O’quvchilarga ta’lim berishda fundamental fanningo‘rni va ahamiyati

Автор: Qulboyev Z.X.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.

Бесплатный доступ

Fundamental fan o‘z kuchini tabiatning asosiy qonunlarini va prinsiplarini tushuntirishga sarflaydi. Biroq, tabiat va jamiyat haqidagi fanlarning boshi bo‘lmish falsafa xam fundamental fanga qaratilmog‘i lozim. Amaliy fan o‘z oldiga jamiyatning moddiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni quyadi. Bunday muammolarni yechishda esa amaliy fan fundamental fan yaratgan qonun va qoidalarga tayanadi.

Ta'lim berish, tabiat, energiya, gravitatsion maydon

Короткий адрес: https://sciup.org/140300398

IDR: 140300398

Текст научной статьи O’quvchilarga ta’lim berishda fundamental fanningo‘rni va ahamiyati

Bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi xalq ta’limi sohasida ham katta o‘zgarishlar bo’lmoqda. Sharq ilmi, Sharq milliy ta’lim berish uslubi bir zamonlar gullab yashnagan va shuning bois insoniyatga bebaho ilm xazinasini qoldirgan. Shubhasizki, buni hozirgi kunda butun Dunyo olimlari tan oladilar. Nemis olimi Xerlerning «Sharq Yevropaning muallimidir» deb yozgan iborasi buning yaqqol isbotidir.

«Ta’lim to’g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» da yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni milliy ta’lim-tarbiya an’analari asosiga ko‘rish masalalari ko‘tarilgan va bu muammolarni hal qilish yo‘l-yo’riqlari ko‘rsatilgan.

Davrimizning ortda qolgan yuz yilligidan hozirga qadar o‘tgan vaqt davomida insoniyat xayoti, uning faoliyatida fan va texnika rivojining roli misli ko‘rilmagan darajada o‘sib ketdi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishi ham bundan mustasno emas. Ilmiy texnika taraqqiyotining odimlashida insonlar faoliyatining to‘rt bosqichini ko‘rsatish mumkin. Bu bosqichlar rasmda ko‘rsatilgan. Rasmda yalpi chiziqlar to‘g‘ridan-to’g‘ri aloqalarni, uzlukli chiziqlar esa aks aloqalarni ko‘rsatadi. Biz bu erda fizika (fundamental fizika) fani bilan bevosita bog‘lik bo‘lgan 1- va 2-bosqich haqida to‘xtalmoqchimiz. Bu boradagi fikrlar yakuniy bo‘lmasligi tabiiy bo‘lsada, boshlang‘ich qadam sifatida foydaliroq bo‘ladi deb o‘ylaymiz.

Tabiatni, uning sir-asrorlarini, ya’ni qonun va qoidalarini bilishga intilish inson aql-zakovatining tub-tubida joylashgandir. Bu esa inson faoliyati va yashash mazmunining mohiyatini tashkil etadi. Insonning qiziquvchanlikka asoslangan bunday fazilati insoniyat va uning hayoti taraqqiyotining negizi va bosh sababchisi deyish mumkin. Ya’na shuni aytish lozimki, izlanishdagi xar bir yangi qadam katta aqliy mehnat va tafakkurni talab etadi. Boshiga olma tushgan Nyutonning bu holga javobgarni axtarishi sababli Butun olam tortishish qonunini kashf etganligini bunga misol keltirishimiz mumkin.

Keyingi paytda ta’lim berish tizimida fizikadagi o’xshashlik (analogiya) xodisalaridan ham ma’lum uslub sifatida foydalanish tavsiya etilmoqda. Masalan, kinetik energiyaning mv2/2 ifodasi kondensator energiyasining CU2/2 ifodasi bilan solishtirib qaralganda, ikkala ifodada xam o‘zgarmas kattaliklar koeffitsient tariqasida qatnashib, energiya k va U o’zgaruvchilarning kvadratiga proporsionalligi ko‘rinadi. Yoki butun olam jismlari tortishish kuchi (Butun olam tortishish qonuni)

F=G ifodasini ikki nuqtaviy zaryadning ta’sirlashuv kuchi ifodasi (Kulon qonuni)

F=k ifodasi bilan solishtirilsa, bu erda ikkala kuchning ham jismlar orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini, ya’ni ulardagi o‘xshashlikni ko’rish mumkin. O’ylaymizki bunday qiyoslashlardan «yaxshi» fizik huddi shunday bog‘liklikka ega bo‘lgan uchinchi bir fizik parametrni topa olishi mumkinligi ehtimoldan holi emas.

