Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida sun’iy intellektdan foydalanish masalalari

Автор: Xudoynazarov S.S.

Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6 (120), 2025 года.

Бесплатный доступ

Maqolada raqamli iqtisodiyotning Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi oʻrni va qay darajada rivojlanayotganligi hamda bu yoʻldagi muammolar, shuningdek, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada jadallashtirishda syn’iy intellektning oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida fikrlar bildirilgan.

Raqamli iqtisodiyot, intensivlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli texnologiyalar, kiber hujum, raqamli qullik, monopoliya, innovatsion vazifa, sun’iy intellekt, sun’iy intellekt texnologiyalari

Короткий адрес: https://sciup.org/140311201

IDR: 140311201

Текст научной статьи Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida sun’iy intellektdan foydalanish masalalari

Kirish. Soʻngi yillarda raqamli iqtisodiyotga oid mobil texnologiyalar, internet, “sun’iy intellect” kabi tushunchalar juda koʻp manbalarda qoʻllanilib kelinmoqda. Darhaqiqat, koʻplab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotning bu kabi elementlari taraqqiyotning rivojlanish omillari sifatida ularning iqtisodiy holatiga sezilarli darajada ta'sir oʻtkazib kelmoqda, chunki har qanday mamlakat iqtisodiy oʻsishida raqamli iqtisodiyot muhim rol oʻynashi masalasi allaqachon oʻz isbotini topib ulgurdi.

Raqamli iqtisodiyot tushunchasi nisbatan uzoq boʻlmagan vaqtda, 1995 yili Massachusets Universitetining olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga oʻtishda, qanday oʻzgarishlar roʻy berishi mumkinligini тushuntirib oʻtgan [2].

Raqamli iqtisodiyot - bu barcha xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning turli yunalaishlardagi faoliyatini ifodalab, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va uning natijalarini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, ishlar bajarish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda an’anaviy tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishidir. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar koʻrsatish, elektron tulovlarni amalga oshirish, internet savdo va boshqa turdagi sohalarda raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʻlangan faoliyatdir[3].

Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet - banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet oʻyinlari koʻriladi.

Albatta, axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va boshqa zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir mamlakat va uning a’zolarining faoliyatida koʻplab ijobiy imkoniyatlar yaratishi tabiiy hol boʻlib hisoblanadi.

Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi ortidan insonlar oʻziga kerakli xizmatlardan tezroq foydalanishi, internet orqali oʻzlariga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olishi bilan koʻplab pul mablagʻlarini tejashlari mumkin. Masalan, biron bir kitobni elektron koʻrinishida sotib olish insonga shu kitobni chop etilgan koʻrinishidagi nusxasini sotib olishga qaraganda ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki boʻlmasa soʻngi paytlarda sezilarli darajada rivojlanib borayotgan oddiy iste'molchining oʻzi ham iste’olchi sifatida uyidan chiqmagan holda onlayn savdo -sotiq bilan shugʻullanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Raqamli iqtisodiyotning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, uning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ayrim kamchiliklari ham boʻlishi mumkin, jumladan kiber hujum xavfi, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi bilan bogʻliq muommolar, "raqamli qullik" (millionlab insonlar ma'lumotlaridan keyinchalik ularni oʻzlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish), ishsizlikning oshishi, axborot texnoloiyalarini rivojlantirish va uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yoʻq boʻlib ketishi mumkin va shu kabi boshqa muammolar[3].

Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish bilan bogʻliq boʻlgan muhim yunalishlaridan biri boʻlgan internet tarmogʻidan foydalanuvchilarning umumiy soni 2018 yilda 20 million nafardan oshgan. Bu koʻrsakich 2017 yil boshiga nisbatan 36% ga koʻpligini koʻrsatadi. Mobil internet foidalanuvchilarning soni esa 3,504 millionga yetdi.

1-rasm ma’lumotlarida 2018 yil boshida mamlakatimizdagi internet foydalanuvchilari soni 20 millon nafarni tashkil qilganligi aks ettirilgan, shuning bilan birga 2018 yil davomida foydalanubchilar soni 5,3 millionga oshgan (oʻsish 36%). Oʻzbekistondagi xalqaro tarmoqlardagi umumiy internetdan foydalanish tezligi 104,1 Gbit\s.ni tashkil qildi va yil davomida ushbu koʻrsatkichning oʻsishi 58% dan koʻproqni tashkil qildi.

Shuningdek, Oʻzbekistondagi provayderlar uchun Internet xizmatlariga (tashqi kanal 1 Mbit/s AQSh dollarida) narxlar oʻzgarishi toʻg`risidagi ma’lumotlar taqdim qilingan boʻlib, unga koʻra 2017 yilda 1 Mbit/s narxi 76,6 AQSh dollaridan 30,2 dollargacha tushgan, ya’ni oʻtgan davrga nisbatan ikki

1-rasm. Internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni toʻgʻrisida ma’lumot (mln. kishi)

koʻproqqa kamaygan. Biroq, 2017 yilning sentyabridan boshlab, Oʻzbekistonda valyuta bozorining erkinlashtirilishi munosabati bilan AQSh dollaridagi qiymati bozor kursi boʻyicha hisob - kitob qilinmoqda.

