Musiqiy madaniyat darslarida ikki ovozli qo'shiqlarning pedagogik asoslari
Автор: Kazakov A.M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5-1 (84), 2021 года.
Бесплатный доступ
Maqolada musiqiy madaniyat darslarida ikki ovozli qo'shiqlarni ijro etishning pedagogik asoslari va usullari haqida ma'lumot va tavsiyalar keltirilgan. Bundan tashqari, bir va ikkita ovozda qo'shiq aytish texnikasi bo'yicha zarur tavsiyalar mavjud.
Musiqa madaniyati, qo'shiq, vokal, xor, usul, pedagogika, psixologiya, mashqlar, usullar
Короткий адрес: https://sciup.org/140260533
IDR: 140260533
Текст научной статьи Musiqiy madaniyat darslarida ikki ovozli qo'shiqlarning pedagogik asoslari
Kazakov Odilbek Madrimovich
Urgench State University "Art History"
Senior Lecturer of the Faculty
PEDAGOGICAL BASIS OF TWO-VOICE SINGING IN MUSIC CULTURE CLASSES
Annotation: This article provides information and recommendations on the pedagogical basis and methods of singing two-voice songs in music culture classes. It also outlines the necessary recommendations about their technique of singing in one voice and two voices.
San’at o’z tabiati bilan - go’zallik, o’z tabiati bilan - ma’naviyat, yuksak ma’naviyat tomon kishilarni yetaklovchi tarbiya qurolidir «So’z tugaganda qo’shiq boshlanadi» - deydi xalqimiz. Zero musiqa o’zining dilbar ohanglari bilan har qanday durdona so’zdan ham kuchli va ta’sirchan. Musiqa ayrim kishilar aytganidek dam olish, hordiq chiqarish vositasi emas. San’at bu insonda fikr uyg’otuvchi, his – hayajonlarini bir maqsad tomon yo’naltiruvchi, kishilarni yaxshi ulug’vor ishga safarbar etuvchi, ona – Vatanimizni so’z va ohanglarda tarannum etib yoshlarda Vatan tuyg’usini uyg’otuvchi, uni o’stiruvchi ajoyib – g’aroyib mo’ jiza! Buyuk Betxoven musiqani donishmandlik va falsafadan yuksakroq dil izhori – degani bejiz emas.
Maktabda o’quvchilar musiqa, uning inson hayotida tutgan o’rni, musiqa asarlarini tinglash madaniyati, musiqa tarixi, buyuk kompozitorlar, bastakorlar hayoti bilan tanishish, musiqa savodxonligini oshirish kabi bir qator musiqiy bilim va axborotlar ko’lamini o’rganadilar va tanishadilar. Boshlang’ich sinflarning 1-2 sinflarida asosan o’rganiladigan qo’shiqlar bir ovozli qo’shiqlardan iborat bo’ladi. Uchinchi va undan yuqori sinflarda esa o’quvchilar astasekin ikki ovozli va ayrim uch ovozli qo’shiqlarni o’rganib borishlari fan dasturida ko’rsatilgan.
Umumta’lim maktablarining «Musiqa madaniyati» fanini o’qitishida o’quvchilarni jamoaviy ijrochilik faoliyati muhim o’rin tutadi. Jamoaviy ijrochilik esa butun bir sinf o’quvchilarini yaxlit bir organizmga birlashtirib, o’ziga xos vokal-xor malakalarini egallash, kuylashda sof unisonga erishishi, soz, ansambllik hosil qilish va asta-sekinlik bilan taqozo etadi. Respublikamizda musiqa pedagogikasi bo’yicha qilingan ko’pgina ilmiytadqiqot, ilmiy-uslubiy ishlarda o’quvchilarni ko’p ovozli kuylashga o’rgatish, uning tashkiliy – uslubiy asoslari, ish yuritish usul – shakllari, bu jarayonda o’qituvchi faoliyatining ayrim qirralari yoritilgan. Bunga A.Sh.Hasanov, R.Qodirov, D.Solnova, Q.Mamirov I.Qudratovlarni ishlarini ko’rsatish mumkin. Biroq bu ishlarda o’quvchilarni ko’p ovozli kuylashga o’rgatishni ilk bosqichi hisoblanmay ikki ovozli kuylashga o’rgatish masalasi alohida tadqiqot muammosi sifatida o’rganilmagan. Bu esa bugungi kunda musiqa ta’limi-tarbiyasi oldida o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammo sifatida bizning tadqiqotimiz mavzusini « O”quvchilarda ikki ovozli qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish» deb nomlashimizga sabab bo’ldi.
