Ona tilim - jon-u dilim
Автор: Ahadova S.E.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 11 (78), 2020 года.
Бесплатный доступ
This article provides information about the current attention to the Uzbek language, as well as literary works, the life path of our writers, such as Navai, Agakhi, Chulpan, Abdulla Avloniy and Gafur Gulam, who contributed to the development of the Uzbek language.
Resources of communication, translations, linguistics, jadid schools
Короткий адрес: https://sciup.org/140251671
IDR: 140251671
Текст научной статьи Ona tilim - jon-u dilim
1989-yil 21-oktabrda “O‘zbek tiliga davlat tili” maqomi berildi. Shu kundan boshlab tilga e’tibor kuchaydi.Barcha jabhalardagi ishlar, shu qatorda, davlat idoralari, ta'lim muassasalariga bosmaxonalarda o‘zbek tilida ish olib boriladigan boldi va bu qonun bilan belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili – o‘zbek tilidir “ deb yozib qo‘yilgan.
Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tili anchayin katta tarixga ega til hisoblanadi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda dunyo bo‘ylab 50 millionga yaqin odamlar o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bu o‘z navbatida tilning ancha rivojlanganidan darak beradi. Til bir inson,bir shaxs tomonidan emas balki, butun bir xalq tomonidan yaratiladi. Shuningdek, tilimiz kecha yoki bugun paydo bo‘lgan emas.U asrlar davomida rivojlantirilib, sayqalashtirilib borilyapti. Tilimizni rivojlantirish har bir fuqaroning oliy vazifasi hisoblanadi.
Bugungi kunda tilga berilayotgan e’tibor haqida har qancha faxrlanib gapirsak arziydi. Til haqida gapirganda, so‘z mulkining sultoni Navoiyning asarlari va bu ijodkorning fidokorona mehnatini eslamaslikning iloji yo‘q. Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov "Har qanday inson uchun eng katta boylik bu uning o‘z ona tilidir. Navoiy ijodi o‘zbeklar uchun katta boylik"-degan edilar. Navoiy haqida gap ketganda, dono xalqimiz orasida yana bir gap bor: “Navoiyni bilish uchun millat tilning barcha shevalaridan xabardor bo‘lmog`i lozim”. Bu gap bejiz emas edi. Alisher Navoiy bitta tilni yaratmadi, balkim o‘z ona tilini yanada chuqur o‘rganib, uni yosh avlodga boshqa tillardan farqli va o‘xshash jihatlari haqida tushuntirib berdi. Navoiy til sohasida ko‘plab asarlar yaratgan.
Ularning har biri alohida o‘ringa ega. Navoiy tilni bosh tamoyil deb bilardi. Navoiyning oliy maqsadi-tilni oliy cho‘qqiga chiqarish edi. Biz Navoiyning juda ko‘plab janrdagi asarlarini bilamiz. Bu asarlar orasida "Xamsa" dostoni ham alohida tarixga ega asardir. Navoiydan oldin ham Xamsa yozish an’anasi mavjud bo‘lgan, ammo Navoiy bu ishni juda qisqa muddat 2 yilda yakunladi. Bilamizki Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni 5 dostondan iborat hisoblanadi va har bir dostoning o‘z tarixi bor.Asar pand-nasihat haqidagi "Hayrat ul-abror", Farhod va Shirinning sof muhabbati aks etgan “Farhod va Shirin”, arab yigiti va Layli ismli qizning ishqiy munosabati aks etgan “Layli va Majnun”, ishqiy-sarguzasht harakteridagi “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlaridan iborat. Navoiy bu asarlari orqali tilimizga beqiyos hissa qo‘shgan. Tilshunoslikka oid asarlaridan yana biri “Muhokamat ul-lug'atayn” asari o‘z yo‘nalishining eng mashhurlaridan biri hisoblanadi.Ushbu asar o‘z zamonasidagi turkiy lahjalar, zamonasining ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik, gramatik xususiyatlarini forsiy til bilan qiyoslashga bag‘ishlangan. Navoiy bu asar orqali tildagi lahjalarning ma’no mazmuni va tub mohiyatini tushuntirib beradi.
