Kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar
Автор: Dustova M.
Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6 (120), 2025 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor moliyaviy menejment, raqamli texnologiyalar, alternativ moliyalashtirish manbalari (fintex, kraudfanding, mikromoliya) hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligiga qaratilgan. Tadqiqotda sohadagi dolzarb muammolar ochib beriladi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Kichik biznes, moliyaviy barqarorlik, fintex, moliyaviy menejment, raqamli texnologiyalar, alternativ moliyalashtirish
Короткий адрес: https://sciup.org/140311192
IDR: 140311192
Текст научной статьи Kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar
Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash hamda hududiy rivojlanishga turtki berish borasida ushbu sohaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Biroq bugungi kunda kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Tashqi iqtisodiy tahdidlar, ichki bozordagi o‘zgaruvchanlik, resurslarga cheklangan kirish imkoniyati, inflyatsion xavflar hamda samarali moliyaviy boshqaruv tizimining yetishmasligi ushbu subyektlarning barqaror faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu bois, moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarning – xususan, raqamli moliyaviy texnologiyalar, innovatsion moliyalashtirish vositalari, samarali risk-menejment tizimlarining qo‘llanilishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur maqolada aynan shu zamonaviy yondashuvlarning mohiyati, ularning amaliyotga tadbiq etilishi va kichik tadbirkorlik subyektlari moliyaviy barqarorligiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar asosida zaruriy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Moliyaviy barqarorlik — bu korxonaning oʻz moliyaviy majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajara olish, toʻlovga qobiliyatli boʻlish va iqtisodiy faoliyatni uzluksiz yuritish qobiliyatidir. U korxonaning iqtisodiy mustahkamligi, raqobatbardoshligi va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi.
Moliyaviy barqarorlik tushunchasi koʻp jihatdan korxonaning aktivlari va majburiyatlari oʻrtasidagi nisbat, pul oqimlarining yetarliligi, oʻz vaqtida qarzlarni qaytarish imkoniyati, foyda olish darajasi va moliyaviy xavf-xatarlarni boshqarish salohiyatiga bog‘liq. Bu omillar birgalikda korxonaning moliyaviy salomatligi haqida toʻliq tasavvur beradi.
Amaliyotda moliyaviy barqarorlikni baholashda quyidagi asosiy mezonlar qо‘llaniladi:
-
• likvidlilik koʻrsatkichlari;
-
• moliyaviy mustaqillik koʻrsatkichlari;
-
• foydalilik (rentabellik) koʻrsatkichlari;
-
• toʻlovga qobiliyatlilik;
-
• kapital tuzilmasi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda fintex kompaniyalar soni ortib bormoqda, bu esa kichik biznes subektlariga an’anaviy bank xizmatlarisiz ham moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini bermoqda. Mobil ilovalar orqali hisob yuritish, to‘lovlarni avtomatik bajarish, onlayn kredit olish — bular moliyaviy oqimlarni boshqarishni osonlashtiradi. Fintex texnologiyalarining afzallik tomoni vaqt va xarajatlarni tejashi va qulayligida bo‘lsa, kamchilik tomonini texnologik savodxonlik va xavfsizlik masalalarida ko‘rish mumkin.
1-jadval
Kichik biznes subyektlari uchun moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar tahlili
№ |
Omil nomi |
Ta’sir darajasi |
Izoh |
1 |
Raqamli moliyalashtirish vositalari |
Yuqori |
Onlayn bank xizmatlari, fintex platformalari |
2 |
Soliq yengilliklari va imtiyozlar |
O‘rta |
Amaliyotda mavjud, lekin ko‘pchilik tadbirkorlar bilmaydi |
3 |
Mikromoliya va grant dasturlari |
O‘rta |
Moliyaviy kirish imkoniyati mavjud, lekin cheklangan |
4 |
Moliyaviy savodxonlik |
Past |
Ko‘pchilik kichik tadbirkorlarda bilim va ko‘nikma kam |
5 |
Kreditlarga kirish imkoniyati |
Past |
Banklar tomonidan talablar yuqori |
An’anaviy bank kreditlaridan tashqari, kichik tadbirkorlar uchun kraudfanding, mikromoliya institutlari, investitsiya platformalari kabi imkoniyatlar mavjud. Misol uchun, Uzum yoki ZoodMall orqali kichik tadbirkorlar mahsulotlarini sotib, pul aylanmasini ta’minlashlari mumkin.
