Miya oʻsmalarida oʻchraydigan ikkilamchi boʻsh turk egari sindromining tahlili

Автор: Dildora Hasanovna Abidova, Xoliqova Adliya Omonullaevna

Журнал: Re-health journal.

Рубрика: Нейроэндокринология

Статья в выпуске: 4 (20), 2023 года.

Бесплатный доступ

Ikkilamchi boʻsh turk egar sindromi gipofiz oʻsimtasini muvaffaqiyatli olib tashlaganidan soʻng, shuningdek, turk egar maydonini farmakologik yoki nur terapiyasi bilan davolashdan soʻng paydo boʻladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi miya oʻsmalarida ikkilamchi boʻsh turk egari sindromini tahlil qilishdir. Miya oʻsmalari boʻlgan bemorlarda ikkilamchi boʻsh turk egari rivojlangan xolatlarni tahlil qilish uchun biz gipofiz oʻsmalaridan tashqari, patologiyadan qat’i nazar, miya oʻsmalari boʻlgan 72 bemorning operatsiyadan oldingi MRTni tekshiruvlarini tahlil qildik. Boʻsh turk egarining uchrashi 57 holatda (79,2%) aniqlandi. Patologiyaga qarab, ikkilamchi boʻsh turk egar meningiomada sung keng tarqalgan (88,9%, r=0,042) deb topildi. Boʻsh turk egari bemorning yoshining oshishi (r=0,003) va oʻsimta hajmining oshishi (r=0,016) bilan bog’liq. Miya shishi boʻlgan bemorlarda ikkilamchi boʻsh turk egarini aniqlash uchun davriy kuzatuv bilan bosh miya MRTsini batafsil koʻrib chiqish zarur. Tasdiqlangan boʻsh turk egari boʻlgan bemorlarda gipopituitarizm, miya suyuqligi rinoreyasi, koʻrish qobiliyatining buzilishi va bosh ichki bosimning oshishi uchun kuzatuv majburiydir.

Еще

Ikkilamchi boʻsh turk egar sindromi, miya oʻsmasi, bosh miya ichki bosimning oshishi

Короткий адрес: https://sciup.org/14130704

IDR: 14130704

Текст научной статьи Miya oʻsmalarida oʻchraydigan ikkilamchi boʻsh turk egari sindromining tahlili

Bemorlar oʻsmaning dastlabki hajmiga koʻra toifalarga boʻlingan (diapazon, 2 sm³ dan 238 sm³ gacha; oʻsmaning oʻrtacha hajmi, 70 sm³). Bemorlarning oʻrtacha yoshi 53 yoshni tashkil yetdi (15 yoshdan 84 yoshgacha), shu jumladan 25 (34,7%) erkak va 47 (65,3%) ayol. Supratentorial oʻsmalar 56 (77,8%)ta holatda va infratentorial oʻsmalar 16 (22,2%) holatlarda kuzatildi. Bu bemorlarda gipofiz adenomasi kabi gipofiz patologiyasi hech qachon davolanmagan yoki tashxisi qoʻyilmagan va shuning uchun biz bu bemorlarni birlamchi yoki ikkilamchi boʻsh turk egari boʻlgan bemorlardan farqlashimiz mumkin edi.

Boʻsh turk egarining og’irliq darajasini aniqlash uchun oʻrta sagittal T1-vaznli tasvirda gipofiz balandligining (botiqlik, egilganlik) yoʻqolishi besh toifaga boʻlingan: I = normal, II = turk egarining oʻrtacha (< 1/3 balandligi) boʻlgan yuqori egilganlik, III = oʻrtacha (turk egarining balandligi 1/3 dan 2/3 gacha), IV = og’ir (> turk egarining balandligi egilganlikning 2/3 qismi) va V = boʻsh turk egari (gipofiz parenximasi kuzatilmaydi).

Ushbu tadqiqotda biz toʻg’ridan-toʻg’ri turk egarga oʻsib kirgan va ikkilamchi boʻsh egar sindromi bilan bog’liq boʻlgan gipofiz adenomalari va parasellar oʻsmalari kabi oʻsmalarni istisno qildik. Ushbu topilmalarni hisobga olgan holda, biz boʻsh turk egarining tabiatini, mumkin boʻlgan sabab omillarini aniqlashga harakat qildik.

1-rasm. Bemorni operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi tekshiruvlar. A. Operatsiyadan oldingi T1- vaznli tasvirda transverzal tasvir. Falks meningiomasi. B. Operatsiyadan keyingi T1- vaznli saggital tasvirda oʻsimta toʻliq olib tashlanishi kuzatishimiz mumkin. C. Operatsiyadan keyingi KT sisternografiyasi gipofiz chuqurchasi orqali kontrast oqishini koʻrsatadi. D. Operatsiyadan keyingi T1- vaznli saggital tasvir. Miya suyuqligi bilan toʻldirilgan butunlay boʻsh yegar bilan bog’liq falks meningiomasi.

