Iqlim o’zgarishining bug’doy hosildorligiga ta'siri
Бесплатный доступ
Ushbu tadqiqot ishida kuzgi bug’doy ekini hosildorligiga iqlim o’zgarishining ta’siri Xorazm viloyati hududi misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda NASA POWER 1985-2022 yillar oralig’idagi ma’lumotlaridan hamda qishloq xo’jaligi statistic ma’lumotlaridan foydalanilgan. Ma’lumotlar R dasturida qayta ishlanib grafiklar hosil qilingan.
Iqlim o’zgarishi, bug’doy hosildorligi, r dasturi, iqlim o’zgarishi tendensiyasi
Короткий адрес: https://sciup.org/140300749
IDR: 140300749
Текст научной статьи Iqlim o’zgarishining bug’doy hosildorligiga ta'siri
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik tashkiloti (FAO) tomonidan olib borilgan tadqiaotlar va xalqaro sammit ma’lumotlariga koʻra soʻngi yillarda butun dunyoda oziq ovqatga boʻlgan talab, shu jumladan don mahsulotlariga boʻlgan talab ortib borishi davom qilmoqda (World Food and Agriculture, 2022). Kuzgi bugʻdoy hosiliga iqlim ta’sirini kosmik metod yordamida baholash boʻyicha Kanzasda tadqiqot olib borilgan. Vegetatsiya indeksi (VH) va iqlim ma’lumotlari har hafta oraligʻida olinib 1982-2004 yillar davomida tahlil qilingan (Salazar et al., 2014). Iqlim oʻzgarishi Markaziy Osiyoda qishloq xoʻjaligi va qishloq aholisining turmush tarzi uchun qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Agrotexnik tadbirlarning bugʻdoyga ta’siri uch bosqichga ajratilib CropSyst modeli orqali simulyatsiya qilingan. Shunday boʻlishiga qaramasdan, qishda va bahorda havo harorati bugʻdoy uchun foydali boʻlishi zararni qisman kamaytirishi mumkin (Sommer et al., n.d.).
Iqlim oʻzgarishining kuzgi bugʻdoy ekini hosildorligiga ta’sirini oʻrganishda Xorazm viloyati hududi ob’ekt sifatida olingan. Ob’ekt Respublikaning shimoli-gʻarbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida geografik jihatdan 41°20' shimoliy kenglik va 61°00' sharqiy uzunlik oraligʻida joylashgan.
Ushbu tadqiqotda NASA POWER sun’iy yoʻldoshidan 1985-2023 yillar oraligʻidagi iqlim turli koʻrsatkichlari boʻyicha ma’lumotlardan va Oʻzbekiston Respublikasi Statistika Qoʻmitasining 1991-2019 yillar boʻyicha bugʻdoy ekini maydonlari va hosildorligi boʻyicha ma’lumotlardan foydalanildi. Olingan ma’lumotlarni R dasturida qayta ishlab chiqildi.
Tadqiqotda NASA POWER sun’iy yoʻldoshidan 1985-2023 yillar oraligʻidagi iqlim turli koʻrsatkichlari boʻyicha va Statistika Qoʻmitasining 19912019 yillar boʻyicha bugʻdoy ekini maydonlari va hosildorligi boʻyicha ma’lumotlardan foydalanildi. Olingan ma’lumotlarni R dasturida bugʻdoy ekini uchun tegishli haroratlar ya’ni butun yil davomidagi 35 ˚C dan yuqori kunlar , may oyining oxiri va iyun oyining boshidagi 40 ˚C dan yuqori kunlar, qish fasli oylaridagi -15 ˚C harorat qayd qilingan kunlar soni va shu yillar oralig’idagi o’rtacha yogʻingarchilik miqdorlari va 1991-2019 yillardagi hosildorlik bo’yicha statistik ma’lumotlar ham R dasturida tahlil qilinib, o’rtacha qiymatlari grafigi ishlab chiqildi.
Quyidagi grafikda Xorazm viloyatida 37 yil davomida iqlimning qanday tartibda oʻzgarib borishini koʻrish mumkin (1-rasm).

1-rasm. 35˚C dan yuqori kunlar tendensiyasi
Iqlim ma’lumotlari asosida havo harorati 35°C dan yuqori kunlar soni 19852022 yillar oraligʻida oshib borgan. Xususan, 1985-1995 yillar oraligʻida oʻrtacha 82 kun, 1996-2006 yillarda oʻrtacha 87 kun, 2007-2022 yillarda oʻrtacha 87 kunni tashkil qilgan. Eng yuqori koʻrsatkich 2021-yilda qayd qilingan ya’ni 99 kun havo harorati 35°C dan yuqori boʻlgan. Eng past koʻrsatkich 1992-yilda boʻlib, 51 kun ushbu harorat qayd qilingan (1 –rasm).

1985 1988 1991 1994 1997 2000 2003 2006 2009 2012 2015 2018 2021
2-rasm. Yogʻingarchilik tendensiyasi
Yogʻingarchilik miqdorini aniqlash va tahlil qilish kuzgi bugʻdoyga iqlimning ta’sirini oʻrganishda muhim hisoblanadi. Yogʻin miqdorining koʻp yoki kamligi hosildorlikka bevosita ta’sir qiladi. Quyidagi grafikda 1985-2022 yillar davomidagi yogʻin miqdori oʻrtacha qiymatlari koʻrsatilgan. Eng past koʻrsatkich 2000-yilda 45,46 mm ni tashkil qilgan va eng yuqori koʻrsatkich 2022-yilda 190.19 mm yogʻin miqdori qayd qilingan (2-rasm). 2000-2001 yillarda yog’in miqdorining kam bo’lishi va qurg’oqchilik natijasida shu yillarda hosilning ham sezilarli kamayishiga sabab bo’lgan (5-rasm).

