“Shaytanat” romanida intensionallik ifodalovchi vositalarning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari
Автор: Nurmuxamedova M.R.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 10-1 (101), 2022 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada “Shaytanat” badiiy asarida intensionallik ifodalovchi vositalarning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini atroflicha yoritilishi va ifodalanishi, uni qollash bilan bog’liq muammolar ularning yechimi borasida fikr va mulohazalar keltirilgan bolib, turli xil usullarda ularni qo’llanilishi va ifodalanishi, xususiyati borasida so’z boradi.
Kommunikativ intensiya, performativ fe'llar, lisoniy kompetensiya, leksemalar, intensional semantika, frazeologizm, buyruq-istak mayli
Короткий адрес: https://sciup.org/140300220
IDR: 140300220
Текст научной статьи “Shaytanat” romanida intensionallik ifodalovchi vositalarning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari
Ruhiy holatni badiiy asarlarda yozuvda ifodalash о'ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Yozuvchi Tohir Malik ham qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bо'lish, xafa bо'lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, sо'roq, ta‘kid, qoniqmaslik, norizolik, tilakistak, qо'llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda kommunikativ intensiya nutqiy aktda asosan performativ fe’llar orqali voqelaydi. Biroq performativ fe’llardan tashqari tilning barcha yaruslariga tegishli qator vositalar ham mavjud bo’lib, so’zlovchi/muallifning kommunikativ maqsadini ifodalashda beqiyos o’ringa egadirlar.
Maqolamizni ob’ekti bo’lmish intensionallikni ifodalovchi lisoniy birliklar bir-biridan belgining intensivligi, ekstensionalning ko’lami, baho va emotsionallik ko’rsatkichlari hamda u yoki bu nutqiy janrga tegishlilik nuqtai nazaridan ajralib turadi.
Kommunikativ intensiyaning shakllanish bosqichida so’zlovchi/muallif sinonimik maydon birliklarini muayyan tamoyillarga ko’ra tanlab qo’llaydi. Tanlov masalasi esa kognitiv va kommunikativ muammo sifatida maydonga chiqadi, zero, lisoniy birliklar nutqda faollashar ekan, nutqiy aktning pragmatik jihatini namoyon qilishi uchun nafaqat kommunikativ, balki kognitiv vazifani ham bajaradi. Ravshanki, so’zlovchi/muallif tomonidan u yoki bu sinonimik shaklning qo’llanilishi nutq jarayonida uning kommunikativ intensiyasi va lisoniy kompetensiyasiga muvofiq ravishda qanday kognitiv-funksional modelning aktuallashuviga bog’liq tarzda amalga oshiriladi. Turli leksemalar, grammatik shakllar hamda sintaktik qurilmalarda o’z ifodasini topgan kommunikativ intensiyalar yig’indisi xabar mazmunining intensional tarkibini tashkil etadi [9] .
Intensionallikni nutqda eksplitsit ravishda ifodalovchi lisoniy vositalarga to’xtalar ekanmiz, aytish joizki, ularning leksik-semantik maydon ko’lami juda keng.
Mazkur turdagi fe’llarning o’ziga xos jihati shuki, ular jumla tarkibida muayyan komponentga tobe’ qo’llanilib, semantik kengaytmani talab etadi va bu holat qolipidagi gaplarni hosil qilishi bilan xarakterli.
Intensional semantikaga ega frazeologizmlar shakllanishi ayrim leksemalarning mantiqiy asosiga emas, balki leksemalarning integratsiyasi tufayli yuz beradi. Intensional fe’llarning xos xususiyatlaridan biri shuki, ularning ma’nosi distributiv jihatlariga bog’liqdir.
O’zbek tilida intentsionallikni eksplitsit ifodalovchi grammatik vositalar sirasi kelasi zamon fe’llari, buyruq-istak va shart mayli, maqsad holi, shuningdek, maqsad ergash gap ko’rsatkichlaridan iborat guruhni tashkil etadi.
Zamon ko’rsatkichlari polisemantik tabiatga ega birliklar sifatida kommunikativ intensiyani ifodalash uchun qo’llanilayotgani yoki boshqa pragmatik vazifani bajarayotganini aniqlash kontekst butunligini talab qiladi.
Masalan: Elchin kuragi ostiga pichoq sanchilishini kutdi. Buning o’rniga qorong’ilikdan Asadbekning ovozi keldi.
— Ha, hofiz, eson-omon chiqib keldingizmi?
