Samarqandning tog‘ va yaylov hududlarida uchrovchi asalchil o’simliklar

Автор: Turniyozova N.R.

Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 7 (109), 2024 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqolada Samarqand viloyatining togʻ va yaylov mintaqalarida tarqalgan asalchil oʻsimliklarining asal berish darajasi, oʻsimlikning botanik tavsifi, xususiyatlari, ushbu oʻsimliklarning asalchillik darajasini aniqlash usullari, hamda tadqiqot natijasi, tegishli xulosalar keltirilgan.

Flora, aslchil, choʻl asali, oʻrmon asali, gul shirasi, nektar, togʻrayhon, kiyik oʻti, oqquray, kovul, burchoq, qashqarbeda

Короткий адрес: https://sciup.org/140307150

IDR: 140307150

Текст научной статьи Samarqandning tog‘ va yaylov hududlarida uchrovchi asalchil o’simliklar

“choʻl asali”, “oʻrmon asali” kabi iboralarning mazmun mohiyati ham oʻsimliklarning bioekologik xususiyatlarini belgilaydi [3].

Metodlar. Oʻsimlikning asal shiraga boy ekanligi kuzatish usuli orqali aniqlandi. Oʻsimliklardan qaysi biri asalarilarni oʻziga jalb qilayotganligini bilish uchun asalarilarni hisoblash usulidan foydalanildi. Kun davomida asalarilarning yigʻgan asali miqdorini hisoblash uchun asalarilar joylashgan uyani tortib koʻrish usulidan foydalanildi. Har bir oʻsimlik gulidagi shira miqdori naycha usuli orqali aniqlandi.

Tadqiqot natijalari. Togʻ, yaylov va oʻtloqlarda asosan tabiiy oʻsimlik jamoalari hukmronlik qiladi. Tabiiy hududlarda yetishtirilgan asal har tomonlama ekologik toza va sof asal sifatida tan olinadi. Chunki bu hududlar kimyoviy oʻgʻitlar va boshqa bir qator sun’iy vositalar yordamida muhofaza qilinmaydi.

Shirach, eremurus. Oʻzbekistonda eng koʻp tarqalgan va eng muhim boʻlgan asalshirali oʻsimliklardan hisoblanadi. Respublikamizda uning 20 ga yaqin turi uchraydi. Regel shirachi, Soʻgʻd shirachi, Oloy shirachi kabilar togʻli va yaylovlarda koʻp tarqalgan. Uning gullashi may boshlaridan boshlanib, to iyul oxirigacha davom etadi. Bir oʻsimlikning gullash davri 15 - 20, shira ajratish 2 - 3 kun davom etadi. Gulning shira tarkibidagi 0,22 mg glyukoza va 0,11 mg saxaroza bor. Boʻstonliq tumanida olib qaralganda bir tup oʻsimlikda 366 tagacha gul boʻladi. Qalin shirachizorlarda esa uning tup soni gektariga 50 mingtagacha yetadi. Shunday maydonlarda shirach oʻsimligining shira miqdori gektariga 16 - 20 kg ga toʻgʻri keladi. Shirachning gul tuzilishi asalarilar gulshira olishi uchun juda ham qulay.

Kiyik oʻti. Kiyik oʻti ham togʻ va yaylovlarda keng tarqalgan, asosiy asalshirali oʻsimliklardan biridir. Kiyik oʻti respublikamizdagina emas, balki qoʻshni respublikalarda ham eng yaxshi eng, shirali oʻsimliklardan hisoblanadi. Ba’zi togʻli tumanlarda katta maydonlarni tashkil qiladi. Kiyik oʻti asosan, iyunning oxirlaridan boshlab to sentyabr boshlarigacha gullaydi. Gulning shira miqdori 0,11 ml., shakar moddasi esa shiraning 50 % ini tashkil qiladi. Qalin oʻsadigan maydonlarda shirasi gektariga 105 kilogrammni tashkil qiladi. Kiyik oʻti oʻsadigan maydonlarni kengaytirish va uni madaniy holda foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq.

