Yuk аvtomobili hаrаkаtidаn hosil boʻlgаn vibrаtsiyalаrni gruntlаrdа tаrqаlish dаrаjаsini tаdqiq qilish
Автор: Abdujabarov Alisher Abdulxay o'g'li, Hakimov Sodiqjon Rasuljon o'g'li
Журнал: tecHика.
Статья в выпуске: 1 (10), 2023 года.
Бесплатный доступ
Maqolada yuk avtomobi harakat tezliklarini o’zgartirilgan holda yuzaga keladigan tebranish toʼlqinlarining darajasini gruntda tarqalishi oʼrganilgan. Yuk avtomobilidan hosil boʼladigan yuklarni dinamik kuch koʼrinishida berilgan. Masala chekli elementlar usuli bilan yechilgan. Аvtomobil yoʼlidan 10 m, 15 m hamda 20 m masofadagi tugunlardagi koʼchishlari va tezlanishlari tekshirilgan.
Transport, chekli elementlar usuli, grunt, elastiklik nazariyasi, elastik toʼlqinlar, tebranish, chegaraviy shartlar, tezlanish, cheksiz, tekislik, koʼchish
Короткий адрес: https://sciup.org/14127524
IDR: 14127524
Текст научной статьи Yuk аvtomobili hаrаkаtidаn hosil boʻlgаn vibrаtsiyalаrni gruntlаrdа tаrqаlish dаrаjаsini tаdqiq qilish
Zamonaviy shaharlarning rivojlanishi avtomobil, tramvay, temir yo'l, turli chuqurlikdagi metro tizimlari (ham yo'lovchi, ham yuk tashishni ta'minlash uchun mo'ljallangan) transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Transport turlarining kuchi va kombinatsiyasi ko'p jihatdan shaharlarning geografiyasi va topografiyasi, aholi soni, ularning rivojlanish tarixi, mintaqa va mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tendentsiyalari bilan belgilanadi.
Har qanday transport turi tuproq muhiti orqali avtomagistrallari yaqinida yashovchi aholiga hamda ularning yashash inshootlariga uzatiladigan transport tebranishini keltirib chiqaradi. Tebranishlar manbai bo'lib, bu binolarning texnik holatiga ham, ularda bo'lgan odamlarning sanitariya-gigiyenik holatiga ham ta'sir qiladi. Magistral yoʼllar yaqinidagi yerlarda transport vositalarining harakatidan hosil boʼladigan tebranishlar taʼsirida gruntlarda choʼkishlar, sturukturasida oʼzgarishlar paydo boʼlishiga olib keladi.
Transport inshootlari atrofida trasport vositalari harakatidan hosil boʼladigan shovqin va tebranishlarning taʼsir darajasi sanitar meʼyorlardan bir necha barobar ortib ketganligi sababli uni bartaraf etish kerakligi toʼgʼrisida koʼplab shikoyatlar kelib tushmoqda. Аholi oʼrtasida oʼtkazilgan eksperimental soʼrovnomalar natijasida bu turdagi muammo oʼz tasdigʼini topmoqda, yaʼni bu mavzu dolzarbligini saqlab kelmoqda [7].
Manbadan insonlar yashaydigan binoga yoki inshootga tebranishlarni uzatuvchi vosita grunt boʼlganligi sababli, tebranishlarning grunt orqali uzatilishiga taʼsir qiladigan xususiyatlarni aniqlash zarur. Gruntlarning dinamik xususiyatlari quyidagilardir [3, 4]:
-
1. Past zichlikdagi (elastik chegaradan oshmaydigan ) dinamik yuklar ostida elastik va yutuvchi xususiyatlarning parametrlari - elastiklik moduli, Puasson koeffitsienti, tarqalish tezligi va elastik toʼlqinlarning yutilish koeffitsienti;
-
2. Tebranish paytida qirqishga qarshilikning pasayishi gruntlarning mustahkamlik xususiyatlariga tasir qiluvchi asosiy omil hisoblangan.
