Respublikada 5 yil davomida 2-toifa qandli diabetdan oʻlim koʻrsatkichlarining tahlili
Автор: To'raev Feruz Fathullaevich, Haydarova Feruza Alimovna, Alimova Nasiba Usmonovna, Berdiqulova Dilfuza Muratovna, Sodiqova Akida Sattarovna, Yuldasheva Feruza Zafarjanovna
Журнал: Re-health journal.
Рубрика: Диабетология
Статья в выпуске: 4 (20), 2023 года.
Бесплатный доступ
Tadqiqot maqsadi: Respublikada 5 yil davomida 2-toifa qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda oʻlim va oʻlimning rivojlanish xavfi omillarini qiyosiy tahlil qilish. Tadqiqot materiallari va usullari: Oʻzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-2022 yillardagi yillik statistik hisobotlari (SSV 13-shakl) qayta ishlandi. Natijalar: 2-tur qandli diabetdan (QD2) oʻlim darajasi oshadi. Oʻlim sabablari - yurak-qon tomir kasalliklari, surunkali buyrak kasalligi va oyoq gangrenasi. Hududdan qat'i nazar, erkaklar ayollarga qaraganda koʻproq vafot etgan. Oʻlgan bemorlarning eng koʻp oʻsishi Sirdaryo, Xorazm, RKK va Buxoro viloyatlarida kuzatildi. Xulosa: oʻlgan bemorlarning umumiy soni 1,5 baravarga, QD2 bilan og'rigan bemorlarda esa 1,7 baravarga oshdi. Xavf omillari 10 yildan ortiq davomiylik, 60 yoshdan oshgan yosh. 2022-yilda 2018-yilga nisbatan QD2 bilan og‘rigan bemorlarning yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlim holatlari 2 baravarga, oyoq gangrenasidan 1,8 barobarga, surunkali buyrak kasalligidan 1,5 barobarga oshgan. 2020 yilda “boshqa” sabablarga koʻra vafot etgan bemorlar soni 120 baravarga oshgan, xususan, COVID-19 va pnevmoniya.
Qandli diabet, oʻlim, oʻlim sabablari
Короткий адрес: https://sciup.org/14130695
IDR: 14130695