Qashqarbeda. Eng koʻp tarqalgan turlariga sariq guli ikki yillik, oq guli bir yillik va koʻp yillik turlari kiradi. Qolgan turlari uncha koʻp tarqalmagan va ular uncha «yuqori hosilli» emas. Respublikada koʻp tarqalgani va ahamiyatlisi sariq guli ikki yillik turidir (qashqarbeda deb, koʻpincha shu turiga aytiladi). Qashqarbeda respublikamizning koʻp tumanlarida ekiladi. Bizning qoʻshni respublikalar - Qirgʻiziston va Qozogʻistonda ham ekilmoqda. Qashqarbeda ekilgan maydonlarning har bir gektaridan 250 - 300 kilogramm gulshira olish mumkin. Qashqarbeda urugʻini togʻli tumanlarga, togʻ yonbagʻirlariga, daraxt va butazorlarning oralariga ham sepish mumkin. Urugʻi yaxshi haydalgan va tekislangan joylarga ekiladi. Urugʻni 1-2 santimetr chuqurlikka sepiladi. Urugʻ 60 - 70 santimetrli egatlar olib ekilsa, yaxshi boʻladi. Har bir gektar hisobiga 20 - 24 kilogramm urugʻ ketadi. Urugʻning tuproqdan unib chiqishi 55 - 60 %. Urugʻ oktyabr oyining oxirlari va noyabr oyining boshlarida ekiladi. Urugʻ bahorda, ya’ni may oyining boshlarida unib chiqa boshlaydi [2,5].

Qashqarbeda, odatda ikki yillik boʻlgani uchun birinchi yili faqatgina bitta poya chiqarib 90-100 santimetr boʻladi. Birinchi yili ob-havo va tuproq sharoitini hisobga olgan holda 2 - 3 marta sugʻorib, egat oralari yumshatilsa ular yaxshi oʻsadi. Ikkinchi erta bahordan oʻsa boshlaydi, yoz oylariga borib ularning boʻyi 200 - 250 sm va hatto undan ham baland boʻlib, juda koʻp gul hosil qiladi. Bedaning gullashi iyun oyining birinchi besh kunligidan boshlanib 20 - 25 kun davom etadi. Urugʻi iyul - avgust oylarida pishib yetiladi. Urugʻi pishgan paytni kuzatib turib, uni darrov terib olinmasa yerga toʻkilib ketadi. Uning har bir guli 0,16 mg shira ajratadi, shakar moddasi esa shiraning 50 % ni tashkil qiladi. Ma’lumotlar boʻyicha har bir gektar qashqarbedadan 400 kg gulshirasi, 200 kg asal olish mumkin. Bundan tashqari qashqarbedani birinchi ikkinchi yili (gullab boʻlgandan keyin) urib olib, uni hayvonlarga berish mumkin. Qashqarbeda xashagining (hoʻl holida) miqdori bizda ekilayotgan madaniy yungʻichkanikicha va undan ham ortiq boʻladi.

Burchoq. Burchoq avlodiga bir yillik va koʻp yillik oʻtchil oʻsimliklar kirib, bular ham qashqarbedaga oʻxshash burchoqdoshlar oilasiga mansubdir. Burchoqning eng keng tarqalgani yupqa bargli turidir. U yovvoyi holda togʻli tumanlarda, keng bargli oʻrmon va archazorlarda koʻp uchraydi. Bu oʻsimlik qashqarbedaga oʻxshab chorva mollari uchun ham qimmatli ozuqabop hisoblanadi. Bu turni ham togʻli tumanlarda ekib oʻstirish mumkin. Burchoqning unib chiqishida uning urugʻlarini toʻliq va yaxshi pishib etilgan boʻlishi katta ahamiyatga ega. Burchoqni yaxshi haydalgan va tekislangan yerga ekish kerak. Urugʻni oktyabr - noyabr oylarida 2 - sm chuqurlikda ekish kerak. Birinchi yili 20 - 30 sm boʻladi. Kuzda -birinchi yiliyoq uni oʻrib, chorva mollariga berish lozim. Ikkinchi va uchinchi yillari oʻsimlik toʻliq etiladi va koʻplab gul hosil qiladi, may oyining birinchi oʻn kunligidan gullay boshlaydi. Uning qiygʻos gullash davri 20 - 25 kun va shu davr mobaynida asalarilarga koʻplab gulshira beradi. Burchoq iyunning oʻrtalarigacha gullaydi, iyul -avgust oylarida urugʻlari pishadi. Burchoq ham yozgi vegetatsiya davrida 2 - 3 marta sugʻorilib, taglari yumshatilsa uning massasi ortadi va gullari koʻpayadi, gullash davri ancha uzoqqa choʻziladi.

