Tannarx hisobining xalqaro tajribalari va O‘zbekistonda uni takomillashtirish yo‘nalishlari

Автор: Axmedjanov A.

Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6 (120), 2025 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqola tannarx hisobining xalqaro tajribalari va uni mamlakatimizda takomillashtirish yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Maqolada moliyaviy va boshqaruv hisobining asosiy tarkibiy qismlari sifatida tannarx hisobining o‘rni, uning predmeti va obyekti ko‘rib chiqiladi. Xarajatlar va tannarx tushunchalari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinib, tannarx hisobining asosiy obyektlari aniqlanadi.

Tannarx hisobi, boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob, xarajatlar, kosting, xalqaro standartlar, hisobot tuzish, menejment qarorlari

Короткий адрес: https://sciup.org/140311202

IDR: 140311202

Текст научной статьи Tannarx hisobining xalqaro tajribalari va O‘zbekistonda uni takomillashtirish yo‘nalishlari

Xalqaro tajribalarda buxgalteriya hisobi tizimi moliyaviy buxgalteriya hisobi (financial accounting) va boshqaruv buxgalteriya hisobi (management accounting) kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Shu nuqtayi nazardan bugungi kunda buxgalteriya hisobi fani ham moliyaviy hisob va boshqaruv hisobiga bo‘lib o‘rganilmoqda. Moliyaviy hisob bu asosan tashqi axborot foydalanuvchilarga moliyaviy hisobot ko‘rinishida axborotlarni taqdim qilish bo‘lsa, boshqaruv hisobi esa ichki axborot foydalanuvchilar, ya’ni menejerlarga qarorlar qabul qilishlari uchun foydali axborotlarni yetkazib berish quyi tizimiga aytiladi. Boshqaruv hisobining tarkibida tannarx hisobi deb ataladigan alohida o‘zining predmeti va obyektiga ega bo‘lgan quyi tizim shakllangan.

Tannarx hisobi boshqaruv (menejmentlik) hisobining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u nafaqat menejmentni axborot bilan ta’minlaydi, balki menejmentlik hisobining boshqa tarkibiy qismlari uchun ham axborot manbai hisoblanadi. Shu bois, tannarx hisobi boshqaruv (menejmentlik) hisobining fundamentini, ya’ni uning asosini tashkil etadi desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Soha bo‘yicha eng nufuzli tashkilot CIMA instituti Tannarxni hisoblash (Costing), Tannarx hisobi (Cost accounting) hamda Tannarx buxgalteri (Cost Accountancy) tushunchalariga alohida tavsiflar keltirgan:

Tannarxni hisoblash (kosting) – bu tannarxni aniqlashda qo‘llaniladigan metodlar (techniques and) majmuasi hamda uni hisoblashni amalga oshirish jarayonidir (processes). Ushbu metodlar mahsulotlar va xizmatlar tannarxini aniqlash protsedurasini tartibga soluvchi prinsiplar va qoidalardan iborat bo‘ladi. Ushbu metodlar turli mahsulotlar va xizmatlar tannarxini aniqlashda sanoat tarmoqlarining xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi”.

Boshqa manbalarda ham shu kabi tavsiflar keltirilgan: “Kosting – bu quyidagilarni aniqlashda qo‘llaniladigan prinsiplar va qoidalardir: (a) mahsulotlar, misol uchun kimyo mahsulotlari, televizor va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxi hamda (b) xizmatlar, misol uchun elektr-energiyasi, transport va boshqa xizmatlarni ta’min etish tannarxi”.

Tannarx hisobi (Cost accounting) – bu operatsiyalar, jarayonlar, faoliyatlar yoki mahsulotlar byudjetlari, standart tannarxi va haqiqiy tannarxni o‘rnatish hamda yuzaga kelgan chetlanishlar, rentabellik darajasi va fondlardan ijtimoiy foydalanish tahlilidan iboratdir.

Sohaning taniqli olimi Ueldon “Tannarx hisobi – bu menejment tomonidan nazorat va boshqaruvning amalga oshirilishi maqsadida tartibga solingan ma’lumotlar bo‘yicha taqdimotni tayyorlash uchun xarajatlarni tasniflash, qayd qilish va mutanosib ravishda taqsimlash asosida mahsulotlar va xizmatlar tannarxini aniqlashdir”.

Tannarx hisobi asosan resurslarning, jumladan, meteriallar, mehnat va boshqa resurslarning sarflanishi bilan bog‘liq jarayonlarni hisobga olib, uning maqsadi boshqaruvni baholarini belgilash, zaxiralarning optimal miqdorini belgilash, ularning sarflanishi hamda omborlarda saqlanishiga oid qarorlar qabul qilishlari uchun mahsulot tannarxi, jarayon tannarxi, xizmatlar, jumladan, kommunal xizmatlar tannarxi, zaxiralar tannarxi va boshqalar to‘g‘risida axborotlar bilan ta’minlash bo‘lib hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan tavsiflar asosida tannarx hisobining muhim xususiyatlarini mujassamlantirgan ta’rifni ishlab chiqamiz: “Tannarx hisobi deganda, rejalashtirish, narxlarni belgilash, mahsulotni ishlab chiqarishni davom ettirish va kengaytirish, xarajatlarni optimallashtirish, xodimlar mehnatini rag‘batlantirish va menejmentning boshqa sohalariga oid qarorlar qabul qilish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish va xizmatlar, jarayonlar, faoliyatlar tannarxini tan olish, tasniflash, taqsimlash va baholash asosida haqiqiy tannarxini aniqlash va tahlil qilish” tizimiga aytiladi.