Ershova va Se-Din [6] tadqiqotlarida tebranish paytida qumli gruntlarning siljish qarshiligining bosqichma-bosqich pasayishi kuzatilgan. Ular statik va dinamik yuklar ostida siljish qarshiligini tebranish tezlanishidagi qirqish qarshiligiga bogʼliqligi aniqlashgan.
Masalani yechishda eni 40 m, uzunligi 60 m va chuqurligi 20 m boʼlgan model tanlab olingan. Masalada yer osti suvlarining taʼsiri ham hisobga olinadi, yaʼni 13 m dan keyin yer osti suvlari bor deb olingan va uning xususiyatlari eʼtiborga olingan. Yoʼlda ogʼirligi yuki bilan birga 40 t boʼlgan samosval MAN-TGS 40.400 6x4 BB-WW transport harakati oʼrganilgan (1-rasm).
Аvtomobil gʼildiraklari orqali dinamik yuklar asfaltga taʼsir qiladi deb qaraladi. Materialning fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda gruntda olingan tugunlarning koʼchishlari va tezliklarini aniqlaymiz. Ushbu masalada cheksiz tekislikni chekli soha bilan almashtiramiz [1]. Bunda chegaralarda toʼlqinlarning cheksizlikka intilishini taʼminlovchi quyidagi shartlar qoʼyilgan АS va SD da [2].
-
a = apV v
^ т = PpVSn
Bu yerda σ va τ – normal va urinma kuchlanishlar; va – chegaraviy nuqtalar tezliklarini oʼqlardagi proektsiyalari; va – P va S toʼlqinlarning tezliklari; α va β – oʼlchamsiz parametrlar; ρ – materialning zichligi [2].
Masalani yechish uchun chekli elementlar usulidan foydalanamiz.
Masalani yechish sohasining chekli dinamik modeli.

a) b)
-
1 a, b-rasmlar. Masalani modellashtirilgan holati va uni chekli elementlarga ajratilgan modeli.
Bu masalada grunt va materiallar xususiyatlarini 1 hamda 2 jadvallardagi koʼrinishda olingan.
Gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari
1-jadval
Grunt turi Grunt xusuxiyatlari |
Loyli-qum gruntlar (sgulinka) [och jigarrang rangdagi namligi past, o’rtach- qattiqlik plastik konsistensiyaga ega gruntlar] |
Qumli-loy gruntlar (supes) [och jigarrang qumloq, o’rtacha namlikka ega, qattiq-plastik gruntlar] |
Loyli grunt (glina) [och jigarrang rangli, lyossimon, yirik g’ovakli, o’rtacha-qattiq, nam va namligi past gruntlar.] |
Shag’al-gruntlar [10% dan 20% gacha bo’lgan toshlar, qumli va shag’al aralashmali, o’rtacha zichlikdagi toshlar] |
№ |
1 |
2 |
3 |
4 |
Qo’llanilgan model turi |
Mohr-Coulomb |
Mohr-Coulomb |
Mohr-Coulomb |
Mohr-Coulomb |
Quruq holatdagi zichlik -γ unsat [kN/m ] |
14,9 |
14,7 |
16,9 |
19,5 |
Suvga to’yingan holdagi zichlik - γ sat [kN/m3] |
17,5 |
17,0 |
18,2 |
20,5 |
Deformatsiya moduli - E d [kN/m2] -tabiiy namlikda -suvga to’yinganda |
8,0 4,7 |
9,0 4,78 |
7,5 4,5 |
55 50 |
Ichki ishqalanish burchagi– φ [º] |
25 |
27 |
25 |
38 |
Kengayish burchagi– ѱ [º] |
4 |
1 |
2 |
14 |
Yopishqoqlig i - c ref [kN/m2] |
14,0 |
8,3 |
12 |
- |
Elastiklik moduli - E [kN/m2] |
55 |
50 |
200 |
100 |
Puasson koefitsiyenti - ν |
0,3 |
0,35 |
0,3 |
0,25 |
Materiallarning fizik-mexanik xususiyatlari
2-jadval
№ |
Materiallar nomi |
Qo’llanilgan model turi |
Zichligi - ρ (kN/m3) |
Elastiklik moduli - E (kN/m2•103) |
Puasson loefitsiyenti - ν |
Ichki ishqalanish burchagi– φ |
1 |
Asphalt |
Chiziqli-elastik |
20 |
600 |
0,35 |
- |
2 |
Aspfalt osti to’shamasi |
Mohr-Coulomb |
18 |
50 |
18 |
36 |
Quyidagi 2, 3 hamda 4 - rasmlarda yoʼldan 10 m, 15 m hamda 20 m uzoqlikdagi tugunlarda hosil boʼlgan tebranish tezlanishlari grafigi koʼrsatilgan.