1-jadval

Turning nomi

Bir gul hisobiga . nektar miqdori (mg)

Nektar

konsentratsiyasi. (%)

Gektar hisobiga nektar mikdori (kg/ga)

1

Tog'rayxon

0,15 mg

40-41

147

2

Kiyik o‘ti

0,11 mg

49-50

105

3

Arslonquyruq

0,67 mg

63-65

178

4

Burchoq

0,28 mg.

40-41

150

5

Kovul

36 -37 mg

99-100

450

6

Oqquray

0,15 mg

62

203

7

Qashqarbeda

0,16 mg

50

150

8

Xo'kiz tili

1,43 mg

40

148

Burchoqning bir guli hisobiga shirasi 0,22 mg, shakar moddasi gulshiraning 41% ni tashkil qiladi. Gektar boshiga 144 kg gulshira beradi, asal hisobiga keltirsak bu raqam 70 kg ni tashkil qiladi. Ikkinchi va uchinchi yillari xar gektaridan 200 - 250 sentner hoʻl yoki 60 sentnergacha burchoq pichanini olish mumkin. Demak, boʻsh yotgan va foydalanilmay kelayotgan togʻli tumanlarga burchoq eksak asalarilarga etarli ozuqa tayyorlab bergan boʻlamiz.

Xulosa. Asalchil oʻsimlik turlarning gullashi asosan aprel oyida boʻladi. Gulshiradagi shakar moddasi har bir gul hisobiga 0,09 mg dan 0,13 mg gacha. Gektariga 15 - 20 kg nektarning shakar miqdori 32 - 35% ni tashkil qiladi. Jadvalda keltirilgan oʻsimliklarning aksariyati koʻp yillik boʻlib, 7-8 yil oʻsadi. Bularning ichida faqatgina qashqarbeda va koʻk oʻt ikki yillikdir. Qashqarbedani har yili urugʻidan olib ekish kerak. Boshqalari oʻz -oʻzidan oʻsib chiqaveradi. Demak, yuqorida keltirilgan oʻsimliklarni ba’zi bir togʻli tumanlardagi ishlatilmaydigan maydonlarga ekish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    Hamidov A. Oʻsimliklar geografiyasi. Toshkent, 1995

  • 2.    Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior oʻsimligining dorivorlik xususiyatlari //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 8-10.

  • 3.    K.Tojiboyev, N.Bushko, U.qodirov Samarqand viloyati oʻsimliklar kadastri. Toshkent-2018 11-13 b.

  • 4.    Pratov Oʻ., Shamsuvaliyeva L. va boshqalar. “Botanika” T.: “Taʼlim nashriyoti”, 2010.

  • 5.    Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA GLABRA L. NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал естественных наук. – 2021. – Т. 2. – №. 1.

  • 6.    Xurramova N.X., Mirzaliyev S.R., Juraxujayev D.D. OʻRTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA’SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI // Экономика и социум. 2023. №6-1 (109). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-rta-zarafshon-havzasi-landshaftlariga-antropogen-ta-sir-va-havza-landshaftlarining-rivojlanish-qonuniyatlari (дата обращения: 23.07.2024).

"Теория и практика современной науки"

№7(109) 2024

Список литературы Samarqandning tog‘ va yaylov hududlarida uchrovchi asalchil o’simliklar

  • Hamidov A. Oʻsimliklar geografiyasi. Toshkent, 1995.
  • Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior oʻsimligining dorivorlik xususiyatlari //Journal of Integrated Education and Research. - 2023. - Т. 2. - №. 5. - С. 8-10.
  • K. Tojiboyev, N.Bushko, U.qodirov Samarqand viloyati oʻsimliklar kadastri. Toshkent-2018 11-13 b.
  • Pratov Oʻ., Shamsuvaliyeva L. va boshqalar. "Botanika" T.: "Taʼlim nashriyoti", 2010.
  • Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA GLABRA L. NING BA'ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал естественных наук. - 2021. - Т. 2. - №. 1.
  • Xurramova N.X., Mirzaliyev S.R., Juraxujayev D.D. OʻRTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA'SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI // Экономика и социум. 2023. №6-1 (109). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-rta-zarafshon-havzasi-landshaftlariga-antropogen-ta-sir-va-havza-landshaftlarining-rivojlanish-qonuniyatlari (дата обращения: 23.07.2024).
Статья научная