Milliy hunarmandchilikda oilaviy biznesni boshqarish asoslari
Автор: Xolmirzayev T., Ziyoyev J.
Журнал: Форум молодых ученых @forum-nauka
Статья в выпуске: 6 (94), 2024 года.
Бесплатный доступ
Maqola bugungi kunda Respublikamiz oldida turgan dolzarb masalalarni yechimini topishga qaratilgan “Milliy hunarmandchilik” rivojlantirish boʻyicha konseptual yondashuvlarni hamda xorij tajribasini oʻrganish va uni Respublikamizga mos jihatlaridan foydalanishning yangi yoʻnalishlarini taklif etish boʻyicha tavsiyalar berishga bag‘ishlangan.
Hunarmanchilik, oilaviy, biznes, oila aktivlari, oilaviy hunarmandchilik, vorislik
Короткий адрес: https://sciup.org/140307155
IDR: 140307155
Текст научной статьи Milliy hunarmandchilikda oilaviy biznesni boshqarish asoslari
Toir Kholmirzaev
Trainee teacher
Jamshid Ziyoev
Trainee teacher
University of Economics and Pedagogy
Uzbekistan
FUNDAMENTALS OF FAMILY BUSINESS MANAGEMENT IN THENATIONAL CRAFTWORK
Kirish. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonidan koʻzlangan asosiy maqsadlardan biri, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada keng imkoniyatlar tizimini shakllashtirish bilan birga oilalarni ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilganligidir. Ana shu faoliyat zamirida oila tadbirkorligi ham oʻziga xos muhim oʻrin tutadi.
Binobarin, bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi oilalar iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratilgan. Ushbu farovonlikka erishish, koʻp hollarda oilada tadbirkorlikni yuritish bilan bog‘liq boʻladi. Qolaversa, jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri uning negizini tashkil etuvchi har bir oilaning toʻkin, farovon turmush kechirishidir. Albatta, oʻtish davrini boshidan kechirayotgan davlatimiz oilalarni ham iqtisodiy, ham ma’naviy, ham ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Oilaning turmush darajasini oshirish, oila va bola salomatligini yaxshilash, ajralishlar sonini kamaytirish maqsadlari boʻyicha kompleks dasturlarning ishlab chiqilishi va ular ijrosining ta’minlanishi natijasida sezilarli yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda. Shunga qaramasdan respublikamizda oʻta kambag‘al va oʻta boy boʻlmagan, oʻrtahol oilalarni shakllantirish, ayniqsa qishloqlardagi oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bilan bog‘liq muammolar hali dolzarbligicha qolayotganligi bu masalaga alohida e’tibor qaratishni talab qiladi. Bunda, oilaviy biznesni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Oilaviy biznes – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning oʻziga xos tashkiliyhuquqiy shakli sifatida mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati katta boʻlib, u bir qator afzalliklarga ega, jumladan moslashuvchanlik va innovatsiyalarning yuqori darajasi, oʻzgaruvchan bor talablariga tez moslashish qobiliyati, oila institutini mustahkamlash kabi muhim ijtimoiy vazifani bajaradi, bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalashga imkon bergan holda, ularni ijtimoiylashtirishga hamda demografik muammolarni hal qilishga imkon beradi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga boʻlgan yuqori intilish darajasini ta’minlaydi, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishining zaruriy sharti boʻlgan fuqarolarning tadbirkorlik nuqtai nazaridan oʻzoʻzini roʻyobga chiqarishga imkon beradi, jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy holatning barqarorlashuviga zamin hozirlaydi. Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning erkin kirib kelishi va infratuzilmasini xalqaro talablar asosida shakllanishini ta’minlash maqsadida institutsional oʻzgarishlar, ya’ni huquqiy-meyoriy hujjatlar, standartlar va talablar ishlab chiqilmoqda va boshqaruv tuzil-malari takomillashtirilmoqda.
Oilaviy biznes va hududlar rivojlanishi oʻrtasidagi bog‘liqlikning nazariy modeli ishlab chiqilgan (Basco)[2] shuningdek, iqtisodiyotda oilaviy firmalarning afzalliklari, korporativ boshqaruv va tadbirkorlikning rivojlanishiga institutsional yondoshuv nuqtai nazaridan, ularning oʻziga xos xususiyatlari oʻrganilgan (Banalieva, Eddleston, Zellweger; Steier) [3].
Ushbu nazariy tushinchalar, oilaviy tadbirkorlikning asosiy xususiyatlari hamda mulk va boshqaruv munosabatlari tizimining oʻzaro bog‘liq iyerarxiyasini toʻla ifoda etadi, ammo ularning koʻp oʻlchamli oʻzaro ta’sirini yetarlicha ifodalamaydi. Yoki boshqacha aytganda, oilaviy tadbirkorlik faoliyatida rollar taqsimoti yoki vakolatlarning aniq chegarasini yetarlicha aks ettirmaydi. Bunday yondoshuv oilaviy tadbirkorlik faoliyatida uning mulkdorlari, oila a’zolari va boshqaruvchisining aniq vakolatlari chegarasini ifodalovchi uch oʻlchamli modelda yaqqol namoyon boʻladi (1-rasm). Muammoga bunday yondoshish institutsional nazariyadagi mulkiy huquqlar tasnifiga asoslanadi.

