Dorixona faoliyatini tashkil etish, dorilar saqlash chora tadbirlari

Автор: Usmonova M.B., Ernazarova M.E., Qo'yliyeva M.U., Xasanova G.R.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 10 (89), 2021 года.

Бесплатный доступ

Dorixona faoliyatini boshqarish, dorixonalarni texnik hujjatlari tuzish yopullari, maxsulot saqlàshga sharoit yaratish.

Ineksiya, tibbiy buyumlar, dori vositalari, texnik talablar, qalbaki dorilar, farmasevtik faoliyati, dorilar tavsifi

Короткий адрес: https://sciup.org/140260785

IDR: 140260785   |   DOI: 10.46566/2225-1545_2021_89_337

Текст научной статьи Dorixona faoliyatini tashkil etish, dorilar saqlash chora tadbirlari

uzoq saqlanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan dorilar xili bir qadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.

  • Dori vositalari — kasallik profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va davolash, shuningdek odam organizmi holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari.

  • Dori preparatlari — dozalangan, idishga joylan-o‘ralgan, qo‘llanish uchun tayyor dori vositalari.

  • Sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum.

  • Tibbiy buyumlar — kasallik profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va davolash uchun, shuningdek odam organizmi holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan buyum.

  • Farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat.

  • O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;

  • Qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum;

  • Muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat:

Birlamchi o‘ram — dori vositasi bilan bevosita aloqada bo‘lgan konteynyer yoki o‘ram.

Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish shakli va qoidalari Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan retseptlar yoki retseptsiz sotiladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi. Dori vositasi va tibbiy buyumni sotishda sotuvchi xodim dori vositasi va tibbiy buyumni qo‘llash tartibi, xususan, qo‘llash davriyligi, bir marotabalik va sutkalik dozalari, qo‘llash usuli, saqlash tartibi, yaroqlilik muddati va boshqalar haqida ma’lumot berishi lozim. Dorixona xodimi sotib oluvchi e’tiborini dori vositasi va tibbiy buyumni qo‘llash yo‘riqnomasi bilan diqqat bilan tanishib chiqishga qaratishi kerak.

Xulosa: Dorivor o‘simlik xomashyolari (avvaldan quritilgan) havo yaxshi aylanadigan, quruq xonalarda, yopiq (shisha, metall, yog‘och) idishlarda saqlanishi kerak. Bog‘lovchi materiallardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Bog‘lovchi materiallar quruq, havo yaxshi aylanadigan, chang va kemiruvchilardan himoyalangan xonalarda saqlanadi. Sterillanmagan materiallarni isitilmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Steril materiallarni harorat o‘zgarishida o‘ram sifatiga ta’sir qilmasligi uchun ularni harorat darajasi tez o‘zgarmaydigan xonada saqlashga yo‘l qo‘yiladi;

sterillangan bog‘lov materiallarini omborxonada saqlashda ularni ishlab chiqarish muddatlari bo‘yicha taxlash zarur. Rezina buyumlardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga bo‘lgan talablar: xona quyosh nuridan himoya qilingan bo‘lishi kerak. Yorug‘lik faqat sun’iy, elektr orqali bo‘lishi lozim; buyumlar solingan qutilar va shkaflar markaziy isitish batareyasidan 1 metrdan kam bo‘lmagan, shuningdek pechlardan 5 metrdan kam bo‘lmagan uzoqlikda joylashtirilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  • 1.    OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  • 2.    Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar, T., 1980;

  • 3.    Hojimatov Q., Olloyorov M. , Oʻzbekistonning shifobaxsh usimliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988;

  • 4.    Xoliqov K., Oʻzbekiston janubidagi dorivor oʻsimliklar, T., 1992;

  • 5.    Hoji matov Q.H., Yoʻldoshev K.Y., Shogulomov U.Sh., Hojimatov O.Q., Shifobaxsh giyoxlar dardlarga malham (Fitoterapiya), T., 1995;

  • 6.    M urdoxayev Yu.M. Kultura lekarstvennix rasteniy v Oʻzbekistane, T.

"Экономика и социум" №10(89) 2021

Список литературы Dorixona faoliyatini tashkil etish, dorilar saqlash chora tadbirlari

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar, T., 1980;
  • Hojimatov Q., Olloyorov M. , Oʻzbekistonning shifobaxsh usimliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988;
  • Xoliqov K., Oʻzbekiston janubidagi dorivor oʻsimliklar, T., 1992;
  • Hoji matov Q.H., Yoʻldoshev K.Y., Shogulomov U.Sh., Hojimatov O.Q., Shifobaxsh giyoxlar dardlarga malham (Fitoterapiya), T., 1995;
  • M urdoxayev Yu.M. Kultura lekarstvennix rasteniy v Oʻzbekistane, T.
Статья научная