Madaniyatning ijtimoiy fanlar va ijtimoiy fanlarda tutgan órni
Автор: Turdibekova D.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 11-1 (90), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada madaniyat, madaniyat sotsiologiyasi va socialogik fanlar haqida so'z etilgan. Madaniyatning inson jamiyatidagi ro'li va vazifasi. Madaniyatning paydo bólish ótmishi. Madaniyatning óziga xos individning hayot faoliyatida shakllanishi. Madaniyat tushinchasining sivilizatsiya bilan boģliqli. Tarixiy davrlar madaniyati haqida bayon etiladi.
Madaniyat, madaniyat sotsiologiyasi, sivilizatsiya, individ.
Короткий адрес: https://sciup.org/140261206
IDR: 140261206
Текст научной статьи Madaniyatning ijtimoiy fanlar va ijtimoiy fanlarda tutgan órni
Madaniyat - bu insonlar tomonidan yaratilgan ma'naviy ha'm moddiy boyliklari va qadiriyatlari yiģindisi ya'niy madaniyat insonlarning ijodkorlik faoliyati tufayli yaratilgan va inson faoliyatining mevasi va sifatining kórsatkichi bólib hisoblanadi.Insonning o'zi ham pirovard natijada madaniyat mevasi bólib hisoblanadi.Jamiyatdagi madaniy muhit qanday bólsa,inson ham shunday shakllanadi.31
Madaniyat so'zining kelib chiqish tarixiga nazar solsak: Madaniyat arabcha madina (shahar,kent)so'zidan kelib chiqqan bólib, u tabiyat va o'z aro munosabatlardan shakllangan insin ijodkorligining o'ziga xos faoliyati bólib hisoblanadi. Madaniyat óziga xos individning umr rivojini,sotsial guruhning yoki jamiyatning umr sharoitini shakllandiradi. Dastlabki vaqtlarda madaniyat tushunchasi insonning tabiatga, maqsadga boģliqli ta'siri (yerni ishlash va nihol ekish v.h.k.) hamda insonning o'zini tarbiyalash va óqitish ma'nolarini anglatgan. Keyinchalik bólsa madaniyat tushinchasi orqali tsivilizatsiya bilan boģliqli mazmun tushinila boshladi. Madaniyat jamiyatdan tashqari paydo bólmaydi. U jonli tarzda jamiyat bilan boģliqli bóladi.Bugungi kunda madaniyatning rivoshlanish bosqichlarini, uning jamiyatda tutgan órnini órganuvchi fanlar bor.Bular: sotsial filosofiya, sotsiologiya, etnologiya,etnografiya, madaniy va sotsial antropologiya, madaniyat sotsiologiyasi va filosofiyasi. Bu sotsial fanlarning barchasi emperik ma'lumotlarni tóplam va ularni analiz qilish orqali turli jamiyat va davrlarga tegishli bólgan madaniyatlarni bir-biriga boģliqli ravishda órganadi. Ular orasidagi farqni ham chegarani aniqlash qiyin masalalarning biri bólib hisoblanadi. Shu kunga qadar bu fanlarni órganib yurgan olimlar ya'niy shu fanlarning' yaratilishiga sababchi bólgan turli maktab va yónalishlarga asoslangan holda ularni bir-biridan ajratib kelmoqda.
Madaniyat hodisasini órganuvchi sotsial fanlarning barchasi unga o'z tadqiqot obiekti va predmeti ko'z qarashdan kelib chiqib yondashadi. Ammo, ular orasidagi farqlar bugungi kunga qadar abstraktligicha qolmoqda.