Ko’p ovozli musiqa asarlarini qo’llamay turib o’quvchilarga musiqa tarbiyasi berish qiyin bo’ladi. Bolalarning musiqa o’quvi ularning ilk yoshlik davridan tarbiyalab boriladi. Radio, kino, televideniya orqali olinadigan ko’pdan – ko’p musiqa axboroti bolalar o’quvini jonajon xalq musiqasi va turli – tuman shaklda nomoyon bo’ladigan ko’p ovozli musiqa sadolari bilan boyitib boradi. Ammo bularning hammasi sust – passiv tarbiya hisoblanadi. Musiqaviy taassurotlarning bunday turlari bolalarda ko’p ovozli musiqaning go’zalligini chinakam his etish va idrok qilish ko’nikmasini tobora o’stirishga qodir emas. Ko’p ovozli asarlarni ijro etishda bolalarning o’zlarini bevosita qatnishtirish yo’li bilangina aktiv ko’nikma hosil qilinadi. Umumiy ta’lim maktabida bolalar, asosan, musiqa tarbiyasi darslari va xor to’garaklarida qo’shiq aytishida ishtirok qilib, musiqa ijro etishni va qo’shiq aytishini o’rganadilar. Ikki ovozli qo’shiqlarni o’rganishga kirishidan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Bu davrda ikki ovozli qo’shiq aytishga zamin hozirlanadi. Bir ovoz unisonda qo’shiq aytish va bu ish jarayonida hosil qilinadigan malakalar xudi shu zaminning o’zidir. Unisonda qo’shiq aytishga xos o’zaro bog’liq malakalar quyidagilardan: musiqani zehn qo’yib tinglay bilish, uni his etish, tavush baland pastligini tahlil qila bilish, eshitib nazorat qilish, musiqa xotirasi va uning turlaridan biri – tovush baland – pastligini bilib eslab qolishdan iborat.
Ikkinchi sinfda esa bu tasvirlar o’rnini nota yozuvlari egalay boshlaydi. Uchinchi sinf o’quvchilari esa asarni oldin solfedjio qilib qo’ylaydilar, so’ngra qo’shiq so’zlari bilan ijro etadilar. Turli tasverlar va nota yozuvlariga qarob kuylash birinchi sinfdan boshlab sistemali ravishda olib borilsa, yanada maqsadga muvofiq bo’ladi.birinchi sinfdan boshlaboq o’quvchilarning ovoz diapazonini aniqlash va uni kengaytirib borishga alohida e’tibor berish lozim. Boshlang’ich sinflarda ko’pchilik o’quvchilarning ovoz diapazoni I aktava «lya»dan yuqoriga o’tmaydi. Zero dasturdagi qo’shiqlarning diapazoni I aktava «do»dan II aktava «do»gacha ko’tariladi. Natijada, o’quvchilar 39 qo’shiqning bu pardalarida mutloqo noto’g’ri ijro etadilar, yoki umuman ayta ayta olmaydilar. Shu tufayli o’quvchilarni ikki ovozga ajratish, ya’ni ovoz yuqori pardalarga ko’tarilmaydigan o’quvchilar jim eshitishlari, qolganlar kuylashi talab qilinadi. Shuningdek, ovozga ajratish o’quvchilarga qo’shiq o’rgatishda, ularni guruhlarga bo’lishda ham qo’l keladi. Har bir ovoz guruhining alohida kuylanishi o’quvchilarni ko’p ovozlikka tayyorlab boradi va ularda mustakillik hisini tarbiyalaydi. O’quvchilarni xor ijrochiligiga o’rgatishda «a’kapella» (jo’rsiz) asarlarini musiqa asboblari jo’rligisiz ijro etish muhim ahamiyatga ega. Jo’rsiz kuylash musiqa tinglash qobilyatining to’g’ri shakillantirishga, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga, ritm va ovoz tembirining ijobiy rivojlanishiga yordam beradi.