Asadbekning ovozida piching yoki tahdid ohangi yo’q edi. Elchin bundan yengil tortdi. Xavotiri bekor ekanini anglab, ovoz kelgan tomonga qarab salom berdi.
— «Keldim» deb ham qo’ymaysiz-a, hofiz, — dedi Asadbek salomga alik olib. — Har holda men sizga begona emas edim. Aka-ukaligimiz bor edi, a?
Asadbekning«sizni otuvdan olib qolgan men bo’laman» demoqchi ekanini Elchin fahmladi. Ko’zi qorong’ilikka o’rganib, uyning chap tomonida do’ppayib turgan tanchani, devorga suyanib o’tirgan odam qorasini ilg’adi. Uchrashuv nima uchun qorong’ida bo’layotganiga tushunmadi.
— Qamoqdan qaytgan ukadan xabar olish akadan lozim, deb o’ylabman, — dedi Elchin gina ohangida.
— Kelganingizni bilganimda uchib borar edim, — gap ohangida endi kinoya sezildi. So’ng ohang keskin o’zgardi: — Hofiz, chaynalmasdan erkakcha gaplashaylik. Xotiningizning o’limida mening zarracha aybim yo’q. Siz mening ziyofatlarimni gullatar edingiz. jumlasi, tabiiyki, intentsiyani emas, muayyan sharoitda qochib bo’lmas vaziyatni bildiradi.
Buyruq-istak mayli o’zbek tilida ham eksplitsit intentsiyani ifodalovchi sermahsul vositalardan biri. Fe’lning buyruq-istak mayli so’zlovchining harakatni bajarishga buyurishini, istashini, undashini anglatadi va har bir ma’no ottenkasi o’ziga xos intonatsiya bilan xarakterlanadi. [8]
So’zlovchining harakatni bajarishga undashi bevosita ikkinchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun buyruq-istak maylining asosiy shakli ikkinchi shaxs (birlik va ko’plik) hisoblanadi:
— Mening qullarim ajib-bijib yotibdi. Sendan durustroq qul ham chiqmaydi. Sen... ashulangni bilsang bas. Boshqa ishlarga tumshug’ingni suqma. Elchin Asadbekning sensirashiga o’tganidan bildiki, u g’azab otiga mindi.
— Sen mol emassan. U yoqdan burningni oqizib kelmagansan. Tishingni qayrab yuribsan.
— Bek aka...— Elchin«mening hech qanday yomon niyatim yo’q», deb gapni chalg’itmoqchi edi, Asadbek yo’l bermadi.
— Ovozingni o’chir! Men gapiryapman, haddingdan oshma, bola! Sen xotining o’ldirilganini, u yoqlarda yurib kelganingni unut. Ammo Asadbek akangni unutma! Asadbek akang, Xudoga shukr, tirik. Mabodo u o’lib qolsa, o’ligidan ham qo’rq. Men go’rimda ham tinch yotmayman. Atrofingda kimlar bor? Bunday ochiq savdoni Elchin kutmagan edi. «Bilib turib so’rayaptimi yo taxminan mo’ljalga olyaptimi? Qizi yo’qolganidan keyin yigitlari izg’ib hid olishgan bo’lsa-chi? Unda nima uchun qizidan gap ochmayapti?» Elchin arqonni uzunroq tashlash maqsadida o’zini go’llikka soldi:
— Ota-onam o’tib ketishibdi, Xudo rahmat qilsin ularni...
— Chaynalma! Kimlarni so’rayotganimni bilib turibsan. Sen men bilan mushuk-sichqon o’ynama. Mayda baliqlar hammavaqt kattalariga yem bo’ladi. Senlar chivinsanlar, men— burgutman. Farqi bormi?
«Farqi bor, — deb o’yladi Elchin.— Afsuski, burgut chivinni yeyolmaydi-da».
Sintaktik jihatdan ushbu qurilma komponentlari gapning ikki xil bo’lagi sifatida bog’langan: sodda fe’l-kesim va maqsad konnotatsiyasiga ega bo’lgan to’ldiruvchili bo’lak. U qo’llanilgan gaplarda referent vaziyat talabiga va mavjud konnotatsiya va implikatsiya hisobiga ko’ra mazmuniy tarkibning boshqacha tus olishi xarakterli xususiyatdir, ya’ni ish-harakatni bajarish istagi uning amalga oshishi ehtimoliga ishora qilishi kerak. «Ehtimollik» esa, o’z navbatida, qurilmaning modallik planiga aloqadordir!
