Yurak yetishmovchiligi va qandli diabet: xavfli aloqalar

Автор: Yusupova Shaxnoza Qodirjonovna, Rashidova Dilfuza Abdumajid qizi

Журнал: Re-health journal.

Статья в выпуске: 1 (25), 2025 года.

Бесплатный доступ

So‘nggi ma’lumotlar qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda yurak yetishmovchiligi, diabetga chalinmaganlarga qaraganda ko‘proq uchrashini ko‘rsatdi.. Ko‘plab mexanizmlar diabetda yurak faoliyatini yomonlashtiradi, hatto koronar arter kasalligi bo‘lmasa ham yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Ushbu maqola diabetdagi yurak yetishmovchiligining tarqalishi, prognozi, mexanizmlari va davolash yondashuvlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni yoritib beradi.

Surunlaki yurak yetishmovchiligi, uglevod almashinuvining buzilishi, qandli diabet

Короткий адрес: https://sciup.org/14131680

IDR: 14131680

Текст научной статьи Yurak yetishmovchiligi va qandli diabet: xavfli aloqalar

Taxlilllarga ko‘ra 2021-yilda dunyo aholisining 10,5% (536,6 mln) qandli diabet bilan hastalangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2045-yilga kelib 12,2% (783,2 mln) ga yetishi bashorat qilinadi [1]. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadi-ki qandli diabet bilan hastalanish yurak yetishmovchigi havfini ikki baravarga oshiradi [2]. Masalan Korea O‘tkir Yurak Yetishmovchiligi resteridagi (KorAHF) bemorlarning 40%ida yurak yetishmovchiligi bilan bir qatorda qandli diabet ham borligi aniqlangan [3]. Ushbu yo‘nalishdagi yana bir katta tadqiqot 1990-2000 yillarda Daniyada o‘tkazilgan DIAMOND (Danish Investigations of Arrhythmia and Mortality on Dofetilide) tadqiqotidir. Sinovlar 5491 nafar Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan hastalangan bemorlarni qamrab olgan bo‘lib, ularning 16% ida Qandli Diabet ham mavjud bo‘lgan. Kuztishlarning 1-yilida ham Surunkali yurak yetishmovchiligi ham Qandli Diabet bo‘lgan bemorlarning 31% vafot etgab bo‘lsa, 3-yiliga kelib 50% bu hayotdan ko‘z yumgan [20].

Material va metodlar. Surunkali yurak yetishmovchiligi va qandli diabet o‘rtasidagi patofizilogik bog‘liqliklar, davolash metodlari to‘g‘risidagi ma’limotlar mahalliy va xorijiy manbaalar asosida umumlashtirildi.

Olingan natijalar va ularning muhokamasi. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak yetishmovchiligi nafaqat asosiy koronar arteriya kasalligi, balki glukoza alamshinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan ko‘plab patofiziologik jarayonlar natijasida ham rivojlanadi [4]. Yurak muskullarida glukoza alamshinuvining buzilishi, ushbu hujayralarda yog‘ kislotalari asosiy energiya manbayiga aylantiradi. Bu esa o‘z navbatida yurakning qon otib berish faoliyatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, gulikoza alamshinuvining buzilishi yurakninng strukturaviy kasalliklari yoki koronar arteiya kasalligi bo‘lmagan taqdirda ham yurakning sistolik va diastolik funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin [5;6].

