Qashqadaryo viloyatidagi 1-tur qandli diabeti bor bolalar va oʻsmirlarning epidemiologik Koʻrsatkichlari
Автор: Alimova Nasiba Usmonovna, Teshaev Bobur Kadirovich, Sadikova Akida Sattarovna, Berdyqulova Dilfuza Muradovna, Yuldasheva Feruza Zafarjanovna, Egamberdieva Maftuna Rustamjon qizi
Журнал: Re-health journal.
Рубрика: Диабетология
Статья в выпуске: 4 (20), 2023 года.
Бесплатный доступ
Qandli diabet 1-turini (QD1) davolash hali ham toʻliq hal etilmagan klinik muammodir. Zamonaviy insulin preparatlari, pompalar, shuningdek, glyukoza darajasini doimiy monitoring qilish uskunalari klinik amaliyotga kiritilganiga qaramay, terapiya maqsadlariga koʻpincha erishilmaydi. Shu bilan birga, Xalqaro Qandli diabet federatsiyasi (IDF) dunyoda bolalar va oʻsmirlar orasida 1-tur qandli diabetning tarqalishi va kasallanish darajasi oshganini qayd etadi. Tadqiqot maqsadi: Qashqadaryo viloyatida 2017–2021 yillarda bolalar va oʻsmirlar (18 yoshgacha boʻlgan bemorlar) orasida 1-tur qandli diabet kasalligi (tarqalishi, kasallanish) boʻyicha epidemiologik ma’lumotlarni reyestrga koʻra tahlil qilish. Tadqiqot usullari: Qashqadaryo viloyatining 15 ta tumanini oʻz ichiga olgan reyestr ma’lumotlar bazasi tadqiqot ob’ekti boʻldi. Joriy kalendar yilida qayd etilgan kasallikning barcha holatlari tegishli yosh guruhidagi aholining 100 ming nafariga hisoblab chiqilgan.
1-toifa diabet, bolalar va oʻsmirlar, tarqalish, kasallanish
Короткий адрес: https://sciup.org/14130689
IDR: 14130689