‘‘Faust’’ tragediyasining bevosita va bilvosita tarjimasi asarning asliyati, til qoidalari hamda asar leksikasiga ta'siri
Автор: Xudoyberdieva Z.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu ilmiy ish tilshunoslikda bevosita va bilvosita tarjia muammolarini yoritib berishga asoslangan boʻlib Y.V.Gyotening ʻʻFaustʼʼ tragediyasi hamda uning Erkin Vohidov (bevosita) va olim Posho Ali Usmonning (bilvosita) tarjimalari misol qilib olindi.
Bevosita tarjima bilvosita tarjima, adekvatlik, tarjimon, tarjimashunoslik, transformatsiya
Короткий адрес: https://sciup.org/140289038
IDR: 140289038
Текст научной статьи ‘‘Faust’’ tragediyasining bevosita va bilvosita tarjimasi asarning asliyati, til qoidalari hamda asar leksikasiga ta'siri
ʻʻFaustʼʼ dramasi olmon adabiyoti va tilshunosligining asl durdonasi hisoblanadi. Buday buyuk jahon adabiyoti durdonasini oʻzbek tiliga oʻgirgan mutarjimalar mehnati va sabri, til bilimiga tasanno aytish joiz. Tarjimonlarning mana shunday jasorati bois oʻzbek kitobxonlari dunyoning bunday buyuk asarlari mutolaasidan bahramand boʻldi. Biroq yuqorida koʻrib chiqqan misollarimiz yordamida shuni aytish joizki, har ikki tarjimon ishlari qanchalik betakror boʻlishiga qaramay, qilingan tarjimalar mukammal emasligi, baʼzan til qoidalariga, qayerdadir tarjima an`analari, yana qayerda mintalitet, mahalliy, milliy koloridga amal qilib, asarning qaysidir qismlari tushirilib, qoʻshib berilgan.
Koʻplab olimlar tarjima alohida tarjimashunoslik fan deya atasa, boshqa tilshunos olimlar tarjima ham tilshunoslikning bir qismi ekanini ta`kidlashadi. Tilshunoslikda bevosita va bilvosita tarjimadagi asosiy muammolar deb ekvivalentlik va adekvatlik tanlash, transformatsiya jarayonlari olindi va ular haqida maʼlumotlar, jahon hamda oʻzbek lingvist olimlarining nazariyalari turli misollar yordamida berildi.
Nega endi aynan transformatsiya jarayoni tilshunoslik va tarjimashunoslik uchun muhim hodisa? Boisi har qanday asar tarjima qilinayotganida iloji boricha asliga yaqin qilib tarjima qilishga harakat qilinadi. Bunda muallifning oʻziga xos asar yozish uslubi va texnikasi hisobga olinishi kerak. Mohir tarjimon asar tarjima qilayotganida uni asliyatga yaqinroq chiqishini ta’minlaydigan tarjima usullaridan xabardor boʻlishi kerak. Bu oʻrinda transformatsiya tarjimonga koʻmakka keladi.
Transformatsiya asosiy modellarni ma’lum qonuniyatlarga tayangan holda oʻzgartirib, ikkilamchi til strukturalarini yaratish usullaridan biri; berilgan til sathidagi oʻxshash gap va frazalar morfo-sintaktik mosligining ramziy ifodalanishi[1 ;146] sodda sintaktik qurilmalarning murakkablashuvi demak.[2 ;112]
Lingvist olimlar Xomskiyning fikricha transformatsiyalar yordamida belgilar ustida toʻrt xil ishni amalga oshirish mumkin. Bular, qoʻshish, tushirib qoldirish, oʻrin almashtirish va belgilarning almashinuvi.
