Xalq og`zaki ijodi elementlarining ingliz tili darslarida qo`llanilishi

Автор: Mamarizayeva S.Y.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-1 (82), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada xalq o`g`zaki ijodi elementlarining ingliz tili darslarida qo`llanilishi va uning ahamiyati, muhimligi haqida so`z yuritiladi.

Maqol, ertak, topishmoq, til o'rgatish

Короткий адрес: https://sciup.org/140260351

IDR: 140260351

Текст научной статьи Xalq og`zaki ijodi elementlarining ingliz tili darslarida qo`llanilishi

Xalq qo`shiqlari matal va masallari, maqol va hikmatlari, ertak dostonlari asrlarning samarasi, xalq donoligining, so`z san`atining injulari sifatida vujudga kelgan. Chet tili darslarida ertaklar, maqollar va topishmoqlardan foydalanish tili o`rganilayotgan mamalakatning xalqi xayoti va madaniyati bilan ham bevosita tanishtirib boriladi desak mubolag`a bo`lmaydi.

Maqol xalqning ko`p asrlar mobaynida ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy va madaniy xayotida to`plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur mazmunga ega bo`lgan og`zaki ijod janrlaridan biridir. Maqol atamasi arabcha “qovlun”- gapirmoq, aytmoq so`zidan olingan bo`lib, aytilib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan qo`llaniladi.[1, 91 B]

Maqol o`z tabiatiga ko`ra xalqaro janr hisoblanadi. Dunyoda o`z maqollariga ega bo`lmagan xalqning o`zi yo`q. chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. Shuning uchun ham turli xalqlar og`zaki ijodida mazmun va shakl jihatidan bir biriga yaqin hamda hamohang maqollar ko`p uchraydi. Chunki har bir xalq hayoti va tarixida juda ko`p o`xshshliklar, umumiyliklar mavjud. Aynan shu umumiylikdan ingliz tili o`rgatish jarayonida foydalanish esa o`rganuvchining ona tili va o`rganilayotgan til o`ratsidagi to`siqni yengishda yordam beradi. Misol uchun:

A friend in need is a friend indeed-Do`st kulfatda bilinadi

There’s no place like home-O`z uying o`lan to`shaging

Til o`rgatish jarayonida xalq og`zaki ijodi namunalaridan foydalanish o`rganish jarayonini nafaqat rang-baranglashtiradi balki o`z oldimizga qo`ygan masalalar yechimiga ham xizmat qiladi. Ko`p maqollar ohangdosh va rifmikaga egadir. O`rganishning boshlang`ich bosqichida biz ulardan fonetik mashqlar sifatida, ma`lum bir tovush ustida ishlaganimizda foydalanishimiz mumkin. Misol uchun :

[e]-tovushi Best defense is offense-Eng yaxshi himoya bu hujum

[s]-tovushi Speech is silver but silence is good. Gapirish kumushga teng, sukut oltinga.

Maqollar va matallar umumlashgan xususiyatiga ko'ra, taqlid san'atini o'rgatishda chet tilini o'qitishning barcha bosqichlarida, fikrni tasvirlash va uni qisqa shaklda bayon qilishda foydalanish mumkin.

All that glitters is not gold-Hamma yaltiragan narsa ham oltin emas

A little knowledge is a dangerous thing-Oz bilim xavfli narsa.

Topishmoqlar xalq og`zaki ijodining kichik va ommabop hamda xalqaro janrlaridan biri hisoblanadi. Bu janr yosh avlodni hayotni bilishga, borliqdagi narsa buyumlarning xususiyatlairni yodda saqlab qolishga o`rgatadi. Qadimda topishmoqlar cho`pchak, topmachoq, matal, bayt, jumboq, topar kabi nomlar bilan yuritilgan. Bolalarga chet tilini o`rgatishda, o'qitishda topishmoqlar eng qiziqarli va ko'ngil ochar vositalardan biri hisoblanadi. Jumboqlarni yechish aqllilik, zukkolik va mantiqni rivojlantirish uchun ular yaxshi mashq bo'lishi mumkin.[2] O'qituvchilar ingliz tilidagi topishmoqlardan - ko'pincha yangi o`rganilgan so'zlarni mustahkamlashda, ingliz tilidagi polisemantik so'zlarga e'tiborni jalb qilishda, shuningdek ba'zi grammatik hodisalarni tasvirlash uchun foydalanadilar. Sinfda bolalar uchun ingliz tilidagi jumboqlardan foydalanishda, ularga yorqin rasmlar ilova qilinadi va ingliz tili darslarida topishmoqlar turli o'yinlar uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Masalan, ingliz tilidagi ranglar mavzusini tusuntirib berayotganda, mavzu oxirida siz bolalar bilan turli xil ranglarni eslatib, bir nechta jumboqlarni o'rgatishingiz mumkin: Misollar:

I am purple, yellow, red, and green

The King cannot reach me and neither can the Queen.

I show my colors after the rain

And only when the sun comes out again. (A rainbow)

Beqasamdan yo‘li bor, Osmon-falakda chiqar. (Kamalak)

Ingliz tilidagi otlarni (artikllar, ko'plik) o'rganishning murakkab jarayonlaridan biri bu sanaladigan va sanab bo'lmaydigan ot turkumidir. Bunday otlarning farqini tushuntirgandan so'ng, o'qituvchi odatda inglizcha otlarni hisoblash va hisoblash mumkin bo'lmagan misollarini so'raydi. Va bunday otlarga misol sifatida va o'rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun siz bir nechta jumboqlarni o'rgatishingiz mumkin.

Clean, but not water,

White, but not snow,

Sweet, but not ice-cream,

What is it? (Sugar)

Choyga solsam erib ketar,

Lazzatini berib ketar.M

(Shakar)

Chet tili darslarida maqol va topishmoqlardan foydalanish chet tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishni uyg`otadi, o'quvchilarning faolligi va dars samaradorligini oshirishning ajoyib usuli hisoblanadi, chunki ular o'yin va raqobat elementini tilni egallash jarayoniga kiritishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  • 1 .O`zbek xalq og`zaki poetik ijodi: K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov T.:O`qituvchi 1990.-304 B.

  • 2 .Ushinskiy K.D. Rodnoye slovo: Kniga dlya uchashixsya. –Sobr.soch.T.6.

  • 3 .Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi- T.:”Sharq” 2001 141-151 B.

  • 4 .Bolalar adabiyoti va folklore. Mamasoli Jumaboyev Toshkent 2006

  • 5.Jahongirov G` O`zbek bolalar folklori. – “O`qituvchi” 1985

"Экономика и социум" №3(82) 2021

Список литературы Xalq og`zaki ijodi elementlarining ingliz tili darslarida qo`llanilishi

  • O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi: K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov T.:O'qituvchi 1990.-304 B.
  • Ushinskiy K.D. Rodnoye slovo: Kniga dlya uchashixsya. -Sobr.soch.T.6.
  • Madayev O. Sobitova T. Xalq og'zaki poetik ijodi- T.:"Sharq" 2001 141-151 B.
  • Bolalar adabiyoti va folklore. Mamasoli Jumaboyev Toshkent 2006
  • Jahongirov G' O'zbek bolalar folklori. - "O'qituvchi" 1985
Статья научная