Features of differentiated teaching of chemistry

Автор: Ergashev A.A., Najmitdinova G.K.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (79), 2020 года.

Бесплатный доступ

Till this day, the use of systematic and step-by-step education has been shown to increase lesson effectiveness and be understandable to students. It is also important that chemistry courses are organized on the basis of differentiated education. This article gives some information about it.

Chemistry stratification, stratification principle, stratified education

Короткий адрес: https://sciup.org/140258141

IDR: 140258141

Текст научной статьи Features of differentiated teaching of chemistry

Kalit so’zlar: kimyoni tabaqalashtirish,  tabaqalashtirish tamoyili, tabaqalashtirilgan ta’lim.

Kimyo fanining mazmunini, kimyoviy tushunchalarni asta-sekin rivojlanib borishi asosida, ma’lum tizimga solinishining o’zi, kimyo fanini o’qitishda o’quvchilarni rivojlantiruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Bu borada o’quv jarayonining faollik xususiyati ham muhim ahamiyatga ega. Kimyoning barcha bo’limlari birin-ketin rivojlanib boruvchi tushunchalar bilan o’zaro bog’langan bo’lib, bu ularni bir butun tizimga birlashtiradi. Kimyo kursida atom-molekulyar ta’limot, davriy qonun, anorganik va organik moddalarning tuzilish nazariyasi, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi kabi ta’limotlarning qo’shilib borishi fan mazmunining tuzilishi rivojlantiruvchi ta’limda asos bo’lib xizmat qilishidan dalolat beradi. Bu borada faqat kuchaytirilgan savollar yetarli bo’lmay, aniq ma’lumotlarni davriy ravishda umuiylashtirish talab etiladi.

Umumlashtirish – bu fikrlash faoliyatining yuqori darajasidir. Qolgan barcha fikrlash usullari o’quvchilarni umumlashtirishni o’rgatishga tayyorlaydi. O’rganilgan ob’ektlar orasidagi bog’liqliklar izlansa, shunda umumlashtirish amalga oshadi. Umumlashtiriluvchi manba kimyoviy masalalar, qiziqarli ma’lumotlar yoki turli o’qitish metodlari bo’lishi mumkin. Eng qimmatli jarayon o’quvchilarning mustaqil ishlarida amalga oshirgan.

  •    muammoli o’qitish;

  •    ko’rgazmali va texnik vositalardan keng foydalanish;

  •    bilimlarni tizimli nazorat qilish;

  •    mustaqil ishlarning har xil turlari;

  •    kimyoviy masalalar tizimi;

  •    o’quvchilarga differensial yondoshish.

O’quv jarayoning eng muhim vazifalaridan biri uning rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo’lishidir. O’quv jarayoni o’zining rivojlantiruvchi vazifasini muvoffaqiyatli bajarish uchun, kimyoviy mavzularning mazmuni maxsus uslubiy ishlov berishni, o’quv jarayonini o’ziga xos tashkil etilib, har bir o’quvchining psixologiyasiga chuqur kirib borishni talab etadi. Rivojlantiruvchi ta’limning murakkabligi shundan iboratki, o’quvchilarning rivojlanishi har kimda alohida o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ular bir xil natijaga turli yo’llardan boradi va bu yo’llar turlicha vaqt talab etadi.

Kimyo o’quv fanining mazmunini sistemali yozilishi ham kimyoni o’rganishda o’quvchilarni rivojlantirish vositasi bo’lishi mumkin, chunki uning asosida kimyoviy tushuncha va bilimlarning bosqichma – bosqich rivojlantirish yotadi, shuningdek o’quv jarayonining faolligi ham rivojlantirish vositasi bo’la oladi. Sistemalilik maktab kimyo kursi dasturida aniqlangan bo’ladi va u sinfdan sinfga tomon o’quvchilarning rivojlanish darajasi oshishini ko’zda tutadi, o’quvchilarning moddalar va ularning o’zgarishlari to’g’risidagi tassavurlarni boyitib borilishi quyidagicha yondashadi.

Differensial yondashish shundan iboratki, har bir o’quvchining o’ziga xos xarakteri, bilim darajasiga qarab turli topshiriqlar, beriladi. Ma’lum mavzu bo’yicha beriladigan savollarning qiyinchilik darajasi ortirib boriladi. O’quvchilar birinchi navbatda qiyinroq savollarga javob berishga harakat qiladi. Javob topish uchun adabiyotlardan foydalanadi. Dars jarayonida o’quvchilarning rivojlantirishning eng muhim zamonaviy vositalari va metodlariga muommali o’qitish, axborot va innovatsion texnologiyalar kiradi.