So‘ngi tadqiqotlar qandli diabet oqibatida yurak yetishmovchiligi kelib chiqishida giperinsulinemiya ham muhum omil ekanligini ko‘rsatdi [7]. Bunga asos sifatida gipertenziya yoki koronar arteriya kasalligi rivojlanmagan bo‘lsa 1 toifa qandli diabet bilan hasatalangan bemorlarda yurak yetishmovchilik rivojlanish havfining past ekanligini keltirish mumkin [8]. Giperinsulinemiya Akt (protein kinaza B) va mTORC1 (mammalian target of rapamycin complex 1) yo‘llarini faollashtiradi. Ushbu yo‘llar organizmda oziqlanishning yetarli yoki ortiqcha ekanligini xabar qiladi. Natijada energiya sarfini kamaytiruvchi va oziq moddalarni zahiralovchi tizimlar ishga tushib, autofagiya ya’ni hujayra o‘zini-o‘zi tiklash va zarali moddalardan tozalash jarayoni bostiriladi. Boshqa tomondan esa oziqlanishning yetishmovchiligi signallari bostiriladi. Bu jarayon Sirtuin-1 (-oziqlanish yetishmovchiligi davrida hujayrani moslashishga undaydigan jumladan autofagiyani faollashtiradigan ferment) fermentini ingibirlash orqali amalga oshadi . Shunday qilib giperinsulinemiya fonida autofagiya bostiriladi va hujayrada shikastlangan komponentlar yig‘ilib boradi. Bu esa oksidlovchi stresslarning nazoratsiz faollashishiga ya’ni kislorod radikallari haddan tashqari ko‘payib, hujayra strukturasiga zarar yetishiga sabab bo‘ladi. Ushbu patalogik jarayonlar tanadagi barcha to‘qimlar qatori kardiomiotsitlar faoliyatining ham izdan chiqishiga olib keladi [9].

Giperinsulinemiyaning kardiomiotsitlar va buyraklarning proksimal kanalchalarida natriy-vadarod ionlar alamshinuvining buzilishiga sabab bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda giperinsulinemiya buyrak kanalchalarida natriy va suvning ushlab qolinishini oshirish orqali yurakka yuklamani ortishiga sabab bo‘lsa, kardiomiotsitlarda natriy ionlarining ortishi uning faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi [10].

Yana bir tashvishli holat surunkali yurak yetishmovchiligi bor diabet bilan hastalangan bemorlar insulin bilan davolanganda kelib chiqadi. Gap shunda-ki, ushbu bemorlar insulin dozasini oshirib yuborishi oqibatida gipoglikemik komaga tushib qolishi mumkin. Bunday holat kompensator ravishda simpatik nerv sistemasini haddan tashqari qo‘zg‘atib yuboradi. Tadqiqotlarga ko‘ra giperinsulinemiya fonidagi gipoglikemiya qondagi adrenalin darajasini 12 marta oshirib yuborishi mumkin [19]. Natijada yurak qisqarishlar kuchi, soni va kislorodga bo‘lgan talabi ortadi. Miokardning kislorod va glukoza tanqislik sharoitida energiyga talabi ortishi yurakning metabolik va gemodinamik holatini yanada yomonlashtiradi. Ushbu holat miokard ishemiyasi,aritmiyalar va yurak yetishmovchiligining og‘irlashuviga sabab bo‘ladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi-ki nazorat qilingan qandli diabet (HbA1c<7,0%) nazoratsiz diabetga qaraganda yurak yetishmovchiligi bilan hasatalangan bemorlarda o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.Biroq qonda insulin miqdorini oshirish orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi dorilar ya’ni sulfanilmochevina preparatlari, DPP-4 ingibitorlari yoki bevosita insulin preparatlarini qo‘llash qator salbiy oqibatlarga ega ekanligi isbotlandi [10]. Insulinning natriyni organizmda ushlab qolishi va vazn ortishiga sabab bo‘lishi mumkin ekanligi shular jumlasidandir. KorAHF resteridagi yurak yetishmovchiligi va qandli diabet bilan hastalangan 1740 ta bemorlaning ma’lumotlari tahlil qilinib, insulinterapiya va o‘tkir yurak yetishmovchiligi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi [11]. Unga ko‘ra insulinterapiya yurak faoliyati( masalan, yurakning qon otib berish fraksiyasi) yoki yurak yetishmovchiligi sababidan qat’iy nazar o‘lim xavfini 29% ga oshirishi ma’lum bo‘ldi.

