Ingliz va o’zbek tillarida “yaxshilik” tushunchasi ishlatilishining semantik tahlili

Автор: Ibragimova G.R.

Журнал: Форум молодых ученых @forum-nauka

Статья в выпуске: 4 (56), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada, O’zbek va Ingliz tillaridagi “Yaxshilik’ so’zining ifodalovchi so’zlarning konteksda keladigan ma’nolari va har ikkala tildagi ishlatiladigan vaziyatlar yuzasidan tahlil qilinib o’tiladi.

Yaxshilik, tilshunoslik, ijtimoiy qolip, atama, tafakkur, notiq, ijtimoiy munosabat, gaplashish mezonlari, so'zlashuv, tinglovchi

Короткий адрес: https://sciup.org/140289991

IDR: 140289991

Текст научной статьи Ingliz va o’zbek tillarida “yaxshilik” tushunchasi ishlatilishining semantik tahlili

Annotation

O’zbek tilida “Yaxshilik” ni ifodalovchi so’zlar:

  • -    Yaxshi, ajoyib, zo’r, fantastik, zavqli, sevimli, mo’jiza, qoniqarli, a’lo, mukammal,

Ingliz tilida “Yaxshilik” – “Goodness” ni ifodalovchi so’zlar:

  • -    Good, well, great, excellent, cool, fantastic, nice, lovely, cheerful, magic, amusing, enjoyable, agreeable, pleasant, pleasurable, super, fine.

Ko’rib o’tganimizdek, yuqoridagi so’zlarning barchasi bir umumiy ma’noda ya’ni yaxshi so’zi ostida birlashadi. Biroq, har bir so’zning sezilarli darajada farqlari mavjud. Shuni ham aytib o’tish kerakki, o’zbek tilidagi “Yaxshi’ so’zining sinonimlari Ingliz tilidagiga qaraganda, biroz kamroq natijani tashkil qiladi. Bundan tashqari, misol tariqasida kimdir o’z ishini yaxshi natijalar bilan tugatsa unga nisbatan “Yaxshilik” tushunchasining o’zbek tilida “A’lo” so’zi ishlatiladi. Ingliz tilida esa buni turlicha ko’rinishda berish mumkin. Ya’ni, “Great”, “Super” Buni quyidagi misolda yaqqol aksini ko’rishimiz mumkin.

  • -    Salom do’stim, men o’qishga kirdim!

  • -    A’lo natijaga erishibsan tabriklayman!

Ushbu, misol “Yaxshilik” tushunchasi ifodalanishining bir tasvirini o’z ichiga oladi.

  • -    Hi friend, I have entered to institute!

  • -    O great, congratulation!

Quyidagi misol esa ingliz tilida “Goodness” atamasining ifodalanishiga kiradi. Biz har ikkala tilda ham “Yaxshilik” ma’nosini beradigan ushbu misollardan tashqari boshqa so’zlarni keltirishimiz ham mumkin.

Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, ushbu so’zlar yaxshilik ma’nosidan tashqari kinoya, piching kabi munosabatlarda ham qo’llanilishi mumkin. Aynan bu ma’noni berish uchun aytilayotgan so’zni qo’shtirnoq ichida “Yaxshi” tarzida aytsak shunday ma’no kelib chiqadi va ohang ham shunga yarasha o’zgaradi. Ingliz tilida ham xuddi shunday munosabatda qo’llaniladi ya’ni “Good” kabi.

Xulosa o’rnida shunday deb o’tishimiz joizki, “Yaxshilik” tushunchasi keng miqyosda tahlil qilinadi hamda u o’z ichiga oladigan so’zlarning ham ma’lum miqyosda tilshunoslikda o’rni bor. Umuman olganda boshqa tushunchalar ham fanda o’z ko’lamiga ega. Yaxshilik munosabatini anglatadigan so’zlar har ikkala tilde vaziyat yuzasidan har xil ishlatiladi, ko’rib o’tganimizdek yaxshi ma’noda yoki piching kabi kinoya shaklida ham o’z ifodalanish xususiyatini ichiga qamrab oladi. Farqli jihatlari shundaki, ingliz tilida ma’lum holat uchun ishlatiladigan “Yaxshilik’ tushunchasini beruvchi so’z aynan o’zbek tilida xuddi o’zidek tarjima qilinmasdan o’zbek tilining o’z qonun qoidalariga binoan shu ma’oni beruvchi so’zlarni keltirish mumkin. Albatta bu ham gapning ishlatilayotgan vaziyatiga bog’langan holda yuzaga keladi. Masalan, biz yaxshilik munosabatini eshitsak shunchaki “Yaxshi” degan so’zni ishlatamiz, ammo ingliz tilida yaxshi so’zining ekvevalenti ham ishlatilishi mumkin. Aynan “Good” emas “Okay” so’zi ham xuddi shu ma’noni beradi va qaysi so’zni ishlatish esa so’zlovchining xohishiga havola qilinadi. Biz ikki tilni taqqoslab ‘Yaxshilik” so’zini mushohada qilar ekanmiz, bu jarayonda farqli jihatlardan ko’ra o’xshashlikni ko’proq kuzatamiz. Bu esa, tillarda ishlatiladigan umumiy ma’noda xalqlar o’rtasida ishlatiladigan “Yaxshilik” – “Goodness” tushunchasi o’xshash va farqli jihatlarni o’z ichiga olgan holda fanda asosiy o’rinlarda turishidan dalolat beradi. Har bir tushuncha hr qanday tilning ichki boyligi hisoblanadi va o’sha so’zning kelib chiqish hamda ishlatilish hollari ham alohida o’rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Azar B.S. Understanding and Using English Grammar. Third Edition. -Y.: 1999. 420-p.

  • 2.    Karamatova K.M., Karamatov H.S. Proverbs–Maqollar– Пословицы. T.: Mehnat, 2000.

  • 3.    O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Ikki tomli. 2 tom.( s-h). –Moskva: “Rus tili” nashriyoti,1981

  • 4.     http://www.oxfordhouse.com

  • 5.     http://www.yourdictionary.com

  • 6.     http://www.longman.com

Список литературы Ingliz va o’zbek tillarida “yaxshilik” tushunchasi ishlatilishining semantik tahlili

  • Azar B.S. Understanding and Using English Grammar. Third Edition. -Y.: 1999. 420-p.
  • Karamatova K.M., Karamatov H.S. Proverbs-Maqollar- Пословицы. T.: Mehnat, 2000.
  • O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Ikki tomli. 2 tom.( s-h). -Moskva: "Rus tili" nashriyoti,1981
  • http://www.oxfordhouse.com
  • http://www.yourdictionary.com
  • http://www.longman.com
Статья научная