“Qalb” romanida uchraydigan milliy-madaniy va o’ziga xos konseptlarning o’zbek tilidagi talqini

Автор: Shuhratova V.J.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 10-1 (101), 2022 года.

Бесплатный доступ

Maqolada yapon yozuvchisi Natsume Sosekining “Qalb”romanidagi milliy - madaniy va o‘ziga xos konseptlarning o’zbek tilidagi talqini mavzusi yoritilgan. Matnining naqadar ma‘naviy boy ekanligi, ayniqsa shu xalqning milliy ruhini o‘zida singdirgan realiyalarning keng ko‘lamda berilishi, shuningdek, har ikkala bevosita qilingan tarjima matnlari ham tahsinga sazovor ekanligi ham aytib o‘tilgan.

Kokoro, qalb, roman, asar, hikoya, konsept, konseptologiya, sensei

Короткий адрес: https://sciup.org/140300226

IDR: 140300226

Текст научной статьи “Qalb” romanida uchraydigan milliy-madaniy va o’ziga xos konseptlarning o’zbek tilidagi talqini

“Kokoro” ya’ni “Qalb” romanni ikki qahramon - ismsiz hikoyachi I va men Sensei deb atagan sirli keksa odamning munosabatlariga qaratdi. Ingliz tilida Sensei so'ziga eng yaqin so'z - bu o'qituvchi, hurmatli va bilimdon kishi. Unga bu unvonni men berganman va shuning uchun men talaba sifatida Senseidan yo'l-yo'riq izlayotganim aniq. Kokoro uch qismda yozilgan. Birinchisi, Sensei va men yoshi kattaroq odam Sensei va voqeani hikoya qiluvchi yosh talaba o'rtasidagi munosabatlarga qaratilgan. Ismi oshkor etilmagan talaba oilasidan uzoqda va Tokiodagi universitetda tahsil oladi. Hikoya hikoyasiga asoslangan Sensei sirni yashirgan bo'lsa-da, u bilan uzoq vaqt oldin odamlarga bo'lgan nuqtai nazarini o'zgartirgan voqea sodir bo'ldi. "Mening ota-onam va men" hikoyasining ikkinchi qismi hikoyachi va uning oilasi munosabatlariga qaratilgan bo'lib, men zamonaviy u va uning an'anaviy ota-onasi o'rtasida masofa borligini his qilaman. "Sensei Ahdi" hikoyasining so'nggi qismi Sensei tomonidan hikoyachiga yozgan uzoq tan olish xatidir. Ushbu maktubda Sensei avvalgi va'dasiga muvofiq o'zining o'tmishi haqidagi to'liq voqeani ochib beradi.

Natsume Soseki romanlarida asosiy konseptlar avvalo qadriyatli jihatdan transformatsiyalanadi. Bu munosabat transformatsiyasidir. Milliy-madaniy kontseptlarning matnlardagi tarjimada turli hil murakkabliklarni keltirib chiqaradi:

友達は 中国 のある資産家の息子で金に不自由のない男であった。。。

[ こころ 8 ページ ]

[tomodachi ha chyuugoku no aru shisanka no musuko de kane ni fujiyuu no nai otokodatta.]

Do‘stim puldan siqilmagan, u – Chyugokuning o‘ziga to‘q oilalaridan birining farzandi edi. [Qalb 8-b.]

Bu o‘rinda asar muallifi joy nomini berishda aniqlik kiritmagan. Ya‘ni, 中国 [chyuugoku] deganda 1) Xitoy Xalq Respublikasi hamda 2) Yaponiyaning Honshu orolining g‘arbiy qismidagi joy nomi singari qo‘llanilish ma‘nolari mavjud1. 中国 [chyuugoku] so‘zining ruscha tarjimasida transkripsiya usuli qo‘llash bilan cheklangan bo‘lsa, o‘zbekcha tarjimada transkripsiya usuli bilan birgalikda matn ostida izohlangan va bu o‘rinda tarjimon kontekstdan kelib chiqib, “Yaponiyadagi tumanlaridan birining nomi” ko’rinishida izoh qoldirgan. Bu esa, o‘zbek tarjimonining yapon tili yaxshi egallagan ekanligidan va yana sinchkov tarjimonligini ko‘rsatib bera olgan.

Yana bir misolda shunday talqin uchraydi:

O‘zbekcha tarjima matnida bir qator joylarda ba‘zi xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, bu esa kitobxonga bir qadar tushunmovchiliklarga olib keladi. Quyidagi misollarda shunday kamchiliklarni ko‘rib chiqamiz:

で行っても 二十銭 は取られた。

[ kuruma de ittemo ni ju sen ha torareta.]

Elektropoezdda borsam 20 ming yena to’lashimga to’g’ri kelardi.

奥さんの父親 ちちおや はたしか鳥取(とっとり)かどこかの出であるの に、お母さんの方は まだ江戸(えど)といって自分の市ヶ谷(いちがや)で 生まれた女なので、奥さんは冗談半分(じょうだんはんぶん)そういったの である。ところが先生は全く方角違いの新潟県人であった。 [ こころ 24 ペー

].

[okusan no chichioya ha tashika tottori ka dokokano dede arunoni, okaasan no hou ha mada edo to itte jibun no ichigaya de umareta onna nanode, okusan ha joudan hanbun de sou itta no dearu.]

