Hunarmandchilikda oilaviy biznesni boshqarish orqali raqobatchilik muhitini shakllantirish
Автор: Xolmirzayev T., Yusupov Sh.
Журнал: Форум молодых ученых @forum-nauka
Статья в выпуске: 6 (94), 2024 года.
Бесплатный доступ
Maqola bugungi kunda respublikamiz oldida turgan dolzarb masalalarni yechimini topishga qaratilgan milliy hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha konseptual yondashuvlarni hamda xorij tajribasini o‘rganish va uni respublikamizga mos jihatlaridan foydalanishning yangi yo‘nalishlarini taklif etish, shuningdek respublikada milliy hunarmandchilikni rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berishga bagʻishlangan.
Aqobat, bozor, biznesni boshqarish, hunarmanchilik, oilaviy biznes, oila aktivlari, oilaviy hunarmandchilik, talab va taklif, narx
Короткий адрес: https://sciup.org/140307157
IDR: 140307157
Текст научной статьи Hunarmandchilikda oilaviy biznesni boshqarish orqali raqobatchilik muhitini shakllantirish
Hunarmandchilikda biznesni boshqarishga imkon yaratib beruvchi asosiy sharoitlardan biri bu oilaviy hunarmandchilikni rivojlantirish. Ikkinchidan hunarmandchilikni rivojlantirish uchun raqobat muhitini yaratish va xo‘jalik yuritish subyektlariga iqtisodiy erkinlik berish.
Muammoning mohiyatini bunday tushunishning o‘zi hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri hunarmandchilikning tobora o‘sib borayotgan ahamiyatini yanada yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Oilaviy hunarmandchilik ko‘plab davlatlar iqtisodiyotida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Buyuk Britaniyada u barcha firmalarning 75 foizini qamrab olib, aholining yarmini ish bilan ta’minlaydi va YAIMning qariyb 50 foizini ishlab chiqaradi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida barcha korxonalarning 85%, AQShda esa - 90%ini oilaviy korxonalar tashkil etadi.
Italiyada 2-3 kishidan iborat oilaviy hunarmandchilik korxonalari jami eksportning 18 foizini tashkil qiladi [2]. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ilgʻor mamlakatlardagi har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektlar oilaviy hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ichki iste’mol tovarlari bozorida milliy tovarlar raqobatbar-doshligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bular haqida Yurtboshimizning 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining uchinchi yo‘nalishida milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha,“prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash” 20 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bu vazifalardan kelib chiqqan holda, davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda milliy tovarlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish, tovarlar raqobatbardoshligini oshirish zarurligini [1] ta’kidlab o‘tmoqda.
Shuningdek, ba’zi bir iqtisodiy manbalarda raqobat mehnatga oid bellashuv bo‘lib, mahsulotning bir turini boshqasidan sifat jihatidan farqlanishi ta’kidlanadi. Shu bilan bir vaqtda «raqobatlashuv», «raqibchilik», «bellashuv», «musobaqalashuv» tushunchalarining mazmuni haqida ham to‘xtalib o‘tishga to‘gʻri keladi. Bu tushunchalarning mazmuni, o‘zaro nisbati va tafovutini 1-jadvaldagi kabi izohlash mumkin.
Hunarmand oilaviy korxonalarda mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat bo‘lib, ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallarni sotib olishi, ishchi kuchini yollash uchun zarur mablagʻlarni sarflaydi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda, bozorda iste’molchilarni o‘ziga jalb qilish bilan belgilanadi.
