Vatanparvarlik, insonparvarlik va o’z millatiga sadoqat, shaxs ma’naviyati muhim mezonlari

Автор: Axmatqulov U.

Журнал: Мировая наука @science-j

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 10 (67), 2022 года.

Бесплатный доступ

Vatanparvarlik Vatan so’zi bilan chambarchas bog’langan bo’lib, Vatan, ana shu vatanparvarlikni paydo qiladi. Vatan so’zi arabcha so’z bo’lib, “ona yurt” ma’nosini bildiradi. Bu tushunchani ikki-keng va tor ma’nolarda tushunish mumkin. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’noda tushunishdir. Agar, bir xalq vakillari doimiy holda yashagan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, uni keng ma’noda tushuniladi.

Vatan, vatanparvarlik, vatan tuyg’usi, adolat, harbiy ta’lim

Короткий адрес: https://sciup.org/140295776

IDR: 140295776

Текст научной статьи Vatanparvarlik, insonparvarlik va o’z millatiga sadoqat, shaxs ma’naviyati muhim mezonlari

Vatanparvar bo’lish bu – vatanni sevish, xalqiga munosib ish qilish, o’z vatanituprog’ini e’zozlash, qadriga yetish demakdir. Sababi, Vatan har bir shaxsning o’tmishi va buguni, kelajagidir.

VATANPARVARLIK — kishilarning ona yurtiga, oʻz oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. V. barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning oʻz vatanlari taqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuygʻular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning oʻtmishi va hoziri b-n faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon boʻladi.

O’z Vatani va millati oldidagi burchini anglab yetish har bir shaxsning oliy maqsadi bo’lishi zarur. Avvalo, shu shaxs o’z Vatanining bir bo’lagi ekanini his etishi, bu bilan faxrlanishi lozim. Vatanda kamol topganligini unutmasligi, o’z o’rnida aynan Vatan undan mehr va oqibat kutajagini esda saqlashi tabiiy holda bo’lishi kerak. Shunday qilingandagina shaxs baxt-saodatga erishishi mumkin.

Ha vatanparvarlik mustaqillik bilan chambarchas bog’langandir. Bular bir-birini to’ldirsagina shaxs ma’naviyati yetuk hisoblanadi. Ma’naviyat, xulqni yaxshilash va yuksak darajaga ko’tarish Vatan tuyg’usini mustahkamlash bilan hamohangdir. Zero, Vatan va xalq oldidagi vazifani anglash yuksak ma’naviyat belgisidir. Darhaqiqat, ma’naviyat va ma’rifatda kuch-qudrat mujassamlashgan. Ma’naviy jihatdan yetuk bo’lmagan shaxs o’z Vatanining nima ekanini anglab yetmaydi. Ushbu jihatni anglamagan shaxs, o’zini ham anglamaydi. Vatanparvarlik inson ma’naviyati bilan bog’langan. Sababi ma’naviyat ham o’z tarixiga ega. U tarixiy madaniyatimizga, merosimizga borib taqaladiki, birinchi navbatda mazkur jarayonni ham unutmasligimiz lozim. “Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Хotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’ztarixini bilmgan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”. Demak, vatanparvarlik ma’naviy xislatlar bilan bir butunning ikki qismidir.

Insonparvarlik tushunchasi ham keng qamrovli tushunchadir. Insonparvarlik– bu insonga bo’lgan mehr-oqibat, sadoqat, samimiyatdir. Insonparvarlik tushunchasida juda ko’plab tushunchalar o’z ifodasini topadi. Bu tushunchalarga misol qilib insoflilik, iymon-e’tiqod, ishonch, mehmondo’stlik, hurmat-izzat, odillik, adolatparvarlik, saxiylik, sabr-toqatlilik, o’zi va o’zgalarni tushunish, sadoqatlilik, mehnatsevarlik, sidqidillik kabilarni olish mumkin. Binobarin, bu tushunchalar insonparvarlikning shakllanishida muhim omillardandir.

Insonlar o’rtasida adolat va tinchlikni ta’minlash ham vatanparvarlik va insonparvarlikdir. O’z navbatida bu jarayonlar insonlarning ma’naviy va ma’rifiy axloqiy holatlariga ta’sir etadi. Shu bilan birga bu, yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim bir vositasidir. Insonparvarlik normalari va burchlarining buzilishi o’zaro tenglikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy tarbiyani izdan chiqaradi.

Insonparvarlik insoniyat tarixida hayot tajribasiga ega bo’lgan buyuk shaxslar, sarkardalar, allomalar tomonidan o’rtaga qo’yilgan va targ’ib qilingan. Ayniqsa, diniy kitoblarda insonparvarlikka katta e’tibor qaratilgan. Insonparvarlik g’oyalarini mukammal o’rtaga qo’ygan dinlardan biri Islom dinidir. “Qur’oni Karim” va hadislarda aytilgan ko’plab hikmatlar ushbu fikrimizni tasdiqlaydi. Insonparvarlik insonlarning o’zaro hurmatida, bir-birini qadrlashida, mehr-oqibatli bo’lishida, ko’maklashishida, hamdardligida, qayg’uga sherik bo’lishida ko’rinadi.

