Chaqaloqlar orasidagi xomilaichi infektsiyalarining ayrim etiologik omillari xaqida
Автор: Inakova Barno Bahadirovna, Nuritdinova Gavhar Taipovna, Shamsutdinova Dilorom
Журнал: Re-health journal.
Статья в выпуске: 2 (18), 2023 года.
Бесплатный доступ
Mazkur tadqiqotlar maqsadi boʻlib, xomilaichi infektsiyalari bilan xastalangan chala tugʻilgan (asosiy gurux) va oy-kuni yetilib tugʻilgan (taqqoslovchi guruh) bolalardagi aniqlangan mikrobli omillarni solishtirib qiyoslab oʻrganish xisoblandi. Bizning kuzatuvimiz ostida Аndijon shahar BKSh chala tugʼilgan chaqaloqlarni parvarishi boʻlimida davolanayotgan 90 nafar chaqaloq boʼldi. Tahmin qilinayotgan kasallik qoʻzgʻatuvchishiga binoan bolalar 3 guruhga boʻlindi: (chala tugʻilganlar 40, oy-kuni yetib tugʻilganlar 30 ta, nazorat guruhi, yaʼni sogʻlom bolalar 20 ta). Tekshirish uchun olingan material asosan homilaichi infektsiyasining klinik belgilariga, hamda tahmin qilingan qoʻzgʻatuvchining morfologik belgilariga asosandi. Oy-kuni yetib tugʼilgan bolalarda asosan sitomegalovirus infektsiyalari kuzatilib, miksinfektsiya sifatida shartli patogen flora topildi. Chala tugʻilgan bolalarda esa farqli oʻlaroq shartli patogen flora ustun kelgan holida asosan mikoplazmalar avlodidan boʻlgan gerpes infektsiya topildi, har ikkala guruhlarda ham 12,1% va 15,4% holatlarda homilaichi infektsiyasining qoʻzgʻatuvchisini aniqlash imkoniyati boʻlmadi.
Chaqaloq, sitomegolovirus, shartli patogen flora
Короткий адрес: https://sciup.org/14128237
IDR: 14128237