Gipotireozning organizmga tizimli ta’siri
Автор: Abdurahimov Abduhalim Xoliddin o'g'li
Журнал: Re-health journal.
Статья в выпуске: 4 (28), 2025 года.
Бесплатный доступ
Gipotireoz endokrin kasalliklar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi va deyarli barcha a’zolar hamda to‘qimalarga tizimli ta’sir ko‘rsatadi. Qalqonsimon bez gormonlari yetishmovchiligi metabolik jarayonlarning susayishi, energiya almashinuvi buzilishi, ferment tizimlari faolligining kamayishi va gemodinamik o‘zgarishlar bilan kechadi. Klinik belgilari turlicha — nerv, psixoemotsional, yurak-qon tomir, nafas, ovqat hazm qilish, siydik ajratish va reproduktiv tizimlar faoliyati buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Belgilarning noxos xususiyati erta tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi va kasallik kech aniqlanishiga olib keladi, bu esa asoratlar xavfini oshiradi. Gipotireozning asosiy patogenetik mexanizmlariga shishli (mutsinoz) o‘dem, dislipidemiya va neyroendokrin hamda immun tizimlar faoliyati buzilishi kiradi. Ushbu maqola gipotireozning tizimli ta’siriga e’tibor qaratadi va kasallikni tashxislash hamda davolashda kompleks yondashuv zarurligini ta’kidlaydi.
Gipotireoz, qalqonsimon bez gormonlari, tizimli ta’sir, metabolizm, nerv tizimi, yurak-qon tomir tizimi, nafas tizimi, ovqat hazm qilish tizimi
Короткий адрес: https://sciup.org/14134345
IDR: 14134345 | УДК: 616.43–002.2