Ma’lumki, xozirgi kunda insoniyat bir muddat ham informatsiyasiz yashay olmaydi. Eng kizig‘i shundaki, kishilar o‘ziga kerak bulmagan axborotlarni xam ixtiyorsiz kabul kilishadi. Bu esa ular faolligining susayishiga olib keladi. Bizga kelayotgan informatsiyalar tuplamini daryoga qiyoslash mumkin bulsa, kishilar undan tiniq chashmani ajratib ola bilishlari lozim. Insonlar qabul qilayotgan informatsiya miqdorini ham fizikaviy miqdorlarga o‘xshatish mumkinligini, obrazli qilib aytganda, ular o‘rtasida ko‘zgu o‘xshashlik (ikki tomchi suvga kiyos kilish mumkinligi kabi) mavjud ekanligini ko‘rsatish mumkin.

Informatsiya nazariyasi biror-bir xabarda mujassam bo‘lgan ma’lumotning aniq miqdoriy chegarasini beradi. Informatsiyaning o‘lchov birligi (bit) ni biz ikkita teng ehtimoliyatli imkoniyatlardan, masalan tangani tashlash bilan olishimiz mumkin. Olinayotgan informatsiya miqdori ehtimoliyatni tanlashdan logarifmik tarzda bog‘likdir (ehtimollar nazariyasi). Albatta, tangani ikki marta tashlashda uni bir marta tashlashdan ko‘ra ko‘proq ma’lumot olamiz. Ya’nagi tashlashda esa olti imkoniyatdan tanlash huquqiga ega bo‘lamiz va x.k. Natijada ma’lumotlar miqdorining matematik ko‘rinishdagi

I = log2P

ifodasini hosil qilamiz. Bu yerda R – teng ehtimolli voqealar soni. Bu formulani biroz shakl almashtirsak I = 1.44 InP (1)

Keltirilgan ifoda entropiyani va bu holat ehtimoliyatini uning yuz berish imkoniyatlari soni bilan bog‘lovchi S=k· InW (2)

Xulosa qilib aytish mumkinki, biz ma’lum chegaralar bilan ajratuvchi tabiiy, gumanitar, iqtisod va boshqa fanlarning barchasi faqatgina fundamental tadqiqotlarga tayanadi va ulardan bog‘likdir.

Adabiyotlar

  • 1.    Qulboyev, Z., Urinov, S., & Abduraxmonov, A. (2021). Texnika

  • 2.    Qulboyev, Z., Urinov, S., & Abduraxmonov, A. (2021). Texnika

  • 3.    Qulboyev, Z. (2021). Olamni o’rganishda va texnikaning rivojlanishida mexanikaning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 2(9), 366-369.

  • 4.    Qulboyev, Z., Urinov, S., & Abdurahmonov, A. (2021). Ways to increase the effectiveness of the study of solid state physics in technical universities. Science and Education , 2 (10), 380-386.

  • 5.    Мустафакулов, А. А., Халилов, О. К., & Уринов, Ш. С. (2019). Цель и задачи самостоятельной работы студентов.

  • 6.    Xalilov, O. Q. (2021). Buyuk sharq allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo ‘shgan hissasini o ‘rganish. Science and Education, 2(11), 1016-1020.

  • 7.    Urinov, S., & Zohid, Q. (2020). Power Losses in Electric Machines. International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS) ISSN, 87-89.

  • 8.    Кулбоев, З. Х. (2020). Сверхпроводящие фуллеры и их применение в биофизике. Энигма, (23), 155-159.

yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarida qattiq jismlar fizikasi bo’limini o’zlashtirish samaradorligini oshirish yo’llari. Science and Education , 2 (10), 380-386.

"Экономика и социум" №6(97) 2022

Список литературы O’quvchilarga ta’lim berishda fundamental fanningo‘rni va ahamiyati

  • Qulboyev, Z., Urinov, S., & Abduraxmonov, A. (2021). Texnika yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlarida fizikani o'qitishda ta'lim klasteri metodidan foydalanishga doir ba'zi tavsiyalar. Science and Education, 2(11), 939-945.
  • Qulboyev, Z., Urinov, S., & Abduraxmonov, A. (2021). Texnika yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlarida qattiq jismlar fizikasi bo'limini o'zlashtirish samaradorligini oshirish yo'llari. Science and Education, 2(10), 380-386.
  • Qulboyev, Z. (2021). Olamni o'rganishda va texnikaning rivojlanishida mexanikaning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 2(9), 366-369.
  • Qulboyev, Z., Urinov, S., & Abdurahmonov, A. (2021). Ways to increase the effectiveness of the study of solid state physics in technical universities. Science and Education, 2(10), 380-386.
  • Мустафакулов, А. А., Халилов, О. К., & Уринов, Ш. С. (2019). Цель и задачи самостоятельной работы студентов.
  • Xalilov, O. Q. (2021). Buyuk sharq allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo ‘shgan hissasini o ‘rganish. Science and Education, 2(11), 1016-1020.
  • Urinov, S., & Zohid, Q. (2020). Power Losses in Electric Machines.International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS) ISSN, 87-89.
  • Кулбоев, З. Х. (2020). Сверхпроводящие фуллеры и их применение в биофизике. Энигма, (23), 155-159.
Еще
Статья научная