Yana bir giperglikemiyaga qarshi preparatlar guruhi-tiazolidindionlar organizmda suyuqlikni ushlab qolishi xususiyati tufayli yurak yetishmovchiligi bor bemorlarga tavsiya etilmaydi [12;13].

Biroq metformin va natriy-glukoza kotransporterlari 2 (SGLT 2) ingibitorlari insulin darajasini oshirmasdan qonda glukoza darajasini pasaytiradi. Ushbu preparatlar yurak qon-tomir kasalliklaridan o‘lim va yurak yetishmovchiligi natijasida gospitalizatsiya darajasini pasaytirishi aniqlandi [14;15].

Ushbu bemorlarda yurak yetishmovchiligini davolash yurak qon otib berish fraksiyasi saqlangan yoki saqlanmaganiga ko‘ra amalga oshiriladi.

A. Qandli diabet va yurakning qon otib berish fraksiyasi saqlanmagan ya’ni yurakning qon otib berish fraksiyasi 40% dan kam bemorlarda asosan quydagi 4 guruh preparatlar tavsiya qilinadi va bu preparatlarning samaradorligi tadqiqolarda tasdiqlangan [16;17]:

  • 1 .Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi ingibitorlari

  • 2 .Betta blakatorlar. Yurakka yukalamani kamaytiradi.

  • 3 .Mineralakortikoid retseptorlari antogonistlari. Ortiqcha suyuqlikni ushlab turilishini kamaytradi.

  • 4 .Natriy-glukoza kotransporterlari 2 (SGLT 2) ingibitorlari. Qondagi qand miqdorini kamaytiradi, yurak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi.

  • B . Yurak qon otib berish fraksiyasi o‘rta darajada saqlangan (40-49%) va to‘la saqlangan bemorlar (>50%)ni davolash bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Biroq ularning ko‘pchiligi samarasiz deb topildi. Hozirda SGLT 2 ingibitorlari (empagliflozin, dapagliflozin) ushbu kasalliklarda eng effektiv prepearat sifatida ko‘rsatilmoqda va bu bir necha tadqiqotlarda o‘z tasdiqini topgan. Masalan, ikki yildan ortiq vaqt davomida o‘tkazilgan va 23 ta mamlakatdan 6000 ga yaqin bemorni (ulardan 48,9% diabet bilan hastalangan) qamrab olgan EMPEROR- Preserved tadqiqoti natijalariga ko‘ra empagliflozin preparati ushbu bemorlarda yurak qon-tomir kasalliklaridan o‘lim xavfni yoki yurak yetishmovchiligi natijasida gospitalizatsiya darajasini diabetik statusidan qat’iy nazar 21% ga kamaytirgan.[18]

Xulosa. Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkin-ki, qandli diabet yurak yetishmovchiligi xavfini oshiradi va yurak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator patofiziologik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Giperinsulinemiya, glukoza almashinuvining buzilishi va insulin terapiyasi yurak yuklamasini oshirib, yurak va buyrak faoliyatini yomonlashtiradi. Shuning uchun bunday bemorlarni davolashda individual yondashuv va metabolik jarayonlarni barqarorlashtiruvchi usullardan foydalanish zarur.

