Til o’rgatish metodikasida leksik birliklarning o’rni
Автор: Xasanboyeva O.I.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-1 (94), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada til o'rgatish metodikasida leksik birliklarning o'rni haqida ma'lumotlar berilgan.
Leksikologiya, tilshunoslik, so'zlar tahlili, leksik birliklar
Короткий адрес: https://sciup.org/140292707
IDR: 140292707
Текст научной статьи Til o’rgatish metodikasida leksik birliklarning o’rni
Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra dunyoda uch mingdan ortiq tillar mavjud ekan. Tillar hudud jihatdan dunyo tillari va hududiy tillarga bo’linadi. Hududiy tillar faqat ma’lum bir hududdagi odamlar so’zlashadigan tildir. Dunyo tillari esa dunyodagi ko’pgina xalqlar tomonidan so’zlashiladigan tildir.
Leksikologiya bo’limi so’z vauning ma’nolarini o’rganadigan tilshunoslikning yirik bir bo’limidir. Har bir tildagi leksik birliklar muayyan tildagi mentalitetni va shu bilan birgalikda urf-odat va an’analarni aniqlab keladi.Jahon tilshunosligi tarixida til hodisasiga xilma-xil va bir-biridan farqli yondashuvlar yuzaga kelganligini kuzatish mumkin. Tilshunoslik taraqqiyotining hozirgi bosqichida lingvistik birliklarni antroposentrik nuqtai nazardan o`rganish eng ustuvor yo`nalishlardan sanaladi. Buning sababi shundaki, nutqiy faoliyatning subyektlari bo`lgan so`zlovchi va tinglovch bo`lgan shaxs tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qoldi. So`zlovchi va tinglovchisiz nutqiy faoliyat haqida bahs yuritildi. Vaholanki, hech bir tilni “til egasi”dan ajratgan holda to`g`ri va to`liq o`rganish mumkin emas. Jahon tilshunosligida til tizimini shaxs bilan bog’liq tarzda o’rganish, asosan, lingvopragmatika, psixolingvistika, kognitiv tilshunoslik, sotsiolingvistika, lingvokulturologiyaga oid tadqiqotlarda namoyon bo’lgan. [3:104]
Jahonda eng ko’p tarqalgan tillardan biri bu, albatta, ingliz tili hisoblanadi.
Ushbu tilda dunyoning barcha mamlakatlarida gaplashiladi. Ingliz tili ham yuqorida qayd etilganidek, o’ziga xos shaxs bilan bog’liq psixologik xususiyatlarga ega. Ya’ni Ingliz tilida Ingliz xalqining o’ziga xos mentaliteti, urf-odatlari, dunyoqarashlari, orzu-o’ylari aks etgandir.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, Ingliz xalqi dunyodagi eng xushmuomala, shirinso’z , optimistik fikrlaydigan xalq ekan. Ingliz tilida xursandchilikni, mamnunlikni, xushmuomalalikni ifodalovchi so’zlar anchani tashkil qilar ekan. Ular quyidagilardan iboratdir:
Ok,
All right,
Ooh great,
Great job,
Fine, thank you,
Nice to meet you.
Good,
Excellent.
Bu so’zlarning hammasi o’zbek tiliga yaxshi, ajoyib, a’lo, zo’r deb tarjima qilinadi. Biroq o’zbek tilida bu kabi so’zlarning o’rniga ko’pincha “yaxshi” so’zi ishlatiladi. Masalan, quyidagi dialogga e’tibor qarataylik:
-
- Kechagi ishingni hali bitirmadingmi? - Alisher aka og’irlik bilan so’radi. - Allaqachon bitirib qo’yganman, javob berdi Karimbek.
-
- Yaxshi, rahmat, - javob berdi Alisher aka astagina.
Endi quyidagi dialogga e’tiboringizni qarating:
-
- Have not you finished that work yet? Mr Smith wondered.
-
- Why not, I have already finished it. The secretary answered.
-
- Ok, I am really glad!!! Great job!!! It’s very good of you!!!
E’tibor bering: Ingliz tilida hayratlanish, quvonch, biror narsadan sevinishni ifodalovchi so’zlar keng qo’llaniladi.
Bundan tashqari, ingliz tilida afsuslanish, kechirim so’rash so’zlari ham ma’noning kuchayib borish jihatidan farqlanadi.
-
- Excuse me, can I have a definition, please.
-
- I am so sorry for being late.
-
- Pardon, can you repeat your last sentence, please. I could not catch you.
