Katta vazn bilan tugʻayotgan ayollarda tugʻruq natijalarini oʻrganish
Автор: Atajanova Shoira Xalilovna, Nuritdinova Gavxar Taipovna, Arzibekova Umida Abduqodirovna
Журнал: Re-health journal.
Статья в выпуске: 2 (22), 2024 года.
Бесплатный доступ
Maqolada katta vaznda tugʻilgan chaqaloqlarni tekshirish natijalari bunday bolalarga homilador onalar salomatligida va tugʻish jarayonlarida oʻziga xos asoratlar mavjud boʻlishligi aniqlangan. Bunday asoratlar ona va bola shikastlanishlari koʻrsatchichlarining yuqori boʻlishlariga olib keladigan Pre - va perinatal omillar ta’siri ekanligi koʻrsatib oʻtildi.
Yirik homila, preeklampsiya, gipoksiya, chaqaloqlar
Короткий адрес: https://sciup.org/14130752
IDR: 14130752
Текст научной статьи Katta vazn bilan tugʻayotgan ayollarda tugʻruq natijalarini oʻrganish
Pediatriya va neonatologiyada katta tana vazn (≥4000 g) bilan tugʻilgan homila va chaqaloqlar sogʻligi toʻgʻrisidagi savol xaligacha toʻla yechimi hal boʻlmagan muammo boʻlib qolmoqda [1,2,5].
Ushbu masalaning dolzarbligi, birinchi navbatda, tugʻilish, intranatal yoʻqotishlar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga yetkazilgan zararning yuqori darajasi bilan bogʻliq [4,6,8]. Katta tana vazniga ega boʻlgan homilalarning antenatal tashxisi sezilarli yaxshilanishi, kesarcha kesish orqali tugʻish tezlik chastatasini oshishiga olib keldi (26-40%), bundan tashqari yelkaning distatsiyasi va homila shikastlanishi sezilarsiz darajada pasaydi [3,7,9]. Ushbu va boshqa adabiyatlar ogʻir vaznli bolalarning rivojlanishi va tugʻilishi mexanizmlarini yanada chuqurroq oʻrganishni talab qiladi.
Tadqiqot maqsadi. Katta tana vazniga ega boʻlgan yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ona va homila uchun tugʻilish natijalarini oʻrganish.
Material va tadqiqot usullari. Bizlar shu tadqiqotni oʻrganish uchun Andijon viloyati perinatal markazida 2022-2023 yillari 7458 tugʻruq tarixlarini va tugʻilgan chaqaloqlarni tahlil qildik. CHaqaloqlar vazni 4500 g dan 6500 gramm orasida boʻlgan. Tana vazni ≥ 4000 g boʻlgan chaqaloqlar ≥ 592 nafari (7,94%) olindi, 382 oʻgʻil bolalar va 210 nafari qizlar boʻlib, 82:1,0 ni tashkil etdi. Retrospektiv va prospektiv tahlillar oʻtkazish maqsadida 84 nafar katta vaznda yangi tugʻilgan chaqaloqlar tanlab olindi, nazorat gruxida normal vazndagi (2800-3999) gr tugʻilgan chaqaloqlar xizmatini bajardi. Tugʻruqdagi ayollarning ob’ektiv koʻrsatkichlari quyudagi apparatlar bilan tekshirildi (Fetometriya - UTT, bachadon yoʻldosh tomirlaridagi qon aylanishi, doplemetriya - MPK va homila-yoʻldosh qon aylanishi - PPK), ante va intranatal kardiotokografiya xisobidan homilani biofizik profilini (KTG), chaqaloqlar koʻrsatkichlari (xolatini klinik-nevrologik baholash, antropometriya) oʻrganildi.
Materialning nisbiy kattaligini aniqlash uchun noparametrik usulda burchak (φ) xosil qilish bilan (TMF) (Lakin G.F., 1990) Microsoft office XP dasturida obrabotka qilindi (Excel, 2003).
Tadqiqot natijalari va ularni muhokama qilish . Katta tana vaznli yangi tugʻilgan chaqaloqlarning onalari va nazorat guruhi sonlar boʻyicha statistika boʻyicha birinchi gurux nazorat guruxidan sezilarli farq qilinmadi (29,8±4,99%) nisbatan (28,8±5,1%, (R>0,05) va qayta tugʻgan ayollarda ham (70,2±4,99% 71,2±5,1%, R>0,05) sonlar boʻyicha uncha farq boʻlmaganligi tadqiqotda aniqlandi. Shu bilan birga, tugʻruqdagi ayollarning ikkala guruhidagi tugʻilishning oʻrtacha soni (2,34±0,009 va 2,58±0,008, P>0,05) ham statistik jihatdan farq qilmadi. Oʻrta yoshli (25,8±04 va 25,1±0,39 yosh), tugʻruqdagi ayollarning ikkala guruhi ham taqqoslangan edi (P>0,05).
Asosiy guruxdagi ayollarda nazorat guruxiga nisbatan, homiladorlik davri uzoq davom etgan (39,9±0,15 nazarot guruxga nisbatfn 39,4±0,11 hafta, P<0,01), vazni (73,9±0,87 nisbatan 65,0 ±1,14 kg, P<0,001), tana uzunligi (boʻyi) (16,9±0,80 nisbatan 157,9±1,17 sm, p<0,001), Ketle indeksi (27,2±0,31 ga nisbatan 26,0±0,04 shartli birlikda), p<0,001) edi.