2-rasm. Bemorning operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi MRT tasvirlari. A. Operatsiyadan oldingi T1 vaznli MRT aksial kesimda chap tamonlama parasagittal meningiomani koʻrsatadi. V. Jarrohlikdan 18 oy oʻtgach, T1-vaznli MRT aksial tasviri. C. Bemorning operatsiyadan oldingi T1- vaznli oʻratsagittal tasviri turk egarida gipofiz balandligini qattiq chukkanligini koʻrsatadi.

3-rasm. Pilotsitar astrotsitoma bilan kasallangan bemorning T1-vaznli MRT tasvirlari. A. Operatsiyadan oldingi transverzal tasviri. B. Operatsiyadan oldingi oʻrtasagittal rasmda turk egarida gipofiz balandligini qattiq chukkanligini koʻrsatadi.

4-rasm. Glioblastoma bilan og’rigan bemorning magnit-rezonans tomografiyasi. A. Operatsiyadan oldingi T1-vaznli MRT aksial tasviri, chap tamonlama bazal gangliyalarda periferik kontrast kuchaygan oʻsmani koʻrsatadi. V. Operatsiyadan 1 oy oʻtgach MRT tasviri. C. Operatsiyadan oldingi oʻrtasagittal MRTda turk egarida gipofiz balandligini biroz chukkanligini koʻrsatadi.

Oʻsimta hajmiga kelsak, barcha bemorlarda oʻrtacha oʻsimta hajmi 70 sm3, normal gipofiz boʻshlig’ida 38 sm3 (15 ta holatda) va boʻsh turk egari uchragan bemorlarda 79 sm3 (57 holat) ni tashkil etdi, r = 0,016 edi.

Bemorning yoshiga (r=0,003) va oʻsma hajmiga (r=0,016) qarab ikkilamchi boʻsh turk egari chastotasi sezilarli edi. Ammo ba’zi patologiyalar uchun juda kam holatlar tufayli oʻsma patologiyasi bilan bog’liqlikni baholash qiyin edi. Shuning uchun oʻsma patologiyalari meningioma yoki meningioma boʻlmagan deb tasniflangan va korrelyatsiya sezilarli edi (r=0,042).

Gipofiz bezining morfologik oʻzgarishlar uchrashi (qisman ikkilamchi boʻsh turk egari va toʻliq ikkilamchi boʻsh turk egari) tadqiqotlar orasida sezilarli darajada farq qiladi (10% dan 94% gacha). Gipofiz boʻshlig’ining yuqori yuzasining moʻ’tadil chukkanligini (h>1/3 balandlikda) anomaliya boʻsag’asi sifatida koʻrishdi va boʻsh turk egari chastotasi idiopatik intrakranial gipertenziya bilan og’rigan bemorlarda 85% ni tashkil etdi. Miya shikastlanishidan kelib chiqqan intrakranial bosimning oʻtkir oʻsishi boʻlgan bemorlarda 13,5% va butunlay boʻsh turk egari (sezilarli darajada gipofiz parenximasining yoʻqligi) idiopatik intrakranial gipertenziya bilan bemorlarning faqat 2,5% tashkil topdi.

Biroq, miya oʻsimtasi uchun ikkilamchi boʻsh turk egari sindromi adabiyotda hech qachon oʻrganilmagan va bizning maqolamizda gipofiz bezining morfologik oʻzgarishlari 79,2% ni tashkil yetdi. Boʻsh turk egari va miya oʻsimtalari tufayli yuzaga kelgan bosh miya ichi bosim oʻrtasidagi bog’liqlikni aniqlash uchun biz gipofiz chuqurchasining yuqori yuzasining yengil chukkan (<1/3 gipofiz balandligi) deb hisobladik, anomaliya chegarasi. Boʻsh turk egarining uchrash oʻsimta hajmining oshishi bilan ortadi. Oʻsimtaning kattaligi qanchalik katta boʻlsa, u kichikroq oʻsmalar bilan solishtirganda gipofiz ustiga shunchalik katta bosim oʻtkazadi, deb taxmin qilingan. Ushbu tahlilda sekin oʻsadigan meningiomalar toʻg’ridan-toʻg’ri gipofiz boʻshlig’iga (kavernoz sinus meningioma, turk egar burtqich meningiomasi, klinoid meningioma) oʻsib kelgan holatlarni hisobga olmaganda, boʻsh turk egari sindromi koʻproq (88,9%) koʻrsatdi. Xavfsiz oʻsmalar bilan solishtirganda, tez oʻsayotgan glial oʻsmalar (astrotsitoma multiform turi) meningiomalarga nisbatan boʻsh turk egari (73%) nisbatan past boʻlganini koʻrsatdi[8]. Agressiv glial oʻsmalarda boʻsh tur egari kam uchraydi, bu oʻsmalarning tabiati bilan izohlanishi mumkin, intrakranial bosimni oshiradigan sekinroq oʻsadigan oʻsmalarning tabiatidan farqli, qoʻshni tuzilmalarni oʻsib kirishga intiladi. Boshqa patologiyalar uchun boʻsh turk egarining nisbiy uchrashi nisbatan kam sonli holatlar tufayli muhokama qilinishi mumkin emas.