Insonparvar bo’lgan shaxs Vatan tuyg’usini o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi. U Vatandek ulug’ ne’mat yo’qligini boshqalardan ko’proq tushunib yetgan bo’ladi. Vatan tuprog’i lazzatdir. Shu sababli ham insonparvar bo’lgan shaxs o’z manfaatlaridan Vatan manfaatini ustun qo’yadi. Shu manfaat bilan yashaydi, ijod qiladi. U o’z ijodidan boshqalarni bahramand qiladi. U o’z ijodidan boshqalarni bahramand qiladi, o’zi esa qanoatli, ya’ni sabr toqatli bo’ladi.

Adabiyotlar :

  • 1.    B.Ziyomuhammadov. Pedagogika. O’quv qo’llanma. Тоshkent, 2006.

  • 2.    Ibrohimov A. va boshq. Vatan tuyg’usi. Т., 1998.

  • 3.    Umaralievich, K. U. SPIRITUAL EDUCATION OF STUDENTS OF PEDAGOGICAL UNIVERSITIES ON THE BASIS OF CULTURAL AND

  • 4.    Karimov, U. U. (2021). Scientific and Theoretical Foundations of the Formation of the Social Environment in the Family. Oriental Journal of Social Sciences , 37-40.

  • 5.    Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences , 2932.

  • 6.    Рафикова, Д.  К.,  & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ

  • 7.    Каримов, Ў., Каримова, Г., & Каримов, Ў. (2021). ИЛМ-ФАН ВА

  • 8.    Yuldashev, I. A. (2020). Pedagogical Bases Of Formation Of Social Activity In Pedagogical Sciences. Теория и практика современной науки , (5), 67-69.

  • 9.    Yuldashev, I., & Toshboltaeva, N. I. (2020). Analysis Of Personality Traits In Athlete Activities. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 72-74).

  • 10.    Юлдашев, И. А. (2020). СОТРУДНИЧЕСТВО МАХАЛЛИ И КЕНГАША СХОДА СЕЛЬСКИХ ГРАЖДАН, ШКОЛЫ, СЕМЬИ В ПРОЦЕССЕ ФОРМИРОВАНИЯ У ПОДРОСТКОВ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ. Редакційна колегія: АА Сбруєва–доктор педагогічних наук, професор (відповідальний редактор) , 139.

  • 11.    Axatov, S. A., & Akhmatkulov, U. M. (2021). Basics of preconscription military training subject. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal , 11 (8), 441-447.

  • 12.    Saidov, I. M., Axmatqulov, U. M., & Abdullayev, B. T. (2020). OMMAVIY VA INTERNET AXBOROT RESURSLARINING YOSHLARDA VATANGA SODIQLIK TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDAGI BOG’LIQLIKLAR. Academic research in educational sciences , (4), 199-203.

  • 13.    Собиров, О. Ф., & Ахмадкулов, У. М. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ ИНФОРМАЦИОННЫЕ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ. Мировая наука , (11), 306-308.

HUMANISTIC APPROACH.

ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ҚАДРИЯТЛАРНИНГ

АҲАМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ , 2 (1).

ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ АХБОРОТЛАШУВ. Central Asian Academic

Journal of Scientific Research, 1 (1), 103-110.

Список литературы Vatanparvarlik, insonparvarlik va o’z millatiga sadoqat, shaxs ma’naviyati muhim mezonlari

  • B.Ziyomuhammadov. Pedagogika. O’quv qo’llanma. Тоshkent, 2006.
  • Ibrohimov A. va boshq. Vatan tuyg’usi. Т., 1998.
  • Umaralievich, K. U. SPIRITUAL EDUCATION OF STUDENTS OF PEDAGOGICAL UNIVERSITIES ON THE BASIS OF CULTURAL AND HUMANISTIC APPROACH.
  • Karimov, U. U. (2021). Scientific and Theoretical Foundations of the Formation of the Social Environment in the Family. Oriental Journal of Social Sciences, 37-40.
  • Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences, 29-32.
  • Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ҚАДРИЯТЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ, 2(1).
  • Каримов, Ў., Каримова, Г., & Каримов, Ў. (2021). ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ АХБОРОТЛАШУВ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 103-110.
  • Yuldashev, I. A. (2020). Pedagogical Bases Of Formation Of Social Activity In Pedagogical Sciences. Теория и практика современной науки, (5), 67-69.
  • Yuldashev, I., & Toshboltaeva, N. I. (2020). Analysis Of Personality Traits In Athlete Activities. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 72-74).
  • Юлдашев, И. А. (2020). СОТРУДНИЧЕСТВО МАХАЛЛИ И КЕНГАША СХОДА СЕЛЬСКИХ ГРАЖДАН, ШКОЛЫ, СЕМЬИ В ПРОЦЕССЕ ФОРМИРОВАНИЯ У ПОДРОСТКОВ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ. Редакційна колегія: АА Сбруєва–доктор педагогічних наук, професор (відповідальний редактор), 139.
  • Axatov, S. A., & Akhmatkulov, U. M. (2021). Basics of pre-conscription military training subject. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(8), 441-447.
  • Saidov, I. M., Axmatqulov, U. M., & Abdullayev, B. T. (2020). OMMAVIY VA INTERNET AXBOROT RESURSLARINING YOSHLARDA VATANGA SODIQLIK TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDAGI BOG’LIQLIKLAR. Academic research in educational sciences, (4), 199-203.
  • Собиров, О. Ф., & Ахмадкулов, У. М. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ ИНФОРМАЦИОННЫЕ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ. Мировая наука, (11), 306-308.
Еще
Статья научная