Naqqoshlik va yog’och o’ymakorligi san’atining rivojlanishi

Автор: Baratboyev B.M.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 11-1 (90), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada O’rta Osiyo va Jahonning boshqa hududlarida naqqoshlik va yog’och o’ymakorligi san’atini rivojlanish tarixi va bu tarixda yog’och o’ymakorligi san’atini rivojlanishiga o’z xissalarini qo’shgan buyuk rassomlar ijod yo’llari to’g’risida so’z boradi.Qadimdan rivojlanib kelayotgan naqqoshlik va yog’och o’ymakorligi san’ati orqali kelajak avlodni grafik savodxonligini yanada oshirish masalalari qo’yilgan.

Naqqoshlik maktablari, Musavvir va Xunarmand, grafik savodxonlik, pargori, vassa, kompozitsiya, me’morlik.

Короткий адрес: https://sciup.org/140261030

IDR: 140261030

Текст научной статьи Naqqoshlik va yog’och o’ymakorligi san’atining rivojlanishi

1990 yillar О‘zbekiston yog‘och о‘ymakorligi va naqqoshlik san’ati tarixida yangi bosqich bо‘ldi.

О‘zbekiston yog‘och о‘ymakorlik va naqqoshlik maktablarini asosan Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarkand va Xiva maktablari tashkil etmoqda. Ushbu maktablarning texnik, uslubiy va kompozitsion tomonlarida kо‘pgina о‘xshashliklar bilan birga, farqli tomonlari ham mavjud. Masalan, Toshkent yog‘och о‘ymakorligida, "pargori" uslubi keng tarkalgan bо‘lib, "pargor" yoki "pargol" sо‘zlarining о‘zi uslubga qaraganda kо‘proq naqshlar rо‘yxatiga mos ibora hisoblanadi. U sirkulda chizilgan degan ma’noni anglatadi. Shu sababli, yog‘och о‘ymakorligiva naqqoshlik kompozitsiyalarida keng tarqalgan doyra yoki aylana kо‘rinishidagi naqshin gullarni "pargoriy" deb nomlashadi. Bu uslub deyarli hamma ustalarning asarlarida uchraydi. Lekin asrimizning boshlarida

Toshkentlik usta S.Xо‘jayev ijodida u о‘zining yuqori chо‘qqilariga erishgan.

Farg‘onalik ustalarning naqqoshlik asarlarida "buta", "guldastalar"ga keng о‘rin beriladi. Lekin ular ushbu maktabda birmuncha yaxlit, naqshlarning orasi ochiq, yirik-yaxlit kо‘rinishlarda ishlanadi. Bundan tashqari, Farg‘ona naqqoshligida Rishton kulolchiligiga xos moviy bо‘yoqlar kо‘p ishlanib, unda asosan о‘simlik dunyosi naqshlari yetakchilik qiladi. Chunki, aynan ularda mahalliy aholining "jannat bog‘i"va kosmogonik, diniy falsafa haqidagi tushunchalari о‘zining ifodasini topgan.

Samarqand va Buxoro yog‘och о‘ymakorligi ham kо‘p tomonlardan Xiva maktabining an’analariga yaqin bо‘lsada, ushbu viloyatlarning naqqoshligi о‘zidagi kompozitsiya va ranglar majmuasi bilan Farg‘ona — Toshkent maktabiga yaqindir. Chunki, naqqoshlik san’atidagi maktablar bir-biridan asosan naqshlar tizimi vahar bir kompozitsiyaning tasvirlanishi bilan farqlanadi. Masalan, Toshkentda о‘yiladigan gullarning orasi ochiq, tasvirlar birmuncha erkin bо‘lib kо‘rinsa, Xorazmda birmuncha zich, novdalarning orasidagi bо‘sh joy qoldirilmasligiga katta ahamiyat qaratiladi. Ularda ishlatiladigan ranglar deyarli barcha viloyatlar uchun о‘ziga xos. Xiva maktabida kо‘p hollarda me’ morchilik koshinlarida keng tarqalgan mayda gul vanovdalardan iborat islimiy naqshlar kо‘p uchraydi (islimiy-morgula, islimiy-zanjira, islimiy-shobuta va boshqalar).

О‘tmishda xalq san’atining boshqa turlari kabi yog‘och о‘ymakorligi va naqqoshligi san’atlarida ustalar asosan "usta-shogird" an’anasi orqali taiyorlanadi. Bu an’ana hozirgi davrgacha saqlangan bо‘lib, shu bilan birga san’atning ushbu turlariga sezilayotgan ehtiyojdan kelib chiqib, sohaga moslashtirilgan qator kollejlar ham professional ustalar tayyorlashga kirishdilar.(O’zbekistan Badiiy Akademiyasining Toshkent shahri va viloyatlardagi tasviriy va amaliy san’at bilim yurtlari).