O’quvchilarning qo’shiqlarini «a’kopella» usulida kuylashi bir – birlarini yaxshi eshitishini, tovushlar intonasiyasidagi taniqlikni ta’minlaydi, ularning mustaqil kuylash malakalari takomillasha boradi. Shu tufayli musiqa asbobi jo’rligida ijro etiladigan asarlarni ham ayrim hollarda «a’kapella» tarzida o’rganish va ijro etish foydalidir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’z diqqat – e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga qaratib tura olmaydilar, tezda charchab qoladilar. Shuning uchun bu sinflarda fizkult pauza daqiqalaridan foydalaniladi. Musiqa darslarida fizkul pauza daqiqalari o’rnida ijroga ritm berib borish, chapak chalish, bir joyda turgan holda qadam tashlash takt xissalarini sanash, dirijyorlik elementlarini qo’llash kabi xilma – xil xaroakatlardan foydalanish zarur. Ayniqsa bolalar musiqa asboblarida chalish va raqs xarakatlarini bajarish ularni darsga faol jalb qilishga qo’l keladi. Bu xarakatlar o’quvchilarning fikrlarini faollashtiradi, dars qiziqarli o’tadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari har bir sinfda, har bir o’quv yilida 12-14 ta qo’shiq o’rganadilar. Shu davrda ular asosan bir ovozli qo’shiqlarni (unisonda) kuylash malakalarini puxta o’zlashtiradilar va ayni paytda ko’p ovozlikga o’tishga tayyorgarlik ko’radilar. III sinfning III choragidan boshlab dasturga ikki ovozli elementlari bor qo’shiqlari ham kiritiladi. Shuningdek, o’quvchilarni ko’p ovozlikka o’rgatish bo’yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar bu ishni birinchi 40 sinfdan boshlab mumkinligini ko’rsatdi. Buni amalga oshirish uchun dasturdagi qo’shiqlardan o’qituvchining o’zi o’quvchilarning qobilyatini va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlab oladi. O’quv yili davomid yangi qo’shiqlar to’plamlaridan, turli jurnallarda berilgan qo’shiqlardan, radio va televidiniya eshittirishlarida ijro etilayotgan yoki mualliflarning o’zlaridan olingan qo’shiqlardan o’qituvchilarning yoshi va saviyasiga mos keladigan eng yaxshi bolalar qo’shiqlarini tanlab o’rganish mumkin. O’qituvchga qo’shimcha manbaalardan foydalanish imkoniyati berilgan. Dasturda o’qituvchilarga sistemali ravishda vokal va xor malakalarini singdirib borish masalasi ham qo’yilgan.
Список литературы Musiqiy madaniyat darslarida ikki ovozli qo'shiqlarning pedagogik asoslari
- H. Nurmatov va "Musiqa" boshqalar. Umumta'lim maktablari 3 - sinf uchun darslik. T; G'.G'ulom nashriyoti. 2001 y.
- O.Ibrohimov va boshqalar. "Musiqa" boshqalar. Umumta'lim maktablari 4 - sinf uchun darslik. T; G'.G'ulom nashriyoti. 2003 y.
- A.Mansurov, D.Karimova. "Musiqa" boshqalar. Umumta'lim maktablari 5 - sinf uchun darslik. T: G'.G'ulom nashriyoti. 2003 y.
- "PUBLICATION OF BALL AND PERFORMANCE IN OUR COUNTRY" Ismailov Tohir Xushnudbek o'g'li. "Образование и наука в XXI веке" (ISSN 2658-7998)