Differensial yondoshuvning ma’nosi shundan iboratki, o’quvchilar ma’lum metodlar va didaktik vositalar asosida ularning o’zlashtirishi hamda rivojlanishiga imkon beruvchi guruhlarga ajratiladi (tabaqalashtiriladi). Differensiatsialash har xil xususiyatlarga qarab amalga oshirilishi mumkin. Ko’pincha o’qituvchilar sinf ichida o’zlashtirish darajasiga qarab tabaqalashtirishdan foydalanadi. Differensiyalash mavzularni mustahkamlash, takomillashtirish, natijalarni nazorat qilish hamda mustaqil ishlarni tashkil etish jarayonlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Yangi mavzularni tushuntirishda agar butun guruh o’zlashtirish darajasi birbiriga yaqin o’quvchilardan shakllantirilgan bo’lsagina saviyasiga ko’ra differensial yondoshuvni amalga oshirish mumkin. Masalan, fanni chuqurlashtirib o’qitiladigan guruhlar yoki oddiy guruhlar (yoki past o’zlashtiruvchilar).

O’qituvchi differensial yondoshuvni amalga oshirishda har xil guruhlar uchun murakkablik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlarni tanlab olishga harakat qiladi. Bu jarayonda ko’pchilik o’qituvchilar tomonidan bir xatolikka yo’l qo’yiladi. Past o’zlashtiruvchi o’quvchini yengil topshiriqlar berish yo’li bilan o’rgatish mumkin, lekin bu bilan uning aqliy rivojlanishini sekinlashishiga ham sabab bo’lish mumkin. Bundan tashqari yengillashtirilgan topshriqni yuqori baholash, o’quvchining o’z bahosini noto’gri talqin qilishiga olib kelishi mumkin. Bu hol qolgan o’quvchilarga nohaqlikdek ko’rinishi natijasida ularning darsga va fanga bo’lgan qiziqishlari susayishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatdan chiqish uchun Latviyalik metodist I.Ya.Trepsh qiyinlik darajasi ortib boruvchi topshiriqlardan foydalanishni tavsiya etadi. Savollar qiyinlik darajasi ortib borish tartibida tuziladi. Birinchi savolga javob berish uchun faqat reproduktiv (esda saqlab qolgan) javob, ikkinchisi uchun taqqoslash, uchinchisi uchun o’zaro bog’liqliklarni analiz (tahlil) qilish, to’rtinchisi uchun bilimlarni umumlashtirish hamda keng ko’lamli bog’lanishlarni aniqlash kerak bo’ladi. Baholash jarayoni ham yengillashadi hamda haqqoniy ravishda amalga oshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    O‘tkir zehnlilar kitobi. B.Akbarov, M.Primqulov. Toshkent “O‘zbekiston”- 2015.

  • 2.    Fayzullaeva D.M., Ganieva M.A., Ne‘matov I. Nazariy va amaliy o’quv mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalari to’plami / Met.qo’ll. O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limida innovatsion ta‘lim texnologiyalari seriyasidan – T.: TDIU, 2013.

  • 3.    Ro’zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo’llanilishi / Metod.qo’ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013.

  • 4.    Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Modulli o’qitish texnologiyalari.

    – T.: ―Fan va texnologiyalar‖ nashriyoti, 2007

  • 5.    www.ziyonet.uz

    "Экономика и социум" №12(79) 2020

Список литературы Features of differentiated teaching of chemistry

  • O‘tkir zehnlilar kitobi. B.Akbarov, M.Primqulov. Toshkent "O‘zbekiston"- 2015.
  • Fayzullaeva D.M., Ganieva M.A., Ne‘matov I. Nazariy va amaliy o'quv mashg'ulotlarda o'qitish texnologiyalari to'plami / Met.qo'll. O'rta maxsus, kasb-hunar ta‘limida innovatsion ta‘lim texnologiyalari seriyasidan - T.: TDIU, 2013.
  • Ro'zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi / Metod.qo'll. - T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013.
  • Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Modulli o'qitish texnologiyalari. - T.: -Fan va texnologiyalar‖ nashriyoti, 2007
  • www.ziyonet.uz
Статья научная