O’quvchilarga amaliy fanlar ta’limida vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish asoslari
Автор: Murtazayev M.Z., Xamiyeva M.A., Norboyev B.
Журнал: Форум молодых ученых @forum-nauka
Статья в выпуске: 4 (56), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada o’quvchilarni hayotga tayyorlash jarayoni va bunda amaliy fanlarning ahamiyati haqida mulohazalar keltirilgan.
Umumiy o'rta ta'lim, professional ta'lim, oily ta'lim pedagoglari, sog'lom turmush tarzi, sub'yektiv qadriyatlar, jismoniy madaniyat va harbiy madaniyat
Короткий адрес: https://sciup.org/140289997
IDR: 140289997
Текст научной статьи O’quvchilarga amaliy fanlar ta’limida vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish asoslari
Khamiyeva Maxbuba Abdujabborovna
Jizzakh State Pedagogical Institute
Norboyev Bekjon
Jizzakh State Pedagogical Institute.
Annotation: This article discusses the process of preparing students for life and the importance of applied sciences in it.
Yosh avlodni hayotiy turmush tarziga tayyorlash bugungi kunda eng dolzarb muammolar hisoblanadi va bu muammo yechimida ta’limning maktabgacha, umumiy o’rta ta’lim, professional ta’lim, oily ta’lim pedagoglari, sog’liqni saqlash xodimlari, mahalla, ota-onalar qo’mitalari, otaliq tashkilotlari va boshqa mutasaddilar qatnashadilar.
Hayotiy sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish har-xil yo’nalishlarda olib borilib, bir tomondan, o’quvchi-talabalarga hayotiy turmush tarziga oid ma’lum tibbiy va gigienik bilimlarni bershga, ularda hayotiy sog’lom turmush tarzini inson organismlariga ta’siri haqidagi tasavvurlarning uyg’otishiga qaratilgan bo’lishi, ikkinchi tomondan, ta’lim-tarbiyada gigienik qoidalarga amal qilish, sog’liqni asrashni kundalik odatga aylantirish ko’nikmalarini shakllantirishga bog’liqdir.
Hayotiy sog’lom turmush tarzini ommaviy axborot vostalari, barcha ta’lim tarbiya muassalari bilan hamjihatlikda oily ta’lim, maktab, litsey, professional ta’lim muassalarida keng targ’ib qilinishi kerak. Yosh avlodda hayotiy sog’lom turmush tarzini shakillantirishda zarur bo’lgan mehnatsevarlik, mardlik, chiniqqanlik, chidamlilik, jismoniy baquvvatlilik, jasurlik va matonatdek sub’yektiv qadriyatlar shakllanishi uchun umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan texnologiya ta’limi, jismoniy tarbiya, chaqiriqqacha boshlang’ich harbiy tayyorgarlik fanlari katta imkoniyatli asos bo’lishi mumkin.
Mehnatsevarlik, mardlik, chiniqqanlik, chidamlilik, jismoniy baquvvatlilik, jasurlik va matonat kabi fazilatlarini tarbiyalash jarayoni amaliy va jismoniy ham da harbiy mashqlarni bajarishga mo’ljallangan mashg’ulotlarda mehnat madaniyati, jismoniy madaniyat va harbiy madaniyatga aylanmog’i kerak. Bu umum insoniy fazilatlar yuksak ma’naviyatli, har tomonlama garmonik rivojlangan kasbiy mahorat kompetentlarni shakllanishiga zamin bo’ladi.
Hayotiy turmush tarzini shaklantirishda muhim bo’lgan qadriyatlar asosidagi amaliy fanlar ta’limi jamiyat a’zosining yashashga tayyorligi, tana organizmlari turmushda yaxshi normal faoliyat ko’rsatish talablari darajada ushlashga yordam beradigan amaliy mashg’ulotlarni, umummehnat uquvligi va jismoniy yetuklik ko’rsatgichlari ( mehnat qilish uquvi, kuchi, tezligi, chaqqonligi, chiniqqanligi, chidamligi)ni talab darajasi, mehnat uquvi, va jismoniy hamda harbiy mahoratlarini rivojlanganligi, mehnat uquvi, va jismoniy hamda harbiy barkamollikka oid nazariy bilimlarni va amaliy malakalarni egallash darajasi, turmushda harakat faolligi o’quv, mehnat, jismoniy va harbiy faoliyatini aktiv yoki passiv bo’lishligi, organizm faollik rejimini saqlash va dam olish madaniyati, aqliy va jismoniy faoliyat uchun sarflanadigan quvvat kuchini tiklanishi, mehnat, sport va harbiy mashqlarini biri bilan shug’ullanishni, organizmni normada ushlash uchun kundalik mehnat va jismoniy gimnastika mashqlari bilan shug’ullanishi, barkamollikka undovchi amaliy ta’lim mashg’ulotlaridan o’zi yoqtirgan turi bilan maqsadli shug’ullanishni, suv, havo, quyosh nuri orqali tabiy chiniqishni, mehnat muhofazasi, hayot, harakat va texnika xavfsizligi, shaxsiy, jamoa gigienasi, sanitariya gigenasi, xavfsizlik qoidalaridan foydalana bilish hamda boshqa shu kabi nazariy bilimlar va amaliy malakalar kabilarni o’z ichiga oladi.