1-rasm. Oilaviy hunarmandchilikda biznes boshqaruvi
Koʻrinib turganidek, oilaviy biznes muammolarini oʻrganishning murak-kabligi, unga turli xil nazariy yondoshuvlarning xosligidan kelib chiqadi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik sohasidagi tadqiqotlarda qoʻllanilgan naza-riyalarni institutsional nazariy yondoshuvlar [4] va ijtimoiy soha iqtiso-diyoti nazariyalari boʻyicha yirik guruhlarga ajratish mumkin. Shuningdek, bu sohadagi tadqiqotlarda resurslarga asoslangan nazariyalar, boshqaruvga oid nazariyalar va ijtimoiy kapital nazariyasi kabi boshqa fundamental nazariyalar ham keng qoʻllanilmoqda. Bunday turli xil nazariy yondashuvlar oilaviy biznes amaliyotida yuzaga keladigan muammo va hodisalarni ilmiy asoslashda qoʻl keladi. Bu borada, Peterson va Distelberg [5] inson tabiatiga urg‘u berib, oila birligini moddiylikdan ajratuvchi [6] uch bosqichli modelni qoʻllagan. Mualliflar ikki omil ta’sirida biznesni rivojlanishini taxmin qilib, ular oʻrtasidagi bog‘liqlik chiziqli emasligi, balki ular alohida mazmunga ega omil sifatida ahamiyatli ekanligini koʻrsatgan. Peterson va Distelberg tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, inson tabiati va oila tizimi chegarasida yotuvchi umumiy nazariyaning qiziqarli tadbiqini namoyish etdi. Koʻrinib turganidek, bu sohadagi dastlabki tadqiqotlarda cheklangan sondagi nazariyalar qoʻllanilgan.
Mamlakatimizda ham prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242-son Farmoniga asosan , 2018-2019 yillarda yoshlarni «Usta-shogird» usulida oʻquv dasturlari boʻyicha tayyorlash uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 1 milliard soʻm miqdorida mablag‘lar berilishi koʻzda tutilgan.
Farmon bilan hunarmandchilikni respublika hududlari, tuman va shaharlarida rivojlantirish boʻyicha ham aniq chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, respublika hududlarida hunarmandchilik obyektlari, jumladan muzey-ustaxonalar, «Usta-shogird» maktablari, hunarmandchilikni rivojlan-tirish boʻyicha axborot-resurs markazlari va boshqa obyektlarni tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan.
2018-2019 yillarda respublikaning 23 ta shahar va tumanlarida Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini yaratish nazarda tutilgan. Ushbu markazlar tarixiy-an’anaviy arxitektura uslubida qurilib, ular hududida turistlarni keng jalb qilish uchun «tarixiy sharq bozori» uslubidagi savdo rastalari, xalq ijodi ustalari tomosha koʻrsatadigan maxsus joylar, karvonsaroylar va boshqa obyektlar joylashtiriladi. Muhimi, bu markazlarda hunarmandlar, asrlar davomida ularning ajdodlari kabi bir joyda yashab mehnat qiladi, ya’ni qurilayotgan binolarning birinchi qavatida ularning ustaxona va savdo doʻkonlari joylashadi, ikkinchi qavatda ular uchun zamonaviy turar joylar tashkil etiladi.
Farmonda yoshlarni hunarga oʻqitish va hunarmandchilik koʻnikmalarini avloddan-avlodga oʻtkazish masalalariga alohida e’tibor ajratilgan. Shu maqsadda 2018 yilda respublikamizning barcha hududlaridagi 16 ta kasb-hunar kollejida «Hunarmand» uyushmasining a’zosi boʻlgan hunarmandlarni oʻqituvchilar sifatida jalb qilgan holda, hunarmandchilik ishi boʻyicha yangi kasbiy ta’lim yoʻnalishlari ochilishi nazarda tutilgan.
Bunda hunarmandchilikka oʻqitishda hunarmandlar bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar singari shartnoma tuzish huquqi beriladi hamda ular koʻrsatgan ta’lim xizmatlari soliqqa tortilmaydi. Bundan tashqari, «Usta-shogird» maktablari oʻquvchisi sifatidagi ish davri oʻquvchilar 25 yoshga yetgunga qadar yiliga eng kam ish haqining kamida 2,5 barobari miqdorida sug‘urta toʻlovi toʻlangan taqdirda ularning mehnat stajiga qoʻshiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Список литературы Milliy hunarmandchilikda oilaviy biznesni boshqarish asoslari
- Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelejagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz Oʻzbekiston NMIU 2017 yil.
- Basco, R. Family business and regional development - A theoretical model of regional familiness. Journal of Family Business Strategy (2015), http://dx.doi.org./10.1016/j.jfbs.2015.04
- Banalieva E.R., Eddleston K.A., Zellweger T.M. When do family firms have an advantage in transitioning economies? Toward a dynamic institution-based view // Strategic Management Journal. – 2015. –T. 36. - -№ 9. – c. 1358-1377.
- Vallejo M.C., &Langa, D. (2010). Effects of Family socialization in the organizational commitment of the family firms from the moral economy perspective // Joural of Business Ethics, no. 96(1), pp. 49-62.
- Peterson, P., &Distelberg, B. J. (2011). Differentiating value orientations and unity in values as predictors of varying family business system processes. Journal of Family Business Strategy, 2(4), 207–219.
- Distelberg, B., & Blow, A. (2010). The role of values and unity in family businesses. Journal of Family andEconomic Issues, 31(4), 427–441.
- Shodmonovna F. S., Djuraevich K. S., Jamolovich A. R. The importance of economic efficiency in the enterprise and its theoretical aspects //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 3. – С. 1337-1345.
- Shodmonovna F. S., Bakhtiyorovna N. Z., Khaitovna S. M. The need for investment in the development of the country’s economy and entrepreneurship//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 3. – С. 1101-1108.
- Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. – 2022. – С. 119-121.
- Dustova M., Makhmutullayeva S. КАК ЭЛЕКТРОННАЯ КОММЕРЦИЯ МЕНЯЕТ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННУЮ ЛОГИСТИКУ? //THE INNOVATION ECONOMY. – 2023. – Т. 1. – №. 03.