Italyan tilida artikllarning qo’llanilishidagi fonotaktik va grammatik o’zgaruvchanlik hodisasining dialektlar misolidagi izohi

Автор: Najmiddinova N.U.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada aniq misollarda, adabiy italyan tilida artiklning ishlatilishidagi o’zgaruvchanlik hamda tartibsizlik hodisalarini tushuntirish uchun dialektlarning qo’llanilish qonuniyatlardan foydalanish imkoniyati ko'rib chiqiladi: adabiy tilning o’ziga xos xususiyatlari toskan dialekti fonotaktika qonunlarining, boshqalari esa shimoliy yoki janubiy dialektlarning xususiyatlari bilan bog'liq.

O'zgaruvchanlik, italyan adabiy tili, toskan dialekti, fonotaktika, artikl, undosh tovush uzayishi, o'xshashlik, ambisillabik element, sinkopa

Короткий адрес: https://sciup.org/140300393

IDR: 140300393

Текст научной статьи Italyan tilida artikllarning qo’llanilishidagi fonotaktik va grammatik o’zgaruvchanlik hodisasining dialektlar misolidagi izohi

Italyan tilini o’rganish jarayonida talabalar deyarli barcha o'quv adabiyotlarida faqat aytiladigan, lekin tushuntirilmaydigan bir qancha grammatik hodisalarga duch kelishadi. Ammo bu hodisalarni nafaqat tushuntirish mumkin, balki ularni anglash aniq bir tartibga solingan sistemani yaratishga imkon beradi. Gap ba’zi fonotaktik va grammatik o’zgaruvchanlik hodisa haqida boryapti. Aslida, italyan tili kabi tilning tuzilish qonuniyatlari o’zida uzoq madaniy va adabiy qayta ishlash natijasini aks etadi. Bu jarayonda davlatning turli xil viloyatlari aholisining ishtiroki, uning asosida yotgan toskan dialekti mazmuniga murojaat qilish, o’zgacha qurilgan fonotaktik prinsiplarga ega boshqa dialektlar bu tilgan qo’shimcha unsurlarni olib kirdi. Shu o’rinda ta`kidlash joizki, Italiyada til me’yorini belgilashda bir nechta katta shaharlar xronologik tarzda o’z ta’sirini ko’rsatgan: Florensiya – madaniyat poytaxti va adabiy tilning tug’ilish joyi, Rim – siyosiy va boshqaruv markazi, Milan – mamlakatning iqtisodiy markazi. Agar kichik intelektual elita qatlamini hisobga olmaganda, o’qimishli kishilarning asosiy qismi adabiy tilda emas aksincha tegishli dialekt zonalarining fonotaktika qonuniyatlari aks ettirilgan italyan tilining regional variantlarida so’zlashishadi [1].

Shundan kelib chiqqan holda, ushbu maqolaning maqsadi – italyan tiling dialekt shartliligi nuqtai nazaridan ba’zi bir hodisalariga tushuncha berish va shu orqali o’qituvchiga talabalar tomonidan beriladigan savollarga nisbatan o’zini kuchsiz his etmaslikka imkon beradi. Ayniqsa, biz bilamizki, chet tilini mukammal o’zlashtirish uning tuzilishi va qo’llanilishini chuqur o’rganish asosidagina amalga oshadi.

So’z boshida keladigan uzun undosh artikl bilan birikganda ambisillabik elementga ya’ni talaffuz jihatdan ikkita bo’g’inga ham taaluqli tovushga aylanadi, masalan: loz-zio, loñ-ñocco, los-sposo, bu holat esa faqatgina unli harf ishtirokidagina bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham, il-(lo) pezzo da lo tushib qolishi, il-lo(s) sposo da esa aksincha il tushib qolishi kuzatiladi, ya’ni ikkinchi holatda sinkopa fonetik o’zgarishi mumkin emas, sababi bu yerda unli tovush artikulyar tayanch vazifasini bajarayapti va birinchi bo’g’in il tushib qolyapti [3].

Ko’plik shakl i/gli ga kelsak, bu yerda gli ning so’z boshidagi uzun undosh harf bilan birgalikdagi qo’llanilishi, hozirda ham toskan og’zaki nutqida ishlatiladigan so’z boshidagi tayanch unlidan ( iscola 'scuola', istrada 'strada', iscritto 'scritto' ) artiklni farqlash uchun deb tushuntirish mumkin. Bu holatda unli bilan boshlangan so’zlarning artikl bilan ishlatilishiga (istrucchi – gli strucchi) imkon yaratadi. Gli variantining unli tovush oldidan ishlatilishi, shuningdek, unlilar orasidagi bo’shliqni bartaraf etish zarurati tufayli yuzaga kelgan: i occhi > [ľľ(i)okki]. Umuman olganda, artikllarning ishlatilish qonuniyati ko’p jihatdan toskan dialekti asosida yaratilgan. Bu holat shimoliy dialektlarda undosh tovushlarning qisqaligi hamda tayanch unli tovushlarning yo’qligi tufayli uchramaydi: sababi venetsian dialektida lo, gli o’rnida il, i ishlatiladi: un spegasso, un steco, i sposi. Shuningdek, janub dialektlarida ham bu holat barcha undoshlarning uzunligi tufayli kuzatilmaydi, masalan napoletan dialektida: ( l)u mmare, (l)u vvicu, (l)u sposu, (l)u ttiempu [4].

Artikl va shunga o’xshash ba’zi tushunarsiz bo’lgan mavzularning dialekt orqali mana shunday usulda tushuntirilishi nafaqat italyan tili o’rgatilishini yengillashtiradi, balki uning qiziq va esda qolarli bo’lishini ta’minlaydi. O’qitishning bunday tushuntirish usuli nafaqat bizda, balki umuman italyan tili o’rganilishida samarali bo’lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    МЕЛЬНИКОВ Г. П. Системная типология языков. М.: Наука, 2003.

  • 2.    ROHLFS G. Grammatica storica della lingua italiana e dei suoi dialetti. Fonologia. Torino : Giulio Einaudi Ed. s.p.a., 1966.

  • 3.    ROHLFS G. Grammatica storica della lingua italiana e dei suoi dialetti. Morfologia. Torino : Giulio Einaudi Ed. s.p.a., 1966.

  • 4.    STORIA della lingua italiana. L'italiano nelle regioni. Milano: Garzanti Ed. s.p.a., 1996. Vol. 1, 2.

"Экономика и социум" №6(97) 2022

Список литературы Italyan tilida artikllarning qo’llanilishidagi fonotaktik va grammatik o’zgaruvchanlik hodisasining dialektlar misolidagi izohi

  • МЕЛЬНИКОВ Г. П. Системная типология языков. М.: Наука, 2003.
  • ROHLFS G. Grammatica storica della lingua italiana e dei suoi dialetti. Fonologia. Torino: Giulio Einaudi Ed. s.p.a., 1966.
  • ROHLFS G. Grammatica storica della lingua italiana e dei suoi dialetti. Morfologia. Torino: Giulio Einaudi Ed. s.p.a., 1966.
  • STORIA della lingua italiana. L'italiano nelle regioni. Milano: Garzanti Ed. s.p.a., 1996. Vol. 1, 2.
Статья научная