ADABIYOTLAR

RHJ 1-2025

Список литературы Yurak yetishmovchiligi va qandli diabet: xavfli aloqalar

  • Sun H, Saeedi P, Karuranga S, et al. IDF diabetes atlas: global, regional and country-level diabetes prevalence estimates for 2021 and projections for 2045. Diabetes Res Clin Pract. 2022;183:109119. doi: 10.1016/j.diabres.2021.109119.
  • Aune D, Schlesinger S, Neuenschwander M, et al. Diabetes mellitus, blood glucose and the risk of heart failure: a systematic review and meta-analysis of prospective studies. Nutr Metab Cardiovasc Dis. 2018;28:1081–1091. doi: 10.1016/j.numecd.2018.07.005.
  • Kong MG, Jang SY, Jang J, et al. Impact of diabetes mellitus on mortality in patients with acute heart failure: a prospective cohort study. Cardiovasc Diabetol 2020;19:49.
  • Rosano GM, Vitale C, Fragasso G. Metabolic therapy for patients with diabetes mellitus and coronary artery disease. Am J Cardiol 2006;98(5A):14J–18J. DOI:10.1016/jamjcard.2006.07.004; PMID: 16931201: Epub ahead of press
  • Nagoshi T, Yoshimura M, Rosano GM, et al. Optimization of cardiac metabolism in heart failure. Curr Pharm Des 2011;17(35):3846–53. PMID: 21933140; PMCID:PMC3271354
  • Rosano GM, Fini M, Caminiti G, Barbaro G. Cardiac metabolism in myocardial ischemia. Curr Pharm Des 2008;14:2551–62. PMID: 18991672
  • Packer M. Dif f erential pathophysiological mechanisms in heart failure with a reduced or preserved ejection fraction in diabetes. JACC Heart Fail 2021;9:535-49.
  • Konduracka E, Cieslik G, Galicka-Latala D, et al. Myocardial dysfunction and chronic heart failure in patients with long-lasting type 1 diabetes: a 7-year prospective cohort study. Acta Diabetol 2013;50:597-606.
  • Packer M. Potentiation of insulin signaling contributes to heart failure in type 2 diabetes: a hypothesis supported by both mechanistic studies and clinical trials. JACC Basic Transl Sci 2018;3:415-9.
  • Packer M. Dif f erential pathophysiological mechanisms in heart failure with a reduced or preserved ejection fraction in diabetes. JACC Heart Fail 2021;9:535-49.
  • Jang SY, Jang J, Yang DH, et al. Impact of insulin therapy on the mortality of acute heart failure patients with diabetes mellitus. Cardiovasc Diabetol 2021;20:180.
  • Dargie HJ, Hildebrandt PR, Riegger GA, et al. A randomized, placebo-controlled trial assessing the ef f ects of rosiglitazone on echocardiographic function and cardiac status in type 2 diabetic patients with New York Heart Association Functional Class I or II Heart Failure. J Am Coll Cardiol 2007;49:1696-704.
  • Erdmann E, Charbonnel B, Wilcox RG, et al. Pioglitazone use and heart failure in patients with type 2 diabetes and preexisting cardiovascular disease: data from the PROactive study (PROactive 08). Diabetes Care 2007;30:2773-8.
  • Packer M. Is metformin benef i cial for heart failure in patients with type 2 diabetes? Diabetes Res Clin Pract 2018;136:168-70.
  • Liang B, Gu N. Sodium-glucose co-transporter-2 inhibitors in the treatment of diabetes with heart failure. Cardiovasc Diabetol 2022;21:84.
  • McDonagh TA, Metra M, Adamo M, et al. 2021 ESC guidelines for the diagnosis and treatment of acute and chronic heart failure. Eur Heart J 2021;42:3599-726.
  • Heidenreich PA, Bozkurt B, Aguilar D, et al. 2022 AHA/ACC/HFSA guideline for the management of heart failure: a report of the American College of Cardiology/American Heart Association Joint Committee on Clinical Practice Guidelines. J Am Coll Cardiol 2022;79:e263-421.
  • Anker SD, Butler J, Filippatos G, et al. Empaglif l ozin in heart failure with a preserved ejection fraction. N Engl J Med 2021;385:1451-61.
  • Laitinen T, Lyyra-Laitinen T, Huopio H, et al. Electrocardiographic alterations during hyperinsulinemic hypoglycemia in healthy subjects. Ann Noninvasive Electrocardiol 2008;13:97-105.
  • Gustafsson I, Brendorp B, Seibaek M, et al. Influence of diabetes and diabetes-gender interaction on the risk of death in patients hospitalized with congestive heart failure. J Am Coll Cardiol. 2004;43:771-777.
Еще