Tarixiy devoriy asarlar
Автор: Aliqulov A.M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada tarixiy devoriy asarlar, qadimgi devoriy rassomchilik, devoriy rassomlik namunalari, devoriy rassomlik va monumental haykaltaroshlikning xususiyati, mazmuni, miniatyura va devoriy rassomlik san’atida nodir asarlar haqida batafsil bayon etilgan.
Devoriy asarlar, devoriy rassomchilik, monumental haykaltaroshlik, miniatyura
Короткий адрес: https://sciup.org/140300389
IDR: 140300389
Текст научной статьи Tarixiy devoriy asarlar
Kirish:
Devoriy asarlar – bezak san’ati sohasi, bevosita bino devori, shifti, ustuni suvog’i ustidan yoki ularga mustahkamlangan mato, qog’oz va boshqalarga bo’yoqlar yordamida ishlanadigan tasvir yoki naqsh. Me’morlik bilan bog’liq va ko’pincha sof bezak xususiyatiga ega bo’lgan barcha mahobatli rassomlik asarlarini (mozaika, namoyon bundan mustasno) o’z ichiga oladi.
Devoriy asarlarda syujetli (tarixiy, maishiy, batal janrlarida), manzarali va boshqa mavzularda asar yaratishda freska, tempera, yelim rassomligi, mum rassomligi, moy-bo’yoq rassomligi va boshqalardan foydalaniladi. Eng qadimgi Devoriy asarlar namunalari (g’or va qoyalarga ishlangan rasmlar) so’nggi paleolit davrida yuzaga kelgan.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
Qadimgi va o’rta asrlarda Devoriy asarlarning nodir namunalari yaratildi. 7-8-asrlarda Markaziy Osiyo (Varaxsha, Panjakent va boshqalar) dagi ibodatxonalar, saroylar tasvirlar bilan bezatilgan bo’lsa, o’rta asrlarda musulmon mamlakatlarida naqshli mujassamotlar keng tarqalgan. Qadimgi Misr devoriy rasmlari, Xitoy (Dunxuan) va Hindiston (Ajanta)da g’or-qoyalarga ishlangan tasvirlar ajralib turgan.
Yevropada esa ma’lum diniy tartiblarga moyil ko’tarinki ruhdagi Devoriy asarlar namunalari Vizantiya, Gruziya, Bolqon, qadimgi Rusda rassomlik san’atining muhim turiga aylandi. Uyg’onish davrida Italiyada (Jotto, Mazachcho, Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo va boshqalar) grajdanlik ruhidagi chuqur realistik
Devoriy rassomlik asarlari yaratildi. Roman uslubi, gotika, barokko uslublaridagi binolarda sof bezak xususiyatiga ega bo’lgan
Devoriy rassomlik namunalari yuzaga kelgan, 17—18-asrlarda devoriy rasmlar oʻrnini vitrajlar, gobelenlar, oynalar va boshqalar egallay boshladi. 19-asrda devoriy rasmlarga qiziqish kuchaydi. O‘zbekistonda afisha san’ati azaldan ma’lum. Surxondaryo (Xolchayon, miloddan avvalgi 1-asr, Tuproqqalʻa, 3-asr, Bolaliktepa qalʼasi, 5—6-asrlar), Buxoro yaqinidagi (Varaxsha saroylari, 7-asr) va Afrosiyob (7-asr) devor rasmlari namunalari jihatidan qimmatlidir.
Syujetli rasmlarda o‘sha davrning hayotiy manzaralari, hayvonlar obrazlari, ziyofatlar, sayohatlar, qabullar, podshohlarning qahramonliklari aks ettirilgan. Tarixiy qoʻlyozmalardan maʼlum boʻlishicha, islom hukmronligi davrida naqshli haykallar bilan bir qatorda mavzuga oid devoriy suratlar namunalari ham boʻlgan (masalan, Samarqanddagi Amir Temurning Dilkusho saroyi devorlari qahramonona jangovar lavhalar va tasvirlar bilan bezatilgan).
Natijalar:
19-asr oxiri 20-asr boshlarida yevropacha uslubda qurilgan binolar (Toshkentdagi Polovtsev uyi — hozirgi O’zbekistan amaliy san’at muzeyi, Samarqanddagi Kalantarov uyi — hozirgi O’zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati muzeyi bo’limi va boshqalar) Devoriy rassomlik asarlari bilan bezatilgan. 20-asr o’rtalaridan Devoriy rassomlik yangi mazmun bilan boyidi, binolarni bezashda keng qo’llanila boshlandi.
Dastlabki yirik Devoriy rassomlik namunalari Ch. Ahmarovning Navoiy teatri foyelariga Navoiy dostonlari asosida ishlagan rasmlari bo’ldi. 1950— 60 yillarda Devoriy rassomlik beqiyos darajada o’sdi (A. Gan, V. Sosedov va ayniqsa, Ch. Ahmarov samarali mehnat qildilar), takomillashdi, ajoyib devoriy rasmlar yaratildi.
