Ta’limga oid ba’zi argolarning ingliz va o’zbek tillaridagi qiyosiy tahlili

Автор: Ibragimova G.R.

Журнал: Форум молодых ученых @forum-nauka

Статья в выпуске: 4 (56), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ta’limga aloqador bo’lgan argonlarning umumiy tavsifi ko’rib chiqiladi, hamda yuritilayotgan fikrlar misollar bilan fandagi o’z isbotini topadi.

So'zlashuv va badiiy uslub, leksik muammo, tarjimashunoslik, semantik ma'no, ta'limga oid argolar, ijtimoiy guruh

Короткий адрес: https://sciup.org/140289992

IDR: 140289992

Текст научной статьи Ta’limga oid ba’zi argolarning ingliz va o’zbek tillaridagi qiyosiy tahlili

Ko’rib turganimizdek, argolar faqat ma’lum bir guruh a’zolari uchun maxsus ma’no kasb etadi. Kontekstdan tashqari holatlarda esa u o’zining leksik orttirilgan ma’nosini yo’qotadi va boshqa ijtimoiy guruh a’zolari ushbu birlikni o’z ma’nosida qabul qilishadi. Bu kabi argolar asosan so’zlashuv va badiiy uslubda ishlatiladi, chunki boshqa nutq uslublaridagi axborot ommaga qaratiladi. Badiiy yoki so’zlashuv uslublari esa so’zga umuman boshqa tomondan yondashadi. “Asarning suyjet kompozitsiyasi, undan bo’lak boshqa unsurlar ham aynan so’z vositasida hosil qlinadi.” [ A.U: 234] So’zlar gapga semantik jihatdan juda kata rol o’ynaydi. Argolar ham aynan shu davra o’rtasida o’z semantik vazifasini bajaradi. Argolar kundalik turmushda, odamlar tomonidan oddiy so’zlashuv usulida ham samarali tarzda ishlatiladi. “ Kundalik hayotda, oilada ko’cha ko’yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning fikr almashish jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubi so’zlashuv uslubi hisoblanadi.” [ N.E. 134] Xudi o’zbek tilida bo’lgani kabi ingliz tilida ham argolarni uchratishimiz mumkin. Ingliz tilida ham argolar asosan badiiy va so’zlashuv uslubida ishlatiladi. Tarjimon tarjima jarayonida argolarni tarjima qilish uchun kontekstdan foydalanadi, negaki argolar kontekstsiz o’z qiymatini yo’qotishi mumkin. Misol uchun,

-                                        How’d you do on the chemistry test?

  • -                                                        I aced it.

  • -                                           Ushbu misolni quyidagicha

tarjima tarjima qilishimiz mumkin:

  • -                                           Kimyodan testni qanday

bajarding?

  • -                                             Men uni qoyillatdim.

  • -                                                I gotta go hit the books, I have

a final exam tomorrow.

Bu gapdagi “Hit the books” argo hisoblanadi va bu yerda “o’qish” ma’nosini anglatadi va shunday tarjima qilinadi.

  • -                                           Men kitob o’qishga

ketyapman. Ertaga yakuniy nazoratim bor.

Agar kontekstsiz ushbu gapni tarjima qilsangiz siz “Men kitoblarimni urishga boryapman” deb tarjima qilishimiz mumkin.

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishimiz joizki, har bir tilning o’z boyligi bo’lgani kabi, argolar ham har ikkla tilning ichki boylik manbaasi hisoblanadi va ushbu so’zlar orqali so’zlovchi o’z nutqini tinglovchiga ma’lum bir yo’nalishda yetkazib beroladi. Ko’rib o’tganimizdek argolar O’zbek hamda Ingliz tillarida qo’llanish jihatdan deyarli bir xil ko’rinishga ega, ikkalasida ham ushbu argolar kontekstga qarab o’z ma’nolarini belgilaydi. Mustaqil holda esa boshqa boshqa ma’nolarni kasb etadi. Argolarning turlari bo’lgani kabi ta’limga oid argolar ularning ichidan farqli ravishda ajralib turadi. Ushbu sohada, argolar ma’lum bir ma’noda ta’limga oid sohada shuningdek, norasmiy hollarda ishlatilishiga guvoh bo’lamiz, ya’ni o’quvchilar orasida, o’qituvchilar orasida yumor shaklida umuman olganda ma’lum bir qolip asosida qo’llaniladi. Argolarni qo’llash mobaynida, biz tilning ichki boyligini oshirib boramiz, negaki bir so’zning o’zga ma’nolarda matnning ma’nosiga qarab qo’llay bilsak, ushbu ishlatilgan argo barqaror birikmaga aylanadi. Aynan ushbu argolarni keyinchalik shunday vaziyatlar uchun qo’llash odat tusiga aylanadi va tilda muayyan ya’ngi argo hamda yangi tushuncha paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Ingliz tilida ham xuddi shunday yangilanish mavjud, ular ham tilning manbaaiga so’zlarni boshqa ma’nolarda qo’llash asosida erishadilar. Umuman olganda, tillarning ichki boyish tushunchalari deyarli barcha millatlarda bir xil o’rinni kasb etadi. Farqli jihati esa ular biz kundalik hayotimizda vaziyatlarga moslab ishlatayotgan argolarni bshqa vaziyatlarga o’z ijtimoiy holatidan kelib chiqi ishlatishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    A.Ulug’ov “Adabiyotshunoslik nazariyasi” Toshkent; G’.G’ulom-2018 308-bet 2. M.A.Hamroyev “O’zbek tilida ma’ruzalar majmuasi” Toshkent-2005

  • 3.    Nargiza Erkaboyeva “O’zbek tilidan maruzalar to’plami” 125-bet

  • 4.    Nargiza Erkaboyeva “O’zbek tilidan maruzalar to’plami” 134-bet

  • 5.    Richard A. Spears, “Dictionary of American Slang and Colloquial expression” 2000

  • 6.    The Probert Encyclopaedia of Slang -2004

  • 7.     https://www.espressoenglish.net

Список литературы Ta’limga oid ba’zi argolarning ingliz va o’zbek tillaridagi qiyosiy tahlili

  • A.Ulug'ov "Adabiyotshunoslik nazariyasi" Toshkent; G'.G'ulom-2018 308-bet
  • M.A.Hamroyev "O'zbek tilida ma'ruzalar majmuasi" Toshkent-2005
  • Nargiza Erkaboyeva "O'zbek tilidan maruzalar to'plami" 125-bet
  • Nargiza Erkaboyeva "O'zbek tilidan maruzalar to'plami" 134-bet
  • Richard A. Spears, "Dictionary of American Slang and Colloquial expression" 2000
  • The Probert Encyclopaedia of Slang -2004
  • https://www.espressoenglish.net
Статья научная