Oliy va professional ta’lim o’quv yurtlariga eng qobilyatli yoshlarni aniq va holisona tanlab olishi kadrlar tayyorlash va uning samaradorligini oshirishning, mamlakatimiz iqtisodiyoti, ishlab-chiqarish va ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlaridagi jadal islohotlarini ta’minlab beruvchi intellektual saloxiyatni bunyod qilishning muhim strategik vazifasi hisoblanadi. Kasb-hunar tahlimiga kiruvchi kasbiy tavsifnomani ishlab chiqarishda mutahassislik ilg’or texnologiya asosida o’rganilib, tahlil qilinadi. Bunda mutahassislikning yaqin va uzoq kelajakdagi rivojlanishi xisobga olishning muhimligi shundaki, hozir kasb-hunar muassalariga kirgan o’quvchi ma’lum bir vaqtdan (2-3 yildan keyin) o’quv yurtini bitiradi, bu vaqtda ishlab chiqarishda jiddiy o’zgarishlar yuz berishi mumkin.
Shuning uchun Oliy ta’limni tanlashda mutaxassisning kelajakdagi mehnat faoliyatining mazmuni va xarakterini hisobga olish kerak. Amalda o’quv, axborotlarini tanlashga turli yondashuvlar mavjud. Kasbiy faoliyatni tahlil qilish mutaxassis ishlashi mumkin bo’lgan lavozimlarni aniqlashdan boshlanadi. Bunda ilg’or korxonadagi mutaxassislardan foydalanish tajribasi o’rganiladi. Kasbiy faoliyatni tahlil qilish uchun, birinchidan, mehnat tuzilmasini, ikkinchidan, kasbiy faoliyatni to’liq tahlil qilish va bu faoliyatni bajarish uchun zarur bo’lgan malaka va ko’nikmalarni aniqlash lozim.
Yosh avlodni hayotiy turmush tarzini shaklantirishda milliy qadriyatlar asosidagi amaliy fanlar ta’limi inson organizmining barcha organlari tashqi muhit bilan mos kelishi va kasallikka nisbatan moyilligi umuman yo’qligi bo’lgan sog’liq, yoshlarning jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar, sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo’yicha erishilgan yutuqlarning majmuasi hisoblangan mehnat va jismoniy tarbiya, o’quvchilarning umummehnat va maxsus bilimlari bilan qurollanishi, hayotiy zarur harakat, ko’nikma va malakasini shakllantirishi hamda aqliy va jismoniy sifatlarining rivojlanishi darajasini belgilovchi bir guruh sinov mashqlari majmuasini ifodalovchi mehnat va jismoniy tayyorgarlik, yoshlar organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi, tashqi ko’rinishi va ularning xizmatini o’zgarish jarayoni belgilovchi umummehnat va jismoniy hamda chiniqish funktsiyalarini rivojlanganligi, yoshlarnilarni kasbiy hususiyatidan kelib chiqib, barkamollik holatini rivojlantirishni anglatuvchi mehnat va jismoniy hamda harbiy tarbiya harakati, harakatlar va harakat faoliyatining murakkab turlari bo’lib, barkamollik vazifalarini hal etishga xizmat qiladigan amaliy mashqlar, organizm imkoniyatlaridan kelib chiqib, unga beriladigan mashqlar miqdori belgilovchi aqliy va jismoniy yuklama, darsdan tashqari oilada, davlat va jamoat tashkilotlarida o’qituvchi va ota-onalar nazoratida amalga oshiriladigan ommaviy tadbirlar, organ yoki funktsional tizimlar ishining tinch holatdagiga nisbatan ortishini ifodalovchi organizmning funktsional zahiralari, o’quvchining u yoki bu aqliy fikrlash, muskul, mushak faoliyati talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini taminlay digan muhim psixologik, fiziologik xususiyatlari majmuasini ifodalovchi aqliy va harbiy-jismoniy qobiliyatlarini va boshqa fazilatlarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.
Foydalanilgan manbalar:
-
1. SH.M.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard olijanob zalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O’zbekiston”. 2017.- 488b.
-
2. SH.M.Mirziyoev. “Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir” mavzusida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. “Xalq so’zi”. 2017 y.
-
3. M.Z.Murtazaev.Yuqori malakali kadrlarda kunikma va malakalarni shakllantirish jarayonini muvofiqlashtirish asoslari.J.: “Cangzor” 2013, 116 bet. Monografiya,
-
4. M.Z.Murtazaev.Texnologiya fani o’qituvchisini tayyorlash jarayonini amaliy saviyasini oshirishning uslubiy pedagogik asoslari. T.:”Fan va texnologiya”, 2016y, 120 b. Monografiya.
Список литературы O’quvchilarga amaliy fanlar ta’limida vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish asoslari
- SH.M.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard olijanob zalqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston". 2017.- 488b.
- SH.M.Mirziyoev. "Jismoniy va ma'naviy yetuk yoshlar - ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir" mavzusida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. "Xalq so'zi". 2017 y.
- M.Z.Murtazaev.Yuqori malakali kadrlarda kunikma va malakalarni shakllantirish jarayonini muvofiqlashtirish asoslari.J.: "Cangzor" 2013, 116 bet. Monografiya
- M.Z.Murtazaev.Texnologiya fani o'qituvchisini tayyorlash jarayonini amaliy saviyasini oshirishning uslubiy pedagogik asoslari. T.:"Fan va texnologiya", 2016y, 120 b. Monografiya.