Tannarx hisobi tizimining bosh masalasi mahsulot tannarxini ishonchli, obyektiv aniqlash, menejerlarga qarorlar qabul qilish uchun axborotlar taqdim etish, boshqaruv qarorlarining muqobil variantlarini ishlab chiqish hamda mahsulot birligi tannarxini aniqlashdir.

Tannarx hisobi tizimining kompleks ishlab turishi va qancha hajmda axborotlar qayta ishlanishi jarayoniga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatib turadi. Tannarx va menejmentlik hisobiga oid darslikda tannarx hisobining vazifalar (objectives)lariga quyidagilar kiritilgan:

mahsulotlar va operatsiyalar tannarxiga oidligini belgilash uchun barcha xarajatlarni tahlil etish va tasniflash;

har bir birlik mahsulot, ish, operatsiyalar, jarayonlar va bo‘limlar hamda servis xizmatlarining ishlab chiqarish tannarxini belgilash uchun standart tannarxni joriy etish;

menejmentga xo‘jasizlik (samarasiz faoliyat) va chiqimlarning turli xil ko‘rinishlari, jumladan, materiallar, vaqt, xarajatlar yoki mashina va asbob-uskunalar hamda dastaklar bilan bog‘liq chiqimlar masshtabi to‘g‘risida ko‘rsatmalar taqdim etish. Qoniqish hosil qilmaydigan natijalarning sabablari tahlili natijalaridan byudjetlarga to‘g‘irlashlar kiritishga ham qaratilishi mumkin;

moliyaviy yil davomida menejment uchun uyg‘un bo‘lgan vaqt intervalida, masalan, har haftalik, har oylik, har choraklik va boshqa vaqt oralig‘ida nafaqat butun bir yagona biznes birligi bo‘yicha, balkim bo‘limlar yoki mahsulotlar bo‘yicha ham davriy foyda va zararlar schyoti hamda balans hisobotlari ma’lumotlarini taqdim etish. Foyda va zararlarning asl sabablari detalli ochiqlanishi uchun foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda jami summa uni keltirib chiqaruvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bayon etiladi;

ishlab chiqarishda iqtisod qilishning manbalarini qo‘llanilayotgan metodlar, asbob-uskunalarning turlari, mahsulotlar va komponovkalarni o‘rganish orqali axtarib topish. Har kunlik, har haftalik, har oylik axborotlar operativ va konstruktiv qarorlar qabul qilish uchun zarur hisoblanadi;

haqiqiy tannarx to‘g‘risidagi raqamlarni baholangan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish hamda menejmentga ular tomonidan kelgusi raqamlarni baholashlarni, kotirovkalar uchun taqdim etish va narxlarni belgilash (price-fixing policy) siyosatini amalga oshirishda yordam berish;

qayerda standart kostni tayyorlash orqali mahsulot tannarxi qancha bo‘lish kerakligi ko‘rsatilishi lozim, qaysiki bunda haqiqiy tannarx standart kost bilan solishtirilishi uchun qayd qilib boriladi;

turli ko‘rinishdagi qisqa muddatli qarorlarni, jumladan, maxsus xaridorlar uchun narx kvotalarini belgilash, shuningdek iqtisodiy tushish bo‘lgan davrda ham turli mahsulotlarga imtiyozlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:

  • 1.    Rajaboyev Sh.Sh., and Jumayev L.G‘.. "TA'LIM SOHASIDA MA'LUMOTLAR BAZASINI QO'LLANISHI" Экономика и социум, no. 4-2 (119), 2024, pp. 407-411.

  • 2.    Rajaboyev Sh.Sh., and Ziyodullayev F.V.. "AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAGI QARORLAR MOHIYATI" Экономика и социум, no. 5-1 (120), 2024, pp. 675-680.

  • 3.    Rajaboyev Sh.Sh., and Umidov D.U.. "AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING BUXGALTERIYA SOHASIDAGI O'RNI" Экономика и социум, no. 4-2 (119), 2024, pp. 393-396.

  • 4.    Rajaboyev Sh.Sh., and Raxmatov O.A.. "IQTISODIY AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH BAZASINING TARKIBI VA UNI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI" Экономика и социум, no. 4-2 (119), 2024, pp. 397-402.

  • 5.    Rajaboev Shahboz Shodiyevich, and Raxmatov Ozodbek Aktam O'g'li. “Information Technology Is Now Used Everywhere”. Miasto Przyszłości , vol. 44, Jan. 2024, pp. 114-21, http://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2372 .

  • 6.    Rajaboev, Shahboz Shodiyevich, and Abdunazar Burkhonovich Gaffarov. "ESSENCE OF DECISIONS ON MEASURES FOR THE DEVELOPMENT OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES." Bulletin news in New Science Society International Scientific Journal 2.1 (2025): 120-125.

  • 7.    Ражабоев ,  Ш., и П. Хамидова. «ИСПОЛЬЗОВАНИЕ

    ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ УСЛУГ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ». Экономическое развитие и анализ ,   т. 3, вып. 1, январь 2025   г., сс. 120-4,

    https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/65480 .

"Теория и практика современной науки"

№6(120) 2025

Статья научная