Bu misollardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, Ingliz tilida boshqa tillardan farq qiladigan kechirim so’rash so’zlari mavjud ekan. Ya’ni, excuse – biror bir kishi e’tiborini tortish uchun, Sorry – biror bir kishidan qilgan aybi uchun kechirim so’rash ma’nosini bildirsa, pardon esa boshqalaridan eng xushmuomala formaligi bilan ajralib turadi.
Shunisi qiziqki, O’zbek xalqiga xos bo’lgan halollik, insoflilik kabi xususiyatlarning ham juda ko’p ekvivalentlari mavjud. Bu kabi tushunchalar quyidagi so’zlar bilan ifodalniladi: insof, vijdon, iymon, xolislik, beg’arazlik, mardlik, jo’mardlik, halollik va boshqalar. Bu so’zlarning boshqa tillarda deyarli tarjimasi yo’q. Yuqoridagi so’zlarga yaqin ma’nodagi so’zlarni topa olishimiz mumkin, lekin tarjima jihatidan to’la mos keladigan so’zlarni topib bo’lmaydi.
Masalan, ingliz tilidagi justice, honesty, fairness kabi so’zlar bularga misoldir.
Ummuman olganda, O’zbek xalqiga xos bo’lgan barcha xususiyatlar bizning mo’jazgina shu ona tilimizda aks etgan. Tarixdan ham ma’lumki, O’zbek xalqi qadim-qadimdan jahon svilizatsiyasiga juda katta hissa qo’shgan xalqdir. O’zbek xalqi mentalitetiga donolik, hozirjavoblik, topqirlik xislatlari mujassamlashgan. Bu xislatlar biznning tilimizda o’z ifodasini topgan. Bunda bizning maqollarimiz, ayniqsa, diqqatga sazovordir:
Ilm olish ninada quduq qazish bilan tengdir.
Yeridan ayrilgan yetti yil yig’lar,
Elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.
Ona yurting omon bo’lsa, rang-u ro’ying somon bo’lmas.
Xalqimizning donoligiga qoyil qolish kerakki, ilm olish bu dunyodagi eng mushkul va mashaqqatli va sharafli yumushdir. Agar siz shu quduqdan suv chiqara olsangiz, odamlarning “chanqog’i”ni qondirishingiz mumkin. Bu, albatta, eng sharafli va mashaqqatli ishdir.
Ingliz tilida o’zidan yosh jihatdan katta odamni, yoki rasmiy ma’noda kishilar familiyalari oldidan Mr, yoki Miss, Mrs degan so’zlar ishlatiladi. Bu so’zlar o’zbek tiliga “janob”, “xonim” deb tarjima qilinadi. Bu so’zlar ham ingliz tilining ichki psixolingvistik xususiyatini ko’rsatib beradi. Va bu ekvivalent juda chiroyli va ma’qul qilib tanlangan. O’zbek tilida esa bu so’z yuqori tabaqadagi kishilar va amaldorlar uchun ishlatilgan: Qozi domla muhtaram Teshaboy janoblarining iltifotlaridan mamnun bo’libdilar [2:104]. Vaholanki, hozirgi davrda bu so’z chet elliklar uchun qo’llaniladigan hurmat ma’nosidagi rasmiy so’zimizga aylangan: Tarjimon elchi janoblariga kulib qarab turar edi . [3:273]
Demak, har bitta tilni o’rganishda o’sha xalning psixologiyasini, mentalitetini chuqur anglab yetishimiz darkor ekan. Zero, har bir til shu xalqning ma’naviy ko’zgusidir. Biz aynan shu ko’zguda butun bir millatni ko’ra olamiz va u bilan dildan suhbat qila olamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. Toshkent:Fan, 2013.265b.
-
2. Mirzakalon Ismoiliy. Farg’ona tongi otguncha. Toshkent: Ma’naviyat, 2005.236b.
-
3. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (Moskva, «Русский язык» nashriyoti, 1981-yil, 2-jild)
-
4. Anisimova A.G. Tipologiya terminov angloyazыchnogo iskusstvovedeniya. M., 1994.
-
5. Akhmanova O.S Terminology: Theory and Method.
Moscow, 1974.
"Экономика и социум" №3(94) 2022
Список литературы Til o’rgatish metodikasida leksik birliklarning o’rni
- Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. Toshkent:Fan, 2013.-265b.
- Mirzakalon Ismoiliy. Farg'ona tongi otguncha. Toshkent: Ma'naviyat, 2005.-236b.
- "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (Moskva, "Русский язык" nashriyoti, 1981-yil, 2-jild).
- Anisimova A.G. Tipologiya terminov angloyazыchnogo iskusstvovedeniya. M., 1994.
- Akhmanova O.S Terminology: Theory and Method. Moscow, 1974.