90-yillarga kelib, mustaqil ijod bilan shug‘ullanayotgan "professional" xalq ustalarining aksariyati, markaz va uyushmalar tarkibiga a’zo bо‘lgan holda ijod qilmoqdalar. Respublika maxsus ijodiy-ishlab chiqarish "Usto" birlashmasiga a’zo bо‘lgan ustalar Davlat ahamiyatiga molik yirik obyekt va qurilishlarda qatnashsalar, "Musavvir" va "Xunarmand" ilmiy-ishlab chiqarish markazlariga a’zolari uyda ijod qiladilar va mahsulotlarini mana shu markazlar orqali tarqatadilar. Markaz esa ularga metodik yordam kо‘rsatadi, ustalar ijodini keng omma orasida, respublika va xorijdagi yirik kо‘rgazmalarda targ‘ib kiladi va hokazo.

Hozirda yog‘och о’ymakorligi va naqqoshlik san’ati о‘zining avvalgi davrlardagi mavqeini qayta tiqlamoqda. Toshkent shahri va respublikaning boshqa yirik shaharlarida qurib, foydalanishga topshirilayotgan yoki qayta ta’ mirdan chiqarilayotgan qator diniy va dunyoviy xarakterdagi qurilishlarda unga bо‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. "Usto" birlashmasining Toshkent shahri va viloyatlardagi bо‘linmalarida ishlayotgan ustalar, oxirgi о‘n yil orasida kо‘plab yirik obyektlarda muvaffaqiyatli qatnashdilar: O’zbekiston

Prezidentining "Oq saroy" qarorgohi (1998 — 99), Oliy Majlisning yangi binosi (1997), Temuriylar tarixi Davlat muzeyi (1996), "Turkiston" konsert zali (1994), Toshkent shahar hokimligining yangi binosi (1996 — 98), O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosi (1995), Bekobod shahridagi metallurgiya kombinatining oromgohi (1993), "Algoritm" zavodi (1994), Rossiyaning Voronej va Moskva shaharlaridagi "O’zbekiston" va "Namangan" magazinlari (1989 — 92), Uzbekiston Banklar Assotsiatsiyasi (2000), O’zbekiston Tashki ishlar vazirligining qabullar uyi (1993), O’zbekiston Prezidenti Apparatining Matbuot markazi (1998), "Yunusobod" tennis korti (1994), "Guliston" sport majmuasi (1997), Davlat "Sirk"i binosi (1999), "Sheraton — Toshkent" mehmonxonasi (1999), "Xotira maydoni" (1999), Uzbekiston Respublikasining Hindiston (2000), Germaniya (2000), Malayziya (1993) davlatlaridagi elchixonalarining binolari, Toshkent shahridagi Sayilgoh kо‘chasidagi choyxona ayvoni, Samarqand viloyati-dagi Imom al-Buxoriy, Farg‘ona viloyatidagi Ahmad al-Farg‘oniy majmualari (1998) va boshqalar.

M.Ibrohimovaning Oliy Majlis binosi uchun ishlagan eshiklari Malayziyadan keltirilgan palma daraxtidan (subtropik zona) tayyorlangani sabab, faqatgina an’anaviy bezak vazifasini bajarib qolmay, zamonaviy boshqa talablarga xam javob berdi. Ular 2,5x8,2 m., qalinligi 40,5 sm. о‘lchamda bо‘lib, sirtiga asosan "о‘simlik-islimiy", "gajaksimon" va "zanjira" naqshlarining turlari о‘yilgan.

Oliy Majlis binosining markaziy Majlislar zalida, Toshkent naqqoshlik maktabiga xos bо‘lgan "kundal"ning xuddi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi gumbazidagi varianti uchraydi. Keyingi yillarda gumbaz l arii bezashda moviy rangdan umumiy fon tariqasida foydalanish ommalashib ketdi. Asli-da, ushbu holat zamonaviy jarayonda yangilik emas. XV —XVI asrlardagi Temuriylar davri qurilishlaridagi gumbazlarda boshqa ranglar qatorida moviy rang yetakchilik kilgan. Shu bilan birga, "kundal" XIX asrning oxiri — XX asrning boshidagi qurilishlarda asosan tillaqalda bajarilardi. Hozir esa ustalarning texnik imkoniyatlarining kengayishi oqibatida tilla suvidan foydalanmoqdalar.