Keltirilgan ma’lumotlar mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tomon qilinayotgan ishlarning jadalligidan xabar beradi. Bu borada masalaning sun’iy intellect bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida ham fikr bildirish lozim boʻladi.

2 - rasm. Xalqaro tarmoqlarga umumiy ulanish tezligi, (Mbit\s)

Sun’iy intellekt progressiv oʻrganish algoritmlari orqali ma’lumotlarga dasturlash imkonini beradi. Algoritm onlayn tarzda keyingi qaysi mahsulotni tavsiya qilishni ham oʻrgatishi mumkin. Sun'iy intellekt zavod IoT ma'lumotlarini tahlil qilishi mumkin, chunki u ulangan uskunadan kutilgan yuk va talabni bashorat qilish uchun takroriy tarmoqlar, ketma-ketlik ma'lumotlari bilan ishlatiladigan chuqur oʻrganish tarmogʻining oʻziga xos turi hisoblanadi.

Sun'iy intellekt inson harakatlarining tezligi, aniqligi va samaradorligini oshiradi. Moliyaviy institutlarda AI usullaridan qaysi tranzaktsiyalar firibgarlik boʻlishi mumkinligini aniqlash, tez va aniq kredit reytingini oʻrnatish, shuningdek, qoʻlda intensiv ma'lumotlarni boshqarish vazifalarini avtomatlashtirish uchun foydalanish mumkin.

Sun'iy intellekt katta hajmdagi ma'lumotlarni tezkor, takroriy ishlov berish va aqlli algoritmlar bilan birlashtirib ishlaydi, bu esa dasturiy ta'minotga ma'lumotlardagi naqsh yoki xususiyatlardan avtomatik ravishda oʻrganish imkonini beradi.

Hozirgi davrda sun’iy intellect soʻzlar orqali ifodalangan matnlarni qayta ishlash, mashina yordamida ta’lim berish, ekspert tizimlar, virtual agentlar chat- botlar va virtual yordamchilar, maslahat berish tizimlari bir qator sohalarda qoʻllaniladi.

Hozirgi davrda iqtisodiyotning koʻpchilik tarmoqlari ham sun’iy intellektni kundalik biznes jarayonlariga keng qoʻllamoqdalar. Sun’iy intellect texnologiyalari tasvirlarni tanib olish funktsiyalari va dialog interfeyslar vositasida ishlab chiqarish liniyalaridan foydalanishni va ishlab chiqarish jarayonini ham ancha soddalashtirishga imkon berayapti. Masalan, avtomobilsozlikda sun’iy intellect avtonomrobot-avtomobilning oz-ozini orgatish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun faydalanilishi mumkin.

Sun’iy intellect qimmatbaho buyumlar va xizmatlar bozorida 2017 yilning noyabrida Financial Times sun’iy intellect qimmatbaho buyumlar va hizmatlar bozorida ham katta oʻzgarishlar kilishi mumkinligi haqidagi maqolani chop etdi. Amazon, Google, Alibaba va shularga oʻxshash texnologik gigantlarning misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlaridan ruhlangan holda, soat va yuvelir mahsulotlar ishlab chiqaruvchi brendlar ham mijozlar safini kengaytirish uchun sun’iy intellect texnologiyalaridan foydalanishga harakat qila boshladilar.

Biznesning eng perspektiv yoʻnalishlari boʻyicha oxirgi hisobotlarida PwC analitiklari baho berishlaricha sun’iy intellektning hayotga izchil tadbiq qilinishi 2030 yilga kelib, jahon YaIM ning 14% ga yoki 15,7 trillion dollaga koʻpayishiga olib kelar ekan. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi kompaniyalarning sun’iy intellektga investitsiya qilishlari katta samaraga olib kelishi mumkin. Agarda jahon miqyosidagi holatni tahlil qilsak, hozirgi kunda sun’iy intellect ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligiga robotlar va uchuvchisiz uchadigan qurilmalar (dronlar) yordamida keng miqyosda tadbiq qilinayapti. Sun’iy intellect qisqa muddatlarda katta hajmdagi ma’lumotlar yigʻish va ularni qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan sohalarda monitoringni amalga oshirish va information modellar qurish uchun ham keng miqyosda ishlatilina boshlaydi.

Dunyo mamlakatlari kabi Oʻzbekistonda ham raqamli iqtisodiyotning sun’iy intellekt kabi turlari rivojlanmoqda, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berish imkoniyatlari yaratilgan va bundan foydalanuvchilar soni yildan - yilga oshib bormoqda.