3-rasm. -15 ˚C dan past kunlar tendensiyasi

4-rasm. Jazirama issiq kunlar tendensiyasi
Xorazm viloyati sharoitida bugdoy ekini uchun katta stres asosan may oyining oxirgi oʻn kunligi va iyun oyining dastlabki oʻn kunligida boʻladi. Chunki bu hududda aynan shu yigirma kun oraligʻida havo haroratining 30 - 40°C dan yuqori boʻlishi bugʻdoyning sut pishish davriga toʻgʻri keladi va hosildorlikni kamayishiga sabab boʻladi. Yuqorida keltirilgan grafiklarda havo harorati yildan yilga oshib borayotganini koʻrish mumkin (4-rasm).

5-rasm.Bugʻdoy hosildorligi oʻrtacha qiymati
Ushbu grafik bugʻdoy hosildorligi oʻrtacha koʻrsatkichlarini ifodalaydi (5-rasm). Ya’ni 1994 yil 162.4 t/ga va1996 yilda 187.7 t/ga hosildorlik qayd qilingan. Bu koʻrsatkich boshqa yillarga nisbatan ancha kamligini grafik orqali koʻrish mumkin. 1998, 1999, 2000 yillarda mos ravishda 496, 525.9, 459.6 t/ga miqdorlar qayd qilingan. Bu miqdorlar boshqa yillarga qaraganda yuqoriligini koʻrish mumkin. Oʻrtacha hosildorlik esa 406.94 /ga hisoblanadi.
Iqlim o’zgarishining kuzgi bug’doy ekiniga ta’sirini o’rganishda Xorazm viloyati ob’ekt sifatida tanlangan. Tadqiqotda iqlim ma’lumotlari va statistik ma’lumotlar olinib, R dasturida tahlil qilingan. Tahlillarda haroratning bug’doy ekini davri uchun tegishli ko’rsatkichlari va yog’ingarchilik miqdori grafiklari yaratilgan. Hosil va ekin maydoni tahlili diagrammasi tuzilgan. Kuzgi bug’doy ekini hosildorligiga iqlim o’zgarishining ta’siri ma’lum muddatda ijobiy bo’lishi mumkin. Chunki qishda harorat oshib borishi natijasida o’simlikning qishlov davrida yaxshi rivojlanishiga va shu orqali hosildorlikni oshishiga ham sabab bo’ladi. Xorazm viloyati hududida may oyining oxiri va iyun oyining boshida havo haroratining keskin ko’tarilishi bug’doy ekini pishish davriga to’gri keladi va hosildorlikka salbiy ta’sir qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Economics, A., & Library, D. (2011). This document is discoverable and free to researchers across the globe due to the work of AgEcon Search . Help ensure our sustainability . The World’s Largest Open Access Agricultural & Applied Economics Digital Library This , Vol.66 , No .
Salazar, L., Kogan, F., & Roytman, L. (2014). International Journal of Remote Use of remote sensing data for estimation of winter wheat yield in the United States. International Journal of Remote Sensing , December 2014 , 37–41.
Sommer, R., Glazirina, M., Yuldashev, T., Otarov, A., Ibraeva, M., Martynova, L., Bekenov, M., Kholov, B., Ibragimov, N., Kobilov, R., Karaev, S., Sultonov, M., Khasanova, F., Esanbekov, M., Mavlyanov, D., Isaev, S., Abdurahimov, S., Ikramov, R., Shezdyukova, L., & Pauw, E. De. (n.d.). Impact of climate change on wheat productivity in Central Asia 1 Introduction .
World Food and Agriculture. (2022). World Food and Agriculture – Statistical Yearbook 2022. In World Food and Agriculture – Statistical Yearbook 2022.
Б.С.Болтаев, & Абдуалимов, Ш. Х. Б. А. С. (2017). Кузги буғдой ва ғўза етиштириш асослари .
Список литературы Iqlim o’zgarishining bug’doy hosildorligiga ta'siri
- Economics, A., & Library, D. (2011). This document is discoverable and free to researchers across the globe due to the work of AgEcon Search. Help ensure our sustainability. The World's Largest Open Access Agricultural & Applied Economics Digital Library This, Vol.66, No.
- Salazar, L., Kogan, F., & Roytman, L. (2014).International Journal of Remote Use of remote sensing data for estimation of winter wheat yield in the United States.International Journal of Remote Sensing, December 2014, 37-41.
- Sommer, R., Glazirina, M., Yuldashev, T., Otarov, A., Ibraeva, M., Martynova, L., Bekenov, M., Kholov, B., Ibragimov, N., Kobilov, R., Karaev, S., Sultonov, M., Khasanova, F., Esanbekov, M., Mavlyanov, D., Isaev, S., Abdurahimov, S., Ikramov, R., Shezdyukova, L., & Pauw, E. De. (n.d.). Impact of climate change on wheat productivity in Central Asia 1 Introduction.
- World Food and Agriculture. (2022). World Food and Agriculture - Statistical Yearbook 2022. In World Food and Agriculture - Statistical Yearbook 2022.
- Б.С.Болтаев, & Абдуалимов, Ш. Х. Б. А. С. (2017). Кузги буғдой ва ғўза етиштириш асослари.