Farg‘ona naqqoshligida ham xuddi Toshkentda bо‘lgani kabi, kо‘p uchraydigan element- larni"mehrob", "madohil", "bodom" va "buta" naqshlari tashkil etadi. Undagi asosiynaqshlarning atrofida yordamchilari — "chorgul", "shobarg", "oygul", "zanjira" naqshlari turlari hamkorlik qiladi. Naqqoshlik san’atida ijod qilayotgan har bir usta, amaliyot davomida, mavjud an’analarni о‘zlashtirib, ish jarayonida klassik naqshning juda kо‘p kо‘rinishlariga muvaffaq bо‘ladi. Naqshdagi bir arzimagan chiziq ham naqshning shakl-shamoyilini yoki tasvirdagi mazmun-mohiyatni tubdan о‘zgartirib yuborishi mumkin.90-yillardan boshlab qurilayotgan bir qancha madaniy-maishiy xizmat kо‘rsatish binolarida va maishiy xarakterdagi buyumlardagi naqqoshlikda ushbu vaziyat namoyon bо‘lmoqda.

Ikkinchi jahon urushi kezlari halok bо‘lgan hamyurtlarimiz uchun qurilgan "Xotira maydoni" xam yirik obyektlar qatoriga kiradi. Obyektning g‘oyaviy mazmuni bо‘yicha, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Uzbekistonning hamma viloyatlari uchun maxsus pavilyonlar ajratilgan bо‘lib, ularning har birida urushga ketib, qaytmagan kishilarning ism-shariflari kо‘rsatilgan.

"Xotira maydoni" Mustaqillik maydonidagi ochiq maydonda joylashgan. Obyektning atrofidagi tabiat manzarasi bilan bog‘liqligini saqlab qolish maksadida, undagi "qosh", "havoza", "vassa" va boshka qismlar uchun о‘simlik-islimiy naqshining bir kancha turlari tanlab olingan. Shu orqali mualliflar tabiat bilan obyekt orasidagi о‘zaro uyg‘unlashuvni saqlab qolishga muvaffaq bо‘lganlar.

Bundan farqli о‘laroq, Samarkand viloyatining Chelak tumanida qad roslagan Imom al- Buxoriy majmuasida boshqacharoq manzara uchraydi. Majmua butkul me’morlik san’atining namunasi bо‘lib, u о‘z navbatida naqqoshlik, ganchkorlik va toshtaroshlik san’atlarining uyg‘unlashuvidir. Masjit majmuadagi yog‘och о‘ymakorligi asarlarini yuqoridagi "Xotira maydoni "da bо‘lgani kabi, ustun-peshtoqlar, hamda 3,60x5,5 metrdan iborat katta darvoza tashkil etadi. Darvoza M.Abrorov boshliq guruhning mahsuli bо‘lib, u yog‘och о‘ymakorligining "choka pardoz" va "lо‘la pardoz" uslublarida bajarilgan.

Zamonaviy sayyohlikning rivojlanishi oqibatida, sovg‘abop buyumlar ishlab chiqarish ham kun sayin ommalashmoqda. Bunda "Musavvir" ilmiy-ijodiy-ishlab chiqarish markazi a’zolari - O.Fayzullayev, A.Azlarov, E.Aliyev, A.Saydaliyev, Z. Alimboyev, S.Rahmatullayev, M. Jalolov, H.G‘aniyevlarning, naqqoshlardan - M.Tо‘rayev, A. Ilhomov, S.Mahmudov, Q.Shoislomov,A.Asqarov asarlarini eslab о‘tish maqsadga muvofiqdir. Bu ustalar nafakat respublika balki xorij kо‘rgazmalarining ham faol qatnashchilari (Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, Turkiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Hindiston, Yaponiya va boshqalar).

O.Fayzullayevning asarlarida an’anaviy о‘simlik naqshlari bilan birgalikda geometrik naqshlarga ham keng о‘rin beriladi.Us-taga 1995 yil 26 oktabrda Toshkent shahrida о‘tkazilgan birinchi respublika xalq amaliy san’ati yarmarkasida "Xalq ustasi" sertifikati berildi. Shu bilan birga, 1994 yili Pokistondagi 46 musulmon mamlakatlari qatnashgan amaliy san’at ustalari festivalida O.Fayzullayev tо‘rtinchi faxriy о‘rinni egallab qaytdilar.

A.Asqarovning naqqoshlik asarlarida nafaqat vodiy, balki О‘zbekiston naqqoshligining yetuk ustalari O.Qosimjonov, T.Tо‘xtaxо‘jayev, J.'Hakimov, Z.Qodirovlarning eng yaxshi an’analari davom etmoqda.