2-rasm. Yo’l chetidan 10 m uzoqlikda joylashgan nuqtaning SOMASVAL MAN TGS
40.400 6X4 BB-WW yuk avtomobilining 30 m/s hamda 20 m/s tezlik bilan harakatlanganidan hosil bo’lgan tebranish tezlanishi grafigi.

3-rasm. Yo’l chetidan 15 m uzoqlikda joylashgan nuqtaning SOMASVAL MAN TGS 40.400 6X4 BB-WW yuk avtomobilining 30 m/s hamda 20 m/s tezlik bilan harakatlanganidan hosil bo’lgan tebranish tezlanishi grafigi.

4-rasm. Yo’l chetidan 20 m uzoqlikda joylashgan nuqtaning SOMASVAL MAN TGS 40.400 6X4 BB-WW yuk avtomobilining 30 m/s hamda 20 m/s tezlik bilan harakatlanganidan hosil bo’lgan tebranish tezlanishi grafigi.
5, 6 hamda 7 - rasmlarda yoʼldan 10 m, 15 m hamda 20 m uzoqlikdagi tugunlarda hosil

5-rasm. Yo’l chetidan 10 m uzoqlikda joylashgan nuqtaning SOMASVAL MAN TGS 40.400 6X4 BB-WW yuk avtomobilining 30 m/s hamda 20 m/s tezlik bilan harakatlanganidan Z o’qi bo’yicha hosil bo’lgan ko’chish grafigi.

6-rasm. Yo’l chetidan 15 m uzoqlikda joylashgan nuqtaning SOMASVAL MAN TGS 40.400 6X4 BB-WW yuk avtomobilining 30 m/s hamda 20 m/s tezlik bilan harakatlanganidan Z o’qi bo’yicha hosil bo’lgan ko’chish grafigi.

7-rasm. Yo’l chetidan 20 m uzoqlikda joylashgan nuqtaning SOMASVAL MAN TGS 40.400 6X4 BB-WW yuk avtomobilining 30 m/s hamda 20 m/s tezlik bilan harakatlanganidan Z o’qi bo’yicha hosil bo’lgan ko’chish grafigi.
3-jadval
Insonlarga ta’sir qiluvchi to’lqinlarni tezliklari va tezlanishlari
To’lqinlarning odamlarga ta’sir qilish xususiyatlari |
Chastota 1 1 10 Hz gacha bo’gan to’lqinlarning uchun |
Chastota 1 0 -4-100 Hz gacha bo’gan to’lqinlarning uchun |
||
To’lqinlarning tezlanishining yuqori nuqtasi |
To’lqinlarning tezlanishining yuqori nuqtasi |
|||
Eng kata tezlanish a max , mm/s2 |
O’rtacha kvadratik tezlanish a o’rt , mm/s2 |
Eng kata tezligi v max , mm/s |
O’rtacha kvadratik tezligi v o’rt , mm/s |
Ta’sir ko’rsatmaydi |
10 |
7,1 |
0,16 |
0,113 |
Ta’sir ko’rsatadi |
40 |
28,3 |
0,64 |
0,452 |
Salbiy ta’sir ko’rsatadi |
125 |
88,4 |
2 |
1,41 |
O’ta salbiy ta’sir ko’rsatadi |
400 |
283 |
6,4 |
4,52 |
Uzoq davomiylikdagi zararlari |
1000 |
707 |
16 |
11,3 |
O’ta zararli |
1000 katta |
707 katta |
16 katta |
11,3 katta |
Xulosa. 2 – rasmda, yuk avtomobili 30 m/s tezlik bilan harakatlanganda yoʼl chetidan 10 m masofadagi tugunda hosil bo’ladigan eng kata tezlanish a max =340 mm/s2 ga, 20 m/s tezlik bo’lsa 300 mm/s2 teng ekanligi aniqlandi. Bunday to’lqinlar o’z navbatida insonlarga o’ta salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi ko’rib chiqildi.