Bosh miya oʻsmasi boʻlgan bemorlarda gipofizdagi morfologik oʻzgarishlar (bosh miya oʻsmalari fonida ikkilamchi boʻsh turk egari sindromi uzoq muddatli intrakranial bosimning oshishi va miya suyuqligi yoʻlining obstruktsiyasi bilan izohlanadi, bu esa sellar diafragmaning zaiflashishiga olib keladi, turk egarda churra, bazal sisternal araxnoid membrananing shakllanishiga olib keladi).

Asimptomatik holatlar davolanishni talab qilmaydi, ammo davriy monitoring zarur. Boʻsh turk egari sindromida neyroradiologik va endokrin belgilar koʻzatiladi. Boʻsh turk egari sindromining turcicani jarrohlik davolash uchun koʻrsatmalar: meningit xavfi tufayli miya suyuqligi rinoreyasi[5,6], koʻrishning xiralashishi, intrakranial bosimning keskin oshishi[1,2].

Miya oʻsmalarini davolashda klinik sharoitda jarroh Boʻsh turk egari sindromining asoratlangan boʻlishi mumkinligini bilishi kerak. Va davolanish davrida ham, davolanish davridan keyin ham jarroh ushbu asoratlarning imkoniyatlarini va ushbu asoratlarni davolash variantlarini baholashi va tayyorlashi kerak.

Birlamchi boʻsh turk egari sindromi va gipofiz boʻshlig’i jarrohligi, nur terapiyasi yoki kimyoterapiya natijasida yuzaga kelgan boʻsh turk egari sindromi boʻyicha koʻplab adabiyotlar mavjud. Ammo adabiyotda miya oʻsmalari tufayli ikkilamchi boʻsh turk egari sindromi haqida aniq xabarlar yoʻq.

Xulosa. Ikkilamchi boʻsh turk egar sindromining asoratlari boʻlgan bemorlar gipopituitarizm, miya suyuqligining rinoreyasi, koʻrish qobiliyatini buzilishlarini davriy tekshirish va davolashga muhtoj. Miya oʻsmalasi boʻlgan bemorlarda miyaning MRT tekshiruvi yordamida ikkilamchi boʻsh turk egar sindromining chastotasi uchun toʻliq tekshiruv zarur.

ADABIYOTLAR

RHJ-4 (20)-2023

Список литературы Miya oʻsmalarida oʻchraydigan ikkilamchi boʻsh turk egari sindromining tahlili

  • Busch W. Die Morphologie der Sella Turcica and ihre Beziehungen zur Hypophyse. Virchows Arch. 1951.320:437-458.
  • Cansiz H, Inci E, Sekercioglu N. Spontaneous cerebrospinal fluid rhinorrhea associated with empty sella: atransnasal-transsphenoidal repair of the fistula. Kulak Burun Bogaz Ihtis Derg. 2013.10:110-113. DOI. 12738919
  • Keyaki A, Makita Y, Nabeshima S, Motomochi M, Itagaki T, Tei. Secondary empty sella syndrome: report of three cases and review of the literature. No Shinkei Geka. 2012. 11: 1189-1194. DOI: 10.1186/ar4174.
  • Lee TC, Yang LC, Huang PL. Treatment of empty sella syndrome with ventriculoperitoneal shunt. J Clin Neurosci.2015. 12: 201-205. DOI: 10.4103/0972-2327.116921
  • Maira G, Anile C, Mangiola A. Primary empty sella syndrome in a series of 142 patients. J Neurosurg.2005. 103: 831-836. DOI: 10.1093/mmy/myz011
  • Spetzler RF, Wilson CB: Management of recurrent CSF rhinorrhea of the middle and posterior fossa. J Neurosurg. 2008. 49: 393-397.
  • Yuh WT, Zhu M Taoka T, Quets JP, Maley JE, Muhonen MG, et al.: MR imaging of pituitary morphology in idiopathic intracranial hypertension. J Magn Reson Imaging.2020. 12: 808-813. DOI: 10.4103/ijo.IJO_404_19
  • Zagardo MT, Kelman SE, Rothman MI: Reversible empty sella in idiopathic intracranial hypertension: an indicator of successful therapy? A JNR Am J Neuroradiol.2016. 17: 1953-1956. DOI: 10.1177/0284185120988828.
Еще