1-jadval
Hunarmandchilikda raqobat bilan bogʻliq tushunchalarning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari
Kategoriyalar nomi |
O‘ziga xos xususiyatlari |
Bellashuv |
Yashash uchun kurash orqali namoyon bo‘luvchi yetakchilikka, umuman gʻalabaga intilish. Bellashuvning mavjud bo‘lmasligi – inqiroz belgisidir. Musobaqa va raqobatga nisbatan umumiy tushuncha hisoblanadi. |
Mehnatdagi raqibchilik |
Mehnat sohasidagi bellashuv shakli, mehnatda o‘zini ko‘rsatish, yaxshi natijalarga erishish istagidir. U, xususan, mehnatdagi shaxsiy yutuqlarni ishlab chiqarish jarayonidagi boshqa ishtirokchilarning natijalari bilan o‘lchash va taqqoslashni taqozo etadi. Mehnatdagi raqibchilik – umuman bellashuvga qaraganda nisbatan aniq tushunchadir. |
Musobaqalashuv |
Ijtimoiy ishlab chiqarish sohasidagi bellashuv shakli bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan erishilgan natijalarni ma’lum tarzda taqqoslash bilan bevosita bogʻliq. Musobaqalashuv reytingni ko‘tarish, maqomni oshirish tomon intilishni taqozo etadi. U mehnat jarayonining barcha ishtirokchilarini o‘z o‘rniga qo‘yib, ularning tabaqalashuviga olib keladi. |
Raqobat |
Tovar munosabatlari sohasidagi bellashuv shakli, bozor raqibchiligidir. U xomashyo va yarim fabrikatlarni xarid qilish va sotish, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishning nisbatan foydali sharoitlariga ega bo‘lish, ko‘proq foyda olish uchun kurashdir. Raqobat tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashuviga olib keladi, tovar ishlab chiqarishning regulyatori bo‘lib maydonga tushadi. |
“Raqobat” musobaqa so‘zi bilan ishlatiladi. Musobaqa kim o‘zish, kim yaxshi natijalarga erishish uchun bo‘lgan bellashuv, Chunki erishilmagan yutuq va bajarilmagan ko‘rsatkichlarga erishilishi “raqamlar”da ta’minlanadi.
Musobaqadagi majburiy safarbarlik usuli:
-
-tashabbuskorlik ruhi;
-
-sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish imkonini;
-«yalpi mahsulot» mafkurasi hukumronligida musobaqa ko‘rsatkichlari miqdoriy ko‘rsatkichlarga qarab bajariladi. Raqobat ragʻbatlantiruvchi iqtisodiyotni harakatga soluvchi kuchdir. Shu sababli u raqamli iqtisodiyot mexanizmida strategik o‘rin egallaydi (2-jadval).
Raqamli iqtisodiyot davrida raqobat munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o‘ynaydi.
Raqobat rejalashtirilmaydi va shaffof smart texnologiyalar nazoratida bo‘ladi.
Bu yerda:
-
-talab v ataklif;
-narx-navo;
-
-olinopoliya va monopoliya darajasi;
-davlatning antimonopol siyosati hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Raqobatda majburiy safarbarlik bo‘lmaydi. Bu yerda halol va erkin iqtisodiy raqobatni rivojlantirish evaziga ishlab chiqaruvchilar ustidan xaridorlarning hukmronligi o‘rnatiladi.
2 -jadval Hunarmandchilikda biznes strategiyasini solishtirish
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish |
Izdan chiqarish omillari |
|||
Mahsulot tabaqalashuvi |
Mahsulot |
Iste’molchilar tomnidan tovarning jihatli xususiyatlari tushunarli va qadrlanadi, raqobat asosan narx bilan bogʻliq bo‘lmagan |
Moslashuvchan ishlab chiqarishni mavjudligi, yuqori darajadagi konstruktorlik tayyorgarligi, salohiyatli marketing xizmati |
Tovarning obro‘liligi uchun sarflanadigan harajatlar, narxning o‘sishi, raqobatchilarning noqonuniy hatti-harakati |
Bozorni segmentlash |
Sotish hajmini o‘sishi, foydaning ortishi, aniq segmentga har tomonlama xizmat ko‘rsatish |
Iste’molchilarning aniq belgilangan guruhlari |
Moslashuvchan ishlab chiqarish, kichik seriyadagi ishlab chiqarish turi |
O‘xshash tovarlarga narxni kamaytirish, raqobatchilar segmentlarning ma’lum qismini o‘z tomoniga ogʻdirishi |
Bozor ehtiyojiga zudlik bilan ta’sir qilish |
Foydani oshirish, mijozlar ehtiyojini hisobga oluvchi |
Mahsulotga talab egiluvchan emas, bozorga kirish va undan chiqish uchun to‘siqlarning kamligi, raqobatchilar sonini kamligi |
Uzoq muddatga mo‘ljallanmagan yuqori rentabelli loyihalar bo‘yicha marketing xizmati |
Xarajatlarning yuqori ulushi, tashqi muhitning barqarorsizligi |
Yangiliklarni joriy etish
Monopol baho hisobiga yuqori foyda olish
O‘xshash mahsulotni yo‘qligi, yangi mahsulotga talabni mavjudligi
Xodimlarning yuqori fan-texnika malakasi, boshqarish tarkibi
Moliyalashtirishning katta hajmi, nogironlik xavfi, raqobatchilar tomonidan yangi mahsulot chiqarganligi to‘gʻrisidagi noto‘gʻri ma’lumot.