Xulosa qilish mumkinki, hozirgi zamon davomli fe’li istak semantikasini implitsit ifodalab, sub’ekt tomonidan nazoratda turgan yaqin kelajak rejalarini amalga oshirishning ajralmas bo’lagi sifatida talqin qilinishi mumkin. Mazkur parchada xabar mazmunining intensional jihati yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ish-harakatning natijasiga ko’proq emfaza qo’yilishi va ushbu natijaning konkretizatsiyasida ko’rinadi.
Mazkur tahlil asosida yana bir marta amin bo’lish mumkinki, intensional tabiatga ega bo’lgan fe’llarning to’laqonli funksional faoliyati uchun qo’shimcha vositalar talab etiladi, aks holda ular intensionallikning ifodasi sifatida xizmat qila olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, intensionallik kategoriyasining funksional talablariga ular mustaqil ravishda javob bera olmaydilar. Natijada asrni tahlil qilishda komunikativ aloqalarni so’zlashuvda kommunikativ intensiyani ifodalash uchun qo’llanilayotgani yoki boshqa pragmatik vazifani bajarayotganini aniqlash kontekst butunligini izohlashga intilish kuchini ko’rsatib beradi.
Yakuniy xulosalar shuni ko’rsatadiki turli leksemalar, grammatik shakllar hamda sintaktik qurilmalarda o’z ifodasini topgan kommunikativ intensiyalar yig’indisi xabar mazmunining intensional tarkibini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
-
1. Hakimov M. H. O’zbek tilida matnning pragmatik talqini. Filol.fan. dokt.... diss. avtoref. - Toshkent, 2001. – 48 b.
-
2. Nurmonov A., Mahmudov N. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: Kamolot - Qatortol, 2000. – 172 b
-
3. Toirova G.I. O’zbek pragmalingvistikasi. O’quv lug’ati.-Toshkent, 2016. – 59 b.
-
4. Turdieva X.K. Nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik tadqiqi (fors va o’zbek tillaridagi materiallar asosida). Filol.fan.fal. dokt...diss. avtoref. – Toshkent, 2020. – 64 b.
-
5. Tohirov Z. O’zbek tilida pragmatik semalarning hosil bo’lishi va ularda sub’ektiv munosabatning yuzaga chiqishi. Filol. fan. nomz....diss. avtoref. – Toshkent, 1994. – 29 b.
-
6. Usmonova SH., Bekmuhamedova N., Iskandarova G. Sotsiolingvistika: O’quv qo’llanma. – Toshkent: Universitet, 2014. – 83 b.4.
-
5. Сусов И.П. Прагматическая структура выцказывания.// Язиковое обшение и эго йединосы. Калинин: Изд-вo КГУ, 1986. г. 4–18.
-
8. Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Тошкент, 1965. ‒ Б.327
-
9. Родионова А. В. Языковые средства выражения интенциональной направленности текста //Язык. Текст. Дискурс. – Научный альманах – Ставраполь, 2009. – №. 7. – С. 337-341.
"Экономика и социум" №10(101) 2022
Список литературы “Shaytanat” romanida intensionallik ifodalovchi vositalarning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari
- Hakimov M. H. O'zbek tilidamatnning pragmatik talqini. Filol.fan. dokt.. diss. avtoref. - Toshkent, 2001. - 48 b.
- Nurmonov A., Mahmudov N. O'zbek tilshunosligi tarixi. - Toshkent: Kamolot - Qatortol, 2000. - 172 b.
- Toirova G.I. O'zbek pragmalingvistikasi. O'quv lug'ati.-Toshkent, 2016. - 59 b.
- Turdieva X.K. Nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik tadqiqi (fors va o'zbek tillaridagi materiallar asosida). Filol.fan.fal. dokt..diss. avtoref. - Toshkent, 2020. - 64 b.
- Tohirov Z. O'zbek tilida pragmatik semalarning hosil bo'lishi va ularda sub'ektiv munosabatning yuzaga chiqishi. Filol. fan. nomz..diss. avtoref. -Toshkent, 1994. - 29 b.
- Usmonova SH., Bekmuhamedova N., Iskandarova G. Sotsiolingvistika: O'quv qo'llanma. - Toshkent: Universitet, 2014. - 83 b.4.
- Сусов И.П. Прагматическая структура выцказывания.// Язиковое обшение и эго йединосы. Калинин: Изд-вo КГУ, 1986. г. 4-18.
- Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Тошкент, 1965. - Б.327.
- Родионова А. В. Языковые средства выражения интенциональной направленности текста //Язык. Текст. Дискурс. - Научный альманах - Ставраполь, 2009. - №. 7. - С. 337-341.