Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalalarda idrok va diqqat jarayonlarning rivojlanishida tarbiyachilarning ro’li
Автор: Erjanova S.B.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5-1 (96), 2022 года.
Бесплатный доступ
Insonning inson tomonidan idrok qilinishi kabi murakkab psixik jarayon idrok qiluvchining o‘z rivojlanishi bilan barobar uning muloqot ehtiyojining o‘zgarishi, bilish hamda mehnat natijasida shakllanadi. Hayotining birinchi oyi oxiri, ikkinchi oyining boshida dastlab jilmayish bilan keyinchalik unga nisbatan jonlanish kompleksi bilanbola kattalarni acrab turgan muhitdan ajraladi.
Ta'lim, diqqat, idrok, muloqot doirasi, obrazlar, faol shakllanish
Короткий адрес: https://sciup.org/140293012
IDR: 140293012
Текст научной статьи Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalalarda idrok va diqqat jarayonlarning rivojlanishida tarbiyachilarning ro’li
Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko‘rinmasa ham, oradan sal o‘tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari yaqqol ko‘rina boshlaydi. Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini har turli kuchli qo‘zg‘atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug‘lik kabi) ixtiyorsiz ravishda o‘ziga jalb qila boshlaydi. Ikki-uch oylik bolalar esa, shaqir-shuqurga quloq soladigan (shaqildoqlarning tovushiga ovunadigan) bo‘la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin (yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko‘z o‘ngidagi narsa qanchalik rang-barang bolsa, bola unga shunchalik ko‘p estetik beradi.Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nihoyatda beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda hali tormozlanish prosesslarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga chalg‘ib ketaveradi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi turmush tajribalarimng juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyulaverganidan ularning diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Bola ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyulgani sababli ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M.Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh 8 oylik) echki va uning bolalari haqidagi ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib eshikni taqillatgani hikoya qilinganda, Sasha bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga tap-tap yetib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu qadar mahliyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi.Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagina qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqotda bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini bajarish imkoniyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga qarashishni, imkoniyatlari boricha ularning mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalarning iltimos va topshiriqlarini bajonidil ado etadilar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota-onalarining uy-xo‘jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Mana shularning hammasi, diqqatni ma’lum darajada to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi.
Bog‘cha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat bog‘chadagi sharoitgagina emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sharoitga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bolalarning diqqati bir tekisda va bir darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada tegishli nazorat ostida bo‘lmasligi, yoki haddan tashqari erka qilib, taltaytirib yuborilganligi sababli o‘zlarining xatti-harakatlari, hulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib o‘tira olmaydigan, tartibga chaqirilganda gapga quloq solmaydigan bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani uchun ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Diqqatni boshqara bilmaslik, ya’ni ma’lum muddat davomida bir narsaga yo‘naltira olmaslik mashg‘ulotlarda intizom buzish va boshqalarga xalaqit berishga olib keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’ulyatli topshiriqlar berish va hokazo), ularda diqqatning kuchini har onda barqarorlik xususiyatini tarbiyalab borishlari zarur. Bog‘cha yoshida bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan diqqatning ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqatining ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan, katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqtda 5-6 narsani (bir-biri bilan bog‘lanmagan harflarni yoki raqamlarni) sig‘dira olsa, bog‘cha yoshidagi bolalar diqqatining kolami ayni bir vaqtda 1-2 narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta guruh bolaiari 2 ta) sig‘dira oladi.
Yoshiga to‘lgach, bolada xotiraning murakkab turlari, ya’ni eslash vujudga kela boshlaydi, Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni eslay oladigan bo‘ladilar. Bunda bolalar tasavvurlarining roli nihoyatda kattadir. Tasavvurlari tufayli bolalar o‘tgan narsalarni bemalol eslay oladilar, masalan, bolaga ko‘z o‘ngida bo‘lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko‘zlari bilan chor atrofga qarab shu narsani izlay boshlaydi.
Bola xotirasining rivojlanishida nutqining o‘sishi juda katta ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalarni faqat bevosita ko‘rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo‘ladi. Bundan tashqari ular kattalardan so‘rab bilib olish, eshitish orqali ham o‘z xotiralarini boyitadilar.Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha jarayonlari ko‘rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bola dastavval mexaniq ravishda, ya’ni ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi. Buning o‘ziga xos jihati bor, albatta. Birinchidan, yuqorida aytib o‘tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo‘ladi, ular ko‘p nomlarni hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda to‘qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar asab tizimining plastikligi, ya’ni juda egiluvchanligi kattalarnikidan ham ustunroq bo‘ladi. Ana shu sababli bolalarga mexaniq esda olib qolish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.Bolalarda ma’nosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk bolalik davridagi bolalar o‘zlari yoqtirgan hikoyalarning ayrim qahramonlarini yaxshi ko‘radilar, ba’zilarini esa yomon ko‘radilar. Umuman, hikoyalarning mazmuni bolalarga ta’sir qilib, ularda ma’lum tuyg‘u-hissiyotlarni uyg‘otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi.Ilk bolalik davridagi bolalarda dastlab ixtiyorsiz esda olib qolish va ixtiyorsiz esga tushirish vujudga keladi. Ular o‘zlarini biron jihatdan qiziqtirgan, diqqatlarini o‘ziga tortgan narsa va hodisalarni beixtiyor ravishda eslarida olib qoladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
-
1. Mirziyoev Sh.M. Speech at a joint meeting of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan on the occasion of the inauguration of the President of the Republic of Uzbekistan "Building, together with our courageous and noble people, a free and prosperous, democratic state of Uzbekistan." - T.: "Uzbekiston", 2016. - 56 p.
-
2. "Pedagogical skill and pedagogical technology" T.., 2003.
-
3. Sodikova Sh. "Preschool Pedagogy". "Sources of Thought". T: 2013, -330 p.
-
4. Kadyrova F., Toshpulatova Sh., Azamova M. "Preschool Pedagogy" -T., "Spirituality". 2019. Journals "Methodology of preschool education". -T:, numbers 2018
"Экономика и социум" №5(96) 2022
Список литературы Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalalarda idrok va diqqat jarayonlarning rivojlanishida tarbiyachilarning ro’li
- Mirziyoev Sh.M. Speech at a joint meeting of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan on the occasion of the inauguration of the President of the Republic of Uzbekistan "Building, together with our courageous and noble people, a free and prosperous, democratic state of Uzbekistan". - T.: "Uzbekiston", 2016. - 56 p.
- "Pedagogical skill and pedagogical technology" T., 2003.
- Sodikova Sh. "Preschool Pedagogy". "Sources of Thought". T: 2013, - 330 p.
- Kadyrova F., Toshpulatova Sh., Azamova M. "Preschool Pedagogy" - T., "Spirituality". 2019. Journals "Methodology of preschool education". -T:, numbers 2018.