Stages of the practical significance of the development of nuclear energy in the world in innovative technologies
Автор: Bazarov E.J., Juraev M.K.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 12-1 (79), 2020 года.
Бесплатный доступ
The article provides a pedagogical analysis of trends in the development of nuclear energy in the world on the basis of processed statistical data. In conclusion, it is concluded that today the world pays great attention to the development of promising safe nuclear technologies that allow not only to expand the resource base of nuclear energy, but also to solve the problem of non-proliferation of nuclear waste and nuclear weapons, while ensuring its competitiveness in comparison with other energy sources
Nuclear power engineering, nuclear technologies, reactor, nuclear safety
Короткий адрес: https://sciup.org/140258105
IDR: 140258105
Текст научной статьи Stages of the practical significance of the development of nuclear energy in the world in innovative technologies
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 27 fevral kuni “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Maskur qarorda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirish ko’zda tutilgan1.
Ushbu qarorga muofiq oliy ta’limda yadro energetikasi fani mavzularini o’qitishda har bir talaba bilan alohida ishlab, uning ichki kompetentsiyasidan kelib chiqqan holda tanlangan pedagogik metod asosida mavzuning qanchalik dolzarb ekanligini tushuntirish kerak. Dunyoda yadro energetikasi taraqqiyoti rivojlanishining amaliy ahamiyati innovatsion texnologiyalardagi bosqichlari mavzusini talabaga yetgazishda alohida ochib berilgan mohiyatini “toifalash jadvali” orqali tushuntirib o’quvchiga didaktik metod bo’yicha eslab qolishi, o’zining shaxsiy fikrlarini ayta olishi va o’rgangan terminlari haqida kengroq tushuncha paydo bo’lishiga olib keladi. Hozirda yangi pedagogik texnologilar o’quvchilarni individual fikrlashiga yordam beradi. Bu esa kelajakda yadro energetikasi fanining moxiyatini o’rganishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotning maqsadi yadroviy texnologiyalarni rivojlantirishning global tendentsiyalari sharoitida atom energetikasini rivojlantirish istiqbollarini yangi pedagogik innovatsion texnologiyalar asosida didaktik usul bilan tatqiq qilish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun:
-
• Taqqiqotni aniq asoslash;
-
• To’g’ri pedagogik texnoligiyani tanlash;
-
• Maqola dolzarbligini innovatsion tatqiqotlash zarur.
Mavzuning pedagogik ahamiyati haqida so’z borganda, an`anaviy energiya (hozirda foydalanib kelinayotgan barcha turdagi energiya ishlab chiqarish)ning sezilarli darajada resurs va ekologik cheklovlari bilan yonilg`i va energetikaga bo`lgan dunyo talabining o`sishi, o`sib boradigan va qazib olinadigan yoqilg`ining iste`molini barqarorlashtiradigan energiya ehtiyojlarining muhim qismini olishga qodir bo`lgan yangi energiya texnologiyalarini o`z vaqtida tayyorlashni talab qiladi. Ushbu texnologiyalarga yangi yadro texnologiyalari va atom energetikasining (1-rasm) afzalliklarini tarqatish va bugungi kunda unga xos bo`lgan kamchiliklardan xoli etish vazifasi yuklatilgan. [2].

1-rasm. Atom elektr stansiyasi ko’rinishi.
IAEA-ning yadro xavfsizligi bo`yicha harakatlar rejasi davlatlar va boshqa tegishli tashkilotlar (xususan, Butun jahon yadro assotsiatsiyasi, Xalqaro yadro agentligi, Yevropa yadro tadqiqotlari tashkiloti, Yadro energetikasi agentligi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan yadro xavfsizligi infratuzilmasini mustahkamlashning asosiy elementidir. Tinch atom energetika ob`ektlarini ishlatish xavfi to`g`risida davom etayotgan munozaralarga qaramay so’nggi yillarda jahon atom energetikasining rivojlanishi ijobiy tendentsiyalar bilan ajralib turadi [3]. Bu xususan ko’plab mamlakatlarda yangi reaktorlarning faol ravishda
3________________________________________________________________ qurilishi va mavjud modernizatsiya qilinishidan dalolat beradi. Bugungi kunda atom energiyasi dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 11.5 foizini tashkil etadi va “Xalqaro energetika” agentligining prognozlariga ko`ra uning ulushi barqaror o`sib borayapti. Shuning uchun ham atom energetikasi istiqbolli yo’nalishlardan biri bo’lib qolmoqda. An`anaviy energiya manbalari bilan taqqoslaganda atom energetikasi yuqori mahsuldorlikka ega (xususan yadro yoqilg`isi) issiqlik effektini yaratmaydi, chunki bu ekologik talablar bo`yicha energiya ishlab chiqarishning eng toza usuli hisoblanadi. Har yili Yevropadagi atom elektr stantsiyalari 700 million tonna CO2 emissiyasining (2-rasm) oldini oladi, yoqilg`ini qayta ishlatish imkoniyati mavjud (yangilanishdan keyin).dunyoda atom energiyasidan foydalanishning maqsadga muvofiqligiga ishonch sezilarli darajada o’sdi [4].

