The importance of the family environment for the psychological development of a kindergarten child

Автор: Jonibekova H.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 1-1 (80), 2021 года.

Бесплатный доступ

This article discusses the role of the family environment in the development of the personality of a child of kindergarten age and describes the cognitive processes, willpower and psychological characteristics and psychological characteristics of children of kindergarten age. The article is a useful resource for psychologists, educators, teachers, specialists of preschool education, students.

Kindergarten, family environment, personality, social environment, parents, mental development, attitudes, behavior

Короткий адрес: https://sciup.org/140258266

IDR: 140258266   |   УДК: 004.02:004.5:004.9

Текст научной статьи The importance of the family environment for the psychological development of a kindergarten child

Oila bolani o’rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo’g’inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri benihoya kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo’lib, u ko’pjihatdan kattalar qaramog’i va yordamiga muhtoj bo’ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo’ladiki, u xulq-atvorining regulyatori va psixik rivojlanishning stimulyatori bo’lib xizmat qiladi. Psixiatrlaming ta’kidlashicha, bolani haddan tashqari qattiqqo’llik bilan tarbiyalash unda nevrozlarni va psixosteniyani keltirib chiqaruvchi omillardan biridir. Albatta, har bir oiladagi munosabatlar o’ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq-atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko’ra o’rtadagi munosabatlar ko’pincha “demokratik” va “avtoritar” kabilarga ajratiladi. Bolalarga oilaviy ta’sir etishning “demokratik” shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko’p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko’p muloqot qilinadi, unga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’linadi, ota-onalar bo’lar-bo’lmas ta’qiqlar qo’ymasikka harakat qiladilar, buning o’rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni tushuntirishga intiladilar, iloji boricha bolalarning savollariga javob berishga, ularning qiziquvchanliklarini qondirishga harakat qiladilar.

Oiladagi “avtoritar” muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta’qiqlarning ko’pligi bilan xarakterlanadi. “Hukmron” ota-onalar boladan to’liq bo’ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan kam o’tkaziladi. Shu narsa aniqlanganki, “avtoritar” va “demokratik” oilalarda tarbiyalanuvchi bolalaming shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo’ladi. “Demokratik” oilalaming farzandlari ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konfornizmni inkor etuvchi, ijtimoiy munosabatlarida ko’proq emotsiyalarni his etuvchi bo’ladilar. Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo’lishicha oiladagi muhit iliq, ota-ona va bola o'rtasidagi munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo’lsa, bola o’z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, aksincha, nosog’lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega bo’ladilar. Shu narsa aniqlanganki, bola qanchalik ko’p erkalatilsa, shaxs sifatida shuncha sekin etiladi, u passivlik va apatiyaga moyil bo’ladi, ehtimol, keyinchalik uning xarakteri kuchsiz bo’lib shakllanadi. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo’lgan muloqot xarakteri, ularga mehr- muhabbat, diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo’lishi o’sib kelayotgan inson ahloqiy qiyofasining shakllanishida o’ta muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muhitning sog’lom bo’lishini taqozo qiladi. Bog’cha yoshidagi bolalarning oila a’zolariga bo’lgan munosabatlari o’g’il va qiz bolalarda farqlanadi. Masalan, o’g’il bolalar qizlarga nisbatan ko’proq o’z jinsidagi oila a’zolari — otasi, akasi, bobosiga o’zini yaqin tutadi. Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o’rni beqiyos ekan, oila a’zolari bolalaming psixik rivojlanishini ta’minlash uchun oilada sog’lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim, tarbiyachilaming eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi. Z.Nishanova, G.Alimova

  • 2.    Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum.

  • 3.    Davletshin M.G., To’ychieva S.M. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2002 y.

"Экономика и социум" №1(80) 2021

Список литературы The importance of the family environment for the psychological development of a kindergarten child

  • Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi. Z.Nishanova, G.Alimova
  • Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum.
  • Davletshin M.G., To'ychieva S.M. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2002 y.