Yer kadastrida - yer turlarini klassifikasiyalash

Автор: Xusanova M.I., Isakov M.K., Omonov I.X.

Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 11 (101), 2023 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada yеr kadastrida - yеr turlarini klassifikasiyalash to‘g‘risida qisqacha yoritib berilgan.

Yеr kadastri, yеr egaligi, o‘rmonlar, daxtlar, uzumzorlar

Короткий адрес: https://sciup.org/140303661

IDR: 140303661

Текст научной статьи Yer kadastrida - yer turlarini klassifikasiyalash

Yer egaligi (yerdan foydalanish) yer kadastrining asosiy birligi sifatida o’z mazmuniga qarab turlichadir, hamda foydalanish tavsifi bo’yicha farklanuvchi turli tabiiy-tarixiy xususiyatlarga ega bo’lgan yer uchastkalarining yigindisidan iborat. Bular yer turlarini tashkil etadi. Yer egaligi (yerdan foydalanish) chegarasida yer kadastri yer turlari bo’yicha yuritiladi. Shu sababli yer turi yer kadastrining asosiy elementidir. Turlicha tabiiy xususiyatlarga ega bo’lgan, aniq bir ishlab chiqarish maqsadlarida sistemali tarzda foydalanadigan yer uchastkalariga yer turlari deb e’tirof etiladi.

Yer turlarini klassifikasiyalashda ayniqsa qishloq xo’jalik yer turlarini ajratish muximdir. Qishloq xo’jalik maxsulotlarini yetishtirishda to’g’ridan-to’g’ri foydalanadigan yer turlariga qishloq xo’jalik yer turlari deb e’tirof etiladi. Bularga xaydalma yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar, bo’z yerlar, pichanzorlar va yaylovlar kiradi.

Bulardan tashkari boshqa yer turlari bo’yicha xam aloxida hisob yuritib boriladi. Bular, o’rmonlar, botqoqliklar, maydonchalar bilan band yerlar, qumlar va qishloq xo’jaligi da foydalanilmaydigan yerlardir.

Xo’jalik ekinlarini ekish maqsadida sistemali tarzda foydalanadigan yer turi xaydalma yerdir. Bunga ekilgan ko’p yillik o`tlar va dam berish uchun qoldirilgan shudgor yerlar ham kiradi. Pichanzor va yaylovlarni yaxshilash maqsadida xaydalib, chorva uchun ekilgan utlar va daraxtlar orasiga ekilgan maydonlar ekin yerlariga kirmaydi.

Sun’iy ravishda yaratilgan mevali ko’p yillik daraxtzorlar, butazorlar yoki utsimon ko’p yillik usimliklar, maxsulot beradigan dorivor, texnik daraxtzorlar ko’p yillik daraxtzorlar deb yuritiladi. Ularga boglar, uzumzorlar, tutzorlar, mevali ko’chatzorlar kiradi. Meva xosili olish uchun ekilgan ko’p yillik daraxtzorlar boglarni tashkilsh etadi. Uzumzorlar-uzum olish maqsadida ekilgan tokzorlar; tutzorlar-ipak qurtini; boqish uchun ekiladigan tut plantasiyalari; mevali ko’chatzorlar-ko’p yillik madaniy mevali daraxt ko’chatlarini yetishtirish uchun foydalaniladigan yerlar.

O’rmon yer maydonlari - o’rmon daraxtlari bilan qoplangan, shuningdek o’rmonga kushilmagan yakka daraxtlar, jarliklar atrofiga ekilgan daraxtlar, kiyalik, balandlik, dare kirgoqlariga, suv xavzalari atroflarida, ekilgan o’rmon ko’chatzorlari kiradi. O’rmonzorlar uchun ko’chat yetishtirishga ajratilgan yer maydonlari o’rmon ko’chatxonasidir. O’rmon uchun ko’chatzorlar; urug’likdan olinadigan ko’chatzor, ko’chat ekish uchun yer bo’limlari, birlamchi (boshlangich) ko’chat ekish yerlari, ko’kargan qalamchalar va qalamcha qilib ekiladigan ko’chatzor bulimlariga bulinadi.

Ixota daraxtzorlari almashlab ekish maydonlarini shamoldan tusish sugoriladigan va kuritish inshootlari ta’sirida tuproq eroziyasidan saqlash, qurg’oqchilikdan va boshqa tabiiy noqulayliklardan asrash maqsadida ekiladigan o’rmon mintakalaridir.

Botqoqlik - yer osti suvlarining kutarilishi hamda yog`ingarchilik natijasida tuproqning ustki qatlami sernam bo’lib ketgan yerlardir. Jarliklar -yer qatlamining eroziya ta’sirida yemon joylashganligi yeki tuproq kuyi katlamlarining genetik xolati va qiya kesikligi 1 metrdan ko’p bo’lgan yerlardir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Список литературы Yer kadastrida - yer turlarini klassifikasiyalash

  • E.Yu.Safarov., X.A.Abduraximov., R.K.Oymatov "Gyeoinformatsion kartografiya" Toshkyent Univyersityet 2012 yil, 179 byet.
  • L.X.Gulyamova, E.Yu.Safarov, I.O'.Abdullayev "Gyeoaxborot tizimlari" Toshkyent, Univyersityet 2013 yil, 130 byet.
  • V.D.Bolshakova, G.P.Levchuka "Spravochnik geodezista" Kniga 2 Moskva, "Nedra" 1985 god, 438 str.
  • T.Mirzaliev Kartografiya. - T.: Universitet, 2006. - 200 b.
  • T.Mirzaliev ProblemM kompleksnogo i tematicheskogo kartografirovaniya Uzbekistana. - T.: Fan, 1987. - 140 s.
  • T.Mirzaliev, J.S.Qoraboev, Kartalarni loyihalash va tuzish. - T.:Talqin, 2007. -144 b.
  • T.Mirzaliev, E.Yu.Safarov, A.Egamberdiev, J.Qoraboev Kartashunoslik. - T.: Universitet, 2012. - 198 b.
  • D.K.Mozgovoy, O.V.Kraves Ispolzovanie mnogospektralntix snimkov dlya klassifikatsii posevov selxozkultur // Ekologiya i noosfera. - 2009. - № 1-2. - S. 54-58.
  • Yadgor Ruzmetov and Dilmira Valieva, "Specialized railway carriage for grain", E3S Web of Conferences 264, 05059 (2021). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405059
  • T. O. Rakhimov*, E. E. Rakhmanova and S. M. Erkinov, "Dynamic correction in manipulator control systems based on intelligent linear motion mechatronic module" E3S Web of Conferences 401, 04007 (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340104007
  • Dilmira Valieva*, Salokhiddin Yunusov and Nodirjon Tursunov, "Study of the operational properties of the bolster of a freight car bogie" E3S Web of Conferences 401, 05017 (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340105017
Еще
Статья научная