-
3 – rasmda, 15 m masofadagi tugunda 30 m/s tezlik bilan harakatlangandagi to’lqin tezlaninishining eng katta qiymati a max =330 mm/s2 ga, 20 m/s tezlik bilan harakatlansa a max =298 mm/s2 ga tengligi ko’rildi. Bunday to’lqinlar ham insonlarga o’ta salbiy ta’sir ko’rsatishi aniqlandi.
-
4 – rasmda, 20 m masofadagi tugunda 30 m/s tezlik bilan harakatlanishi natijasida esa to’lqin tezlanishining eng kata qiymati a max =130 mm/s2 ga, 20 m/s tezlik bilan harakatlansa a max =120 mm/s2 ga tengligi va bunday to’lqinlar insonlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi ko’rib chiqildi.
-
5 – rasmlarda yo’l chetidan 10 m uzoqlikdagi tugunda 30 m/s tezlikdagi ko’chishning qiymati u max =-0.01927 m, tezlik 20 m/s bo’lsa u max =-0.0193 m ga hamda 6 – rasmlarda yo’l chetidan 15 m uzoqlikdagi tugunda 30 m/s tezlikdagi ko’chishning qiymati u max =-0,00980 m, tezlik 20 m/s bo’lsa u max =-0,009909 m ni, 7-rasmda yo’l chetidan 20 m uzoqlikdagi tugunda 30 m/s tezlikdagi ko’chishning qiymati u max =-0,005551 m, tezlik 20 m/s bo’lsa u max =-0,00555 m ga teng ekanligini aniqlandi.
Gruntlarda tebranishlarning tarqalishi ularning xususiyatlariga (Elastiklik moduli, puasson koeffitsienti, zichligi v.b) bogʼliqligi aniqlandi. Ushbu masaladan shuni aytish mumkinki koʼp qatnovli avtomobil yoʼllaridan hosil boʼladigan tebranishlar va ular keltirib chiqaradigan zararlarni oʼrganish va oldini olish zarurligi hamda asosiysi insonlarga tebranish to’lqinlarining salbiy ta’sir ko’rsatish darajasini kamaytirish choralarini ko’rish kerakligi taklif etiladi.
ADABIYOTLAR:
Список литературы Yuk аvtomobili hаrаkаtidаn hosil boʻlgаn vibrаtsiyalаrni gruntlаrdа tаrqаlish dаrаjаsini tаdqiq qilish
- Ilichev V.А., Yuldashev Sh.S., Saidov S.M. Issledovanie rasprostraneniya vibratsii pri proxojdenii poezdov v zavisimosti ot raspolojeniya jeleznodorojnogo polotna // Osnovaniya, fundamentы i mexanika gruntov. M.,1999. № 2.
- Lysmer J., Kyhlemeyer L. Finite Dynamic Model for Infinite Media // Jour Engineering Mechanics Division.ASCE. 1969. Vol. 95.NoEM4.August.P. 859 – 887.
- Sыtovich, N. А. Mexanika gruntov [Tekst] / N. А., Sыtovich. – M.: Vыssh.shk., 1983. – 288 s.
- Ter-Martirosyan, Z. G. Mexanika gruntov [Tekst] / Z. G. Ter-Martirosyan. – M.: Izdatelьstvo АSV, 2005. – 488 s.
- Pokrovskiy, G. I. Issledovaniya po fizike gruntov: elementы fiziki dispersnыx system primenitelьno k gruntam i pochvam [Tekst] / G. I. Pokrovskiy. – Moskva ; Leningrad: Glavnaya redaktsiya stroitelьnoy literaturы, 1937. - 136 s.