Ushbu manzaradan kо‘rinib turganidek, oxirgi о‘n yil mobaynida yog‘och о‘ymakorligi va naqqoshlik san’ati haqiqatan ham rivojlanib, unutilib borayotgan ba’zi uslublarini qayta tiklayotgani, naqshlarning rо‘yxati yil sayin kengayayotgani va islimiyning bir necha turlari uyg‘unlashayotganining guvohi bо‘lmoqdamiz. Birgina yuqorida keltirib о‘tilgan "pargori" uslubini olsak, u XIX — XX asrning boshlaridagi Toshkent maktabida ayniqsa mashhur bо‘lib, sо‘nggi paytlarda esa deyarli qо‘llanilmayotgandi. Hozir esa u qayta tiklandi. Xom ashyolardan mahalliylariga bо‘lgan talab katta: yong‘oq, chinor, qayra-g‘och, nok, о‘rik. Chetdankeltiriladiganlari orasida Ruminiya buki, dub kabi yog‘och sortlari ham kо‘p ishlatilmoqda.

Ustalar yuqoridagilar bilan birga, buyurtma bо‘lgan taqdirda, asosiy yо‘nalishlaridan tashqari, iste’ molchining talabidan kelib chiqqan holda, xohlangan о‘lcham va uslubdagi buyurtmalar ustida ham ishlamoqdalar. Yevropa andozalaridagi bufet, tryumo, servant, stol va stullarning tо‘plamlari fikrimizning dalilidir. Ularda о‘yiladigan naqshlar an’anaviy yoki buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan chizmalar asosida, yevropaliklarning amaliy san’atiga xos naqshlar ham bо‘lishi mumkin.

Shular bilan birgaliqda, О‘zbekiston hukumati xalq san’ati va hunarmandchiligi an’analarini asrab-avaylash borasida ham kо‘pgina xayrli ishlarni amalga oshirdi.

Ustalarning daromad solig‘i va boshqa bojxona tо‘lovlaridan besh yilga ozod qilinishlari xalq hunarmandlari qatorida yog‘och о‘ymakorligi bilan shug‘ullanadigan ustalarga qator qulayliklarni yaratmoqda.

Adabiyotlar ro’yhati:

  • 1.    Bo’ latov C.C. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati- Toshkent 1991

  • 2.    Nodir B. Tasviriy va amaliy san’at atamalari lug’ati- Toshkent «san’at»,2000

  • 3.    Soyibov T. Kompozitsiya. – Toshkent T:-O’zbekiston 1991

  • 4.    O.Tolov A.S Me’ moriy shakllarni uyg’ unlashtirish va bezash. Samarqand 2003

  • 5.    Azimov I. O’zbekiston naqshu nigorlari. T.G’ G”ulom nomidagi adabiyot va san’at nashryoti. 1987 yil.

  • 6.    Bo’ latov S.S Ashirova M.O Amaliy san’at qisqacha lug’ati.

  • 7.    Bo’ latov S.S O’zbek xalq amaliy bezak san’ati. T: Mexnat 1991 yil

  • 8.    Bo’ latov S.S O’zbek xalq amaliy bezak san’atiatamalarini izoxli lug’ati. T:Mexnat 1990

  • 9.    ZoxidovP.SHФерганская роспис T: Гост, издат. Худ лит 1990

Qomuslar bosh taxriryati. 1992 yil

"Экономика и социум" №11(90) 2021

Список литературы Naqqoshlik va yog’och o’ymakorligi san’atining rivojlanishi

  • Bo’latov C.C. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati- Toshkent 1991
  • Nodir B. Tasviriy va amaliy san’at atamalari lug’ati- Toshkent «san’at»,2000
  • Soyibov T. Kompozitsiya. – Toshkent T:-O’zbekiston 1991
  • O.Tolov A.S Me’moriy shakllarni uyg’unlashtirish va bezash. Samarqand 2003
  • Azimov I. O’zbekiston naqshu nigorlari. T.G’ G”ulom nomidagi adabiyot va san’at nashryoti. 1987 yil.
  • Bo’latov S.S Ashirova M.O Amaliy san’at qisqacha lug’ati. Qomuslar bosh taxriryati. 1992 yil
  • Bo’latov S.S O’zbek xalq amaliy bezak san’ati. T: Mexnat 1991 yil
  • Bo’latov S.S O’zbek xalq amaliy bezak san’atiatamalarini izoxli lug’ati. T:Mexnat 1990
  • ZoxidovP.SHФерганская роспис T: Гост, издат. Худ лит 1990
Статья научная