Kichik biznes uchun risklarni oldindan aniqlash, baholash va minimallashtirish orqali moliyaviy barqarorlikni oshirish mumkin. Buning uchun ERP tizimlari, CRM platformalari, moliyaviy rejalashtirish dasturlari joriy etilishi talab qilinadi.
O‘zbekistonda davlat tomonidan kichik biznes uchun "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari", subsidiyalar, soliq imtiyozlari va BHM asosidagi imtiyozli kreditlar kabi turli yordam shakllari yо‘lga qо‘yilgan. Ammo tadbirkorlarning aksariyati ushbu imkoniyatlardan tо‘liq foydalanmayapti. Zamonaviy yondashuvlar — raqamli texnologiyalar, alternativ moliyalashtirish va samarali risk-menejment — kichik biznes subektlarining moliyaviy barqarorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish uchun quyidagi shartlar zarur:
-
• moliyaviy va texnologik savodxonlikni oshirish;
-
• davlat tomonidan ko‘mak infratuzilmasini soddalashtirish;
-
• fintex faoliyatini tartibga soluvchi aniq qonunchilikni shakllantirish.

Davlat ko'magini kuchaytirish
Alternatlv moliyalashtinsh manbalari
Soliq siyosatini soddalashtirish
Raqamll texnologiyalami joriy etish
Moliyaviy savodxonlikni oshirish
1-rasm. Kichik biznes moliyaviy barqarorligini oshirish yo‘nalishlari
Xulosa. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektori mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lib, uning moliyaviy barqarorligi umumiy iqtisodiy barqarorlikning muhim omili hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni kо‘rsatadiki, zamonaviy moliyaviy yondashuvlar — raqamli moliya vositalari, alternatv moliyalashtirish manbalari, samarali risk-menejment tizimlari hamda davlat tomonidan kо‘rsatilayotgan qо‘llab-quvvatlash mexanizmlari kichik biznes subyektlarining barqarorligini oshirishda muhim о‘rin tutadi.
Shu bilan birga, amalda ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishga tо‘sqinlik qilayotgan bir qator muammolar ham mavjud. Jumladan, moliyaviy va texnologik savodxonlikning past darajada ekani, mukammal infratuzilmaning shakllanmagani, normativ-huquqiy baza yetishmasligi va axborot olishdagi cheklovlar tadbirkorlarning faolligini pasaytirmoqda.
Shu munosabat bilan, quyidagi xulosalar va takliflar ilgari suriladi:
-
• kichik biznes subyektlari uchun raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
-
• moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan о‘quv kurslari va platformalarini joriy etish;
-
• alternativ moliyalashtirish usullarini qonuniy jihatdan qо‘llab-quvvatlash;
-
• davlat tomonidan ajratiladigan resurslar va imtiyozlar haqida axborotni ochiq va shaffof shaklda yetkazish;
-
• hududiy darajada moliyaviy infratuzilmani kuchaytirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish.
Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali kichik biznes subyektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va milliy iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada mustahkamlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PF-50-son, 2025 yil, 19 mart. https://lex.uz/docs/-7444738
-
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-366-son. 2023 yil 15 noyabr. https://lex.uz/uz/docs/-6663044
-
3. Khojanova G. O. NATURAL RESOURCES, THEIR TYPES AND INITIAL APPROACHES //Ethiopian International Multidisciplinary Research Conferences. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С. 83-86.
-
4. Xo‘janova G. Qashqadaryo viloyatida tabiiy resurslardan foydalanish istiqbollari //YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. – 2023. – Т. 1. – №. 1112.
-
5. Khojanova G. O. INVESTMENT AS A MEANS OF DEVELOPMENT AND STRENGTHENING OF ENTERPRISE PRODUCTION CAPACITY //Экономика и социум. – 2021. – №. 2-1 (81). – С. 171-175.
-
6. Khojanova G. Tаbiiy resurs sаlоhiyаti hududlаrning ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnishining-аsоsiy оmili sifаtidа //THE INNOVATION ECONOMY. – 2024. – Т.
2. – №. 02.
"Теория и практика современной науки"
№6(120) 2025