Kundalikli hayotda "madaniyat" atamasini qóllar ekanmiz, ongning yóqori kategoryalari bólgan sanoat,adabiyot,qóshiq,rassomchiliklarni nazarda tutamiz. Sotsiologiyada madaniyat tushinchasi inson tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha faoliyatlar natijasi sifatida tushiniladi.32
Madaniyat sotsiologiyasi -inson faoliyatining har turdagi tarkiblik hamda mazmunan tarafidan analiz etib, uning rivoshlanish tendensiyalarini sotsial tizimi hamda sotsial institutlarga boģliqli ravishda órganuvchi fan bólib hisoblanadi.Barcha sotsial fanlar qatori madaniyat sotsologiyasi fanining ham asosiy muaommosi "inson" hisoblanadi va madaniyat sotsiologiyasi insonning dunyo bilan aktiv munosabatini ham bu munosabatlar uning hayot yólida paydo bólishini órganadi. Shuning uchun madaniyat ko'p qirrali jarayon bólib, faqat gina qadiriyatlar tizimi orqali uning bor ma'no-mazmunini tushinish mumkin. U insoniyat madaniyat tarixi haqida,turli tarixiy davrlar madaniyati haqida (masalan antik davr, órta asrlar, uyģonish davr) turli millat va ellar madaniyati haqida(fransuz,o'zbek Qirģiz v.h.k) diniy madaniyatlar haqida (buddizm,Islom,xristianl) turli sotsial va professional guruhlar madaniyati haqida (qishloq,dehqon xójaligi, fermer xójaligi,sotsial guruhlar v.h.k.) va óziga xos tan olingan shaxslar madaniyati haqida (Konfutsiy,Farobiy,Navoiy,Gandi v.h.k.)ko'pchilik ma'lumotlar berishi mumkin.
Madaniyat Sotsiologiyasi tarmoqli sotsiologik teoriya bólib, uning órganish obiekti jamiyatda madaniyatning faoliyat ko'rsatish va rivoshlanish qonuniyatlari,shu qatori madaniyat normalarini yiģish, o'zlastirish va saqlash ideyalar,qadiriyatlar, xulq-atvor namunalari odamlar órtasidagi munosabatlar, jamiyat va tabiat órtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchu vazifani bajaradi.
Talkott Parsonsning strukturik funktsionalizm madaniyat sotsiologiyasining predmetining kuchli sohasiga yordam beradi, sababi u madaniy determinizmga asoslanadi va shuning uchun madaniyat jamiyatining barcha toifalarining barchasi ham rivoshlanishning ustuni bólib hisoblanadi.
Madaniyatni órganishga sotsiologik yondashuv bilan uning ijtimoiylik tomoni ahamiyatli bóladi.Madaniyat sotsiologiyasi vazifalarining biri manfaatlari, ustinliklari va yónalishlarni o'z ichiga qadiriyatlarning shakllantirish bosqichlarini sotsiologik órganish amalga oshiradi. Madaniyat atamasiga berilgan har xil ta'riflar madaniyatning ko'p qirrali ekanligini bildiradi. Madaniyatga bag'ishlangan adabiyotda ko'rsatishicha, bugungi kunda "madaniyat" atamasiga yuzdan ortiq ta'rif berilgan.³
Shunday qilib madaniyat sotsiologiyasida e'tibor faqat jamiyatning rivoshlanish darajasiga yoki inson qóli va aqlining yemishi ģalabasidan qanday maqsadlarda foydalanishga ham qaratilgan. Ular ko'p qirrali yakka rivosanishga xızmat qiladimi, ulardan insonparvarlik maqsadlarida foydalanadimi yoki yóq va shu kabilarga aniq e'tiborr beradi. Bunda shaxs bir vaqtning o'zida madaniy rivoshlanishning obiekti va subiekti sifatida ham harakat qiladi. O'z navbatida madaniyat odamlar va jamiyatni insonparvarlik sifatida qaraladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Filosofiya qamusiy lug'at. Q. Nazarov T.2004.
-
2. Социология культуры. Л. Г. Ионин, М Логос.1998
-
3. Мировая культура E.Axmedova,R. Gabidulin T. 2001
"Экономика и социум" №11(90) 2021
Список литературы Madaniyatning ijtimoiy fanlar va ijtimoiy fanlarda tutgan órni
- Filosofiya qamusiy lug'at. Q. Nazarov T.2004.
- Социология культуры. Л. Г. Ионин, М Логос.1998
- Мировая культура E.Axmedova,R. Gabidulin T. 2001