2-rasm. Yadro(Atom) reaktori ishlashi printsipi.
hisobiga energiya resurslariga bo`lgan talabning o`sishi; tovar bozorlariga kirish uchun raqobatning kuchayishi; an`anaviy energiya tashuvchilar zaxiralarining to`liqligi va ular uchun narxlarning muqarrar ko`tarilishi, shuningdek neft va gaz eksport qiluvchi mamlakatlarda siyosiy beqarorlik; atrof-muhitni global isishga olib keladigan zararli gazlar, chiqindilar nuqtai nazaridan himoya qilish zarurati, tashqi omillardan mustaqil ravishda energiya ta`minoti resurslarini yaratish istak paydo bo’la boshladi [5].
Shu bilan birga sohaning rivojlanishiga sezilarli darajada to`sqinlik qiladigan ob`ektiv omillar mavjud. Bundan tashqari, atom energetikasining xavfsizlik muammolarini uning insonga va atrof-muhitga ta`siri nuqtai nazaridan ham, ishlatilgan yadro yoqilg`isiga ishlov berish muammosini ham hal qilish zarur. O`tkazilgan ilmiy ishlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, olimlar “Atom energiyasining kelajagi tugagan yadro yoqilg`isini qayta ishlaydigan tezkor reaktorlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi” degan fikrda.Ular uran zaxiralaridan yanada samarali foydalanishga va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilishga imkon beradi.
2000-yillarning boshidan asosan Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi atom elektr stantsiyalarining keng miqyosli qurilishi tufayli atom energetikasi o`sib bormoqda. Dunyoda eskirgan atom elektr stantsiyalarining tez yopilishi qayd etilmoqda, sanoat ob`ektlari xavfsizligini davlat va xalqaro tartibga solish talablari kuchaymoqda. Qoldiq yoqilg`ilar (neft,tabiiy gaz va ko`mir) dunyoning aksariyat ehtiyojlarini qondirishda davom etayotgani inkor etilmasligi kerak chunki, boshqa energiya manbai hamyonbopligi, samaradorligi va ishlab chiqarish ko`lami bo`yicha ularga teng kela olmaydi. Shu bilan birga, qazilmaydigan yoqilg`ilar orasida energiya iste`molidagi atom energiyasining ulushi asta-sekin bo`lsa ham o`sib bormoqda. Butunjahon yadro assotsiatsiyasi 2016 yilda global atom energetikasi quvvati 2030 yilda 26,7 foizga (494 GVt gacha), 2035 yilda 40 foizdan (546 GVt) oshishini prognoz qilmoqda (yuqori stsenariy). Taxmin qilinishicha, 2050 yilda yadroviy potentsial 964 GVtni tashkil etadi va bu dunyo elektr ta`minotining 24 foizini ta`minlaydi. Uchinchi va to`rtinchi avlodlarning 5
standart reaktorlariga, shuningdek tezkor reaktorlarga tezlashtirilgan o`tish tufayli atom energiyasining o`sishi mumkin [6].
Bugungi o’sib kelayotgan yosh avlodni tayyorlashda yadro energetikadan foydalanishni qanchalik to’g’ri tushuntirilsa rivojlanib borayotgan yurtimizga chiqindilardan xoli energiya ishlab chiqara olishimizga ishontira olamiz. Har bitta oliy o’quv yurtilarida shu yo’nalishda ish olib borayotgan professor o’qituvchilarimiz aniq maqsadga erishish uchun yadro energetikasini turli metodlar orqali tushuntirib borishmoqda (1-jadval). [7,8].
Bunga misol qilib, talabalar mavzu mohiyatini “Toifalash jadvali” orqali quyidagicha tushuntirish mumkin.
