli ijroda tabiat singari o’zgarib, yasharib, sayqal topib boravergan. Qahramonlik dostonining tarixan shakllanish jarayonini kuzatish ana shu jihatdan qiziqarlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Eshonqulov J. “Alpomish” dostoni va “Dada Qoʻrqut kitobi” dagi tutqunlik motivining qiyosiy tahlili. “Alpomish” – oʻzbek xalq qahramonlik eposi toʻplamida. – Toshkent: Fan, 1999.
-
2. Tojiboyeva O. Markaziy Osiyo teatrlari tarixida xalqlar eposining oʻrni. – Toshkent, 2012, dis.
-
3. Yormatov I. Oʻzbek xalq qahramonlik eposi badiyati. – Toshkent, 1994, dis.
-
4. Eshonqulov J. Mif va badiiy tafakkur. – Toshkent, 2019.
"Экономика и социум" №5(84) 2021
Список литературы Eposga murojaat qilganda
- Eshonqulov J. "Alpomish" dostoni va "Dada Qoʻrqut kitobi" dagi tutqunlik motivining qiyosiy tahlili. "Alpomish" - oʻzbek xalq qahramonlik eposi toʻplamida. - Toshkent: Fan, 1999.
- Tojiboyeva O. Markaziy Osiyo teatrlari tarixida xalqlar eposining oʻrni. - Toshkent, 2012, dis.
- Yormatov I. Oʻzbek xalq qahramonlik eposi badiyati. - Toshkent, 1994, dis.
- Eshonqulov J. Mif va badiiy tafakkur. - Toshkent, 2019.