XX asrning 80-yillarda yashagan mashhur yozuvchimiz Alixonto‘ra So‘g`uniy o‘zining “Turkiston qayg‘usi” asarida quydagi fikrlarni keltiradi: “Odam o‘zligini unutmasligi uchun 3 narsani qo‘ldan boy bermasligi kerak. Bular vatan, din va til. Biz vatanni boy berdik, dinimizni ham boy berdik, endi tilimizni ham boy bersak biz kim bo‘lamiz”- degan edi. Aslida yozuvchi tilni asrab qolishga, inson tilini yo‘qotsa o‘zligini yo‘qotishiga ishora qiladi. SSSR hukmronligida yashab o‘z ijod ko‘lamini kengaytirgan ijodkorlar ham ko‘plab topildi. Shunday yozuvchilardan biri hisoblangan Abdulla Avloniy ham, bu yo‘lda o‘zini ko‘rsataoldi. Abdula Avloniy ilm yo‘lida ko‘plab ishlarni amalga oshirdi. Yozuvchi qaysi sohada ishlamasin barcha jihatlarni birlashtirib ilmga sarfladi. Ilm yo‘lida qancha qiyinchiliklarga qaramasdan, minglab qadamlarni bosib o‘tdi. O‘zligini belgilaydigan tilga Abdulla avloniy ham o‘z mehrini ko‘rsatdi. Har tomonlama xalqimizga qora kunlarida yordam berishga oshiqdi. Yordam jamg`armasi bo‘lgan “Nashriyot” shirkati xayriya jamg‘armasini tashkil etdi. Bu bilan bir qatorda “Usul-jadid” maktablari uchun 4 qismdan iborat darsliklar to‘plamini yaratdi. U “Adabiyot yoxud milliy sherlar”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiston yoxud axloq” darsliklaridan iborat. Avloniy bilganki, insonni bosh tayanchi hisoblangan ma’naviyatiga tasir qilmasdan turib uning kelajagini yaratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham u insonni manaviyatini boyitish uchun jon dilidan harakat qildi. Avloniy ham shunday fikrladi, ularni ilmga chaqirdi. Avloniy insonlarni tabaqaga ajratmadi, balkim ularni har tomonlama ilmga chorladi. Har bir ijodkorning o‘z ona tiliga qo‘shgan hissasi ularning asarlari bilan o‘lchanadi. Shunday ijodkorlarimizdan yana biri bu Cho‘lpondir. Cho‘lpon 1897-yili Andijonda tug`ildi. Eski maktabda savod chiqardi. Biz bugungi kunda Cho‘lponni o‘ta kamtar, mehribon, ezgu niyatli kishi sifatida bilamiz. Ijodkor o‘sha qonli davrda sezilarli darajada badiiy adabiyotdagi o‘rniga erishdi. Ko‘plab asarlarni yaratishga ulgurdi. Cho‘lponning “O‘zbek yosh shoirlari” (1923), “Go‘zal yozg‘ichlar” (1925), “Adabiyot parchalari” (1926) majmualarida chop etildi. O‘z she’rlari asosida nashr qilingan “Uyg`onish” (1922), “Buloqlar” (1923), “Tong sirlari” (1926), “Soz” (1935) kabi to‘plamlari o‘zbek badiiy adabiyotida muhim ahamiyatga ega.
Tilimiz juda boy til. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan his tuyg‘uning o‘zi yo‘q. Tilimizning boyligidan unumli foydalangan ijodkorlarimizdan biri bo‘lgan G‘afur G‘ulom ham mehnatdan tinmadi. Ijodkorimiz ilk faoliyatini harf teruvchilikdan boshlagan.Ma’naviy boy, har taraflama yetuk yozuvchimizning turli tuman she'r, doston, qissa, hikoya janridagi asarlari mavjud.”Shum bola” qissasini bilmaydigan xonadonning o‘zi bo‘lmasa kerak.G‘afur G‘ulom 20-yillardagi she’rlarida asosiy etiborini, yangi jamiyatni qaror topib kelayotgan yangicha munosabatlarni, talablarni kuylashga, eskilik deb baholanayotgan tushunchalarni tanqid qilishga qaratdi. Xalq va davlat hayotini aks ettirish, shoir asarlarining yetakchi xususiyatlariga aylana bordi. Mehnatlari evaziga u O‘zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylandi.Respublika Oliy Kengashiga deputat bo‘ldi.Unga “O‘zbekiston xalq shoiri” yuksak unvoni berildi. Badiiy asarlari sovetlar mamlakatining eng yuksak mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Ijodkorni o‘z tili rivojiga qo‘shgan hissasini shu e’tiroflardan ham bilsak bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
-
1 .O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
-
2 .O‘zbek adabiyoti. S.Matjon, Sh.Sariyev. T., 2007
-
3 .O‘zbek adabiyoti. B.Jalilov. T.,2006
-
4 .Cho‘lponning badiiy olami. Sharafiddinov O. T., 1993
Internet saytlari
-
1. www.ziyouz.com. Yozuvchilar adabiyot to‘g‘risida.
-
2. www.uz.m.wikipedia.orgQosimov B. Abdulla Avloniy. T., 1979.
"Экономика и социум" №11(78) 2020
Список литературы Ona tilim - jon-u dilim
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
- O‘zbek adabiyoti. S.Matjon, Sh.Sariyev. T., 2007
- O‘zbek adabiyoti. B.Jalilov. T.,2006
- Cho‘lponning badiiy olami. Sharafiddinov O. T., 1993 Internet saytlari
- www.ziyouz.com. Yozuvchilar adabiyot to‘g‘risida.
- www.uz.m.wikipedia.orgQosimov B. Abdulla Avloniy. T., 1979.