L.S.Barxudarov transformatsiyaga biri ikkinchisining asosida kelib chiqqan til yoki nutq birliklarning oʻzaro munosabati, tarjimadagi transformatsiyani esa ekvivalentlik va adekvatlikni ta’minlash uchun ishlatiladigan tillararo turli xil almashinishlar deya ta’rif beradi va ularni quyidagi turlarini keltirib oʻtgan:
-
1) oʻrin almashtirish (gap tarkibidagi soʻz va soʻz birikmalar yoki ergash gap komponentlarining oʻrin almashishi);
-
2) almashtirish (soʻz shakllari, gap boʻlaklarini almashtirish, qoʻshma gaplardagi sintaktik almashinishlar, gaplarning qoʻshilib ketishi, konkretlashtirish, umumlashtirish, sababni natijasi bilan va aksincha almashtirish, antonim tarjima, kompensatsiya);
-
3) qoʻshish;
-
4) tushirib qoldirish.[3 ;89]
V.N.Komissarov esa transformatsiyalarni quyidagi turlarga ajratadi:
-
1) leksik transformatsiyalar (transkribsiya, transliteratsiya, kalka usuli, leksik-semantik almashtirishlar: konkretlashtirish va modulyatsiya);
-
2) grammatik transformatsiyalar (soʻzma-soʻz tarjima, gaplarning qoʻshilib ketishi, grammatik almashtirishlar: soʻz turkumlari, gap boʻlaklari);
-
3) kompleks (leksik-grammatik transformatsiyalar: antonym tarjima, eksplikatsiya (tasviriy tarjima), kompensatsiya).
Y.I.Retskerning transformatsiyalarni quyidagicha ikki guruhga ajratadi:
-
1) leksik transformatsiyalar (konkretlashtirish, umumlashtirish, antonym tarjima, kompensatsiya);
-
2) Grammatik transformatsiyalar (gap boʻlaklarining almashinuvi va soʻz turkumlarining almashinuvi).
L.K.Latishev, ʻʻMatn tarjima qilinayotganida sintaktik transformatsiya uning mazmuni, stilistikasiga putur yetmasligi uchun ishlatiladi. Matn bir tildan umuman boshqa til sistemasiga kiruvchi boshqa bir tilga tarjima qilinayotganda transformatsiyalarsiz tarjimani amalga oshirib boʻlmaydiʼʼ, deydi.
Tarjima ilmi amaliyotda qoʻllanilgandagina tarjimaning muvaffaqiyatli chiqishi va uning sifatiga nafi tegishi mumkin.
Eng mos muqobilni topish tarjimada juda muhim sanaladi. Bu sohada tilshunoslik nazariyasining hissasi beqiyosdir. Tarjimon odatda asliyat tilidagi eng yaqin muqobilni tarjima qilinayotgan tilga moslashga harakat qiladi. Tarjima ilmiy-nazariy oʻrganish ob`yekti boʻlishi zarur. Unda tahlil va uygʻunlashtirish jarayoni, matnda nimaga ahamiyat berish lozimligi, qanday axborot zarurligi va maqsadga erishish uchun nimalarga e’tibor qilish kerakligi ahamiyatlidir.
Muqobillar maʼnosi koʻp hollarda kontekstga bogʻliq boʻlsada, tarjimon lugʻat bilan ishlay olishi va eng muhimi tarjima qilinayotgan soʻzning maʼnosini yaxshi bilishi shart. Tarjimada soʻzni taxminiy oʻgirish mumkin emas. I.Gʻofurov, O.Moʻminov va N.Qambarovning “Tarjima nazariyasiʼʼ kitobida ta`kidlanganidek, asliyatdagi soʻzga qisman toʻgʻri keladigan ekvivalentni topish koʻpincha tarjima qilishda muammo yaratadi. Bunday soʻzlar odatda polisemantik, ya’ni koʻp ma’noli hisoblanadi. Soʻz ma’nosining qaysi biri qoʻllanganini aniqlash tarjimonning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Tarjimada adashishdan, notoʻgʻri soʻz tanlashdan saqlaydigan til hodisasi bu – kontekstdir. Tilshunoslikda kontekstning ikki turi mavjud: lingvistik va ekstralingvistik.