Tahlil natijalarida asosiy guruhdagi ayollarning tugʻruq jarayoni nazorat guruxi ayollariga nisbatan ogʻirroq kechganligini aniqlandik. Ularda koʻpincha tugʻruqdan avval yoki homila oldi suvlarini erta ketishi topildi (27,4% nazorat guruxiga nisbatan 15,0%, p<0025), perineumning yumshoq toʻqimalarini zararlanishi (22,6± 5,0% ga nisbatan, p<0,001), elka distatsiyasi (13,4% ga nisbatan 3,75, p<0,013), normal joylashgan platsentaning ajralishi (25,0% ga nisbatan 10,0%, p<0,001), preeklampsiya belgilarining yuqori chastotasi (66,7% ga nisbatan 45,0%, P<0,002), fon va ekstragenital kasalliklar (72,8% ga nisbatan 60,0%, P<0,002), anatomik va funktsional tor tosi (10,7% ga nisbatan 2,5%, p<0,015), bu epizeo va perineotomiya (14,3% ga nisbatan 3,75% koʻrsatma boʻlishi, p<0,006), akusherlik qisqichlari va vakuum ekstraktsiyasiga koʻrsatma boʻlishi (7,14% ga nisbatan 2,5%, P>0,05), (14,3% nisbatan 3,75%, P<0,006, rejalashtirilgan va favqulodda tez kesercha kesish (22,6% qoʻllashiga nisbatan 8,75%, p<0,006) koʻrsatma boʻladi.
Tugʻruqlarning salbiy natijasi, shuningdek, homila gipoksiyasining yuqori chastotasi (34,5% ga nisbatan 22,5%, p<0,043) va yangi tugʻilgan chaqaloqlarning asfiksiyasi (45,2% ga nisbatan 30,0%, p<0,021) xisoblanadi.
Ona va homilaning yuqori shikastlanishiga olib keladigan kontsentratsiyasi tufayli katta homilali tugʻruqdagi ayollarning sogʻligʻi va tugʻilish jarayoni sezilarli darajada ogʻirlashadi.
Shunday qilib, tugʻruqdagi ayallar homilasi kata boʻlsa tugʻruq ota ogʻir kechadi, chunki pre -va perinatal havf omillarining toʻplanishi sababli ona va homilaning shikastlanishlariga olib kelar ekan
Ushbu ma’lumotlar istiqbolli ravishda katta vazn bilan tugʻilgan yangi chaqaloqlar sogʻligʻini yanada chuqurroq oʻrganishni talab qiladi.
Shunday qilib, ona va homilaning yuqori shikastlanushiga olib keladigan pre- va perinatal xavf omillarining ta’siri tufayli katta homila bilan tugʻilgan ayollarda salomatlik holati va tugʻish jarayoni sezilarli darajada yomonlashadi.
Ushbu ma’lumotlar yuqori vazn bilan yangi tugʻilgan chaqaloqlarning sogʻligʻini istiqbolli tarzda chuqur oʻrganishni talab qiladi.
ADABIYATLAR
-
1. Алимов А.В., Рахматуллаев А.К., Ходиев С.В., Аманова И.К. Прогностическая оценка взаимосвязи осложненной беременности и особенности развития детей.//Педиатрия, 2003, №3-4, с. 126-129.
-
2. Посохова Н.В., Болотова Н.В. // Педиатрия. -2015. - N.5. - C. 127-131.
-
3. Potter C.M., Ujazek S.J. I/J. Epidemiol Community Healt. - 2013. - Vol. 12 (67). - P. 1032-1037.
-
4. Щербакова М.Ю., Порядина Г.И. // Педиатрия. - 2012. - N:3. - C. 122-130.
-
5. Шадрин С.А., Бурлуцкая А.В., Статова А.В. #| Педиатрия. - 2017. - Na1. - C. 194-198.
-
6. Karanasios E.. Karayianni C. Karavanaki K. // Eut. J. Pediatr. - 2013. - Vol. 172. - P.721-732
-
7. Grober-Gratz D., Wichalm K., de Zwaan M., et al. If Horm. Res. Pediatt - 2013. - Vol. 80. -P.170-178.
-
8. Scott M. I J. Cin. Lipidol. - 2013. - Vol.7. - P.561-565.
-
9. Prystupiuk LO. # Círical Pediatics. - 2015. - Vol.3. - P.26-29.
RHJ-2-22-2024
Список литературы Katta vazn bilan tugʻayotgan ayollarda tugʻruq natijalarini oʻrganish
- Алимов А.В., Рахматуллаев А.К., Ходиев С.В., Аманова И.К. Прогностическая оценка взаимосвязи осложненной беременности и особенности развития детей.//Педиатрия, 2003, №3-4, с. 126-129.
- Посохова Н.В., Болотова Н.В. // Педиатрия. -2015. - N.5. - C. 127-131.
- Potter C.M., Ujazek S.J. I/J. Epidemiol Community Healt. - 2013. - Vol. 12 (67). - P. 1032-1037.
- Щербакова М.Ю., Порядина Г.И. // Педиатрия. - 2012. - N:3. - C. 122-130.
- Шадрин С.А., Бурлуцкая А.В., Статова А.В. #| Педиатрия. - 2017. - Na1. - C. 194-198.
- Karanasios E.. Karayianni C. Karavanaki K. // Eut. J. Pediatr. - 2013. - Vol. 172. - P.721-732
- Grober-Gratz D., Wichalm K., de Zwaan M., et al. If Horm. Res. Pediatt - 2013. - Vol. 80. - P.170-178.
- Scott M. I J. Cin. Lipidol. - 2013. - Vol.7. - P.561-565.
- Prystupiuk LO. # Círical Pediatics. - 2015. - Vol.3. - P.26-29.