O’rta asrlarda buhoroda hukumronlik qilgan malika
Автор: Bobojonova S.E.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 1-1 (80), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida keltirilgan Buxoroda 680-695 yillarda hukumronlik qilgan malika haqida so’z yuritilgan.
Buxoro, narshahiy, malika, buxorxudod, tag'shoda
Короткий адрес: https://sciup.org/140260252
IDR: 140260252
Текст научной статьи O’rta asrlarda buhoroda hukumronlik qilgan malika
O’rta asrlarda Buhoroda buxorxudodlar hukumronlik qilgan davrda ma’lum vaqt hokimyatni ayol kishi idora qilgan. Uning hukumronligi 680-695 yillarga to’g’ri keladi.
Budun Buhorhudod vafot etgan so’ng’ taxtga uning xotini o’tiradi, sababi shahzoda Tag’shoda hali go’dak edi.Toki shahzoda voyaga yetgunicha malika o’n besh yil taxtni idora qiladi. Uning hukumronlik davrida arablar Buxoroga kela boshlaydilar; har gal kelganlarida malika ular bilan sulh tuzar va ularga mol berar edi. Aytishlaricha uning davrida undanda donoroq biror kishi bo’lmagan; u donolik bilan hukumronlik qilar va xalq unga itoatda edi. Uning odati shunday ediki, u har kuni otga minib Buxoro hiosori darvozasidan tashqariga chiqar va “Alaffurushlar darvozasi” deb ataldan Registon darvozasiga kelib taxtga o’tirar, uning oldida esa g’ulomlar,hoja sarolar, ya’ni bichilgan qullar va ulug’ kishilar turar edilar.U qishliq aholisi uchun shunday qoida o’rnatgan ediki, har kuni dehqonlar va malikzodalardan ikki yuz nafar yigit zarrin kamar bog’lab, qilichlarini osib xizmatga xozir bo’lib, uzoqroqda turishar, malika tashqariga chiqqanida uni olqishlashar va ikki safga tizilishar edi; malika esa podshohlik ishlari bilan mashg’ul bo’lar, yahshilikka davat etib yomonlikni qaytarar , istagan kishisiga sarpo kiygizib, istagan kishisiga jazo berar edi. Shu tarzda ertalabdan to tushgacha o’tirib, so’ng hisorga qaytib kirar, dasturxonlar chiqarib hamma xizmatkorlariga taomlar berar edi. Kechga yaqin xam malika shu yo’sinda tashqariga chiqib o’tirar, dehqonlar va malikzodalar ikki saf bo’lib uning hizmatida turishar edi; kun botgach, malika taxtdan turib otga minar va qasrga qarab, yo’l olar, yigitlar esa qishloqlariga qaytar edilar. Ertasi kuni boshqa jamoa kelib shu tariqa xizmatda bo’lar va nihoyat navbat yana o’sha jamoaga yetib kelar edi. Shu tarzda har bir jamoa bir yilda to’rt marotaba xizmatga kelishi lozim bo’lgan. 695-yilda malikaning va’fotidan keyin o’g’li Tag’shoda hukumronligi davrida mamlakatni egallash ishtiyoqida bo’lgan kuchlar harakatga keldi. Shunday kuchlardan biri Turkistondan kelgan Bardonxudod bo’lib; Vardona yerlari unga tegishli bo’lgan. Qutayba ibn Muslim Tag’shodaga yordamga kelib Buxoroning yerlarini himoya qilishda unga yordamlashdi. Biz bu ma’lumotlarni Abu Bakir Narshahiyning “Buhoro tarixi” asaridan bilib olishimiz mumkin. Bu asar bu O’rta
Osiyo tarixini qadimgi davrlardan to XII asrlargacha bo’ldan davrini o’rganishda eng muhim manba bo’lib hizmat qiladi. Bu asarda O’rta Osiyoda arablar istilosi natijasida islom dining tarqalishi va ilk o’rta asrlarda hamda IX-XII Asrlardagi Buxoro va uning atrofidagi shahar va qishloqlar hayoti, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixiga oid ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Bu asar Buxoro tarixining eng qimmatli bosh manbasi hisoblanadi. Tatqiaotchi A.Rasulovning yozishicha bu asar Buxoroning eng qadimgi davrlardan XII asrgacha bo’lgan tarixi uchta muallif tomonidan yozilgan. Birinchisi Buxoroning Narshax qishlog’idan bo’lgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy arab tilida yozgan. Asarning bizgacha yetib kelgan nushasining bosh so’zida aytilishicha 1128 -yilda asli hozirgi Quva shahridan bo’lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy Narshahiyning kitobini “ko’pchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni o’qishga rag’bat ko’rgazmaganliklari” sababli o’z do’stlarining iltimosiga ko’ra arabchadan fors tiliga tarjima qilgan. Undan yarim asr o’tgandan keyin asar yana qaytadan tahrirga uchragan: 1178-1179 yillar moboynida Muhammad ibn Zufar ibn Umar fors tilidagi tarjimani ikkinchi marta qisqartirib bayon qilgan. Ammo asarni o’qir ekanmiz ,biz unda, ba’zan, mazkur 1178-1179 yildan keying to 1220 yilgacha bo’lib o’tgan tarixiy voqealar haqida ham, qisqa-qisqa ma’limotlarni uchratamiz.Bundan ko’rinadiki, Muhammad ibn Zufardan keyin ham bir yoki bir nechta bizga noma’lum kishilar asarni tahrir qilganliklarini va qo’shimchalar kiritganliklarini bilib olishimiz mumkin. Narshahiy aslida o’z asariga qanday nom berganligi ma’lum emas. Shu sababli asar qo’lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy-tarixiy adabiyotlarda ham “Tarixi Narshaxiy”(“Narshaxiy tarixi”), ”Tarixi Buxoro”(“Buxoro tarixi”),”Tahqiq ul viloyat”(“Biloyat haqiqatini aniqlash”),”Axbori Buxoro”(“Buxoro haqida habarlar”)kabi turli nomlar bilan yuritilib kelingan.”Tarixi Buxoro”hozirda tarixiy adabiyotlarda qat’iy o’rnashib qoldi. Asar qanday nomlanishi bilan emas undagi ma’lumotlar va voqealarning tarixiyligi bilan qadirlidir.Bu asar orqali yozuvchi bizga mamlakatimizning o’rta asrlardagi tarixini, hukumronlik qilgan sulolar,arablar bosqini davridagi Mavaraunnahr shahar va qishloqlari ijtimoiy – siyosiy hayotini, islom dinining tarqalishi haqida ko’plab ma’lumotlar keltirilganligi bilan qimmatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an Narshxiy “Buxoro Tarixi” Fors tilidan A.Rasulov tarjimasi.Toshkent.”Kamalak “ nashriyoti.
-
2. www.ziyonet.uz
"Экономика и социум" №1(80) 2021
Список литературы O’rta asrlarda buhoroda hukumronlik qilgan malika
- Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an Narshxiy "Buxoro Tarixi" Fors tilidan A.Rasulov tarjimasi.Toshkent".Kamalak " nashriyoti.
- www.ziyonet.uz