Xitoy tilida mikromatnning derivatsion tahlili
Автор: Mamatova D.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 1-1 (80), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada derivatsiya tushunchasi, uning paydo bo’lishi, derivatologiya sohasining bugungi kundagi ahamiyati, qisqacha tarixi,o’zbek tilshunosligida derivatologiyaning qo’llanilishi, xitoy tilida mikromatn sintaktik derivatsiyasi haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tiladi. Mazkur maqolamizda ,asosan, tilshunoslikning derivatologiya sohasidagi sintaktik derivatsiyani tahlil qilishga harakat qildik.
Derivatsiya, mikromatn, xitoy tilshunosligida derivatsiya
Короткий адрес: https://sciup.org/140260243
IDR: 140260243
Текст научной статьи Xitoy tilida mikromatnning derivatsion tahlili
Xitoy tilida mikromatn derivatsiyasiga oid ko’pgina ilmiy ishlar qilingan bo’lib, ular jumlasiga Aobo Wang va Min-Yen Kanlarning “ Mining Informal Language from Chinese Microtext: Joint Word Recognition and Segmentation” ilmiy maqolasida xitoy tilida mavjud bo’lgan mikromatnlar tahlili haqida ma’lumotlar berib o’tilgan. Xitoy tilida mikromatnlar “微文本” atamasi orqali ifodalanadi. Yuqorida keltirilgan maqolada esa “mikroblog”lar sifatida talqin qilingan. Zamonaviy tilshunoslikdan kelib chiqqan holda, tadqiqotchilarimiz mikrobloglar talqiniga internet tarmog’ida keng qo’llaniladigan izohlar, SMS, mikrobloglar, chatlar kiritiladi. Ko’pgina manbalar aynan mikromatn tahlili yuzasidan turli xil fikr-mulohazalar bildirib, boy ma’lumotlar berishgan, ammo ularga aniq ta’riflar qiyin jarayon hisoblanadi. Aynan bu atamaning tilshunoslikka kirib kelishi xitoy tilida abbreviatura, neologizm kabi bir qator yangi terminlar qatorida ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarganida, chunki xitoy tili iyeroglifik yozuvga asoslanganligi bois, ushbu terminlarning tilga to'g'ridan-to'g'ri kirib kelishi bir qator muammolar keltirib chiqaradi. Bunday muammolar asosan, norasmiy tarzda talqin qilinib, o’g’zaki uslubda ko’proq uchraydi. Rasmiy ravishda ushbu terminlar yangiliklarni yozib, o’qishda ko’proq qo’llaniladi. So’nggi vaqtlarda mazkur muammolar o’rganilmoqda. Norasmiy so’zlar va ularning qo’llanilishi so’ggi o’n yilliklarda ijtimoiy tarmoqlarda qo’llangach, jadallik bilan rivojlanib bordi. Ushbu xususiyatlar leksikografiya sohasi vakillari uchun so’zlarning leksik tuzilishida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Xitoy tilida norasmiy so’zlarning mikromatnlar tahlilida xitoy tilshunosligiga kirib kelishini uchta asosiy yo’nalishda ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Bular abbreviatura, neologizm va fonetik substansiyalardan iborat. Mazkur norasmiy so’zlar boshqa tillardan farqli ravishda ikkita muhim sababga ko'ra qiyinchilik keltirib chiqaradi: birinchidan, xitoy tilidagi so’zlarni bo’g’inlar va harflar tizimiga ajratib bo’lmaydi; ikkinchidan, xitoy tilidagi so’zlar maxsus harflar, sonlar, raqamlar bo’yicha tarkiblanadi. Ya’ni bu shuni anglatadiki, xitoy tilida har bir so’z yoki bog’in bir iyeroglif bilan ifodalanishi hamda uni tarkibiy qismlarga bo’la olinmasligi orfografiya sohasida ham xitoy iyerogliflari bilan bog’liq muammoli bo’lib, bunga pinyin tizimining hech qanday aloqasi yo’q.
Xitoy mikromatnlarini tahlil qilish jarayonida quyidagi gapni, mikromatn sifatida olib qaraydigan bo’lsak, ya’ni:
开发区没有出租车 , 人品值低啊。
Rivojlanish zonasida taksilar yo’q, xarakterimdek bahosi past.

Yuqorida keltirilgan misolda mikromatn tarkibi va u anglatadigan ma’no boshqa tillar xususan, o’zbek, rus tillari qo’llaniluvchi so’z tarkibidan tubdan farq qiladi.