- Pokrovskiy, G. I. Issledovaniya po fizike gruntov: elementы fiziki dispersnыx system primenitelьno k gruntam i pochvam [Tekst] / G. I. Pokrovskiy. – Moskva ; Leningrad: Glavnaya redaktsiya stroitelьnoy literaturы, 1937. - 136 s.
- Thompson D.J., Jiang J., Toward M.G.R., Hussein M.F.M., Dijckmans A., Coulier P., Degrande G., Lombaert G. Mitigation of railway induced vibration by using subgrade stiffening. Soil Dynamics and Earthquake Engineering, 2015; 79: 89-103.
- Daminov, J. A., Tillaboev, Y. K., Agzamov, K. S., Isaboyev, S. H. M., & Abdujabborov, A. A. (2021). The mechanism of experimental determination of the angular velocity of the working shaft of the wind unit. Design Engineering, 9, 11814-11821.
- Abdujobborov A., Tillaboev Y. INTEGRAL TUSHUNCHASI, KELIB CHIQISH TARIXI VA AYRIM QARSHI MISOLLAR //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. A5. – С. 289-298.
- Абдужобборов А. Maqola Ortogonal funksiyalar va qo'pxadlar mavzusini o'qitishga doir metodik tavsiyalar: Ortogonal funksiyalar va qo'pxadlar mavzusini o'qitishga doir metodik tavsiyalar //Центр научных публикаций (buxdu. Uz). – 2022. – Т. 12. – №. 12.
- Abdujobborov A., Tillaboev Y. ON THE CONCEPT OF INTEGRAL, HISTORY OF ORIGIN AND SOME COUNTER-EXAMPLES //Science and Innovation. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 289-298.
- Yuvmitov A., Hakimov S. R. Influence of seismic isolation on the stress-strain state of buildings //Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent. – 2021. – Т. 11. – №. 1. – С. 71-79.
- Ювмитов А. С., Хакимов С. Р. Исследование влияния сейсмоизоляции на динамические характеристики ЗДАНИЯ //Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent. – 2020. – Т. 10. – №. 2. – С. 14.
- Khamidov A., Khakimov S. MOISTURE LOSS FROM FRESHLY LAID CONCRETE DEPENDING ON THE TEMPERATURE AND HUMIDITY OF THE ENVIRONMENT//Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. A4. – С. 274-279.
- Khamidov A. I., Khakimov S. Study of the Properties of Concrete Based on Non-Fired Alkaline Binders //European Journal of Geography, Regional Planning and Development. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 33-39.
- Kholmirzayev S. et al. RESEARCH OF THE PHYSICAL AND MECHANICAL PROPERTIES OF MODIFIED SEROBETON //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. A8. – С. 1009-1013.
- Хакимов С., Шаропов Б., Абдуназаров А. Бино ва иншоотларнинг сейсмик мустаҳкамлиги бўйича хорижий давлатлар (россия, япония, хитой, ақш) меъёрий хужжатлари таҳлили //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – С. 806-809.
- Yuldashev S., Xakimov S. ТЕМИР ЙЎЛ ТРАНСПОРТИДАН КЕЛИБ ЧИҚАДИГАН ТЕБРАНИШЛАР ҲАҚИДА //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. A5. – С. 376-379.
- Xakimov S., Dadaxanov F. STATE OF HEAT CONDUCTIVITY OF WALLS OF RESIDENTIAL BUILDINGS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. C7. – С. 223-226.
- Хакимов С. АКТИВ ВА ПАССИВ СЕЙСМИК УСУЛЛАРИ ҲАМДА УЛАРНИНГ АСОСИЙ ВАЗИФАЛАРИ //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 2. – С. 30-36.
- Шаропов Б. Х., Хакимов С. Р., Рахимова С. Оптимизация режимов гелиотеплохимической обработки золоцементных композиций //Матрица научного познания. – 2021. – №. 12-1. – С. 115-123.