Kontekstda soʻzlar koʻchma ma’noda qoʻllanganda tarjima muammosi paydo boʻladi. Tarjimada bitta tushunchaga mos keladigan boshqa bir tushunchani topish ancha mushkul. Shu boisdan ham ba’zida soʻzga soʻz, soʻzga soʻz birikmasi, soʻzga gap toʻgʻri kelishi mumkin. Bunda ikki va undan ortiq soʻzdan iborat boʻlgan frazeologik birlik bitta soʻz ma’nosiga toʻgʻri keladi. Har ikki tilda bir soʻzning barcha ma’noviy farqlarini qamrab olishning imkoni yoʻq. Asliyatdagi soʻz ma’nosi tarjima tilida toʻliq va qisman, baʼzida esa hech qanday ekvivalentga ega boʻlmasligi mumkin. Agar asliyatdagi soʻzga tarjima tilida bitta soʻz toʻgʻri kelsa, u holda ikki tildagi soʻz maʼnolari toʻliq ekvivalentga ega boʻlgan hisoblanadi. Bunday soʻzlar sirasiga, odatda, atoqli otlar, geografik va joy nomlari, korxona, tashkilot, muassasa, kema va mehmonxona nomlari kiradi.
Ekvivalentlar aksariyat hollarda monosemantik, ya’ni bitta ma’noga ega boʻlgan soʻzlardir. Odatda lugʻatlarda soʻz ma’nosining muqobillari beriladi. Tarjima jarayonida tarjimon koʻp ma’noli soʻzning qaysi ma’nosi qoʻllanganligini kontekst asosida oʻzi aniqlaydi. Biroq tarjimonlarning baʼzi xatoliklari kishida shubha uygʻotadi. Masalan, J.V.Gyotening ʻʻFaustʼʼ tragediyasi ʻʻHexenkücheʼʼ (Alvastining oshxonasi) qismida der Kater soʻzi Erkin Vohidov talqinida negadir maymun deya berilgan. Alsida der Kater soʻzi 1) erkak (nar) mushuk; 2) tun oshiftasi, degan maʼnoni (oʻzga maʼnosi mavjud emas) beradi. Agar tarjimonni ushbu xatosini bilvosita, yaʼni rus tilidan qilinganini eʼtiborga oladigan boʻlsak, ikkinchi tarjimon, bevosita, toʻgʻridan-toʻgʻri nemis tilidan oʻzbek tiliga oʻgirgan mutarjim Posho Ali Usmonning huddi shu xatoni, mushuk deb tarjima qilishini qanday tushunish mumkin? Vaholangki mushuk maynundan tubdan farq qiladi va ushbu almashtirilish, transformatsiya nojoiz hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda mutarjimlar tutgan yoʻl asl matn sintaksisi, grammatikasiga taʼsir oʻtkazgan, yaʼni soʻz birikmalarini idiomalar, iboralarga almashtirish grammatik translatsiyaga sabab boʻlgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
"Экономика и социум" №12(91)-1 2021
Список литературы ‘‘Faust’’ tragediyasining bevosita va bilvosita tarjimasi asarning asliyati, til qoidalari hamda asar leksikasiga ta'siri
- О.С.Ахманова. Словарь лингвистических терминов. издательство «Советская энциклопедия» M. 1966.
- В.Н.Ярцева. Лингвистический энциклопедический словарь. Большая Российская Энциклопедия. 1990.
- Бархударов Л.С. Язык и перевод. М.: Международные отношения, 1975. 190 с.
- Худайбердиева, З. (2021). Ҳозирги замон немис тилидаги эргашган қўшма гапларнинг синтаксисда тутган ўрни. Science and Education, 2(3), 403-414.
- Зумрат Худайбердиева (2021). Немис тилида эргашган қўшма гапларнинг қўшма гаплар доирасида тутган ўрни. Science and Education, 2 (4), 450-457.
- Худайбердиева, З. Немис тили эргашган қўшма гаплар турлари ва уларнинг ўзига хос лисоний хусусиятлари. SCIENTIFIC PROGRESS, 2 (1), 1114-1121
- Худойвердиева З, Абдухалилова Д, Рахматов F. Frazeologiyada gender muammosi ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor(SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1339-1345
- Худойвердиева З, Абдухалилова Д, Рахматов F. Немис ва узбек тилларида жуфт сузлар ва уларнинг узбек тилида ифода этилиши. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723