Shuni ham ta'kidlab oʻtish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning holati mamlakatimiz potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Demoqchimizki, imkoniyatlar yetarli, kerakli resurslar mavjud, lekin ularga nisbatan rivojlanishimiz nisbatan sustroq.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadallashtirish bilan bogʻliq ayrim yechimini kutayotgan masalalar mavjud boʻlib, ular bizning nazarimizda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • - koʻplab sohalarda monopoliyalarning sezilarli ta’siri mavjud;

  • - internet tezligining pastligi va uning sifatining talabga toʻla javob bermayotganligi;

  • - axborot texnologiyalari sohasida qonunchilik koʻchi ta’sirining zamondan orqada qolayotganligi;

  • - fuqarolarda kompyuter savodxonligining talab darajasida emasligi;

  • - axborot texnologiylari boʻyicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularning ayrim sabablarga koʻra boshqa mamlakatlarga koʻchib ketayotganligi;

  • - axborot madaniyati va axborot gigiyenasining nisbatan pastligi;

  • - axborot texnologiyalari xavfsizligining yaxshi himoyalanmaganligi;

  • - boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki ba'zilarida ularning umuman yoʻqligi;

  • - ilm - fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi yoki rivojlanishdan toʻxtab qolganligi.

Yuqorida keltirilgan muammolar bosqicha - bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda hal etilsa, Oʻzbekiston ham raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardan biriga aylanadi, deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

  • 1.    Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-578 Qonuni, 01.11.2019 y.

  • 2.    Дустова М. ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ЛОГИСТИКЕ ЭКСПОРТА АГРОПРОДУКЦИИ //Академические исследования в современной науке. – 2025. – Т. 4. – №. 34. – С. 104-108.

  • 3.    Дустова М. САМОСТОЯТЕЛЬНОЕ ОБУЧЕНИЕ: КАК УЛУЧШИТЬ СВОИ НАВЫКИ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ //Экономика и социум. – 2023. – №. 10 (113)-2. – С. 583-588.

  • 4.    Dustova M. X. Tijorat banklarida kredit risklarini samarali boshqarish. 4th-International Conference on Research in Humanities //Applied Sciences and Education Hosted from Berlin, Germany https://conferencea . org. – 2022. – С. 119-121.

  • 5.    Sobitjon M. Dustova MX QADIMGI VA HOZIRGI DUNYO DAVLATLARI IQTISODIYOTIDAGI FARQLAR, BOG'LIQLIKLAR VA O'XSHASHLIKLAR. – 2022.

  • 6.    Dustova M. X. Классификация Сельскохозяйственных Рисков //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. – 2022. – Т. 3. – №. 04.

  • 7.    Makhmutullaeva S. Use of Logistics System in the Development of Export Potential in Uzbekistan //Экономика и социум. – 2023. – №. 5-1 (108). – С. 166172.

  • 8.    Makhmutullaeva S. Optimization of Global Logistics Networks: Experience of Asian Countries //International Journal of Leadership and Innovative Management. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 22-28.

  • 9.    Махмутуллаева С. Х. Стратегическая логистика для успеха экспорта: путь к экономическому процветанию //Бюллетень педагогов нового Узбекистана. – 2023. – Т. 1. – №. 9. – С. 19-22.

  • 10.    Makhmutullaeva S. ANALYSIS OF EXISTING LOGISTICS SYSTEMS IN THE EXPORT ACTIVITIES OF UZBEKISTAN: PROBLEMS AND PROSPECTS //Экономика и социум. – 2024. – №. 8 (123). – С. 117-120.

  • 11.    Махмутуллаева С. РОЛЬ ТРАНСПОРТНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ В РАЗВИТИИ ЭКСПОРТНОГО ПОТЕНЦИАЛА ПЛОДООВОЩНОЙ ПРОДУКЦИИ //Мировая наука. – 2024. – №. 8 (89). – С. 43-51.

  • 12.    Makhmutullaeva S. Innovations ini export logistics for Uzbekistan's produce //YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. – 2024. – Т. 2. – №. 7.

  • 13.    Махмутуллаева С. ОПТИМИЗАЦИЯ СКЛАДСКОГО ХОЗЯЙСТВА КАК ФАКТОР ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ЭКСПОРТНОЙ ЛОГИСТИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ //Форум молодых ученых. – 2024. – №. 8 (96). – С. 31-38.

  • 14.     http://infocom.uz/2018/01/26/kolichestvo-internet-polzovatelej-v uzbekistane -prevysilo-20-millionov.

  • 15.     https://mininnovation.uz/uz/news/raqamli - iqtisodiyot - muammolar - va imkoniyatlar.

  • 16.     https://www.toppr.com/guides/business - environment/emerging – trends - in- business/digital - economy .

"Теория и практика современной науки"

№6(120) 2025

Статья научная