Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sektorlarida tannarx hisobining xususiyatlari
Автор: Rofeev D.R.
Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6 (120), 2025 года.
Бесплатный доступ
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston respublikasida tannarx hisobi va zaxiralarga singdirilgan xarajatlar (inventoriable costs) masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda tannarx hisobining zamonaviy metodologiyasini ishlab chiqish zaruriyati, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) talablari va xorijiy tajribalarni joriy qilish orqali korxonalarda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sektorlarida zaxiralarning tannarxini shakllantirish xususiyatlari tahlil qilinadi.
Tannarx hisobi, zaxiralarga singdirilgan xarajatlar, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, zamonaviy kosting tizimlari, boshqaruv qarorlari, raqobatbardoshlik, eksport, ishlab chiqarish xarajatlari
Короткий адрес: https://sciup.org/140311198
IDR: 140311198
Текст научной статьи Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sektorlarida tannarx hisobining xususiyatlari
Tadqiqot qilingan manbada ularning ishlab chiqarish, savdo-tijorat va servis sektorlarida shakllanishi xususiyatlari quyidagicha bayon qilingan: “Ishlab chiqarish sektorida barcha ishlab chiqarish xarajatlari zaxiralarga singdirilgan (kiritilgan) xarajatlar hisoblanadi. Masalan, uyali telefon ishlab chiqaruvchi Cellular Production kompaniyasi misolida ko‘rib chiqamiz. To‘g‘ridan-to‘g‘ri materiallar, jumladan, kompyuter chipslari (to‘g‘ridan-to‘g‘ri materiallar zaxirasidan ishlab chiqarishga chiqariladi), to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish mehnat xarajatlari va ustama ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayoni boshlanishi va tayyor mahsulotlarni (cellular phones) yakunlanishi barobarida yangi aktivga aylanadi. Shunday qilib, yaratilayotgan ushbu aktivlarning tannarxida jamg‘arilishi uchun ishlab chiqarish xarajatlari tugallanmagan ishlab chiqarishdagi zaxiralar va tayyor mahsulotlar zaxiralariga singdiriladi”.
2-son MHXS “Zaxiralar”ning 10-bandida “tovar-moddiy zaxiralarning (TMZ) boshlang‘ich tannarxi (historical cost) zaxiralar xarid tannarxi (cost of purchase) va qayta ishlash xarajatlari (cost of convertion) hamda zaxiralarni joriy holatga va joriy joylashtiriladigan joyga keltirish bilan bog‘liq boshqa ustama xarajatlar (other overhead) kiritilgan”.
Xalqaro standartlar talablaridan xulosa qilish mumkinki, tannarx masalasiga zaxiralar tannarxini shakllantirilishi nuqtayi nazaridan yondashilgan. Zaxiraning xarid tannarxi, qayta ishlash xarajatlari va zaxiralarni joriy joylashtirish joyiga yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar kiritilgan.
“Xalqaro standartlarga muvofiq zaxiralar majburiy tartibda quyidagi miqdorlardan eng kichigi bo‘yicha baholanishi shart: (a) Tannarxi yoki (b) sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati.
2-son MHXSda “zaxiralar boshlang‘ich (tarixiy) tannarxiga (historical cost) ular xaridi bo‘yicha barcha xarajatlar (cost of purchase) va qayta ishlash xarajatlari (cost of convertion) va xarid xarajatlariga zaxiralarni joriy holatga va joriy joylashtiriladigan joyiga keltirish bilan bog‘liq boshqa ustama xarajatlar (other overhead) kiritilgan”.
2-son MHXSda keltirilgan ushbu qoida asosida zaxiralarning tannarxi quyidagi elementlardan tashkil topishini ko‘rsatish mumkin:
-
1. Zaxiralarning xaridi bilan bog‘liq barcha xarajatlar (cost of purchase);
-
2. Qayta ishlash (cost of convertion);
-
3. Zaxiralarni joriy holatga va joriy joylashtiriladigan joyiga keltirish bilan bog‘liq boshqa ustama xarajatlari (other overhead).
Ushbu standartga muvofiq zaxiralarning xaridi bilan bog‘liq xarajatlarga (cost of purchase) xarid narxi, import poshlinalari va boshqa soliqlar, transport, transport ekspeditsiya va tayyor mahsulot, materiallar va xizmatlar xaridiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish mumkin bo‘lgan boshqa xarajatlar kiritiladi. Savdo chegirmalari, to‘lovlarning qaytarilishi va boshqa shunga o‘xshash moddalar xarid bo‘yicha tannarxni aniqlashda chegirib tashlanadi. Xalqaro standartda xarid qilish xarajatlari tarkibiga chet el valyutasida yozilgan schyotlar va uncha ko‘p vaqt o‘tmagan xarid qilingan zaxiralar bo‘yicha valyutani almashtirishda yuzaga kelgan kurs farqlari ham ayrim hollarda kirishi ko‘rsatilgan.
Ushbu bayon etilgan qoidalardan zaxiralarning xaridi bilan bog‘liq xarajatlarni quyidagi metodologik tartibda aniqlanishini keltirib chiqarishimiz mumkin:
-
1. Zaxiralarning xaridi bilan bog‘liq barcha xarajatlar:
Qo‘shiladi:
-
1.1. Zaxiralarning xarid narxi;
-
1.2. Import poshlinasi va boshqa soliqlar (soliq organlari tomonidan kompaniyaga qaytariladigan soliqlardan tashqari);
-
1.3. Transport xarajatlari;
-
1.4. Ishlov berish va obyektning xaridi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar. Ayiriladi: 1.5 Savdo chegirmalari, qoplamalar va boshqa analogik moddalar. Xalqaro standartlarda zaxiralarni qayta ishlash xarajatlariga mahsulot birligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, masalan mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat haqi xarajatlarini hamda ustama ishlab chiqarish (production overhead) xarajatlari ham salmoqli xarajat moddasi sifatida kiritilishi ko‘zda tutilgan.
“Ustama ishlab chiqarish xarajatlari (production overhead) – bu mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bevosita (direct) material va mehnat xarajatlaridan tashqari tannarx obyekti bilan bilvosita bog‘liq bo‘lgan hamda ma’lum taqsimlash mezonlari asosida taqsimlanadigan boshqa xarajatlardir” deb ta’rif beramiz. Ayrim adabiyotlarda ustama ishlab chiqarish xarajatlarini (production overhead) bilvosita (indirect) xarajatlar ham deb ataydi, chunki bu xarajatlarni tannarx obyekti hisoblangan u yoki bu mahsulot turiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish imkoni bo‘lmaydi.
Boshqa ustama xarajatlar (other overhead) zaxiralar tannarxiga shu darajada qo‘shiladiki, qaysiki ular zaxiralarni joriy holatga va joriy joylashtiriladigan joyiga keltirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish bo‘lmagan ustama xarajatlar yoki aniq mijozlar uchun mahsulotlar ishlanmalari 41 bo‘yicha xarajatlarni zaxiralar tannarxiga kiritish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
"Теория и практика современной науки"
№6(120) 2025