Uning otasi tatar, onasi esa Edo davridagi ichigayaliklardan, shuning uchun uning hazilida jon bor edi. Ustoz esa mutlaqo qarama-qarshi tomon – Nigatadan edi. [Qalb 28-b.]

Bu holatda esa, ruscha tarjimasida realiyalarning to‘laqonli tarjima desak bo‘ladi, ya‘ni romandan olingan parchada 4 ta realiya qo‘llangan bo‘lib, barchasi mazmunga ta‘sir qiluvchi so‘zlar bo‘lgani uchun barcha realiyalar transkripsiya yo‘li bilan tarjima     qilgan.     Lekin o‘zbek tilidagi tarjimada 鳥取 3

[tottori]     so‘zini milliylashtirib, realiyani realiya usulidan foydalanib

tatar”4 deb ag‘dargan. Bunday holatda kitobxon asar o‘qish davomida noto‘g‘ri tushunchalarga kelib qolishiga olib keladi.

Maqolamizning so‘nggida quyidagilarni aytib o‘tishni joiz bildik. Realiyalar tarjimasida quyidagi holatlar ko‘zga tashlandi:

  • a)    allaqachon internatsionallashgan realiyalar. Tarjimonlar ularni o‘z xolicha tarjimasiz qoldirishi mumkin.

  • b)    faqat ma‘lum bir regionga, ma‘lum bir millatga xos bo‘lgan realiyalar. Ular shu millatga xos bo‘lgan tushunchalarnigina ifodalab keladiki, agar tarjimon bunday o‘ziga xoslikni tushunmay, uni boshqa ma‘no ifodalovchi so‘z bilan o‘girib qo‘ysa, asarning milliy koloritiga, so‘z ifodalagan ma‘noning o‘ziga xosligiga putur yetkazgan bo‘ladi. Bunday hollarda realiyalar tarjimada xorijiy tilda berilib matn ostida iqtibosda izohlanadi yoki ona tilida qabul qilingan shaklda keltirilib matn ichida yoki matn ostida izoh beriladi.

  • c)    ayrim tarjimonlar realiyalarni matn ichida boricha qoldirib, jumla

konteksti ichida uning izohini keltirishar ekan.

Albatta tarjima asarini uch tilda talqin qilish, yo‘l qo‘yilgan yutuq va kamchiliklarni izlash o‘ziga yarasha mushkulliklarni keltirib chiqaradi. Shunga qaramasdan asliyat matnining naqadar ma‘naviy boyligi, ayniqsa shu xalqning milliy ruhini o‘zida singdirgan realiyalarning keng ko‘lamda berilishi, shuningdek, har ikkala bevosita qilingan tarjima matnlari ham tahsinga sazovor deb hisoblaymiz. Xalq tilidagi kitobxonlarga yetarlicha tushunishga oson va sodda ko‘rinishga olib kelishgan, shu bilan birga o‘zga millat madaniyatini tanishtirish maqsadida transkripsiya usulidan foydalanib, izohlarni qoldirishga harakat qilishgan. Shularni inobatga olgan holda ushbu magistrlik ishida biz birinchi bora yapon tilidan bevosita o‘zbek tiliga tarjima qilingan romanda qo‘llanilgan realiyarni tarjima qilish jarayonidagi murakkabliklar va ularni o‘zbekchaga o‘girish masalalarini qidirdik hamda kerakli xulosalarga keldik. Bu roman hali yana tarjima muammolarini yechishda muhim obyekt hisoblanib, kelajakdagi ishlarda bevosita tarjima jarayonida matnni qayta yaratish mavzusida ishimizni davom ettirishni maqsad qilib qo‘ydik.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

  • 1.    Natsume Soseki “Kokoro”, 165 pages,2006.

  • 2.    大辞泉」小学館 2009 p.300.

  • 3.    Amanullayeva K. M. Badiiy asar konseptosferasi va asosiy konseptlarning tarjimada qayta yaratilishi. Samarqand-2020.

  • 4.    Amanullayeva Kamola “Tokio afsonalari”, Xaruki Murakami hikoyalarining tarjimalari, 2017, 104b.

  • 5.    K. M. Amanullayeva, V. J. Shuhratova, Attention to the State Language in the Educational Process, IJRASET, ISSN: 2321-9653; IC Value: 45.98; SJ Impact Factor: 7.429 Volume 9 Issue XI Nov 2021.

"Экономика и социум" №10(101) 2022

Список литературы “Qalb” romanida uchraydigan milliy-madaniy va o’ziga xos konseptlarning o’zbek tilidagi talqini

  • Natsume Soseki "Kokoro", 165 pages,2006.
  • Amanullayeva K. M. Badiiy asar konseptosferasi va asosiy konseptlarning tarjimada qayta yaratilishi. Samarqand-2020.
  • Amanullayeva Kamola "Tokio afsonalari", Xaruki Murakami hikoyalarining tarjimalari, 2017, 104b.
  • K. M. Amanullayeva, V. J. Shuhratova, Attention to the State Language in the Educational Process, IJRASET, ISSN: 2321-9653; IC Value: 45.98; SJ Impact Factor: 7.429 Volume 9 Issue XI Nov 2021.