Xitoy tilida 派生词 hosila so’zning bir turi bo’lib, qo’shma so’zlar uning tarkibiga kiradi. Ular asos va qo’shimchadan iborat bo’ladi. Xitoy tilida so’z derivatsiyaning ikki turini ko’rishimiz mumkin:
-
1. Asos+ qo’shimcha shaklidagi so’zlar: 椅子,花儿, 石头,学者。
-
2. Affiks+asos qo’shilmasidan hosil bo’lgan so’zlar: 老师, 老虎,阿 姨,初一。
Yuqorida keltirilgan misollardan ham ko’rishimiz mumkinki, 派生词 atamasi lingvistikada qo’llaniladigan derivatsiya atamasiga to’liq muqobil holda, hosila ma’nosida keladi.
" 衍生词 " atamasi aynan derivatsiya hodisasiga oid atamaga to’g’ri keladi.
Bunda bir mustaqil so’z oldidan yoki ushbu mustaqil so’zdan keyin ma’lum bir affiks yoki prefiksning qo’shilishi natijasidagi hosila tushuniladi. Bunda “mustaqil so’z” asos, unda qo’shimchalar qo’shilishidan hosil bo’lgan yangi ma’no anglatuvchi so’z “hosila”-derivat deb nomlanadi. Xitoy tilida derivatsiya hodisasini anglatuvchi “ 派生词 ” va “ 衍生词 ” atamalari quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
“ 衍生词 ” so’zga faqat qo’shimcha shakl beradi va so’zning ma’nosiga deyarlli ta’sir etmaydi; “ 派生词 ” hodisasida mustaqil so’zga qo’shimcha qo’shilishi bilan (affiks yoki suffikslar) so’zning ma’nosi ham o’zgarib ketadi. Bu jihatlar o’zbek tilidagi morfemik shakl yasovchilar va so’z yasovchi qo’shimchalarga to’g’ri kelishini anglatadi. Ularning farqlari quyida batafsil berib o’tilgan:
-
1. Ko’pgina 衍生词 lar asos so’zning hosilasi hisoblanadi.
-
2. Zamonaviy tilshunoslikda qo’llaniladigan neologizmlar, derivantlar va o’zlashma so’zlarning grammatikada keng ishlatilishi uchun chuqur izohlar kerak.
-
3. Shuningdek, tahlil jarayonlarida faqatgina so’zning o’zini emass, balki undan hosil bo’luvchi hosila ham keng tahlil qilinadi, bu jarayonda bir turkumga kiruvchi so’zlar 派生词 to’planib, ularning o’zgarishiga sababchi affikslar va hosil bo’lgan derivatsiya mahsuli o’rganiladi.
Xulosa qilishimiz mumkinki, xitoy tilida mikromatnlar derivatsiyasi muammosi o’zbek sinolog va tilshunoslari tomonidan hali o’rganilmagan yangi tadqiqot ishi hisoblanadi. Bu sohani o’rganish borasida ilmiy yangiliklar sifatida boshqa tillardan farqli ravishda xitoy tilida derivatsiya atamasini “ 派生词 ” va “ 衍
生词 ” ko’rinishlarini qisman bo’lsa-da, o’rganib chiqdik. Mikromatnlar xitoy tilida asosan, tilshunoslikning leksikologiya sohasi mahsuli ekanini, derivatsiyani esa, leksikologiya va morfemika nuqtai nazaridan tahlil qilib o’tdik. Sintaktik jihatdan mikromatnlarni derivatsion tahlil qiladigan bo’lsak, ular o’zbek tilidan tubdan faqrlanishini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Foydalanilgan internet saytlari:
-
1. 1 http://www.ictclas.org/index.html
-
2. https://context.reverso.net/translation/english-
- chinese/derivation#%E6%B4%BE%E7%94%9F
-
3. http://www.xhuqk.com/xhdxxbzskb/search
-
4. =%D1%DC%C9%FA%D0%C2%B4%CA&ie=gbk
"Экономика и социум" №1(80) 2021
Список литературы Xitoy tilida mikromatnning derivatsion tahlili
- http://www.ictclas.org/index.html
- https://context.reverso.net/translation/english-chinese/derivation#%E6%B4%BE%E7%94%9F
- http://www.xhuqk.com/xhdxxbzskb/search
- https://zhidao.baidu.com/question/524201918972729205.html?fr=iks&word=%D1%DC%C9%FA%D0%C2%B4%CA&ie=gbk