Hunarmandchilik sohasida sogʻlom raqobatni rivojlantirishda aksariyat hollarda raqamli iqtisodiyot uchun xos bo‘lgan quyidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
-
- tarmoqlar tuzilishidagi nomuvofiqliklar va ishlab chiqarishda yuqori texnologiyalarning yetishmasligi;
-
- soha va tarmoqlar miqyosidagi raqobatda adolat mezonlarining buzilishi;
-
- mansabdor shaxslar tomonidan hunarmandchilik faoliyati borasida suiste’mollik holatlariga yo‘l qo‘yilishi;
-
- narx belgilashda monopol mavqening saqlanib qolishi, xususan iqtisodiyotning agrar va industrial sektorida narxlarning keskin farqlanishi;
-
- mamlakatga tovarlarning kontrabanda yo‘li bilan kirib kelishi;
-
- faoliyat turini va daromadlarni yashirish holatlarining mavjudligi;
-
- sogʻlom pul muomalasi uchun hozirgi sharoitdan kelib chiqadigan bozor infratuzilmasining yetarli emasligi;
-
- subyektlarning bozor iqtisodiyoti qoidalarini chuqur tushunib yetmasliklari;
-
- iqtisodiy jinoyatchilik holatlarining mavjudligi.
Raqobatbardoshlik - bu ochiq iqtisodiy tizimning har qanday iqtisodiy subyektga qo‘yadigan asosiy talabidir. Raqobatbardosh bo‘lish bu tovar va xizmatlarning tashqi yoki ichki bozorga mo‘ljallanganligidan qat’iy nazar iste’mol, sifat va baho ko‘rsatkichlarini dunyo standartlari darajasiga ko‘tarishdan iborat bo‘lib, korxonalarning raqobatchilar bilan iqtisodiy kurashda ustunlikka zga bo‘lishi ko‘p jihatdan mamlakatdagi iqtisodiy sharoitga, raqobatchilik afzalliklarining to‘rt asosiy belgisi: omil sharoitlari (tabiiy, mehnat, texnologik va investitsion resurslar, infratuzilma va h.k)ning jahon bozoridagi raqobatbardosh, yordamchi sohalarning mavjudligi, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab korxonaning strategiyasi va uni ichki bozordagi raqobati tarkibi va mazmuni bilan belgilanadi.
Jumladan, mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunga esa,
“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–31-son, 03.12.2021
y.) qabul qilinganligi ayni muddao bo‘ldi. Ushbu q arorga muvofiq, 2022 yilda aholini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini- o‘zi band qilish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha jami 2 trln. 159 mlrd. 146 mln. so‘m (200 million 664 ming dollar) subsidiya ajratildi.
Shu bilan birga, 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda imtiyozli kreditlar yillik 14 foizda:
-
- oilaviy tadbirkorlik, daromad topish bilan shugʻullanish va faoliyatini kengaytirish istagidagi aholi hamda tadbirkorlarga- 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
-
- chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun- 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
-
- bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob uskunalari xaridi uchun- 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;
-
- “hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratilishi yo‘lga qo‘yildi. Kredit mablagʻlari xokim yordamchilari tavsiyasi bilan berilishi belgilab qo‘yilgan.
Oilaviy biznesni tashkil qilishning muhim xususiyati shundaki, unda o‘zaro ishonchli odamlar, ya’ni oila a’zolari ishtirok etadi. Bu esa, olinadigan daromadning oilani ichida qolishini ifodalaydi. Daromadning ko‘p bo‘lishi har bir oila vakilining sergʻayrat harakatiga bogʻliq bo‘ladi va bu oilaning farovon turmush kechirishiga zamin yaratadi. Shu o‘rinda, oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yishda xotin-qizlarimizning o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, har bir ayol uchun biznes bu – o‘z professional ko‘nikmalarini yuzaga chiqarish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda oilaviy biznesning juda ko‘p turlari rivojlanib bormoqda. Bu borada, xotin-qizlarimiz uchun mos keluvchi ba’zi bir biznes-gʻoyalarni taklif etishimiz mumkin:
-
1. Repetitorlik xizmatlarini ko‘rsatish.
-
2. Kiyim tikish atelyesini ochish.
-
3. Xend - meyd loyihasini ochish.
-
4. Tarjimonlik xizmatlarini ko‘rsatish.
-
5. Xususiy bogʻcha yoki o‘quv markazlarini ochish.
-
6. Bolalar uchun ijod markazlarini ochish.
-
7. Fermer xo‘jaligini yo‘lga qo‘yish kabilardir.
Biznes-gʻoyalardan xend- meyd loyihasi haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, ingliz tilidan tarjima qilinganda “hand-made” – “qo‘lda qilingan” degan ma’noni ifodalaydi. Qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyumlarga nisbatan hozirgi kunda talabning oshib borayotganligini inobatga olgan holda aytish mumkinki, ayollarimiz uchun uyda o‘tirib, yaxshigina daromad topish imkoni yaratiladi. Bu kabi biznes gʻoyalarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin, ammo, aynan yuqoridagi biznes gʻoyalar o‘zbek ayollarining oiladan ajralmagan holda yoki xonadondan tashqariga chiqmagan holda faoliyat yuritish imkonini beradi.
Qolaversa, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yish va shu asosda o‘z oilasining farovon, to‘kin, tinch yashashiga zamin yaratish, albatta, maqsadga muvofiq deb o‘ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “20172021 йиллардаги Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz .
-
2. Sraer D., Thesmar D. Performance and Behavior of Family Firms: Evidence from the French Market // Journal of the European Economic Association. – 2007. June.
-
3. Boltabaev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjaeva Sh.J., Gʻoyipnazarov I.K., Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. - T.: 2011 y.
-
4. Gʻoyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov SH.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tnraqqiyotini yuksaltirish
omili.-T.: Fan, 2011 y.
-
5. Shodmonovna F. S., Djuraevich K. S., Jamolovich A. R. The importance of economic efficiency in the enterprise and its theoretical aspects //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 3. – С. 13371345.
-
6. Shodmonovna F. S., Bakhtiyorovna N. Z., Khaitovna S. M. The need for investment in the development of the country’s economy and entrepreneurship //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 3. – С. 1101-1108.
-
7. Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. – 2019. – С. 544-554.
-
8. Файзиева Ш. Ш., Бекназарова З. Д. ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ФОРМИРОВАНИЯ КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЫ В БИЗНЕСЕ //Экономика и социум. – 2024. – №. 2-1 (117). – С. 1422-1428.
-
9. Dustova M., Ochilova S. Foreign experience of financial support of agricultural enterprises //The Innovation Economy. – 2023. – Т. 1. – №. 02. – С. 79-86.
-
10. Dustova M., Makhmutullayeva S. КАК ЭЛЕКТРОННАЯ КОММЕРЦИЯ МЕНЯЕТ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННУЮ ЛОГИСТИКУ? //THE INNOVATION ECONOMY. – 2023. – Т. 1. – №. 03.
ФОРУМ МОЛОДЫХ УЧЕНЫХ №6(94) 2024
Список литературы Hunarmandchilikda oilaviy biznesni boshqarish orqali raqobatchilik muhitini shakllantirish
- Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги "2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси" тўғрисидаги ПФ-4947-сонли Фармони. - Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz.
- Sraer D., Thesmar D. Performance and Behavior of Family Firms: Evidence from the French Market // Journal of the European Economic Association. - 2007. June.
- Boltabaev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjaeva Sh.J., Gʻoyipnazarov I.K., Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. - T.: 2011 y.
- Gʻoyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov SH.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tnraqqiyotini yuksaltirish omili. -T.: Fan, 2011 y.
- Shodmonovna F. S., Djuraevich K. S., Jamolovich A. R. The importance of economic efficiency in the enterprise and its theoretical aspects //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1337-1345. EDN: JQBOBH
- Shodmonovna F. S., Bakhtiyorovna N. Z., Khaitovna S. M. The need for investment in the development of the country's economy and entrepreneurship //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1101-1108. EDN: UUCDZK
- Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. - 2019. - С. 544-554. EDN: ZBUHZJ
- Файзиева Ш. Ш., Бекназарова З. Д. ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ФОРМИРОВАНИЯ КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЫ В БИЗНЕСЕ //Экономика и социум. - 2024. - №. 2-1 (117). - С. 1422-1428. EDN: QAOOZG
- Dustova M., Ochilova S. Foreign experience of financial support of agricultural enterprises //The Innovation Economy. - 2023. - Т. 1. - №. 02. - С. 79-86.
- Dustova M., Makhmutullayeva S. КАК ЭЛЕКТРОННАЯ КОММЕРЦИЯ МЕНЯЕТ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННУЮ ЛОГИСТИКУ? //THE INNOVATION ECONOMY. - 2023. - Т. 1. - №. 03.