Musiqa -foydali san’at

Автор: Azamova D.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-1 (82), 2021 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqolada musiqaning inson ruhiyatiga qanday taʼsir koʻrsatishi, maqom sanʼatining inson komillikka erishishidagi oʻrni toʻgʻrisida bayon etilgan.

Abu nasr farobiy, darvesh ali changiy, musiqa ilmi, maqom, sanʼat

Короткий адрес: https://sciup.org/140260363

IDR: 140260363

Текст научной статьи Musiqa -foydali san’at

Dilnavozxon Aʼzamova

Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti

4-bosqich talabasi.

Annotatsiya :Mazkur maqolada musiqaning inson ruhiyatiga qanday taʼsir koʻrsatishi, maqom sanʼatining inson komillikka erishishidagi oʻrni toʻgʻrisida bayon etilgan.

Kalit soʻzlar : Abu Nasr Farobiy, Darvesh Ali Changiy, musiqa ilmi, maqom, sanʼat.

Har bir inson o’ziga xos, takrorlanmas moʻjiza bo’lib, turlicha oʻy-fikr, dunyoqarashga ega. Shuningdek, hammaning yurish-turishi, gapirishi, dunyoqarashi turlicha boʻladi. Hammamiz kiyimimizni, iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarimizni didimiz, xohishimizga qarab tanlaymiz. Tanamiz uchun bular qanchalik zarur boʻlsa, ruhimiz uchun ham ozuqa kerak. Ruhimizni ham did bilan tanlangan ma’naviy ozuqalar orqali oziqlantirsak, nur ustiga nur bo’ladi.

Mana shunday inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir koʻrsata oladigan, uning ichki dunyosini goʻzallashtiradigan, unga maʼnaviy ozuqa bera oladigan ulkan kuchga ega san’at turi bu musiqadir. Bu borada buyuk allomalarimizning ham fikrlari mavjud. Jumladan, Abu Nasr Farobiy taʼkidlaydi: “Musiqa ilmi shu ma’noda foydaliki, u oʻz muvozanatini yoʻqotgan odamlar xulqini tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda boʻlgan odamlar xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir. Chunki, tana kasal boʻlsa, ruh soʻladi, tana toʻsiqqa uchrasa, ruh ham toʻsiqqa uchraydi. Shuning uchun ovozlarning ta’siri bilan ruhni sogʻaytirish yordamida tana sogʻaytiriladi”.

Musiqa ilmining tarixi qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi. Rivoyatlarda aytilishicha, Alloh taolo Hazrati Odam alayhissalomni yaratib, uning vujudiga jon kiritish paytida musiqa sadolari yangragan ekan. Bundan tashqari, har bir xalqni musiqa bilan bogʻliq boʻlgan turlicha afsona, rivoyatlari mavjud. Ulardan biri XVI-XVII asrlarda yashab ijod qilgan Darvish Ali Changiy va uning chang sozi ijrochiligiga oid quyidagi ma’lumotni keltirish mumkin: “Buxoroda (XVI asr) Shayboniylardan boʻlgan Abdullaxonning zamondoshi Xoʻjai Kalon (Buyuk Xoʻja, Shayx Xoʻja Sa’d) ogʻir dardga giriftor boʻladi. Tabib Sulton Muhammad uni davolab, kasalni yengishda chang mashqlarini eshitishni tavsiya etadi. Xoʻja Sa’d Darvish Alini huzuriga chorlaydi. Darvish Ali uch oy davomida Sa’d qoshida chang chaladi. Shundan soʻng Xoʻja butunlay tuzalib ketadi”.

Ushbu ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, milliyligimizni oʻzida mujassam etgan mumtoz ohanglarimiz qadim zamonlardan beri insoniyat hayotida muhim oʻrin tutgan va uzoq yillar davomida saqlanib, rivojlanib,sayqallanib kelgan.

Oʻzbek mumtoz musiqasi durdonalaridan biri hisoblanmish maqomlarimiz ham avvallari xon saroylarida ijro etilgan. Hozirgi kunda esa shoh asarlarimizdan barcha bahramand boʻlishi mumkin. Xalqimiz, yoshlarimizda yuksak insoniy tuygʻular, mardlik ruhida ma’naviy tafakkurini boyitish, milliy oʻzligimizni anglash, estetik didni shakllantirishda maqom san’atining oʻrni beqiyos. Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-sonli qarorlarida Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Ushbu qarorga muvofiq, bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tarkibidagi Oʻzbek milliy maqom san’ati fakulteti - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti sifatida alohida ajralib chiqdi. Yaqinda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga maqom ohanglaridan eshittirib borish taklifini berdi. Darhaqiqat, maqom ohanglarini yosh bolalarga eshittirish ularning estetik olami takomillashib borishiga zamin yaratadi. Madaniyat vazirligi tomonidan maqom kuy va ashulalaridan iborat boʻlgan maxsus toʻplam bolalar uchun ishlab chiqildi.

San’atga oshino qalbdan yomonlik chiqmaydi, deyishadi. Bolalik paytidan boshlab milliyligimiz mujassam boʻlgan maqomlarimizni tinglab ulgʻaygan yoshlarimizdan kelajakda Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy va boshqa koʻplab shu kabi buyuk insonlar yetishib chiqishiga aminmiz. Har bir inson qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat’iy nazar milliy ohanglarimizni tinglasa, ular matnidagi mazmunlarni uqib olsa, xalqimiz madaniyati yanada yuksalib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.Qodirov R. Gʻ. " Musiqa psixologiyasi" T: Musiqa. 2005-yil 7-b

  • 2 . Rajabov I. "Maqomlar" T: Sanʼat. 2006-yil 18-b

  • 3 .Fitrat A. Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi.—Toshkent: Fan, 1993, 56-b.

"Экономика и социум" №3(82) 2021

Список литературы Musiqa -foydali san’at

  • Qodirov R. Gʻ. " Musiqa psixologiyasi" T: Musiqa. 2005-yil 7-b
  • Rajabov I. "Maqomlar" T: Sanʼat. 2006-yil 18-b
  • Fitrat A. Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi.-Toshkent: Fan, 1993, 56-b.
Статья научная