Jadvalni to’ldirishning qoidasi
-
1. Toifalar boʻyicha maʼlumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.
-
2. Bitta mini - guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.
-
3. Taʼlim oluvchilarga oldindan tayyorlab qoʻyilgan toifalarni berish mumkin emas bu ularning mustaqil tanlovi boʻla qolsin.
1-jadval.
“Toifalash jadvali” metodini yadro energetikasi sohasiga qo’llanilishi.
Yadro energetikasi
Avzalliklari
Muammolari
Kamchiliklari
Arzon energiya
Muqobil suv manbasi
Xafli

Tabiiy joylashuv
Katta miqdorda radiatsiya
Katta miqdorda suv zaxirasi
Bexato harakat
Mavzu mohiyatini talabarlargа aniq yetkazishimiz uchun.Ushbu metod samaradorligi juda yuqori.Hayotimiz juda ham tez raqamlashirish jarayonini boshidan kechirmoqda. shuni inobatga olgan holda har bitta muammoga yechim topish barobarida uni qanday qilib yetkazish muammolarini ham hal qilishimiz zarur.Yadro energetikasi O’zbekistonda eng yosh energiya manbasi hisoblanadi.Shuning uchun bu yo’nalish metodikasi yoritishda asosan Yevropa mamlakatlarining pedagoglar erishgan bu boradagi yutuqlarini to’liqligicha o’rganib uni talabalarga yetkazish maqsadga muвofiqdir.Har bir ilim maskanlarida maqsad bitta: bozor iqtisodiyotiga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash.Shu o’rinda Prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yilga belgilangan elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va etkazib berish bo'yicha chora-tadbirlarni to'liq va sifatli amalga oshirish zarurligini o’z nutqlarida ta'kidladilar.
Adabiyotlar ro’yxati
-
1. O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 27 febraldagi PQ-4623 sonli Qarori.
-
2. Ядерная энергетика.Учебное пособие; Азаренков Н. А., Булавин Л. А., Залюбовский И.И., Кириченко В. Г., Неклюдов И. М., Шиляев Б. А. – Х.ХНУ имени В. Н. Каразина 2012. 535 с.
-
3. Акатов А. А., Коряковский Ю. С. Будущее ядерной энергетики. Реакторы на быстрых нейтронах. — 2012. — 36 с.
-
4. Всемирная ядерная ассоциация: официальный сайт. Режим доступа: http://www.world-nuclear.org/ Государственная корпорация по атомной энергии «Росатом»: официальный сайт. Режим доступа:
-
5. Безопасность ядерных энергетических установок. Самойлов О.Б., Усынин Г.Б., Бахметьев А.М. Москва, 1989
-
6. Доклад Генерального директора Международного агентства по атомной энергии (IAEA). — 70 с. — [Электронный ресурс]. Режим доступа:
-
7. Azizxujaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T.: CHulpan. 2013. - 200 bet.
-
8. Xakimova M.F. Pedagogik texnologiyalar. O`quv qullanma. T.TDIU.,2013
Обзор ядерных технологий — 2016:
"Экономика и социум" №12(79) 2020
Список литературы Stages of the practical significance of the development of nuclear energy in the world in innovative technologies
- O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2020 yil 27 febraldagi PQ-4623 sonli Qarori.
- Ядерная энергетика.Учебное пособие; Азаренков Н. А., Булавин Л. А., Залюбовский И.И., Кириченко В. Г., Неклюдов И. М., Шиляев Б. А. - Х.ХНУ имени В. Н. Каразина 2012. 535 с.
- Акатов А. А., Коряковский Ю. С. Будущее ядерной энергетики. Реакторы на быстрых нейтронах. - 2012. - 36 с.
- Всемирная ядерная ассоциация: официальный сайт. Режим доступа: http://www.world-nuclear.org/ Государственная корпорация по атомной энергии "Росатом": официальный сайт. Режим доступа: http://www.rosatom.ru/ Обзор ядерных технологий - 2016
- Безопасность ядерных энергетических установок. Самойлов О.Б., Усынин Г.Б., Бахметьев А.М. Москва, 1989
- Доклад Генерального директора Международного агентства по атомной энергии (IAEA). - 70 с. - [Электронный ресурс]. Режим доступа
- Azizxujaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T.: CHulpan. 2013. - 200 bet.
- Xakimova M.F. Pedagogik texnologiyalar. O'quv qullanma. T.TDIU.,2013