O’zbekistan Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, «Bahor» kontsert zali, «Alisher Navoiy» metro bekati, «Kinochilar uyi», Temuriylar tarixi davlat muzeyi va boshqa jamoat binolariga ishlangan Devoriy rassomlik namunalari badiiy jihatdan qimmatlidir. O’zbekistonda Devoriy rassomlikning keyingi taraqqiyotiga rassomlardan B. Jalolov, T. Soipov, T. Boltaboev va boshqalar, naqqoshlardan A. Ilhomov, K. Karimov va boshqalar munosib hissa qo’shmoqda.
Ilk feodalizm davridan bizgacha yetib kelgan tasviriy san’at asarlarining parchalari shu davrda rassomlik va haykaltaroshlik ijtimoiy hayotning ajralmas qismi bo'lganligini ko'rsatadi. Bu davrda tasviriy san’at diniy va dunyoviy binolaming bezatilishida keng ishlatilgan.
Muhokama:
Ilk oʻrta asr sanʼati oʻz taraqqiyotida soʻnggi qadimiy anʼanalarni yangi bosqichga koʻtardi. Ular o‘z mazmuni, mohiyati, kasbiy mahorati jihatidan jahon san’ati tarixida noyob yodgorliklarni yaratdilar. Aytish joizki, eftalitlar va Turk xoqonligi davrida bir qancha mahalliy maktablar shakllangan. Bu xususiyat monumental rangtasvirda yaqqol sezilib, bu davr yodgorliklarini keng tadqiq etish Bolaliktepa, Varaxsha, Panjikent, Afrosiyob va boshqa rasmlarning badiiy yechimida o‘z ifodasini topgan. Bu davr sanʼatini bir qancha maktab fanlariga boʻlish mumkin.
O'rta asr o'zbek me’morlik san’ati o'zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Yangi, chin ma’nodagi aristokratik me’morlik — hashamatli va go'zal binolar qurish san’at uslubi vujudga keldi, rivojlandi. Devoriy rassomchilik, amaliy dekorativ san’at sohasida qator yangi an’analar shakllandi. Jumladan, me’morlikda birinchi bor vujudga kelgan yirik va murakkab me’morlik majmualari shaharsozlikda muhim o'rinni egallay boshladi. An’anaviy me’morlik shakl va uslublari qayta qurib chiqildi. Ayniqsa, me’morlik yodgorliklarini rangli koshinlar bilan boyishi katta badiiy-estetik ahamiyat kasb etdi.
Xulosa:
Xulosa o'rnida shuni aytish joiki, devoriy rassomlik va monumental haykaltaroshlikning xususiyati, mazmuni ham shu me’morlik bilan bog'liq holda o'zgarib bordi. Endilikda antik mavzular kamayib suvoriylar jasoratini kuylovchi romantik kompozitsiya va muhim tarixiy voqea va hodisalar bilan bog'liq mavzular monumental san’atda keng o'rin egallay boshlagan.
Temur va temuriylar davrida tasviriy va amaliy bezak san’ati o'zining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi. Miniatyura va devoriy rassomlik san’atida nodir asarlar yaratildi. Haykaltaroshlik esa asosan bo'rtma tasvir tarzida mavjud bo'ldi.
Adabiyotlar ro'yxati:
-
1 . N.Normatov. «Ranglar yurtiga yo‘l». -T.: «Noshir» nashr, 2013.
-
2 . Xudayberganov R.A. «Tasviriy san’atda rang». - T.: TDSI bosmoxonasi, 2004.
-
3 . Xudayberganov R.A. «Rangshunoslik asoslari». - T.: G‘.G‘ulom. nashr. 2006.
-
4 . Xudayberganov R.A. «Kompozitsiya». - T.: TDSI bosmoxonasi. 2004.
-
5 . Xudayberganov R.A. «Kompozitsiya». - T.: «Sharq», 2007.
-
6 . Gul E. Vitraj: Rivojlanish muammolari. «San’at », 1999. 3-son.
"Экономика и социум" №6(97) 2022
Список литературы Tarixiy devoriy asarlar
- N.Normatov. "Ranglar yurtiga yo‘l". -T.: "Noshir" nashr, 2013.
- Xudayberganov R.A. "Tasviriy san'atda rang". - T.: TDSI bosmoxonasi, 2004.
- Xudayberganov R.A. "Rangshunoslik asoslari". - T.: G‘.G‘ulom. nashr. 2006.
- Xudayberganov R.A. "Kompozitsiya". - T.: TDSI bosmoxonasi. 2004.
- Xudayberganov R.A. "Kompozitsiya". - T.: "Sharq", 2007.
- Gul E. Vitraj: Rivojlanish muammolari. "San'at", 1999. 3-son.